8. Hayvonot sistematikasining asoslari. Kladistik metod.
XVIII asr boshlariga kelib hayvonot dunyosini o‘rganishda ma’lum qat’iy tartib va sistemani joriy etish zaruriyati yaqqol sezila bordi va shu zaruriyat ta’sirida shved olimi К.Линней (1707-1778) ning “sun’iy sistema” deb ataluvchi ancha qulay turkumlashtirish metodi vujudga keldi.
K. Linneyning 1735 yilda nashr etilga “Tabiat sistemasi” nomli kitobida bayon etilgan mazkur hayvonot sistematikasiga asos etib TUR kategoriyasi olingan. K. Linney ta’rifcha dunyodagi hayvonlar turlardan tarkib topgan. Har bir tur – bir ota-onaning bolalari kabi bir-biriga o‘xshash bo‘lib, ular o‘zaro erkin qo‘shila oladi, shu bilan birga naslli (ko‘paya oladigan) nasl bera oladi. Mazkur ta’rifga muvofiq, masalan: ot bilan eshak erkin qo‘shilmaydi, erkin qo‘shilsa ham nasl bera olmaydi.
Shu qoidaga muvofiq bir-biriga juda o‘xshagan turlar bir urug‘ (avlod)ga birlashtiriladi. Masalan: it, bo‘ri, qashqir turlari bir-biriga o‘xshaydi, binobarin ularni bitta itlar urug‘iga birlashtiriladi. O‘z navbatida bir-biriga har tomondan o‘xshash urug‘lar mavjud. Masalan, itlar urug‘i sirtlonlar urug‘iga o‘xshash. Bu o‘xshash urug‘lar oila deb ataladigan guruhlarga birlashtiriladi.
Ko‘p oilalar ham o‘zlarining hayotiy yo’nalishlari tuzilishlari bilan bir-birlariga o‘xshagan, itlar, mushuklar, qunduzlar oilalari yirtqichlar turkumiga birlashtirilgan.
Turkumlar o‘z navbatida sinflarga birlashtirilgan.
Mazkur sistema hayvonlarning tashqi yaqqol ko‘ringan belgilariga asoslanganligi uchun uni olimlar “Sun’iy sistema” deb ataydi, shu bilan birga K. Linney sistemasida hayvon turlarini nomlarini lotin tilida va mazkur tur mansub bo‘lgan urug‘ning nomi qo‘shib aytilishi joriy qilindi. Masalan: itlar turi - Sanus-canus (itlar urug‘iga kiradigan it) bo‘rilar turi Canus-lupus (itlar urug‘iga kiradigan bo‘ri) sherlar turi Pelus leo – (mushuklar urug‘i – sher) Pelus tigris – ( mushuklar urug‘i - yo‘lbars)
Turlarni nomi urug‘ nomiga qo‘shilib aytilgani uchun bu qoidani “binar nomenklatura” (ikki yoqlama yoki qo‘shaloq nomlanish) deb ataldi.
K. Linney tuzgan sistemaga solish qoidasi hayvonot dunyosini o‘rganish uchun juda katta turtki bo‘ldi.
Shuning uchun ham “Tabiat sistemasi” 43 yil ichida 13 marta qayta nashr etilib, tabiatshunoslarning asosiy qo‘llanma kitobiga aylangan edi. Shu bilan birga yangi topilgan turlarning nomi ortib bordi. Agarda “Tabiat sistematikasi” ning dastlabki (1735 yil) nashrida 4208 ta tur ko‘rsatilgan bo‘lsa uning so‘ngi nashrida hayvonot turlarining soni 20 mingdan oshib ketdi.
Keyinchalik hayvonlar sistemasi haqidagi fan rivojlana borib “tabiiy sistemaga” yaqinlashtrildi. Bu sohada frantsuz olimlari J.B.Lamark, J.Sent-Iler va J. Kyuve larning xizmatlari katta bo‘ldi.
Mashhur olim J.B.Lamark (1744-1829 yil) umurtqasiz hayvonlarning tuzilishi va ularning sistematik holatlarini aniqlash sohasida g‘oyaviy muhim va katta ish qildi. Masalan: “Zoologiya falsafasi” asarida hayvonlar dunyosining 48 ta sinfdan tashkil topganligini ko‘rsatdi va hayvonlarni umumrtqalilar va umurtqasizlarga bo‘linishini aniqladi.
Jorj Kyuve esa XIX asr boshlarida yozgan zoologiyaga oid asarlarida esa tip kategoriyasini joriy etishni kutarib chiqdi.
Tip kategoriyasining qo‘llanishi sistemani tabiiy turkumlanishga birmuncha yaqinlashtirdi. Shunday qilib XIX asr boshlarida hayvonot sistemasi birmuncha rivojlandi.
Endi u 6 kategoriya (guruh)dan tur, urug‘, oila, turkum, sinf, tiр lardan tashkil topdi.
J. Kyuve sistemasida 4 ta asosiy tip bor edi, bu 4 ta tip hayvonot dunyosining 4 xil “яратилиш плани” deb, ya’ni “yaratuvchi xudo hayvonlarni mana shu 4 ta tuzilish plani asosida yaratgan” deb ko‘rsatadi. Evolyutsiya nazariyasiga tamomila zid bo‘lgan mazkur reaksion nazariya biologiyada CH. Darvin ta’limoti vujudga kelgunga qadar hukm surdi. CH. Darvin ning “Turlarning kelib chiqishi” (1859 y) nomli mashhur asari maydonga kelishi bilan hayvonot dunyosi materialistik izga solindi.
Umurtqasizlar xilma-xilligini chalkashtirmaslikni va tabaqlashni yana bir yo‘nalishi – sistematik guruhlar, taksonlar o‘rtasidagi evolyutsion munosabatlarni aniqlash, ya’ni “evolyutsiya daraxti” (shajara daraxti) tuzish hisoblanadi. M.: Omarlar, krablar va krevetkalar umumiy kelib chiqishida shakllangan besh juft lokomotor oyoqlarning bo‘lishi yaqin qarindoshlik belgisi sanaladi. Sistematik guruhlarning evolyutsion tarixi – filogeniya, evolyutsion munosabatlarning chizma tasviri esa – filogenetik daraxt (shajara daraxti) yoki kladogramma deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |