1-mavzu: falsafaning prеdmеti va asosiy mavzulari. Falsafiy dunyoharash. (2 soat)



Download 0,53 Mb.
bet28/44
Sana01.02.2022
Hajmi0,53 Mb.
#421110
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44
Bog'liq
2.Ма`ruza mаtni фалсафа

1- masala. Tushuncha predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir.
Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq kiluvchi hamda ularning bir-biriga o'hshashligini ifoda kiluvchi tomonlarga, hususiyatlarga aytiladi. qar bir predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan (bevosita yoki bilvosita) aloqada bo'lganligi uchun kup belgilarga ega. Ularning ba'zilari faqat bitta predmetga hos bo'lgan, uning individal, yakkalik belgilarini tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma'lum bir guruhiga tegishli bo'lib, umumiy belgilar hisoblanadi. Masalan, qar bir kishi faqat o'zigagina hos bo'lgan ruhiy kechinmalar va shu kabi individual belgilarga ega. Shuning bilan birga kishilarning ma'lum bir guruhiga (mehnat jamoasi, millat va elat kabilarga tegishli) yoki barcha kishilarga (mehnat qilish, fikr yuritish kobiliyatlari, ijtimoiy munosabatlarda ishtirok qilishi va shu kabilar) hos bo'lgan umumiy belgilarga ega.
Individual va umumiy belgilarning ba'zilari predmetning mavjud bo'lishi uchun zarur bo'lib, uning tabiatini, moqiyatini ifodalaydi. Bunday belgilar predmetning muhim belgilari deyiladi. Masalan, davlatning mavjud bo'lishi uning o'z maydoni, aholisi, hokimiyat organlariga ega bo'lishini taqozo etadi.
Nomuhim belgilar predmetning moqiyatini tashkil kilmaydi. Ularning yo'qolishi bilan predmetning tabiati o'zgarmaydi. Ma­salan, kaysi irkda, millatga, jinsga taalluqli bo'lishi individning inson sifatida mavjud bo'lishi uchun muhim emas.
Shuni ham aytish lozimki, predmet belgisining muhim yoki nomuhim bo'lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo'lishimizga qarab ham belgilanadi. Hususan, bir munosabatda muhim bo'lmagan belgilar, boshqa munosabatda muhim bo'lishi mumkin. Masalan, kishining layokati uning qanday kasbni tanlashi uchun muhim bo'lsa, inson sifatida mavjud bo'lishi uchun muhim emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma'lum bir munosabatdagi muhim belgilari deyilib, ob'ektiv muhim belgilardan (predmetning mavjud bo'lishi bilan zaruriy aloqada bo'lgan belgalardan) farqqiladi.
Nihoyat, predmet tuhtovsiz qarakatda, taraqqiyotda bo'lganligi uchun, vaqt utishi bilan uning muhim bo'lgan belgisi nomuhim bo'lgan belgiga yoki, aksincha, nomuhim belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin.
Masalan, bevosita kuzatiladigan faktlar empirik bilish bosqichida muhim ahamiyatga ega bo'lsa, nazariy bilish bosqichida unga kamrok murojaat qilinadi.
Demak, tushunchada predmet uzining muhim belgilari orqali fikr kilinib, bu belgilar predmetning umumiy va individual belgilari bo'lishi mumkin. Masayaan, «hamza Hakimzoda Niyoziy» tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, yozuvchi) bilan bir katorda, individual muhim belgilari (hususan, «Boy ila hizmatchi» dramasining muallifi) ham fikr qilinadi.
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farqqilishiga aloqida e'tibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan, uzimiz yozib utirgan kalamni idrok qilishimiz yoki u to'qrisida tasavvurga ega bo'lishimiz mumkin. «Umuman kalamni idrok qilib bo'lmaydi. Chunki tushuncha predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazidir. Kalam tushunchasi o'zida konkret kalamlarning barchasini kamrab olgani qolda, ularning qar biriga hos bo'lgan indivi­dual belgilarni tashlab yuborib, umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu belgilar kalamni boshqa predmetlardan, masalan, kitobdan farqqildirib turadigan specifik beliglar bo'lib ham hizmat qiladi.
Tushuncha predmetning nomuhim belgilaridan chetlashar ekan, demak uni to'laligicha aks ettira olmaydi. Bu ma'noda u hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqdan uzoqroqda turadi. Lekin, tushuncha predmetning muhim belgilarini in'ikos qilishi, moqiyatini aks ettirishi bilan hissiy bilish shakl­lariga nisbatan borliqni chukurrok tularok ifoda etadi.
Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli ularok, inson miyasida to'qridan-to'qri aks etmaydi. U ma'lum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan qolda hosil qilinadi. Bu usullar taqqoslash, analiz, sintez, abstrakciyalash, umumlashtirishlardan iborat.
Taqqoslash yordamida predmetlar o'zaro solishtirilib, ular­ning o'hshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farqqildiruvchi individual belgilari aniqlanadi.
Taqqoslash analizni taqozo qiladi. Chunki predmetlarni yahlit qolda solishtirib bo'lmaydi. Ular u yoki bu hossasiga ko'ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u hossalar ajratilishi lozim. Analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi kismlar tomonlarga ajratilib, qar qaysisi aloqida urganiladi.
Sintez analizga teskari usul bo'lib, u analiz davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmet­ni bir butun holiga keltirishdan iborat. Sintez bulmasa pred­met qaqida yahlit fikr hosil qilib bo'lmaydi. Analiz va sintez uzviy boqliqdir.
Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniklangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa abstrakciyalash yordamida amalga oshiriladi.
Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim hususiyatlariga ko'ra sinflarga birlashtiriladi va shu tarika bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi.
Tushunchaning shakllanishi so'z bilan uzviy boqliq. Ular o'rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til o'rtasidagi boqlanishning konkret tarzda namoyon bo'lishidir. Tushunchalar so'z va so'z birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Masalan «talaba», «tarih fakulteti», «Uzbekistan milliy universiteti» va shu kabilar so'zlardan iborat. Lekin bundan tushuncha va so'z aynan bir hildir, degan hulosa kelib chikmasligi kerak. Bitta tushuncha qar hil tillarda, ba'zan bir tilda ham turli hil so'zlar bilan ifoda qilinadi. Tilimizdagi omonim va sinonim hodisalari so'z va tushunchaning nisbiy mustaqil qolda mavjudligidan dalolat beradi.
Shuni ham aytish lozimki, so'zning kup ma'noga ega bo'lishi ba'zan fikr yuritish jarayonida tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. Shuning uchun ham fan va tehnikada ko'proq terminlardan foydalaniladi. Termin katьiy bitta tushunchani ifoda kiluvchi so'z bo'lib, muayyan ilmiy bilish sohasida bir hil ma'noda ishlatiladi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish