Kichik maqola (tezis) ilmiy ma’ruzaning qisqacha shakli bo’lib, unda ma’ruzada qo‘yilgan muammoning mag‘zi o‘z aksini topadi.
Maqola ilmiy ma’ruzaga yaqin matn bo‘lib, konferensiya, simpozium va seminarlarga taqdim etiladigan ilmiy mulohazadir. Maqolalar maxsus to‘plamlarda yoki jurnallarda nashr etiladi. Maqola kichik shakllardan biri hisoblansa-da, uning hajmi va mazmuni miqyosi yirik bo‘lishi ham mumkin. Maqola 3 betdan 40 betgacha, ba’zan undan katta bo‘lishi ham mumkin. Mazmun jihatidan zamonaviy tilshunoslikning ko‘plab yirik muammolari aynan maqolalarda aks etmoqda. Tilshunoslikning butun bir tarmoqlari aynan maqolalarda yoritib berilmoqda.
Risola (broshyura) bir muallif yoki tadqiqotchi tomonidan biron-bir muammoni aniqlashtirgan holdada tadqiq etilishining jarayoni natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |