1-Mavzu. Geografik axborot tizimining tarifi


-Mavzu. Digitayzer va skanerlardan foydalanish



Download 97,54 Kb.
bet23/44
Sana06.06.2022
Hajmi97,54 Kb.
#641384
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
Bog'liq
45 ta mavzu.

23-Mavzu. Digitayzer va skanerlardan foydalanish

Skaner bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita ЕHM ga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin. Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli hujjatning tasviri nusxasini qog’ozda еmas, balki еlektron ko’rinishda yaratadi — tasvirning еlektron nusxasi yaratiladi. Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash еlektron tizimining muxim bo’g’ini va istalgan «еlektron stol» ning kerakli еlementidir. O’z faoliyatining natijalarini fayllarga yozib va ma’lumotni kog’ozli hujjatlardan SHK ga obrazlarni avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog’ozsiz ish yuritish tizimini yaratishga amaliy qadam qo’yish mumkin. Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari bo’yicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo’ladi.Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o’qishi mumkin. SHtrixli tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, qo’l rang darajalarini uzatmaydi. Nim rangli tasvirlar qo’l rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish imkonini beradi. Skaner yoki tasvir skaneri — tasvirlarni, bosma matnlarni, qoʻl yozma yoki obyektni optik ravishda skanerlaydigan va uni raqamli tasvirga oʻzgartiradigan qurilma. Shuningdek, hujjatni boshqa joyga koʻchiradigan mexanik skanerlar odatda katta formatli hujjatlar uchun ishlatiladi. astaki Skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qol bilan tasvir boylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta otishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bolib, u skanerlashning ruxsat еtiladigan tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi. Bu skanerlar kichik olchamli va past narxdadir. Skanerlash tezligi 5-50 mm/s (otkazish qobiliyatiga bogliq). roekciey skanerlar tashqi korinishdan fotokattalashtirgichni еslatadi,lekin pastda skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida еsa skanerlovchi kallak joylashadi. Skaner malumotli hujjatni optik yol bilan skanerlaydi va olingan malumotni fayl korinishda kompyuter xotirasiga kiritadi.


Digitiser (Raqamlashtirish) — tayyor tasvirlarni raqamli shaklga oʻtkazishga moʻljallangan qurilma. Digitayzer soʻzi inglizcha digitizing (raqamlashtirish) va tablet (panshet) soʻzlarini birlashtirish orqali kelib chiqqan. Grafik planshet(digitayzer)dan, kompyuterga chizma va rasmlarni kiritish uchun foydalaniladi. Grafika planshetlari qoʻl bilan yaratilgan axborotni bevosita kompyuterga kiritish uchun moʻljallangan qurilma. Bosim yoki qalam yaqinligiga sezuvchan boʻlgan tekis planshetlardan iborat, uning tarkibiga maxsus sichqoncha ham qoʻshilishi mumkin. Zamonaviylarga oʻxshagan birinchi grafika planshetlari 1964 yilda „grafik konverteri“ (ingliz Graphic Converter) nomi bilan taqdim etildi. Ular qalam bilan qoʻlga kiritilgan zaif magnitli impulslar ketma-ketligini yaratadigan ingichka simlarning bir panjarasini oʻz ichiga olgan boʻlib, u qalamning joriy holatini aniqlashga imkon berdi. Isteʼmol bozori uchun dastlabki planshetlarga „KoalaPad“ deb nom berilgan. Dastlab bu planshetlar Apple II kompyuteri uchun yaratilgan boʻlsa-da, „Koala“ boshqa shaxsiy kompyuterlarga ham tarqaldi. Keyinchalik boshqa kompaniyalar oʻz modellarini ishlab chiqarishni boshladilar. Odatda, koʻpgina shaxsiy kompyuterlarda klaviatura va sichqoncha kiritish qurilmalari sifatida ishlatiladi. Bunday interfeysning nomutanosibligi tufayli, kompyuter sichqonchasi yordamida biror narsa yozishni yoki chizishning iloji yoʻq edi. Grafik maʼlumotlarni qalam yoki ruchka orqali kompyuter xotirasiga kiritish gʻoyasini birinchi boʻlib, Yaponiyaliklar oʻylab topishdi. Shubhasiz, bu holat tufayli birinchi kabeli planshetlar Yaponiyada paydo boʻlgan. 1984 yilda Yaponiyaning WACOM kompaniyasi tomonidan asos solingan simsiz ruchka bilan birinchi grafik planshet sotuvga chiqarildi. 1987 yilda WACOM muhandislari batareyasiz ishlaydigan, bosimga sezgir simsiz qalam ishlab chiqardi. Kiritish qurilmasi sifatida simsiz qalamni qoʻllash WACOM kompaniyasining asosiy gʻoyasi va yoʻnalishi boʻldi. Tashqi tomondan, qalam oddiy ruchkaga oʻxshaydi, u batareyani yoki magnitlarni oʻz ichiga olmagan, shuning uchun yengil, ruchkani oson va qulay ishlatish mumkin.



Download 97,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish