1-mavzu: Ilmiy tadqiqot asoslari haqida tushuncha. Ilmiy bilim xossalari Dars rejasi


-mavzu: Bibliografik ro‘yxat: bibliografik kataloglar bilan ishlash va ilmiy adabiyotlar bayoni



Download 227 Kb.
bet11/20
Sana08.07.2021
Hajmi227 Kb.
#112843
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ASOSLARI. UMKA 2020

4-mavzu: Bibliografik ro‘yxat: bibliografik kataloglar bilan ishlash va ilmiy adabiyotlar bayoni
Reja:

1. Bibliografiya va uning tarkibi haqida.

2. O‘zbekistonda bibliografiya masalalari.

3. Bibliografiya hamda bosma asarlar.

4. Bosma asarlar turlari va tavsifi.

5. Bibliografiyaning tiplari.

6. Xulosa.
Bibliografiya (yunoncha “biblion” (kitob) va “grafo” (yozmoq) matbuot hamda yozma asarlar haqida axborot tayyorlash va berish hamda ularni ma’lum ijtimoiy maqsadlarda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadigan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Bibliografiya yaratish qadimda dunyoda paydo bo‘lgan (jumladan miloddan avvalgi 3-asrda Aleksandriya kutubxonasida Kallimax rahbarligida tuzilgan bibliografik jadval). Bibliografiya termini XVIII asrda G‘arbiy Yevropada paydo bo‘lgan, XX asr o‘rtalariga qadar turlicha talqin etilgan, XX asrning 70-ylaridan aniq ilmiy izohga ega bo‘ldi. Bibliografiyaning 4 tarkibiy bo‘limi mavjud: nazariyasi, tarixi, metodi, tashkiliy bo‘limi.

O‘zbekistonda bibliografiya masalalari dastlab 20-30-yillarda Y.K.Betger asarlarida o‘z ifodasini topdi. Keyinchalik bibliografiyaning umumiy masalalari, tarkibiy bo‘limlari M.M.Turopov, Sh.M.Shamsiev, N.P.Lyapustina, H.Mamatraimova va bibliografiyaning ilmiy ishlarida nazariy jihatdan o‘z aksini topdi.



“Bibliografiya” termini dastlab kitob ko‘chirib yozishni anglatgan, vaqt o‘tishi bilan (XVII asr o‘rtalaridan) kitoblar bayonini bildiradi. Bibliografiya tarixi kitob bosish yuzaga kelishi bilan boshlandi. Bosma asarlarning barcha turlari, qo‘lyozmalar, ijtimoiy ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan eng yangi qo‘lyozmalar (dissertatsiyalar, saqlashga topshirilgan qo‘lyozmalar) bibliografiyaning o‘rganish sohasidir. Texnika taraqqiyoti, mikrofilm, ovoz yozish (gramplastinka) va matn yozishning o‘zgarishi bibliografiya ko‘lamini kengaytirmoqda. Ko‘pgina mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham bosma asarning majburiy (kontrol) nusxasi joriy qilingan bo‘lib, shu asosda bosma asarni hisobga olish, so‘ng kitobxonlarga mo‘ljallab saralash yo‘lga qo‘yilgan. Bosma asarlarni ularning ilmiy va g‘oyaviy ahamiyati, shuningdek mazmunini yoritib guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega.

Bosma asarlar turi (kitoblar, davriy nashrlar va boshqalar), rasmiy belgilari (alfaviti, nashr joyi yoki sanasi), mazmuni (mavzu, fan va tarmoqlar) bo‘yicha guruhlanadi. Bu bosma asarlarni guruhlarga ajratishning umumiy asosidir, bibliograflar har bir alohida hollarda o‘zlarining tarmoqlar rejasini yaratadi. Bosma asarlarning tavsifnomasi muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy qismi tasvirlash bo‘lib, unga muallif familiyasi, asar sarlavhasi, sarlavhachasi, nashr joyi, nashriyot nomi, nashr vaqti (yili), hajmi (sahifa va bezaklar soni), zarur bo‘lganda adadi, narxi va boshqalar haqidagi ma’lumotlar kiradi. Tasvirlash elementlari, odatda, o‘rnatilgan qoidalar, shuningdek standartlar asosida belgilanadi. Bosma asarlar mazmuni tavsifnomasining asosiy shakllari: annotatsiya, referat, guruh axborot (obzor).


Download 227 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish