Ta'lim vazirligi



Download 20,25 Kb.
Sana04.07.2022
Hajmi20,25 Kb.
#739108
Bog'liq
01 Mustaqil ish Tijorat banklarining yangi xizmat turlari


O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus
ta'lim vazirligi
Termiz davlat universiteti
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Moliya va moliyaviy texnologiya yo'nalishi
2-bosqich 320-guruh talabasi
Roziqov Behruzning
Bank ishi fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Tijorat banklarining yangi xizmat turlari

Talaba : Roziqov Behruz


O'qituvchi : Gadoyev So'hrob

TERMIZ-2022


MAVZU: TIJORAT BANKLARINING YANGI XIZMAT TURLARI
Reja
1.Tijorat banklardagi turli operatsiyalar klassifikatsiyasi va tarkibi
2.Tijorat banklari tomonidan ko’rsatiladigan an’anaviy va noan’aviy xizmat turlari
3.Plastik kartochkalar va ularni qo’llash zaruriyati
Internet banking xizmatlari
4.Xulosa

1.Tijorat banklardagi turli operatsiyalar klassifikatsiyasi va tarkibi


Barcha tijorat banklarining bajaradigan operatsiyalari deyarli bir hildir. Ammo banklarning bugungi kundagi ko’rsatayotgan xizmatlariga e’tibor beradigan bulsak, ularning soni yanada oshganini ko’rishimiz mumkin.
Tijorat banklari xizmatlarining iqtisodiy mazmuniga va ko’zlangan maqsadiga ko’ra ikki yirik guruhga bo’lish mumkin:
Ma’lum darajada bankning likvidliligini saqlab turish uchun bajariladigan xizmatlar.
Daromad olish maqsadida bajariladigan xizmatlar. Ushbu ikki xizmatlar guruhi o’rtasida ma’lum nisbat mavjud bo’lib, u bank faoliyatini sifat jihatdan ma’lum darajada ta’minlab turish imkonini beradi. Bank likvidligini ta’minlash maqsadida bajariladigan xizmatlarning ba’zi birlari bankka daromad keltirsada, ular mavjudligining sababi bank umumiy likvidligini ma’lum darajada ushlab turishdan iboratdir.
Bugungi kunda Respublikamiz tijorat banklari tomonidan mijozlarga 250-350 dan ortiq bank xizmat turlari taklif etilgan. Tijorat banklari yangi turdagi bank xizmatlarini yo’lga qo’yish orqali korxona tashkilotlarga qulayliklar yaratmokda. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
lizing xizmatlari;
faktoring xizmatlari;
investitsiya operatsiyalari;
moliyaviy brokerlik xizmatlari;
trast xizmatlari;
iqtisodiy va moliyaviy axborotlar va maslahatlar berish va boshqalar.
Bank xizmati – bank operatsiyalarini o’tkazishni optimallashtiruvchi nazariy, texnologik, moliyaviy, intelektual va professional bank faoliyatidir.
Bank xizmati haqiqatdan ham bank faoliyati majmuasidir. Mijozlarning bank faoliyatiga bo’lgan talablarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlardir.
Bank operatsiyasi – bank tomonidan amalga oshiriluvchi pul mablag’larini joylashishini nazarda tutuvchi va aniq iqtisodiy masalani echishga qaratilgan o’zaro bog’liq bo’lgan bank va mijoz harakatlari majmui.
Bank xizmatlari bozori – mijozlar talabini qondirishga qaratilgan bank xizmati talabi va taklifining shakllanish sohasi.
Quyida keltirilgan jadval ma’lumotlaridan shu narsani sezish mumkinki, bank xizmatlari va operatsiyalari o’rtasidagi farq asosan uning foyda olish va o’z mavqeini yanada mustahkamlashga qaratilgan.
Tijorat xizmatlarining namunaviy portfeli vakillik munosabatlar, risklarni boshqarish, mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat ko’rsatish sohalarida vakil banklar hisobidagi mablag’lar qoldig’i tufayli universal banklarni bank xizmatlari bozorida yuqori mavqeni egallashlariga va daromadini oshirishga imkon berishi aniqlandi.

2.Tijorat banklari tomonidan ko’rsatiladigan an’anaviy va noan’aviy xizmat turlari


O’zbekistonda bozor iqtisodiyotini chukurlashtirishga karatilgan tadbirlar natijasida ko’p mulkchilik qaror topib, tijorat banklari o’rtasida erkin raqobat muhiti shakllanmokda. Bunday sharoitda bank xodimlari oldida turgan eng muhim vazifa, bankning uzoq muddatli kelajak istikbolini ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun istiqbolni oldindan ko’ra bilish, kutiladigan o’zgarishlar va tashqi ta’sirlarni o’z vaqtida sezish talab etiladi.
Bank axborot tizimlarining barchasini fayl-server yoki mijoz-server texnologiyasi asosida ishlab chikilgan ikkita katta guruxga bo’lish mumkin. Mijoz-server texnologiyasi aslida andozaga aylanib kolgan. U axborot ishlash tezligining yuqoriligi, bu tezlik foydalanuvchilar soniga va ishlanadigan ma’lumotlar hajmiga uncha bog’lik emasligi; axborotni himoyalash imkoniyatlari rivojlanganligi, ma’lumotlarni tanlab olish va taxlil qilish jixatidan moslashuvchanligi kabi afzalliklariga ega. Lekin shuni ham ta’kidlash kerakki, bunday texnologiyadan foydalanish kredit tashkilotining apparat-texnika jixatidan ta’minlanishiga, avvalo, ma’lumotlarni ishlashda ko’llanadigan server va tarmokli uskunalarga bog’lik. Mijoz-server tizimi afzalliklari bir vaktning o’zida ishlaydigan ko’p sonli foydalanuvchilarning katta hajmli axborot bilan ishlay olishida namoyon bo’ladi.
Bank axborot texnologiyalari dasturiy ta’minotdan tashkari, bank operatsiyalarining axborot va apparat-texnika ta’minotiga oid vazifalarni ham hal qiladi. Shuningdek, axborot tizimini himoya qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni sanab o’tish mumkin:
elektron imzoning ko’llanilishi;
virusga karshi bazalarning muntazam ravishda o’zgartirib turish;
serverlar resurslarini rejalashtirish va tarmokdagi kompyuterlar talablarini kuzatib borish;
ayrim dasturiy mahsulotlarning muhofazasini ta’minlash;
axborotlarning majburiy tartibda shifrlanishi;
ma’lumotlarni etkazish bo’yicha maxsus ajratilgan kanallardan foydalanish.
Mutaxassislarning fikricha, yuqoridagi usullardan tashkari, bankning likvid mablag’larga extiyoji va uni kondirishini baholashning asosiy usuli mavjud. U fond bozoridagi qoida va uni bajarish intizomiga asoslanadi. Ushbu usul bank raxbariyatini:
axoli ishonchi;
depozit sertifikatlari va boshqa karzlar bo’yicha xatarlar uchun mukofotlar;
v) aktivlarning zarar bilan sotilishi;
g) mijozlarning kreditga bo’lgan talablarining kondirilishi singari bozor talablariga alohida e’tibor karatishga chorlaydi.
Bugungi kunda bank faoliyatida marketing kontseptsiyalaridan foydalanish kontseptsiyalardan har biri moliya va bank xizmatlari sohasida u yoki bu darajada qo’llanilmoqda. Ularni kelajakda yanada takomillashtirish uchun marketing funktsiyalaridan kengroq foydalanish zarur. Bank marketingining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
bank xizmatlari bozori va unga talablarni kompleks o’rganish va bo’lg’usi rivojini bashorat qilish;
banklarning ishlab chiqarish-sotish, eksport va boshqa imkoniyatlarini real baholash;
uzoq muddatli marketing strategiyasini, uning maqsadi, vazifalarini, amaliyotga joriy etish yo’llarini ko’rsatgan holda ishlab chiqish;
bozor talabi va bank potentsiali asosida tovar siyosatini rejalashtirish;
talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish;
sotishni rejalashtirish va tashkil etish.
Yuqorida qayd etilgan marketing funktsiyalarni bank amaliyotiga to’liq joriy etish ular xo’jalik faoliyatini yaxshilash uchun sharoit yaratadi.
Shunday qilib, bank marketologlari moliya xizmatlari bozorida va iqtisodiyotda ro’y berishi mumkin bo’lgan inqiroz holatlarni bartaraf etishlari uchun marketing faoliyatini boshqarishning hozirgi zamon usullarini bilishlari talab etiladi.

3.Plastik kartochkalar va ularni qo’llash zaruriyati


Plastik kartalar deganda turli xil maqsadlarga mo’ljalangan kartalarning yig’indisi tushuniladi.
Plastik kartalar vositasida aholi savdo shoxobchalaridan iste’mol tovarlari xarid qilishi, kommunal to’lovlarni to’lashi mumkin. Plastik karta yo’l chiptasi yoki kompyuterga kirish imkonini beruvchi vosita vazifasini o’tashi mumkin. Bir so’z bilan aytganda, plastik kartalar turli maqsadlarga mo’ljallangan instrument hisoblanadi.
Plastik karta pul muomalasi sohasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish vositasi hisoblanadi.
Hozirgi davrda dunyoning barcha mamlakatlarida plastik kartalardan foydalanilmoqda. Plastik kartalarning bir nechta turlari mavjud.
Plastik kartalar hisob-kitoblar uchun mo’ljallanishiga qarab shaxsiy va korporativ kartalarga bo’linadi.
Tijorat banklari shaxsiy kartalarni jismoniy shaxslarga, ular tomonidan joriy hisobraqam ochilgandan keyin beradi. Shuningdek, shaxsiy plastik kartalar to’lovga qobillik darajasi yuqori bo’lgan jismoniy shaxslarga ham beriladi.
Korporativ plastik kartalar yuridik shaxslarga, ularning kafolati va ta’minoti asosida, beriladi.
Plastik kartalarning ishlash rejimiga ko’ra 2 turi mavjud:
Of-line rejimidagi kartalar.
On-line rejimidagi kartalar.
Of-line rejimidagi kartalarga pul o’tkazilgandan so’ng undan foydalanish uchun kartani yuklab olish kerak bo’ladi. Bu plastik kartalar dastlab paydo bo’lgan kartalar bo’lib, hozirgi davrda kamdan-kam mamlakatlarda foydalaniladi.
On-line rejimidagi kartalar zamonaviy plastik kartalar bo’lib, ularni yuklab olish shart emas.
Ushbu plastik kartalar orqali to’lovlar real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Plastik kartalarning qo’llash mexanizmiga ko’ra 2 turi mavjud:
Debetli kartalar.
Kreditli kartalar.
Debetli kartalar naqd pullar, pullik cheklarga muqobil bo’lgan to’lov vositasi hisoblanadi. Ular karta egasining bankdagi joriy hisob-raqamidagi pul mablag’larini to’g’ridan-to’g’ri echib olish yo’li bilan tovarlar va xizmatlar haqini to’lashda qo’llaniladi.
Debetli kartalarda tijorat banklarining kreditlari hisobidan to’lovlarni amalga oshirish imkoni mavjud emas, balki to’lovlar joriy hisobraqamdagi pul mablag’lari miqdorida amalga oshiriladi. Faqat bitta holatda karta egasi tijorat bankining kreditidan foydalanishi mumkin, qachonki unga bank tomonidan overdraft kreditidan foydalanish uchun limit ajratilgan bo’lsa.
Kreditli kartalarda karta egasiga tijorat banki tomonidan ssuda hisobqarami ochiladi va uning kredit to’loviga layoqatliligidan kelib chiqqan holda kreditlash limiti o’rnatiladi.
Plastik kartalarning funktsional belgilariga ko’ra quyidagi turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
magnitli kartalar;
xotira kartalari;
smart kartlar;
supersmart-kartlar;
Magnitli kartalarning teskari tomonida magnitli yo’lakcha bo’lib, unda 100 baytgacha ma’lumot saqlanishi mumkin.
Xotira kartalari oddiy elektron kartalar bo’lib, ularda faqat xotira mavjud. Ushbu kartalarning xotirasi magnitli kartalarning xotirasidan bir necha marta katta.
Xotira kartasining xotirasidagi ma’lumotlarni olish va unga ma’lumotlarni kiritish terminal orqali amalga oshiriladi.
Smart kartlarda mikrosxema mavjud bo’lib, u mikrokompyuter kabi hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi.

4.Xulosa
O’zbekistonda birinchi marta 1995 yilda milliy valyutada kredit va debetli plastik kartalar muomalaag chiqarildi. Ammo plastik kartalar muomalasining rivojlanishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrda qabul qilingan 445-sonli “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining qabul qilinishi bilan bog’liq.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi 1438-sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor vazifalari to’g’risida”gi Qarorining qabul qilinishi plastik kartalar muomalasini yanada rivojlantirish imkonini berdi.
Download 20,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish