Reja: Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodi



Download 193,76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.05.2020
Hajmi193,76 Kb.
#57184
Bog'liq
8-amaliy mashgulot. Hamza ijodi. Gafur Gulom ijodi 770d4932b00069f4a11e6dde7a2b5



Mavzu: Hamza ijodi. G'afur G'ulom ijodi.

Reja:


1.Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodi.

2.Hamza ma'rifati.

3.G'afur G'ulom ijodi va faoliyati.

4. G'afur G'ulom ijod namunalari.

5."Shum bola"asari haqida

Hamza XX asr oʻzbek adabiyotiga tamal toshini qoʻyganlardan biri. XIX asr oxiri XX asr

boshidagi oʻzbek madaniyatining eng yirik namoyandalaridan, faol maʼrifatparvar shoir,

oʻqituvchi, jamoat arbobi. U sheʼriyatni hayotga va xalqqa yaqinlashtirish, hozirgi zamon

nasrini oʻzbek adabiyotida qaror topdirish, ayniqsa drama, komediya, tragediya yaratish

bobida va teatr sanʼatini rivojlantirishdaulkan izlanishlar va kashfiyotlar qilgan sanʼatkordir.

Hamza kompozitor, rejissyor, jurnalist, pedagog va darsliklar muallifi sifatida ham keng

maʼlumdir. Hamzaning “Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi” (1915–1917),

“Zaharli hayot” (1916), “Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi” (1927), “Maysaraning

ishi” (1926) kabi dramatik asarlari oʻzbek adabiyotida yangi hodisadir.

Hamza 1889 yilda Qoʻqonda tabib oilasida tugʻildi. Otasi maʼrifatli, ilgʻor ziyoli edi. Hamza

eski maktabda, rus-tuzem maktabida va madrasada oʻqidi, fors, arab va rus tillarini oʻrgandi.

Shu bilan birga Fuzuliy, Navoiy, Hofiz kabi mashhur Sharq shoirlari, Furqat, Muqimiy asarlari

ustida mustaqil mutolaa qildi, ulardan oʻrgandi, ilhomlandi va ular taʼsirida 1905 yildan

boshlab “Nihon” taxallusi bilan sheʼrlar yoza boshladi va 25 yoshdayoq “Devon” tuzdi. Ularda

Sharq sheʼriyatiga xos muhabbat, diniy tematika bilan birga maʼrifatga chaqirish muhim oʻrin

egallaydi. Hamza oʻzining pedagogik faoliyatini 1910 yilda Toshkentda Qashqar mahallasida,

1911 yilda Koʻqonda, 1914 yilda Margʻilonda va yana Qoʻqonda maktablar ochib, bolalarni

oʻqitishdan boshladi. Hamza bu maktablarda dars beribgina qolmasdan, ayni choqda “Yengil

adabiyot”, “Oʻqish kitobi”, “Qiroat kitobi” (1914–1915) kabi darsliklar ham yozdi. U bir

shaharda usuli savtiya maktabini ochib quvgʻin qilinsa, ikkinchi shaharda yana shunday jadid

maktabini tashkil qildi, koʻproq kambagʻal bolalarni va kambagʻallarni oʻqitishga intildi.

Hamzaning maorif-oʻqitish ishlaridagi yutugʻi shunda boʻldiki, islomni usuli savtiya bilan

bogʻlay oldi – Qurʼon va Xadislarni faol yordamga tortib, xalqni ilm-maʼrifatga, yangilikka

daʼvat etdi.

1913–1914-yillarda

Hamza

chet


ellarda

Afgʻoniston,

Hindiston,

Suriya,


Turkiya

mamlakatlarida, Makkada sayohatda boʻldi, u mamlakatlar hayotida roʻy berayotgan

oʻzgarishlar bilan tanishdi. 1915–1917-yillar davomidaHamza qator asarlar yaratib,

undaxalqhayoti, uning orzu-intilishlarini ifodaladi, oʻzining insonparvarlik gʻoyalarini xalq tili

bilan sodda va ravon uslubda bayon etdi, ommani ilm-maʼrifatga chaqirdi, bidʼatni qoraladi.

Uning “Yangi saodat” povesti, “Gul” turkumidagi toʻplamlari (“Milliy ashulalar uchun milliy

sheʼrlar

majmuasi”)

shu

davrlarda



yozilgandir.

U

maʼrifatparvarlik



gʻoyalarini

ommalashtirishda teatrdan ham unumli foydalandi.1915–1916-yillarda “Feruzaxonim”, “Ilm

hidoyati”, “Loshman fojiasi” kabi qator drama va komediyalar yozib, baʼzilarini oʻzi tuzgan

“Havaskor truppa”sida sahnalashtirdi.

Hamzaning 1917 yilga qadar boʻlgan faoliyati va ijodi oʻz davri madaniy-maʼnaviy hayoti,

maʼrifatchilik va jadidchilik taʼsirida shakllanib, uning faol ishtirokchisi boʻlganligi,

mustamlaka zulmiga qarshi xalq orasida maʼrifat tarqatish yoʻlida tinimsiz kurash olib

borganligini koʻrsatadi. U jadidlarga ergashdi va jadidchilikning ilgʻor vakillaridan biriga

aylandi. Jadidlar otasi Ismoil Gʻaspirali vafot etganda Hamza marsiya yozib, “Dod qil davri

falaqdin, botdi xurshidi jahon”, deb yozdi. Munavvar qorini “muhtaram ustozi oliy”, “maʼnaviy

ota”, deb atadi. Hamza bir maqolasida bunday deb yozdi: “Agar bu ahvolda yashayversak, bir



muddatdan soʻng bu bidʼatlar orasida bir millat tugʻulub butun islom faqat ismi bor, jismi yoʻq

bir holgʻa kelib qolur. Oʻzimizning bidʼatlargʻa mubtalo boʻlgʻonimiz yetar, oʻzimizdan keyingi

avlodlarimizning xurshid saodatlarin zavolga yetkurmaylik va hozirdan budardlarning

davosiga kirishub, chorasini izlayluk… Buning kabi bidʼat va majusiyat odatlarini yoʻq qilmak

uchun yolgʻiz ikki kalima soʻzni yaxshi tushunmak lozim: oʻqimoq va oʻqimoq”. Yana boshqa

bir maqolasida u “oʻquv-oʻqituv usullarini zamonga muvofiq tahsil qilmoq choralarini

axtarmoq lozim”ligini uqtiradi. Hamza darsliklar yozib, yangi uslubdagi maktab ochib,

jurnallar chiqarib jadidchilikni targʻib qilish bilan cheklanmadi, balki ayni chokda oʻzining

badiiy asarlarida jadidchilik ruhini keng, dadil va teran targʻib etdi. Maʼlumki, jadidchilikka rus

mustamlakachilari ham, boylar va mutaassib ruhoniylar ham qarshi turgan. Shuning uchun

Hamza oʻz asarlarida ana shularga qarshi kurash olib bordi. “Zaharli hayot” dramasida

Maryamxon “Shariatda jabr harom!”, “Shariatda adolat bor”, “Islomiyat oʻlmaydi”, deydi.

Hamza “pora olib, dindan kechib” xalqni aldaganlarni “millat hisi yoʻq ekan” deb taʼkidlaydi.

1917 yil fevral voqeasi munosabati bilan yozgan maqolasida Hamza bunday deydi: “Mana bu

kun haqiqatan, hurriyat vositasi bilan eski xoin va zolim, mustabid hukumati 50 yildan beri

boʻyin, qoʻl va oyogʻimizga sezimsiz solub kelgan umrlik ogʻir zanjirlarni qoʻlga koʻrsatub

yechdi, xolos qildi. Bu haqiqat, musovot vositasi bila, bir taraf, zolim amaldorlar, ikkinchi

tarafdan, rahmsiz, shafqatsiz talonchilar temir tirnogʻi ostida poʻstlari butun sidirilub,

yuraklari ezilub, choʻkub xonimonlaridan ajrob kelub turgan mazlum, nohaq faqiru bechora,

yetim, gʻariblarning burgutlarning panjai margidan raho qildi… Bu kun Ostroumov, Ilminskiy

kabilarning tarbiyasida yashagan va aning maslakiga xizmat etuvchi, vatandagi oʻz

oramizdan chiqqan din xoinlarini xiyonatlarin haqiqat maydoniga otur. Nohaqlarni

sharmanda va marnigun qilur”.

Hamza oʻz asarlarida hurriyat, baxt-saodatga birlashish, oʻqish-oʻrganish, mehnat va kurash

orqali erishish mumkinligini taʼkidlab: “Birlashsun emdi boshimiz, maslakda karshi yoshimiz”,

“Birlashing, Turkiston!”, “Qoʻl ushlashing, birlashing emdi, Turkiston!”, “Haq yoʻlida jon bersak,

boʻlsak millat qurboni”, deydi. 1917 yili oʻrtalarida yozgan “Uyon Vatan” sheʼrida Hamza “Ey

Islom eli! Bu kun millatga oʻlsun harna himmatimiz!”, “Bitdi istibdod! Yetsun hurriyat! Bitsun

nazorat, qullik, asorat!” deb hayqirdi. “Turkiston muxtoriyatina” sheʼrida “Toʻrt yuz yillik

Romanov bitgach davlati koʻtarildi asorat, xoʻrlik illati”, “Bir sanjoqda toʻplansin islom davlati”

deb kuylaydi.

Hamza sheʼriyati, xususan, uning “Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi” uning

ijodidagina emas, balki umuman XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek sheʼriyatida olgʻa

tashlangan katta bir qadamdir. Hamza bu realistik turkumda Turkiston xalqining haqqoniy

ahvolini, oʻz soʻzi bilan aytganda “Turkiston qissasini” koʻrsatib beradi. Toʻplamdagi sheʼrlarni

sodda tilda va xalq qoʻshiqlari pardasida, yoʻsini, yoʻli va ohangida yozadi, har bir sheʼr

boshida xalq orasida mashhur boʻlgan biror ashulani koʻrsatib, undan parcha keltirib oʻtadi.

Uning “Yangi saodat” povesti ham yangicha proza asarlari yaratish sohasida qoʻyilgan

muhim qadamdir. Unda ham maʼrifat, erkin-baxtli hayotga intilish ruhi yetakchilik qiladi.

Asarning soʻngida shunday soʻzlarni oʻqiymiz: “Xudo zolim emas, birovga berub, birovga

bermay qoʻymas. Xudoyi taborak va taolo saodat ilmda, razolat jahlda, har bir ish bandaning

oʻz harakatiga muvofiq, deb kalomida takror xabar bergani bor”.

Hamza dramalari oʻzbek adabiyotiga yangilik boʻlib kirdi. “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”

asari rosmana fojia, yaʼni tragediyadir. U “Istibdod qurbonlari” (“Loshmon fojialari”

trilogiyasining uchinchi qismi, qolganlari topilganicha yoʻq) asarida istibdod toʻgʻrisida soʻzlab,

rus chinovniklarini qahr-gʻazab bilan fosh etadi va aytish mumkinki, bu davr oʻzbek

adabiyotida rus chorizmini Hamzadek fosh qilgan yozuvchi boʻlmasa kerak.



Oʻzbek adabiyotida haqiqiy maʼnodagi komediya janrining tugʻilishi va rivoji ham Hamza nomi

bilan bogʻliq. Hamza “Maysaraning ishi” (“Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi”) asari bilan

oʻzbek adabiyotida komediya janriga asos soldi. Hamza komediyalari, eng avvalo, oʻzbek xalq

ijodi – xalq qoʻgʻirchoq teatri, askiyachilik va Nasriddin Afandi latifalari, shuningdek, xalqning

hazil-hajviy ertaklari zaminida tugʻildi. Shuning uchun komediyalarida xalq ijodi anʼanalarining

salmogʻi katta.

Hamza oʻz davrida maktab maorif sohasida ishladi, dram truppalar tuzdi. U toʻgʻri soʻzligi,

haqiqatgoʻyligi va murosasizliga tufayli biror yerda muqim ishlay olmadi. Buxoroda,

Toshkentda, Fargʻona, Xoʻjaylida, Avval qishlogʻida – yurt boʻylab koʻchib yurdi. 1929 yili 18

martda Shohimardonda fojiali oʻlim uni hayotdan olib ketdi.

Hamzaning maʼrifatchilik faoliyati Turkistonda XX asrning boshidagi umumiy maʼnaviy

oʻzgarishlar, ilgʻor pedagogik va ijtimoiy-falsafiy fikrlar, jadidchilik harakati rivojiga muhim

taʼsir koʻrsatdi. U oʻz ijodi bilan oʻzbek milliy adabiyotining taraqqiysi, undagi realistik

yoʻnalishning borgan sari rivoj topib borishida katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻz xalqi,

vatanining farovonligi, maʼnaviy rivoji yoʻlida charchamay, nihoyatda foydali ishlarni amalga

oshirdi.


Hamza keyingi hayoti va faoliyati davomida qisqa muddat Qoʻqondagi rus-tuzem maktabida

oʻqituvchi, „Shoʻroi islom“ tashkilotining ozuqa shoʻbasida mirza, „Kengash“ va „Hurriyat“

jurnallarida muharrir (1917), Fargʻona viloyati madaniy-maorif boʻlimida xodim (1918),

Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi ixtiyoridagi Oʻlka musulmon siyosiy truppasida rejissyor

(1919), „Dor ushshafaqa“ maktabida mudir (1920), Buxoro viloyati maorif va harbiy targʻibot-

tashviqot shoʻʼbasi qoshidagi teatr truppasida rahbar (1921), Xorazm viloyatidagi kasaba

soyuzlarining madaniy-maʼrifiy muassasalarida mudir (1921-1924), Fargʻona maorif qoʻmitasi

qaramogʻidagi ong-bilim shoʻʼbasida mudir oʻrinbosari (1924) singari turli lavozimlarda

xizmat qilgan. 1926-yildan erkin ijod bilan shugʻullangan. Ammo rahbar idoralarning

topshirigʻi bilan 1928-yil avgustdan Shohimardonda targʻibot-tashviqot ishlari olib borgan va

soʻnggi safari chogʻida halok boʻlgan.

1908–1910-yillarda Hamza adabiy va ijtimoiy faoliyatini jadidchilik harakati bilan uzviy

bogʻlagan. Hamza yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi

oʻquv qoʻllanmalari yaratish yoʻli bilan xalqni maʼrifatlashtirish maqsadida Qoʻqon va

Margʻilonda ochgan maktab oʻquvchilari uchun „Yengil adabiyot“, „Oʻqish kitobi“ (1914) va

„Qiroat kitobi“ (1915) oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlagan.

Hamza katta yoshdagi kishilar uchun „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“

umumiy nomi ostida „gul“ toʻplamlarini eʼlon qilgan (1915-1919). Hamza mazkur majmualari

(8 boʻlimdan iborat) bilan oʻzbek sheʼriyatiga yangi mazmun va yangi gʻoyalar olib kirgan va,

ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan.

Hamza Xitoy, Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Turkiya va Arab mamlakatlarida boʻlgan. Haj

amallarini bajargan. 1920-yili Qoʻqonga qaytib kelib, maorif sohasida xizmat qiladi. Shu yil

oxirida Buxoroga boradi. Bir yilcha yashab, 1921-yil soʻnggida Toshkentga va undan

Xorazmga oʻtadi va u erda profsoyuzning madaniy-maorif shu’ʻbasida ishlaydi. Xorazmdan

Xoʻjayliga borib, 1924-yil iyulgacha oʻzi tashkil etgan internatda faoliyat koʻrsatadi. 1925-yili

Fargʻonaga borib, Shohimardonda kolxoz tuzish, maktablar ochish, xalqning savodini

chiqarish ishlari bilan shugʻullanadi.

1928-yildan unga nisbatan taʼqib va tazyiq koʻrsatila boshlaydi. Moddiy va maʼnaviy qiyinchilik,

iztiroblarni boshdan kechiradi. 1929-yil 18-martda Hamza toshboʻron qilinib, vahshiylarcha

oʻldiriladi.

G‘afur G'ulom



G‘afur G‘ulom — O‘zbekistonning taniqli yozuvchisi. G‘ofur G‘ulomning she’riyati va nasrida

o‘zbek xalqi tarixi o‘zining badiiy timsolini topgan. Yozuvchining ijodi rang-barang — she’rlar,

qo‘shiqlar, dostonlar, qasidalar, hikoyalar, qissalar. G‘ofur G‘ulomning urushdan keyingi

davrdagi ijodi o‘zbek adabiyoti rivojida beqiyos o‘rin tutgan.

G‘afur G‘ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet,

Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga

mohirona tarjimasi bilan mashhur.

G‘afur G‘ulom 1903 yilning 10 may kuni Toshkentda, deqhonlar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi

savodxon bo‘lgan. U o‘zbek va tojik mumtoz adabiyotini o‘qigan, rus tilini bilgan, o‘zi ham

she’rlar yozgan. Uning uyiga Muqimiy, Furqat, Asiriy, Xislat va boshqa shoirlar kelib turgan.

1916 yilning kuzida G‘ofur o‘qishga kiradi. Onasining vafotidan so‘ng (otasi avvalroq vafot

etgan), u ishlashga majbur bo‘lgan. Ko‘plab kasblarda o‘zini sinab ko‘rgach, u nihoyat,

matbaaga harf teruvchi bo‘lib ishga kiradi, so‘ngra, pedagogik kurslarda tahsil oladi. 1919

yildan 1927 yilgacha u o‘qituvchi, maktab direktori, Ma’naviyat uyushmasi ishchilari raisi

bo‘lib ishlaydi, bolalar uyini tashkil etishda faol ishtirok etadi.

1923 yildan G‘.G‘ulomning adabiy faoliyati boshlanadi. She’rlar, dostonlar, ocherklar, hajviy

hikoyalar va qissalari gazeta va jurnallarda chop etila boshlaydi. 1923 yil yozilgan “Feliks

farzandlari” she’rida yetim bolalar haqida gapirarkan, unda yozuvchi o‘z hayotini ifodalaydi,

“Maorif va o‘qituvchi” oynomasida esa “Go‘zallik qayerda” nomli ikkinchi she’ri nashr qilinali.

Birin-ketin she’riy to‘plamlari bosmadan chiqadi: “Dinamo”, “Xitoy suratlari”, “Biz sizlar bilan

tirikmiz”, “Jonli qo‘shiqlar”, “Sizga”, “Sovg‘a”, “Tong qo‘shig‘i”, “Qo‘qon” dostoni va boshqalar.

G‘afur G‘ulomning 30-yil boshlarida yozilgan she’rlarida yangi shakllarga burilish seziladi,

bunga mumtoz rus tilini o‘rganashi ham muhim darajada ta’sir ko‘rsatgan. Bundan tashqari,

sanoatning o‘sishi, Turksib temir yo‘l magistralining qurilishi kabi uning ona yurtida sodir

bo‘layotgan ajoyib o‘zgarishlarni ta’riflash uchun yangi lug‘at boyligi, yangi she’riy bo‘yoqlar,

yangi ohang va vazn talab etilgan.

“Dinamo” (1931), “Tirik qo‘shiqlar” (1932) — yosh shoirning yo‘nalishi yorqin namoyon

bo‘lgan birinchi she’riy to‘plamlari.

Shoirning boqiy hayot, mangu ko‘k daraxt haqidagi “Qish va qor” (1929), “Non” (1931),

“Toshkent” (1933), “Qutbda saylovlar” (1937), “Men - Yahudiyman” (1941), “Qish” (1941),

“Xotin” (1942), “Afsuski, afsusni qo‘shib ko‘mmadi” (1945), “Bog‘” (1934), “Qayg‘u” (1942),

“Kuz keldi” (1945), “Kuzgi ko‘chatlar” (1948) kabi she’rlarida umuminsoniylik, insonparvarlik

mavzulari o‘z aksini topdi.

Ko‘pgina she’rlarida sharq donishmandi - ota timsoli mavjud: “Sen yetim emassan” (1942),

“Qayg‘u” (1942), “Biri biriga shogird, biri biriga ustod” (1950), “Sizlarga - yoshlar” (1947),

“Bahor taronalari” (1948) va boshqalar.

“Netay” (1930), “Yodgor” (1936), “Shum bola” (1936-1962) qissalari va “Shariat nayranglari”

(1930), “Mening o‘g‘rigina bolam” (1965) hikoyalarida chinakam xalq qahramonlari,

milliyligimiz tavsirlangan.

“Netay” qissasi — keng ijtimoiy umumlashmalarga boy ajoyib asar. Syujet asosiga haqiqiy

voqea qo‘yilgan. So‘nggi Buxoro amiri Peterburgga safari chog‘i Toshkentda to‘xtaydi. Amir

mamnun va xursand bo‘lishi uchun boylar hamma narsa qiladi. Uning huzuriga ermak uchun




Netay ismli qizni keltirishadi.

Oddiy ishchilar timsoli yoqimli tarzda ifodalangan - urug‘lar va ularning ayollari hayotning

qiyinchiliklariga qaramay, ma’nan boy va juda ta’sirchan bo’lgan Netay ismli o‘n yashar qizni

boqib olishadi. Qissada G‘ofur G‘ulomning o‘ta serqirraligi va iqtidorining moslashuvchanligi

va nasr texnikasidan mohirona foydalana olishi namoyon bo‘lgan.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiki G‘ofur G‘ulom “Navoiy va bizning davr” (1948),

“Folklordan o‘rganaylik” (1939) tadqiqotlarini, “Jaloliddin dramasi haqida” (1945), “Muqimiy”

(1941) maqolalarini yaratgan.

O‘z davrining dolzard asari yosh avlodni tarbiyalashdagi qudratli kuch haqida so‘zlovchi

“Yo‘ldosh” dostoni bo‘lgan. Fuqarolik urushida yaqinlari Yo‘ldoshdan ayriladi. Boshqa yetim

bo‘lib qarovsiz qolgan bolalar kabi, bu bolakayga ham davlat g‘amxo‘rlik qiladi — ular uchun

boshpana bo‘lgan internatlar va bolalar uylari yaratishadi.

Bolalar uyi tarbiyalanuvchilari o‘z Vatani mustaqilligi himoyasi uchun doim tayyor turishadi.

Dostonda katta mahorat va iliqlik ila Yo‘ldoshning otasi bilan uchrashuvi aks etilgan, o‘z

qarziga vafoli insonlar siymosi chuqur va keng ochib berilgan. Vatan himoyachisi mavzusi

G‘ofur G‘ulomning 1941 - 1945 yillardagi keyingi ijodida yanada rivojlandi va chuqurlashdi. U

odamlarni “bor sabri, bor iqtidori”ni fashistlar ustidan g‘alabaga qaratishga chorlaydi. Shoir

urushdan keyingi davrlardagi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida o‘zbek ayolining o‘rnini

tarannum etadi.

“Ikki akt” dostonida u qishloqlarning qayta joylashuvini madh etarkan, o‘zbek dehqonchiligi

va ularning kelajak orzu tuyg‘ularini ifodalaydi. Doston o‘zining chinakan hayot haqiqatiga

sadoqati bilan kuchlidir. Bu yerda o‘zbek dehqonchiligining tarixiy ishonchli surati chizilgan.

Ushbu mavzu “Qo‘qon” dostonida ham yangraydi. O‘z vaqtida u xalqda ommabop bo‘lgan va

qishloq xo‘jaligini mustahkamlash kurashida targ‘ibot vazifasini bajargan.

G‘ofur G‘ulom qisqa, o‘tkir syujetli hikoyalar ustasi sifatida ham taniqli bo‘lib, hikoya uslubi

o‘rnida u yozuvchining savol-javoblari bilan to‘ldirilgan jonli do‘stona bahs-munozara shaklida,

mualliflik nutqi va kitobxonga erkin yuzlanish orqali foydalanadi. G‘ofur G‘ulom tomonidan 30

-yillarda yaratilgan ko‘plab nasriy asarlar yangi insoniy munosabatlarga bag‘ishlangan. U

asarlarida yoritgan asosiy muammo va yechimlar - bu insonning axloqiy tarbiyasi, uning

ma’naviy va madaniy rivoji sari kurashdir. Muallif o‘zining nasriy asarlarida yorqin ijobiy

timsollar yaratadi. “Yodgor” qissasidagi katta qalb egasi bo‘lmish ijobiy qahramon Jo‘ra

begonaning farzandini tarbiyalaydi. Aynan oddiy insonning begona bolaga bo‘lgan

munosabati orqali muallif Jo‘raning yuqori axloqiy darajasini ko‘rsatib bergan.

G‘ofur G‘ulom ko‘plab asarlarini bolalarga bag‘ishlagan. “Shum bola” hikoyasi nisbatan

omadli hisoblanadi. Qahramon o‘zining fojiali hayoti haqida o‘zi so‘zlaydi. Bola uyidan

mahsulotlarni olib chiqib ketayotgan vaqtda onasi jazolaganligi tufayli, uyidan xolasinikiga

qarab qochadi. Ammo, bu yerda ham bolaning omadi kelmaydi: u tasodifan tog‘asining

bedanasini o‘ldirib qo‘yib, bu uydan ham ketadi. Shunday qilib, u darbadar va ovoralik qilishni

boshlaydi. Yozuvchi o‘z e’tiborini shum bolaning xavotirlari va ichki kechinmalarini

tasvirlashga qaratadi. Tashqi hodisalar, narsalar va kichik qahramonni o‘rab turgan

barchasini tasvirlash inson tuyg‘ularini chuqur namoyon qilishda xizmat qiladi. Bunga

barchasi bo‘ysunadi — voqea bayonotining nuqtai-nazari, manzara va asarning timsoliy negizi.

G‘ofur G‘ulom o‘zining juda yaxshi she’rlarini bolalar va o‘smirlar uchun bag‘ishlagan: “Ikki

bolalik”, “Bilaman”, “Seni Vatan kutmoqda”.




Urush yillarida G‘ofur G‘ulom “Sen yetim emassan”, “Seni kutyapman, o‘g‘lim!”, “Vaqt”,

“Kuzatish”, “Ayol”, “Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak” kabi ajoyib she’rlar yaratgan. “Seni

kutyapman, o‘g‘lim!” she’rida shoir front ortida o‘zlarining qahramonona mehnatlari orqali

dushman ustidan g‘alabani yaqinlashtirgan otalarning sabri va kuchini madh etadi.

Mushkul kunlarda insonlarning bolalarga bo‘lgan muhabbati buyuk ma’no kasb etgan. Bu -

ota-onasini yo‘qotib, oddiy odamlarning sidqidildan qilgan g‘amxo‘rligi haqida so‘z boruvchi

ajoyib “Sen yetim emassan” she’rida yaqqol seziladi. Shoirning urush yillarida yozilgan

“Bahaybat”, “G‘alabachilar qo‘shig‘i”, “Vaqt”, “Xotin” she’rlari yuqori fuqarolik she’riyatining

namunalari hisoblanadi. Ular “Sharqdan kelmoqdaman” to‘plamidan joy olgan.

Urushdan keyingi yillar G‘ufur G‘ulom bir qator she’riy to‘plamlarini nashrdan chiqaradi: “Yangi

she’rlar”, “O‘zbekiston olovlari”, “Onalar”, “O‘zbek xalq g‘ururi”, “Tong qo‘shig‘i”, “Yashasin,

tinchlik!”, “Bu - sening imzoing”. Ushbu to‘plamlardan joy olgan she’rlarda shoir tinchlik

davrining muhim savollariga javob topishga, o‘zbek xalqining mehnat faoliyatidagi

muvaffaqiyatlarini ko‘rsatishga intiladi. Asarlarining qahramonlari — dunyo ishlari va

osoyishta mehnat bilan band sobiq askar.

G‘ofur G‘ulom — tinchlik, do‘stlik va xalq baxtining jo‘shqin kurashchisi. Shoir tinchlik uchun

kurashga bag‘ishlangan to‘plam yaratgan. Ulardan eng yaxshilari: “Dunyo minbaridan”,

“Yashasin, tinchlik!”, “Bu — sening imzoing” va boshqalar.

G‘afur G‘ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet,

Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga

mohirona tarjimasi, shuningdek, adabiyotshunoslik va publitsistik maqolalari bilan mashhur.

G‘ofur G‘ulomning dunyo qarashi va badiiy didining shakllanishida Vladimir Mayakovskiy

asarlari katta ta’sir ko‘rsatgan. G‘ofur G‘ulom o‘zining maqolalaridan birida shunday yozadi:

“Men... rus mumtoz ijodkorlarini bilaman va ularni sevaman va ularning ko‘plab asarlarini ona

tilimga tarjima qildim. Lekin “men uchun vazn, lug‘at, timsol, she’rning ohang tuzilishi

sohalarida eng serqirra va cheksiz imkoniyatlarni ochgan” Mayakovskiyning shogirdiman,

deyishni istayman”. Mayakovskiy satirasidagi darg‘azab, tanqidiy kinoya, lirikasidagi bag‘oyat

ulkan tuyg‘u kuchidan tashqari, men o‘zimda... uning usullarining dovyurak notiqlik kuchini,

metaforalar jasorati, mubolag‘alar ifodaliligini jamdashga harakat qildim. Hatto, usulli,

ohangli va ma’no ifodaliligini oshiruvchi she’r qurilishidan ham o‘zbek she’r tuzimida

foydalanishimga to‘g‘ri keldi”. Bular G‘ofur G‘ulomning ko‘plab she’rlarida namoyondir,

masalan: “Turksib yo‘llarida”, “Ona yer”, “Yashasin, tinchlik!”.

G‘ofur G‘ulom ijodining urushdan keyingi davri o‘zbek adabiyoti rivojida muhim o‘rin egalladi.

Urushdan avvalgi davrlarda uning she’rlarida urushdan oldin ular tomonidan yaratilgan

narsalarni qo‘lda qurol bilan himoya qilayotgan, yerda tinchlik istayotgan odamlarning ichki

kechinmalari va o‘y-xayollari tasvirlangan. Shoirning urushdan keyingi davr lirikasi uning

urush yillar lirikasining mantiqiy davomi va rivoji hisoblanadi, “Unutma, Vatan seni kutmoqda!”

va “G‘alaba bayrami” she’rlari — shoirning mazkur ikki ijodiy davrining bog‘lovchi halqasi

kabidir.

Ijod namunalari

“Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak”

“Sizlarga — yoshlar”




“Bahaybat”

“Vaqt”


“Qutbda saylovlar”

“Yashasin, tinchlik!”

“Ikki akt”

“Ikki bolalik”

“Jaloliddin dramasi haqida”

“Seni kutaman, o‘g‘lim!”

“Xotin”

“Qish”


“Qish va qor”

“Sharqdan kelmoqdaman”

“Afsuski, afsusni qo‘shib ko‘mmadi”

“Biri biriga shogird, biri biriga ustod”

“Onalar”

“Bahor taronalari”

“Mening o‘g‘rigina bolam”

“Muqimiy”

“Navoiy va bizning davr”

“Netay”


“Yangi she’rlar”

“O‘zbekiston olovlari”

“Shub bola”

“Kuzgi ko‘chatlar”

“Kuz keldi”

“Tong qo‘shig‘i”




“G‘alabachilar qo‘shig‘i”

“Kuzatish”

“Dunyo minbaridan”

“Bog‘”


“Toshkent”

“Seni Vatan kutmoqda”

“Qayg‘u”

“Sen yetim emassan”

“Folklordan o‘rganaylik”

“Shariatdagi nayranglar”

“Non”

“Bu — sening imzoing”



“Yo‘ldosh”

“Men Yahudiyman”

“Bilaman”

“Yodgor”


Shum bola asari haqida qisqacha talqin.

„Shum bola“ — oʻzbek yozuvchisi va shoiri Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub qissa. Muallif

asarni 1936-yil yozgan. Qissa bir necha marta nashr qilingan. Qissada ijodkorning bolaligi, 20

-asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan. Qissa oʻtkir hajviy asar boʻlib, haqiqiy voqealar

va shaxslar taqdiriga asoslangan. Asar markazida yozuvchining hayotidan olingan koʻp

faktlar turgan boʻlsa-da, u avtobiografik emas. Unda haqiqiy tarixiy faktlarga nisbatan badiiy

toʻqima, fantaziya kuc

Qissada shum bola Qoravoy haqida hikoya qiladi. Qoravoy uyidan ketib qolib, oʻzining

topqirligi, zukkoligi, shoʻx-shaddodligi tufayli turli sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Shum

bola bir guruh oʻgʻriga, har bir gapga „innaykeyin?“ deb javob qaytaruvchi boyga, giyohvand

mullalarga duch keladi.

4-sinf O'qish darsligida Shum bola asaridan parcha berilgan.

Qoravoyning domlaning qanchalar tayinlashiga qaramay ho'kiz orniga eshakning so'yib

qo'yganligi choy soragani choy orniga obdasta tola suv ichishi osha davrning begubor

tasviri,oz nomi bilan Shum bolaning "shum"ligi o'quvchilar qalbidan joy oladi. Boshlangich

sinf o'quvchilari qalbidan chuqur joy egallaydi hattoki bu mavzuni oquvchilar yoddan aytib

berish darajasigacha yetadi.

Asar bolalarda tariximizni,ota-bobolarimiz o'tmishini

chuqurroq bilish orqali hozirgi tinch osuda hayotni qadriga yetish kerakligini, shunday



mustaqil zamonda bilimlarni puxta egallab Vatanga munosib farzand bolishga, tinchlikning ,

hayotning bizga berayotgan har bir noz-u nematini qadrlashga undaydi.

Blits savollar:

1."Mening ogrigina bolam"asarining janri?

2. G'afur G'ulom qachon va qayerda tug'ilgan ?

3.G'afur G'ulomning bolalik yillari qaysi davrga to'g'ri keladi?

4."Shum bola" qissasining yozilish tarixi qanday?

5."Shum bola" asari qachon film holida olingan?

"Shum bola" mavzusida bir soatlik ochiq dars ishlanmasi.

Sinf: 4


Fan: O`qish

Mavzu: Shum bola. G‘afur G‘ulom

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O‘quvchilarga ezgulik, xushyorlik haqida ma’lumot berish, “Shum bola” qissadan

parchasi bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.

TK3: badiiy asarda bo‘layotgan voqea jarayonlariga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish ;

FK1: asarni tushunib, ongli, ifodali (bo‘g‘inlamay sidirg‘a) o‘qiy olish

Tarbiyaviy: O‘quvchilarda axloqiy sifatlarni tarbiyalash. TK5: odob-axloq qoidalariga amal

qilish

Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning og‘zaki nutqlarini, matn ustida ishlash malakalarini



rivojlantirish.; FK2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish

Dars turi: Yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodlari: suhbat, savol-javob, tushuntirish, “Aqliy hujum” metodi, “Kim topag‘on” o‘yini.

Dars jihozi: Darslik, mavzuga oid ko‘rgazmalar, didaktik va tarqatma materiallar, multimedia

ilovalar.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

Salomlashish

O’qituvchi:

-Salom shirintoylarim,yulduzlarim oylarim,

Latofatga boylarim, ham sho’x quvnoqlarim.

Tinglab mening so’zlarim,olgan siz saboqlarim,

O’ylab puxta javob bering,hozir qay dars aytib bering.

O‘quvchi: Hozir o‘qish darsi




B) Darsimiz shiori:

-Bilim ol, hunar tanla!

-Bilim olib, hunarli bo`lishimiz uchun eng kerakli boyligimiz bu_____

-Sog`lig‘imiz.

O’qituvchi: Sizlar qanday bolalarsiz?

Hamma:Bizlar– buyuk yurt osmonida go’zal kamalak,

Barkamol avlod bo’lmoq –eng ezgu tilak.

Davomatni aniqlash

O’qituvchi:

-

Qani,ayting bolalar,



Kim navbatchi bo’ladi?

Ushbu kunning hisobin

Menga aytib beradi.

Bugun oddiy dars emas,

Balki sinov darsidir.

O’tib olsak sinovdan,

Bu hammadan yaxshidir.

O‘quvchilarni darsga hozirlash.

-Hamma sog` omonmi?

-Ha.


- Juda yaxshi demak darsda hamma bor.

E) Fasl haqida suhbat o`tkazish

-Hozir yurtimizda qaysi fasl ?

-Hozir yurtimizda kuz fasli.

-Qish faslida tabiatda qanday o`zgarishlar r`oy beradi?



- Qish faslida havo soviydi, qor yog`adi, hammayoq qor bilan qoplanadi

“ Raqamlar tilsimi” o‘yini

-Bu faslda yurtimizda qanday bayramlar nishonlanadi? Qor parchalariga misollar yechilgan

bo`ladi.


70:5

810-800


Berilgan sonlarni bu faslda yurtimizda nishonlanadigan bayramlarni aytishingiz zarur

yanvar “ Yangi yil”,

8-dekabr “ Konstitutsiya kuni”,

9-fevral Alisher Navoiy tavallud kuni

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni,

14-fevral Bobur Mirzo tug`ilgan kuni

II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

“Alisherning yoshligi” qissadan parchasining 2-qismi o‘qitiladi, mazmuni 3-4 kishiga

so‘zlatiladi.

O‘quvchilar bilan savol- javob o‘tkaziladi.

Alisher kimlar bilan soqqa o‘ynardi?

Alisher qaysi hayvon bilan uchrashdi?

O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.

“Janr va muallif bilimdoni”oyini otkaziladi.

III. Yangi mavzuni tushuntirish.

Eshik taqillab bir bola kirib keladi.

-Bolajonlar bugungi mavzuimiz shu bolaga bog`liq.

Shum bola- Agar siz meni topishni xohlasangiz. Siz bu boshqotirmani yechishingiz kerak

Shunda bugungi darsimiz qiziqarli o`tadi.

1.

q




i

sh

2.



m

u

z



3.

s

u



m

a

l



a

k

4.



q

o

r



b


o

b

o



5.

q

o



r

q

i



z

6.

Q



o

r

m



a

l

i



k

a

7.



a

r



ch

a

Bugun biz sizlar bilan “Shum bola” qissadan parchasi bilan tanishamiz. Bu asarning muallifi



G` afur G`ulom

“Usta ma`lumotchi”mashqi

Bu mashqda har bir guruh a`zolari o`zlari topgan ma`lumotlari haqida qisqacha aytib

beradilar

-Qani ayting-ch, Shum bola qanday bola?

-Yolg`onchi va dangasa

O‘quvchilar bilan xushyorlik va rostgo‘ylik haqida suhbatlashiladi, javoblari tinglanib,

to‘ldiriladi.

“Maqollar tilsimi’

Yolg`onchida or bo`lmas,

Rost so`zli xor bo`lmas.

Yolg`onning butunidan

Rostning sinig`i afzal.

Yolg`onchining yonidan o`tma,

Rostgo`yning yonidan ketma

Rost gapirgan to`g`ri,

Yolg`onchi- o`g`ri

O`quvchilar rostgo`ylik va yolg`onchilik haqida maqollar aytadilar

“Shum bola” qissadan parchasi asosida videolavha namoyish etiladi.

O‘qituvchi “Shum bola” qissadan parchasini ifodali o‘qib beradi.

Qissadan parcha mazmuni haqida qisqacha malu’mot beriladi.

Lug‘at ishi:

domlaga – ustozga

qo‘rga – yaxshi cho‘g‘ga




chiyratma arqon - o‘tilgan, yigirilgan arqon

haytovur - hartugur

obdastaga – suv idishga

ko‘lanka – soya

og‘ilxona – molxona

motamzada – qattiq xafa bo‘lish

“ Hayvonot bog`iga sayohat” mashqi

Bu mashqda o`quvchilar rasmda berilgan hayvonlarni ro`parasidagi harflarga moslashtirib,

qo`yishlari kerak bo`ladi.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

Darslik bilan ishlash:

Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Shum bola” qissadan parchasi o‘quvchilarga

navbati bilan o‘qitiladi.

O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:

Domla bolani nima maqsadda ovqatlantirdi? U bolaga qanday ish topshirdi?

Domlaning bola bilan dastlabki va keying suhbatini taqqoslab o‘qing. U yetim bolaga qanday

munosabatda bo‘ldi?

O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.

“ Ketma-ketlikni top” o‘yini.

O‘quvchilarga parcha asosida turli qismlar beriladi. Eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan o‘quvchi

g‘olib bo‘ladi

V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.

Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

O‘quvchilar darsga ishtiroki va faolligiga ko‘ra baholanadi.

VI.Uyga vazifa berish.

“Shum bola” qissadan parchasini o‘qib, mazmunini so‘zlash, tez aytish va maqollarni yodlash

uyga vazifa qilib beriladi.



E'tiboringiz uchun rahmat !.

BTSTI 1-kurs Dexkanova Shaxnozaxon





Download 193,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish