1-mavzu: Ilmiy tadqiqot asoslari haqida tushuncha. Ilmiy bilim xossalari Dars rejasi


-mavzu: Ilmiy asarni annotatsiyalash: annotatsiya (taqriz) turlari



Download 227 Kb.
bet14/20
Sana08.07.2021
Hajmi227 Kb.
#112843
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ASOSLARI. UMKA 2020

5-mavzu: Ilmiy asarni annotatsiyalash: annotatsiya (taqriz) turlari

Reja:


1. Annotatsiya so‘zining ma’nosi haqida.

2. Annotatsiyaning turlari to‘g‘risida.

3. Annotatsiyaning vazifasi.

4. Xulosa.


Annotatsiya lotincha “annotatio”, ya’ni “qayd” so‘zidan olingan bo‘lib qisqacha ta'rifni anglatadi. Kitob, maqola va qo‘lyozma mundarijasini, g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishi va boshqa jihatlarini ochib berish uchun yoziladi. Annotatsiyaning quyidagi turlari bor:

1) kitobdagi annotatsiya;

2) bibliografiya ko‘rsatkichidagi annotatsiya;

3) kutubxona kataloglaridagi annotatsiya;

4) maqolaga annotatsiya;

5) qo‘lyozmadagi annotatsiya;

6) avtoreferatlarga annotatsiya (taqriz).

Annotatsiyaning vazifasi kitobxon va o‘quvchilarda muayyan kitob, maqola, qo‘lyozma to‘g‘risida umumiy tasavvur tug‘dirish va ularga yordam ko‘rsatishdir.

1. Kitobga yoziladigan annotatsiya uning g‘oyaviy mazmunini qamrab olish bilan birga yoritilgan masalaga izoh beradi. Mazkur izohlar qisqa, ammo keng qamrovli bo‘ladi. O‘z navbatida asarning asosiy, o‘ziga xos jihatlari yoritib beriladi. Kitoblar ilmiy, ilmiy-siyosiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-o‘quv jihatlariga ko‘ra farqlanadi. Masalan: Arastuning “Axloqi kabir” (“Poetika”, “Axloqi kabir”, “Ritorika”) kitobiga annotatsiya:

Qadimiyatning daho mutafakkiri, ustozi avval, Iskandar Maqduniy (Makedonskiy)ga murabbiylik qilgan Arastu (Aristotel) asarlari orasida “Magnia Moralia” – “Axloqi kabir” alohida o‘rin tutadi.

Arastuning bu va boshqa asarlaridagi hikmatlar Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy kabi Sharq allomalarining ham mehr-muhabbatiga sazovor bo‘lgan. “Axloqi kabir” asarida barcha zamonlar va hamma insonlar uchun suv va havoday, quyosh nuriday zarur ilmu hikmat durdonalarini topamiz. Bu durdonalar bizning ma'naviy olamimizni boyitadi va go‘zallashtiradi.

Forobiy, Buruniy, Ibn Sino singari Sharq allomalarining ham ustozi bo‘lgan Arastu (eramizdan avvalgi 384-322-yillar) ning ijodiy merosi hozirgacha ham jahon falsafiy-estetik tafakkuri xazinasining qimmatli boyligi sanaladi. Allomaning “Poetika” (“Nafis san'atlar haqida”) risolasidan bizga qadar faqat ayrim qimmatli parchalargina yetib kelgan bo‘lib, ana shu qismlar ham hozirgacha barcha faylasuf, san'atshunos va adabiyot nazariyachilarining asosiy dasturulamali bo‘lib xizmat qilmoqda.

Poetika” o‘zbek tiliga ilk marta 1979 yilda Izzat Sulton tahriri ostida tarjima qilinib bosilgan edi. “Poetika” ning XIX–XXVI boblarini Ummat To‘ychiev, I–XVIII boblarini Mahkam Mahmud tarjima qilgan.

Axloqi kabir” va “Ritorika” (birinchi marta) Mahkam Mahmud tarjimasida berilmoqda.

2. Maqolaga annotatsiya (taqriz) o‘sha maqoladagi masalalarning qisqacha sharhi hisoblanadi. Jahondagi ilmiy nufuzli jurnallarining mezonlari talabiga ko‘ra yozilgan maqola 12 shrifda 12-15 sahifadan iborat bo‘ladi. Ana shunday maqolaga yoziladigan annotatsiya 250-300 so‘zni tashkil etadi.

Misol uchun: “O‘zbek nasrining qiroli” (maqola Angliyadagi “International Journal of Psychosocial Rehabilitation” (Vol. 24, Issue 05), 2020-yili bosilgan) maqolasiga annotatsiya: Ushbu maqolada ulug‘ o‘zbek adibi Abdulla Qodiriy romanlar yozganidan so‘ng jahon adabiyotida “o‘zbek romanlari” tushunchasi paydo bo‘lganligi bayon qilingan. Muallif o‘z fikrini adabiyotshunos olim Y.E.Bertelsning asosli izohi bilan mustahkamlagan. O‘z navbatida o‘zbek mumtoz adabiyotida epik asarlar XIV-XV asrlarda Nosiriddin Rabg‘uziy, Poshshoxo‘ja Xoja, XX asr boshlarida Hamza Hakimzoda, Sadriddin Ayniylar tomonidan yaratilgani izohlangan. Qodiriyning avval hikoya va satirik asarlar yozib sochma janriga hissa qo‘shganligi, so‘ng milliy romanlar yozishga kirishganligi aytilgan. Adib buning uchun Sharq adabiyotidan Husayn Jovid va Jo‘rji Zaydon asarlarini, G‘arb adabiyotidan Valter Skott romanlarini chuqur o‘rganganligi ta'kidlangan. Shu asnoda Abdulla Qodiriy ohariy romanlar bitib, o‘zbek milliy romanchilik maktabiga asos solganligi qayd etilgan. Ayni paytda yozuvchi “O‘tkan kunlar” romani bilan o‘zbek xalqini milliy ozodlikka ruhlantirganligi tasdiqlangan. Shuningdek adib asari uchun tayanch manba topganligi, roman vositasida yangicha ruh ulashish majburiyatini o‘z bo‘yniga olganligi, mavzusining asar voqyeligiga mosligi, yozuvchining maqsadi milliy ozodlikni qon-qonga singdirish bo‘lganligi yoritilgan. Yana andishaga asoslangan o‘zbekona muomala madaniyati, ishqdagi maxfiylik masalasi, yashirin muhabbatning shariatga ko‘ra sovchilik bilan yakunlanishi, o‘zbeklardagi oq sut bergan onasi bilan kengashish odati, fotiha marosimidan so‘ng muborakbod etish urfi, milliy to‘yning fayzu tarovati, o‘zbek qizlari go‘zalligiga xos tasvir, tanmahramlik mas'uliyati, kuyov va kelinning nikohdan mamnunligi kabi holatlar sharhlangan. Keyingi o‘rinda asardagi mag‘rur volidaning ko‘rmagan kelini haqidagi mulohazalari, onaning ota maqomidan foydalanishi, ota-o‘g‘il samimiy munosabati, kiborlarga xos injiqlik, dushmanlarning soxta maktubi, qaynataning tuhmatga aldanishi, alamni ichkilikdan olish, maxfiy sirning ochilishi, er-xotinning behubor mehri, xursandlik shukuhi, bexosiyat tush, ayol makri, og‘ir musibat, qabrtoshidagi alamli bitik, o‘zbek onalarining motami kabi nuqtalar alohida ochib berilgan. O‘z o‘rnida Abdulla Qodiriyning bebaho adibligi tasdiqlovchi so‘z tanlash, prototiplarni izlab topish, ta'sir kuchini o‘z ruhiyatida sinab ko‘rish, betakror badiiyat, voqyeaning hayotga mosligi, tasvirdagi aniqlik, voqyelikni dalillash kabi isbot keltirilgan. Xulosa qismida o‘zbekning aslzoda farzandi Abdulla Qodiriyning millatiga o‘zligini anglatgani, shu sharafli yo‘lda o‘zini qurbon qilgani, bu jasorati va vatanparvarligi bois millatining faxr-iftixori bo‘lib qolaverishi e’tirof etilgan.

Xulosa sifatida shuni aytish joizki, maqolaning annotatsiyasida muallifning asosiy maqsadi, ilmiy mulohazalarining mag‘zi yorqin ko‘zga tashlanib turishi kerak.



Download 227 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish