1-mavzu. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta’minot


Ijtimoiy ish: faoliyatning alohida turi sifatida



Download 46,62 Kb.
bet4/4
Sana18.02.2022
Hajmi46,62 Kb.
#452823
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Ijtimoiy ish: faoliyatning alohida turi sifatida. Ijtimoiy ish bu faoliyatning ijtimoiy ta‘minot prinsiplarini qo’llab-quvvatlashga muhtoj va o’z hayotiy muammolarini mustaqil ravishda hal etish, ko’p hollarda esa yashash imkoniyatiga ega bo’lmagan odamlarga yordam ko’rsatish prinsiplarini amalga oshirishga yo’naltirilgan alohida turi.

Dunyo tajribasida odamlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari – keksalar, nogironlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan odamlar, jumladan, bolalar bilan ish olib borishni professionallar, ya‘ni ijtimoiy xodimlar amalga oshiradilar.
Ijtimoiy ish o’zining amaliy faoliyatida ijtimoiy ta‘minotning asosiy prinsiplariga asoslanadi va ularga amal qiladi. 1948-yil 10- dekabrda qabul qilingan ―Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi‖ ijtimoiy ta‘minotning asosiy prinsipini – jamiyatning har bir a‘zosining ijtimoiy ta‘minotga huquqi, shuningdek, shaxsning iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy sohalarda erkin rivojlanishi va uning g’ururini qo’llab- quvvatlash uchun zarur bo’lgan sharoitlarni ta‘minlashni mustahkamlab qo’ygan.
Ijtimoiy ish, ijtimoiy hodisa sifatida mazkur so’zning keng ma‘nosida, jamiyat ijtimoiy yordamning muayyan tarixiy davr davomida ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlariga mos ravishda amalga oshiruvchi o’ziga xos modelini namoyon qiladi. Tor ma‘noda ijtimoiy ish odamlarga, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni engib o’tishda yordam ko’rsatishga yo’naltirilgan ijtimoiy-zarur faoliyat demakdir. ―Ijtimoiy ish‖ – butun dunyoda qabul qilingan, insonning insonga munosabatini, uning jamiyatga muvaffaqiyatsiz moslashuvini engillashtirishga yo’naltirilgan faoliyatni belgilovchi tushuncha. Ijtimoiy ish filantropiya (insonparvarlik), xayriya kabi faoliyat turlaridan o’zining nafaqat kundalik muammolarni hal etishda yordam ko’rsatishi, balki, muhtojlarni qiyinchiliklarni engib o’tish va o’z-o’ziga yordam ko’rsatish ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi. Bu, aytish mumkinki, insonni har qanday hayotiy vaziyatlarda o’z muammolarini mustaqil hal etishga o’rgatish faoliyatidir.
Tarqoq odamlar tomonidan emas, balki, qudratli davlat va xususiy tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan yordam samaraliroq hisoblanadi. Ijtimoiy ish rivojlanishining dastlabki bosqichida mazkur faoliyat bilan asosan XIX asrda Yevropa mamlakatlarida sodir bo’lgan jadal sanoatlashtirish va urbanizatsiya tufayli vujudga kelgan ijtimoiy muammolarning keskinlashuvidan xavotirga tushgan turli filantropik jamiyatlar shug’ullangan.
Sanoat kapitalizmining rivojlanishi G’arb ijtimoiy tuzumining ulkan o’zgarishlarga duchor bo’lishiga sabab bo’ldi, bu esa o’z navbatida inson va jamiyat o’rtasidagi yangi turdagi munosabatlarning shakllanishiga sabab bo’ldi. G’arbdagi qarashlar davlatning shaxs oldidagi mas‘uliyati va ma‘naviy burchi to’g’risidagi tushunchalarning shakllanishiga sabab bo’lgan yangi intellektual yo’nalishlar vakillari vujudga keldi.
Va mazkur vaziyat oxir-oqibat aholining turli guruhlarini empirik jihatdan o’rganish va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishga bo’lgan buyurtmalarning yuzaga kelishiga, pirovardida esa ijtimoiy islohotchilarning tashabbuslariga ko’ra, ijtimoiy xodimlarni tayyorlashning yangi shakllarining paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Yangi harakatning jadal sur‘atlarda rivojlanishi, ixtisoslashtirilgan xizmatlarning tashkillashtirilishi natijasida ijtimoiy ishning nafaqat tezkor yordam ko’rsatishning eng samarali modellarini, balki, oldini olish yoki ogohlantiruvchi tabiatga ega bo’lgan shakllarini izlashga yo’naltirilgan tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Ijtimoiy xodimlar muammolarning keng doirasiga duch keladilar. Bu ichkilikbozlik, xususiy mulkchilik huquqlarining buzilishi, bolalarga nomunosib munosabatda bo’lish, er-xotin o’rtasidagi nizolar, ruhiy va jismoniy kasalliklar, daydilik, jamiyatdan ajralib qolish va hokazo. Bularning bari maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Bu kabi faoliyat havaskorlik, yuzaki yondashuvga toqat qilmaydi, chunki, ijtimoiy xodimlar nafaqat tegishli bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari, balki, kasbiy-axloqiy me‘yor va prinsiplarga amal qilishga, shaxsiy tayyorgarlikka ham ega bo’lishlari lozim.
Ijtimoiy ish kasb sifatida davlat, professional va tashkilot tomonidan inson huquqlariga amal qilish, o’z davlatining ijtimoiy qonunchiligini bilish, to’g’ri qo’llash, mijoz manfaatlarini himoya qilish va jamiyat farovonligi uchun xizmat qilish kabilarga asoslangan. Ijtimoiy ish turli shakllarda namoyon bo’ladi, mijozlar bilan o’zaro kompleks munosabatlarga kirishadi.
Ijtimoiy ishning vazifasi ijtimoiy munosabatlardagi buzilishlarni bartaraf qilish maqsadida odamlar o’z imkoniyatlarini amalga oshirishlari, to’laqonli, sermazmun hayot kechirishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat. Professional ijtimoiy xodimlar o’zlari xizmat ko’rsatayotgan alohida individlar, oilalar, uyushmalar va umuman jamiyatning hayotidagi o’zgarishlar vakillari hisoblanadi. Mazkur kasb qadriyatlar, nazariya va amaliyotning o’zaro bog’liq tizimi hisoblanadi, u insonparvarlik va demokratiyaga muvofiq ravishda shakllangan, tenglik va inson qadr-qimmatini hurmat qilish kabi qadriyatlarga asoslangan.
Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarida yuz yil avval vujudga kelgan professional ijtimoiy xodim amaliyoti ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishni himoya qilish va har bir sub‘ektning munosib turmush kechirishi uchun inson imkoniyatlarini rivojlantirishdan iborat. Ijtimoiy xodim inson huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy adolatga erishish uchun harakatlarni amalga oshiradi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj va past darajada himoya qilingan qatlamlari bilan birlashgan holda mazkur kasb kambag’allik darajasini pasaytirish va bartaraf qilish, ijtimoiy qamrab olish prinsipiga amal qilish maqsadida tobe va jabrlanganlarni ozod qilish uchun kurashadi.
Bo’lg’usi ijtimoiy xodimlarning bevosita faoliyati jarayonida zarur bo’lgan mazkur bilimlar va boshqa ko’plab ko’nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida oliy va o’rta maxsus ta‘lim muassasalarida ta‘lim beriladi.
Download 46,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish