2. Asosiy qism a Zoologiya faniga kirish b Umurtqasiz hayvonlar olami bilan tanishuv. Xulosa



Download 135,17 Kb.
bet1/5
Sana12.01.2022
Hajmi135,17 Kb.
#336006
  1   2   3   4   5
Bog'liq
zoologiyaga kirish m-ish


REJA:


1.Kirish.

2.Asosiy qism.

a)Zoologiya faniga kirish.

b)Umurtqasiz hayvonlar olami bilan tanishuv.

3.Xulosa.

Zoologiya qisqacha ifoda etganda, hayvonlar to‘g‘risidagi fandir, aslida esa u hayvonlar dunyosining xilma-xilligi, tuzilishi, hayoti, sistematik guruhlari o‘zaro qarindoshlik munosabatlari va kelib chiqishi (filogeniyasi) hamda geografik tarqalishi to‘g‘risidagi fandir. (grekcha: zoo - “hayvon”, logos – “fan”). Bugungi kunda zoologiya fani tarixan shakllangan va butun dunyoda qabul qilingan 2 bo‘lim - umurtqasizlar va umurtqalilar zoologiyasidan iborat.

          Zoologiya fanining asosiy o‘rganadigan obyekti va predmeti – Hayvonot dunyosidir. Shuning uchun zoologiya fanining maqsadi va vazifalari – hayvonot dunyosini planetamizda tutgan o‘rni, biosfera va insoniyat hayotidagi ahamiyatini o‘rganishdan iboratdir.

         Eramizdan bir mlyard yilcha muqaddam eng sodda shaklda paydo bo‘lgan va uzoq davrlar mobaynida murakkab takomillanish jarayonlari asosida rivojlanib, hozirgi davrda yer planetasining deyarli hamma qismini egallagan hayvonlar dunyosi nihoyatda xilma-xildir. Hozirgi paytda turli muhitda yashayotgan va o‘zining sodda yoki murakkab tuzilishi, yohud katta-kichikligi bilan bir-biridan keskin farqlanadigan hayvonot dunyosi 1 mln 500 mingdan oshiqroq turni o‘z ichiga oladi.

Odamzod hayotining dastlabki rivojlanishi, hayvonot dunyosi bilan mustahkam bog‘langan holda borgan. Turli arxeologik qazilmalar odamzodning rivojlanishi va hayotida turli xil hayvonlar katta o‘rin tutganligidan dalolat beradi. Odamzod ibtidoiy rivojlanish davrlarida turli xil umurtqasizlar, baliqlar va sut emizuvchi hayvonlarni ovlab hayot kechirgan bo‘lsa, keyinchalik ba’zi sut emizuvchi hayvonlarni  o‘ziga o‘rgatib, xonakilashtira borgan.

F. Engelsning ko‘rsatishicha mazkur hodisa, ya’ni hayvonot mahsuloti (go‘sht, hayvon oqsili)dan foydalanish insonning shakllanishida ahamiyatga ega bo‘lgan. Shuning uchun ham qadimgi davr odamlarida bir qancha hayvonlarning tuzilishi, hayoti hatto ularning o‘zaro munosabatlari va xulq-atvori to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plana borganligi aniqlangan.  Zoologiya qadimgi fanlardan bo‘lib, bu fanga eramizdan ilgarigi 384-322 yillarda yashagan gretsiyalik olim, faylasuf Aristotel (Arastu) asos solgan. Arastu o‘sha zamonda fanga ma’lum bo‘lgan 454 xil (tur) hayvonlarni tuzilishi hayoti va tarqalishini sistema asosida bayon qilib bergan. Arastu asarlaridagi hayvonot dunyosi sistemasi ko‘p jihatdan hozirgi sistemaga yaqin bo‘lib, unda hayvonlar; qonlilar (umurtqalilar) va qonsizlar (umurtqasizlar) degan katta guruhlarga, bular esa o‘z navbatida yana sakkizta kichik guruhlarga: tirik tug‘uvchi to‘rt oyoqlilar (sut emizuvchilar), tuxum quyuvchi ikki oyoqlilar (qushlar), tuxum quyuvchi  to‘rt oyoqlilar (sudralib yuruvchilar) oyoqsiz tuxum quyuvchi jabralilar (baliqlar) hashoratlar, qisqichbaqasimonlar kabilarga ajratgan. Arastuning zoologiyaga oid asarlari o‘zining to‘la va mazmunligi bilan, hatto XVIII asrda yozilgan asarlardan ham  ajralib turadi.

Uyg‘onish davrlarigacha jumladan o‘rta asr davrlarida ham zoologiyaning rivojlanishida deyarli siljish bo‘lmadi. Barcha to‘plangan ma’lumotlar sistemaga solinib hikoya tarzida berilar edi. Bu paytda kelib Arastu sistematikasi unitilib ketgan edi. Jumladan nemis olimi K. Gesnerning besh tomli “Zoologiya qomusi”  (XVIIasr) shu tarzda yozilgan bo‘lib hayvonot dunyosi alifbo tarzida ko‘rsatilgan edi.

Zoologiya fanining qaytadan rivojlanishi 1735 yildan, ya’ni mashhur shved olimi K.Linneyning “Tabiat sistematikasi” nomli kitobining maydonga kelishi bilan boshlandiki, bu kitobda ma’lum bo‘lgan hayvonlarning ancha qo‘lay bo‘lgan sun’iy sistematika asosida o‘rganish metodlari ifodalangan edi.

XVIII va XIX asr boshlarida hayvonot dunyosining xilma-xilligi va tuzilishini har tomonlama o‘rganish va zoologik sistemani rivojlantirishga Spalantsani, Byuffon, Sent-Iler, J.B. Lamark, J. Kyuve kabi G‘arbiy Yevropa olimlari va shuningdek Lomonosov, Pallas, Volf, K. Ber va F. Rule kabi olimlar katta hissa qo‘shdilar.

Hozirgi zamon biologiya faniga asos solgan CH.Darvin (1859 й.)  evolyutsion ta’limotining vujudga kelishi ilmiy materialistik zoologiya fanining rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Chunki bu ta’limot “hayvon va o‘simliklarning turlarini bir-birlari bilan bog‘lanmagan holda yakka-yakka xudo tomonidan yaratilganligi haqidagi dunyo-qarashlarga qattiq zarba berdi va biologiyani to‘liq ilmiy asosga qo‘ydi”.XIX asrning ikkinchi yarmi ilmiy materialistik zoologiyaning rivojlanish davri bo‘ldi.

Darvin evolyutsion nazariyasi asosida zoologiyaning taraqqiy etishi va rivojlana borishida A. Uolles, T. Geksli, F. Myuller, E. Gekkel kabi G‘arbiy Yevropa olimlari bilan bir qatorda mashhur rus olimlari A. O. Kovalevskiy ва V.O.Kovalevskiy, I.I Mechnikov, Bogdanov, SHevyakov, Zavarzin, Xolodkovskiy, Knipovich, Zernov, Pavlovskiy, Skryabin ва бошқалар katta xizmat ko‘rsatdi.

 Zoologiya fanining soha va tarmoqlari

Zoologiya rivojlana borishi bilan bir qatorda uning ma’lum bo‘limlari: hayvonot olamining tuzilishi, sistematik guruhlari, geografik tarqalish qonuniyatlari yoki hayvon organlarining hayotiy yo’nalishlarini o‘rganadigan ayrim zoologik fanlar vujudga kela- boshladi. Shunday qilib zoologiya bir qancha bilimlarni birlashtirgan fanlar sistemasiga aylandi.

Hayvonlarning tuzilishi va individ (embrion) rivojlanishini Morfologiya  fani tekshiradi.Morfologiya o‘z navbatida anatomiya, gistologiya, sitologiya, embriologiya,  qiyosiy anatomiya, qiyosiy embriologiya, molekulyar biologiya  kabi qator fanlarga ajraladi.




Download 135,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish