1-mavzu. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta’minot



Download 46,62 Kb.
bet2/4
Sana18.02.2022
Hajmi46,62 Kb.
#452823
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Ijtimoiy ta‟minot: tushuncha va maqsadlar. Ijtimoiy ish ijtimoiy ta‘minot shakli, ijtimoiy yordam ko’rsatish faoliyati davomida muhtojlar bilan ijtimoiy ish olib borish amaliyoti va odamlarni qo’llab- quvvatlash faoliyati hisoblanadi. Uning samarali tarzda amalga oshirilishi uchun ijtimoiy xodim inson muammolarini to’g’ri anglay bilishi, shuningdek, ularni hal etish texnologiyalaridan xabardor bo’lishi lozim.

Bizning sanoatlashgan, murakkab va jadal o’zgarib boruvchi jamiyatimizda ijtimoiy ta‘minot sohasidagi faoliyat sarflangan moliyaviy mablag’lar, insonlarni azoblardan xalos qilish, ijtimoiy xizmat ko’rsatish nuqtai nazaridan muhim vazifaga aylanib bormoqda1.
Ijtimoiy ishning eng umumiy ta‘rifi – bu individ, guruh yoki uyushma hayotidagi ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan kasbiy faoliyat, ijtimoiy ta‘minotni amalga oshirish.
Ijtimoiy ta‘minot o’zi nima?
Mazkur ijtimoiy ta‘minot atamasi keng ma‘noda aholining farovonligini ta‘minlashga yo’naltirilgan barcha tashkiliy muammolarni hal etishni qamrab oladi. Shuningdek, ta‘lim, sog’liqni saqlash sohasi, reabilitatsiya, keksalar va bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy yordam, ijtimoiy sug’urta, jismoniy va aqliy nuqsonlari mavjud bo’lgan kishilarga xizmat ko’rsatish, ruhiy terapiya, maslahat berish va ijtimoiy farovonlikka ko’maklashuvchi ko’plab boshqa sohalar ham ijtimoiy



1 Charles Zastrow. Introduction to Social work and social welfare. Empowering People. George Williams College of Aurora University. Printed in Canada: Brooks/Cole, Cengage Learning, 2010. – Chapter 1– Р.1.
ta‘minot sirasiga kiradi. Shu nuqtai nazardan, ijtimoiy ish va ijtimoiy
ta‘minot teng ma‘noli tushunchalar, demakdir.
Ijtimoiy ish ensiklopediyasida P.Nelson Reyd ijtimoiy ta‘minlangan jamiyatni inson faoliyati va mavjudligi uchun imkoniyatlar yaratilgan, muhtojlik va tajovuzlardan ongli himoya ta‘minlangan jamiyat sifatida ta‘riflaydi. Bu adolat va shaxsiy xizmatlarni e‘tirof etuvchi, iqtisodiy jihatdan samarali va barqaror bo’lgan jamiyatdir. Ijtimoiy ta‘minot g’oyasi insonlar jamiyati o’zining ma‘naviy majburiyati deb hisoblaganligi sababli ijtimoiy yordamni tashkillashtirish va ko’rsatishi mumkin, degan taxminga asoslanadi1.
Farqi shundaki, ijtimoiy ish – bu kasb, fan va ta‘lim fani, ijtimoiy ta‘minot esa – fuqarolarga keksalikda, kasallikka chalingan holatlarda, mehnatga layoqatlilikni qisman yoki to’liq yo’qotgan vaziyatlarda, shuningdek, bolalari bor oilalarga qonunda ko’rsatilgan moddiy ta‘minot tizimi hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’minotning maqsadi jamiyatdagi barcha odamlarning ijtimoiy, moliyaviy, sog’liqni saqlash va bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Ijtimoiy ta‘minot barcha yoshga oid guruhlar va barcha qatlamdagilarning hayot faoliyati darajasini oshirishga intiladi. Ijtimoiy ta‘minotni amalga oshirish va jamiyatda ijtimoiy ta‘minot muassasalarining faoliyatini ta‘minlash zarur ijtimoiy institut hisoblanadi, chunki, bozor iqtisodiyoti va oila faoliyati bugungi kunda odamlar yoki odamlar guruhining asosiy ehtiyojlarini ta‘minlashni talab etadi.



1 Ambrosino R., Ambrosino R., Heffernan J., Shuttles worth G. Social Work and Social Welfare: An Introduction. Sixth Edition. – Thomson Brooks/Cole, 2008. – Р.5
Tezkor sur‘atlarda o’zgarib boruvchi jamiyat – ijtimoiy falokatlarning ortib borishi va quyidagi ko’rinishdagi yangi muammolarni: boshpanasiz fuqarolar sonining ortib borishi, jinoyatchilikning ko’payishi, davriy energetik inqirozlar, terrorizm, yashash muhitining buzilishi kabi muammolarning vujudga keltirishiga yo’l qo’ymasligi lozim.
Ijtimoiy ta’minot sohasida faoliyat olib borish bu:

  • farzandlari ko‘p bo’lgan ota-onalarni turar joy bilan

ta‘minlash;

  • ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka ruju qo’ygan odamlarni

reabilitatsiya qilish;

  • hissiy qiyinchiliklarga ega bo’lgan odamlar bilan ish olib borish;

  • ko’plab keksa yoshdagi kishilar turmush sifatini oshirish;

  • jismoniy yoki aqliy zaifliklari mavjud bo’lgan insonlarni

reabilitatsiya qilish maqsadida kasbiy-texnik xizmatlar ko’rsatish;

  • kambag’al oilalarning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish;

  • jinoiy huquqbuzarliklarni sodir etgan o’smirlar va kattalarni reabilitatsiya qilish;

  • tahqirlash va tayziqlarning barcha turlarini bartaraf qilish.


  1. Download 46,62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish