25-Mavzu. Ma’lumotlarni fotogrammetrik tahlil qilish
Ma’lumki, fotogrammetriyada yer yuzasini samolyot yoki kosmik apparatlarga oʻrnatilgan fotoapparatlar yordamida olingan aerokosmik suratlardan foydalanib plan, karta tuzishga e’tibor qaratilgan bo’lib, bunda yer modelini yaratishga katta ahamiyat beriladi. Hosil qilingan modeldan haqiqiy georeferenslangan yer koordinatalarini olish uchun nazorat nuqtalari yordamida suratlarni referenslash kerak (qoʻl yordamida raqamlashtirish jarayoni bilan bir xil). Nazorat nuqtalari yer syomkasi yoki GPS yordamida aniqlanadi. Oʻlchovlar stereoplotter deb ataladigan qurilma yordamida bir-biriga qoplanib hosil qilingan juft suratlardan olinadi. Bu qurilma yordamida model
yasaladi va uch oʻlchamli oʻlchovlar olinadi, tahrir qilinadi, yigʻiladi hamda ma’lumot va grafiklar kartaga chiqariladi. Stereoplotterlarning rivojlanish bosqichlari 3 turga: analog (optik), analitik va raqamli kabilarga boʻlinadi. Hozirgi kunda mexanik analog stereoplotterlar kam ishlatiladi. Eng koʻp ishlatiladigan qurilma turi analitik (analog va raqamli stereoplotterlarning oʻzaro yigʻindisi) va raqamli (toʻlaligicha kompyuter tizimi
orqali ishlaydi) stereoplotterlardir. Ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi kunda kompyuter texnologiyasi rivojlanishi bilan mexanik qurilmalar oʻrnini toʻlaligicha raqamli stereoplotterlar egallab oladi. Stereomodellarni koʻrishning turli yoʻllari mavjud va ulardan keng tarqalgani bu tekis ekranga ega boʻlgan oddiy stereoskop va kompyuter ekranidagi qizil/yashil tasvirlarni yoki qutb nurlarini maxsus koʻzoynaklar orqali koʻrishdir. Uch oʻlchamli tekislikdagi tasvirlarni boshqarish uchun fotogrammetriya
tizimidagi kompyuterlar uch oʻlchamli kursorga ega boʻlgan sichqoncha va qoʻl kursorlarning ham uch oʻlcham, ya’ni X, Y, Z boʻylab harakatlanish imkoniyatini beradi. Uch oʻlchamli modellardan vektor obyektlarni olish turlari qoʻl yordamida raqamlashtirish kabi avtomatik, yarim avtomatik va qoʻl yordamida turlariga boʻlinadi. Birgina farq mazkur turda Z balandlik qiymati ham hisobga olinishi lozim. An’anaviy fotogrammetrik jarayon raqamli fotogrammetriyadagi an’anaviy ish jarayonini koʻrsatib
beradi. Bu yerda koʻrinib turganidek (ya’ni 3 xil rangda), raqamli fotogrammetriya 3 ta muhim qismga ega. Bu qismlar ma’lumot kiritish, ma’lumotni qayta ishlash hamda karta va boshqa ma’lumotlarni nashr etishdir. Moʻljallash (oriyentatsiya) va triangulatsiya bu fotogrammetriyada ma’lumotni qayta ishlashning asosiy vazifalaridan biridir. Moʻljallash deganda biz aniq koʻrish uchun stereomodellarni yaratish va bu modellardan keyin geografik obyektlarni tasvirlash uchun uch oʻlchamli vektor koordinatalarni olish jarayonini tushunishimiz zarur. Triangulatsiya bu katta maydonlar haqida aniq va oʻzgarmas axborot olish uchun bir necha tasvirlarni umumiy bir modelga birlashtirish jarayonidir. Raqamli fotogrammetriya ish jarayonining mahsuli turkumiga
raqamli relyef modeli (DEM – Digital Elevation Model), konturlar, ortotasvirlar, vektor birliklar va albatta uch oʻlchamli koʻrinish (3D Scene) lar kiradi. Raqamli relyef modeli (DEM) bu balandlik qiymatlarining toʻgʻri oʻqlaridir. DEM juft stereotasvirlarni oʻzaro nazorat nuqtalari yordamida birlashtirishdan hosil qilinadi. DEM hosil qilinganda maxsus algoritmlar yordamida konturlarni olish aniq boʻladi. Fotogrammetriya (foto... gramma va metriya) — obʼyektlarning shakli, oʻlchami va oʻrnini ularning fotosuratlardagi tasviridan aniklash bilan shugʻullanuvchi ilmiy-texnikaviy fan. Obʼyektlarning fotosuratlari bevosita maxsus fotoapparatlarda, radiolokatsion, televizion, infraqizilissiqlik, lazer, elektron va boshqa optik tizimlar yordamida olinadi. F.da obʼyektning yakka yoki bir-birini maʼlum darajada qoplab turadigan qoʻsh suratlar (stereojuftlar)dan foydalaniladi. F.ning obʼyektlarni qoʻsh suratlar boʻyicha oʻrganadigan boʻlimi stereofotogrammetriya deb ataladi.
Olingan fotosuratlar analitik usulda oʻrganiladi (taxlil qilinadi). Bu usuldan tashqari, fotogrammetrik asboblar (fototransformatorlar, stereograf, stereoproyektor va boshqalar)dan foydalanishga asoslangan analogiya usullari ham qoʻllanadi. F. usullarida tinch turgan va harakatdagi obʼyektlarni oʻrganish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |