1-MAVZU. IJTIMOIY ISH VA IJTIMOIY TA’MINOT
Kursning tuzilmasi, maqsadi, kutilayotgan natijalar
Ijtimoiy ta‟minot: tushuncha va maqsadlar
Ijtimoiy ta‟minot institut va fan sifatida
Ijtimoiy ish faoliyatning alohida turi sifatida
Kalit so‘zlar: ijtimoiy ish, ijtimoiy ta‘minot, ijtimoiy himoya,
adolatlilik, ijtimoiy ish ko’nikmalari va qadriyatlari, hayotiy vaziyat.
1. Kursning tuzilmasi, maqsadi, kutilayotgan natijalari.
Mamlakatimizda ijtimoiy ishning kasbiy faoliyat turi sifatida shakllanishi va rivojlanishi jamiyat hayot faoliyatining barcha sohalariga ta‘sir ko’rsatuvchi shiddatli o’zgarishlar davriga to’g’ri keldi. Ijtimoiy muammolarning keskin kuchayishi aholining ko’p qismi davlat tomonidan ijtimoiy himoya va muhofazaga muhtoj bo’lib qolishiga sabab bo’ldi.
Amerikalik professor Charles Zastrowning yozishicha: ―Ijtimoiy ish odamlarga, oilalarga, guruhlar va jamiyatlarga, ularning shaxsiy, shaxslararo, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy imkoniyatlarini ularning hayot faoliyati sharoitlarini yaxshilash hisobiga oshirishda yordam ko’rsatish jarayonida odamlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga yo’naltirilgan. Ijtimoiy xodimlar mijozlarning ijtimoiy muhitini aniqlab olish, tanlovni amalga oshirish, o’z tanlovi uchun javobgarlikni qabul qilish va ularning hayotiy vaziyatiga tadbiq va targ’ibot qilish orqali ta‘sir ko’rsatish maqsadida mijoz imkoniyatlarini rivojlantirishga harakat qiladilar. Ijtimoiy xodimlar, shuningdek, jamiyatdagi turli guruhlar o’rtasida hukmronlikning adolatli tarzda taqsimlanishiga erishishga intiladilar. Ijtimoiy adolatlilikka bu kabi urg’u berilishi ijtimoiy ish kasbining ajratib turuvchi jihati hisoblanadi‖1.
―Ijtimoiy ish‖ kasbi dunyoda bir asr avval vujudga kelganligi sababli, ijtimoiy muhitning xorijiy tajribada o’rganilgan asosiy muammolarini anglash uchun yetarli bo’lgan boy ma‘lumotlar, hamda
1 Charles Zastrow. Introduction to Social work and social welfare. Empowering People. George Williams College of Aurora University. Prented in Canada: Brooks/Cole, Cengage Learning, 2010. – P.2.
dunyo tajribasiga bo’lgan qiziqish va uni O’zbekiston sharoitiga tadbiq qilishga intilish tabiiy holat hisoblanadi.
Mutaxassislik maqsadi, vazifalari va tuzilmasi:
Mutaxassislikning asosiy maqsadi – talabalarda kasbiy layoqatlilik va malakalarni, ularda ijtimoiy ish, uning etikasi va qadriyatlari, nazariyalari, tadqiqot usullari va ular bilan bog’liq ko’nikmalar haqidagi bilimlarni shakllantirish orqali rivojlantirishga imkoniyat yaratish.
Mutaxassislik (kurs) vazifalari:
Talabalarda ijtimoiy ishning axloqiy qadriyatlari va asoslarini shakllantirish va ularni amalda qo’llash uchun imkoniyat yaratish.
Ijtimoiy ish faoliyatning alohida turi sifatidagi o’ziga xos xususiyatlarini ijtimoiy ta‘minot va ijtimoiy ishning rivojlanish tarixini qamrab olgan holda o’zlashtirish.
Ijtimoiy ishning asosiy nazariyalarini, ularni ijtimoiy xodim (ijtimoiy soha xodimi) ning amaliy faoliyatiga tadbiq qilish orqali o’rganish.
Ijtimoiy ish nazariyalarini amalda qo’llash bo’yicha ko’nikmalarini rivojlantirish.
Amaliyotning dalillarga asoslangan tajribasini, ijtimoiy ishdagi tadqiqotning asosiy usullarini ko’rib chiqish va tinglovchilarda tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantirishga imkoniyat yaratish.
―Ijtimoiy ishga kirish‖ ijtimoiy ish bo’yicha mutaxassisning umumkasbiy fani hisoblanadi va bo’lg’usi mutaxassisda kasbiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan, uning kasbiy mahoratini tarixiy, nazariy bilimlar, ijtimoiy ta‘minot va insonni himoya qilishning
dunyo tajribasi jarayonida ishlab chiqilgan insonparvarlik qadriyatlari bilan boyitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |