4- masala. Induktiv hulosa chiharish.
Bilish, kaysi sohada amalga oshishidan kat'iy nazar-soglom akl darajasidami yoki ilmiy bilishdami - doimo predmet va hodisalarning hissiy idrok etiladigan hossa va munosabatlarini o'rganishidan boshlanadi. Uni falsafada, mantiqda empirik bilish bosqichi deb atashadi. Bu bosqichda sub'ekt turli hil tabiiy jarayonlar, ijtimoiy hodisalarda o'hshash sharoitlarda ma'lum bir hususiyatlarning takrorlanishini kuzatadi. Bu ana shu turgun qolda takrorlanib turuvchi hossaning ayrim predmetning individual hossasi emas, balki ma'lum bir sinfga mansub predmetlarning umumiy hossasi bo'lsa kerak, degan fikrga kelishga asos bo'ladi. Masalan, kaysi davlatda demokratiya principlariga yahshi amal kilinsa usha davlat aholisining ijtimoiy turmush darajasi yuqoriligini kuzatish mumkin. Shu asosda demokratiyaning principlari, shartlari yahshi amal qiladigan harqanday davlatda aholining turmush darajasi yuqori bo'ladi, degan hulosaga kelish mumkin.
Mana shunday juz'iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan utish indukciya shaklida sodir bo'ladi (lotincha inductio-yagona asosga keltirish).
Induktiv hulosa chiharish empirik umumlashtirish shaklida sodir bo'lib, unda birorta belgining ma'lum bir sinfga mansub pedmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha perdmetlarga hosligi qaqida hulosa chikariladi.
Indukciya asosida chikarilgan hulosalar ilmiy bilishda urnatilgan turli empirik qonuniyatlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida uz aksini topadi, predmet va hodisalar qaqidagi bilimlarimizni kengaytirishiga olib keladi.
Induktiv hulosa chiharish bilvosita hulosa chiharish hisoblanadi, ya'ni uning asoslari ikkita va undan ortik mulohazalardan tashkil topgan bo'ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir kismini ifoda qiladilar. Hulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy hukm tarzidagi fikr hosil qilinadi.
Demak, induktiv hulosa chiharishda yakkalik, juz'iylik va umumiylikning dialektik aloqasini kuzatamiz. Ayrim faktlarni ifodalaydigan, juz'iy harakterga ega bo'lgan bilimlar umumiy bilimlarni hosil qilish uchun mantiqiy asos bo'lib hizmat qiladi. Takrorlanib turuvchi turgun aloqalar, odatda, predmetlarning muhim zaruriy aloqalaridan iborat bo'lgani uchun, bu umumiy bilimlar qonuniyatlarni ifoda qiladilar. Asoslardagi yakka va juz'iy faktlar qaqidagi bilimlar esa ana shu qonuniyatlarning namoyon bo'lishini qayd etadilar. Induktiv hulosa chiharish kuzatish va tajriba natijalarini umumlashtirish bilan boqliq bo'ladi
Induktiv hulosa chiharishning ikkita turi: tulik va tuliksiz indukciyalar farqqilinadi.
Tulik indukciya induktiv hulosa chiharishning shunday turiki, unda birorta belgining ma'lum bir sinfga mansub har bir predmetga hosligini aniqlash asosida, shu belgining berilgan sinf predmetlari uchun umumiy belgi ekanligi qaqida hulosa chikariladi.
Tulik indukciya predmetlarning kichik sinfiga, elementlari yaqqol kuzga tashlanib turadigan, mikdor jihatdan cheklangan yopik sistemalarga nisbatan hulosa chiharishda ishlatiladi. Masalan, Kuyosh sistemasiga kiruvchi planetalar, NATOga a'zo davlatlar, birorta shaharda joylashgan korhonalar va shu kabilar qaqida hulosalarni tula indukciya yuli bilan olish mumkin.
Tulksiz indukciya shunday ehtimoliy hulosa chiharish turiki, unda birorta belgining bir mantiqiy sinfga tegishli predmetlarning bir kismiga (bir nechtasiga) hosligini (yoki hos emasligini) aniqlash asosida, shu belgining berilgan sinfga mansub barcha predmetlarga hosligi (hos emasligi) qaqida hulosa chikariladi.
Tuliksiz indukciyada fikrimiz, huddi tulik indukciyadagidek, juz'iylikdan (yakkalikdan) umumiylikka, kamrok umumiylashgan bilimdan ko'proq umumiylashgan bilimga harab harakat qiladi. Lekin unda, tulik indukciyadan farqli ularok, hulosa kuzatish, tajriba davomida qayd etilmagan, urganilmagan predmetlarga ham tegishli bo'ladi. Tuliksiz in-dukciyaning evristik moqiyati aynan ana shundadir.
Tuliksiz indukciyada fikrmiz quyidagi shemada kuriladi.
St predmeti R belgiga ega
S2 predmeti R belgiga ega
Sn predmeti R belgiga ega
$. $2.,.,.. Sn predmetlari S sinfiga tegishli
Ehtimol, S sinfining har bir predmeti R belgiga egadir.
Tuliksiz indukciyada hulosaviy bilimning empirik asosi tulik aniklanmaydi, ana shuning uchun ham undagi amalga oshirilgan umumlashtirish tuliksiz bo'ladi. Hususan, unda berilgan mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasi emas, faqat S dan Sn gacha bo'lgan kismigina urganiladi, holos. Ana shu urganilgan predmetlarga birorta R belgining hosligi (hos emasligi) kuzatilsa, uning urganilayotgan sinfga mansub barcha predmetlarga hosligi (hos emasligi) qaqida ehtimoliy tarzdagi hulosa chikariladi. Bu hulosa ihtiyoriy raviщda hosil kilinmaydi va tasodifiy harakterga ega emas, albatta. Juz'iylikdan (yakkalikdan) umumiylikka utish, ya'ni sinfga tegishli ayrim predmetlar qaqidagi bilimdan sinfga tegishli barcha predmetlar qaqidagi bilimga utish mantiqan asoslangandir.
Hususan, pahta, bugdoy, sut, metall prokati, gazlama va shu kabi ommaviy ravishda ishlab chikariladigan mahsulotlarning katta hajmining sifati qaqida ulardan olingan kichkina namunalarni tekshirish natijalariga tayangan qolda fikr bildiramiz.
Bunda kyp hollarda hosil kilgan hulosaviy fikrlarimiz hakikatdan yoki hakikatga yakin fikrdan iborat bo'ladi.
Uz-o'zidan ravshanki, bu yul bilan olingan hulosalar hamma vaqt ham to'qri bulavermaydi. Ba'zan chikarilgan hulosalar hato ham bo'lishi mumkin. Buni quyidagi misol tasdiqlaydi. Kachonlardir kimyogarlar metallarning bir kanchasi ustida eksperimentlar utkazishib, ularning kizdirilganda oltingugurt bilan birikishini kuzatishgan va shu asosda, «Barcha metallar kizdirilganda oltingugurt bilan birikadi», degan hulosaga kelishgan. Ularning muqokamasi quyidagi shema tarzida kechgan.
Mis kizdirilganda oltingugurt bilan birikadi
Temir kizdirilganda oltigugurt bilan birikadi
Alyuminiy kizdirilganda oltingugurt bilan birikadi
Mis, temir, alyuminiy ..., metallar sinfiga kiruvchi himiyaviy elementlar
Ehtimol, barcha metallar kizdirilganda oltingugurt bilan biriksa kerak.
Bu hulosaning hatoligi ma'lum bir vaqt utgandan keyin oltin ustida eksperiment utkazilganda ma'lum bo'ladi: u kizdirilganda oltingugurt bilan birikmagan.
Biz ko'rib chikkan hol birorta belgining ayrim predmetlarda takrorlanishiga asoslanib, u belgini mazkur predmetlar mansub bo'lgan sinfga tulaligicha induktiv yul bilan kuchirish, ya'ni uni berilgan sinf predmetlarining barchasiga hos umumiy belgi, deb hisoblash mantiqiy zaruriyatdan iborat bulishga da'vo kila olmaydi, degan fikrga olib keladi. Chunki belgining bir kancha predmetlarda takrorlanishi oddiy bir moslikdan iborat bo'lishi, ya'ni tasodifiy harakterga ega bo'lishi ham mumkin.
Demak, tuliksiz indukciya bo'yicha hulosa chiharishga hos hu-susiyatlardan biri asoslardan hulosaning mantiqan kelib chikishning kuchsiz bo'lishidir.
Sanash orqali tuliksiz indukciya yoki ommabop indukciya ob'ektiv asosini insonlarning kup yillik qayotiy faoliyati, avloddan avlodga utib kelayotgan turmush tajribalari natijalari tashkil etadi. Masalan, yoz juda issik kelganda, kishda kattik sovuk bo'lishi mumkinligi, kaldirgochlarning uchib ketayotgani havoning soviy boshlaganini bildirishi va shu kabi hulosalar insonlarning obi-havoni uzoq yillar davomida kuzatishining natijasidan iborat.
Kishilarning kundalik qayotiy tajribasiga asoslangani, soglom akl yuritishga hos hususiyatlarni o'zida mujassamlantirgani uchun ham hulosa chiharishning bu usulini ommabop indukciya deb atashadi.
Ommabop indukciyaning muhim hislatlaridan biri kuzatilayotgan hollarga zid bo'lgan holning yukligiga ishonch hosil qilishdir. Ya'ni, bunda birorta belgining berilgan sinf predmetlarining bir nechtasida takrorlanishini qayd etish bilan cheklanmasdan, ularga zid bo'lgan holning yukligi ham aniklanadi. Bu, odatda ommabop indukciya asosida kat'iy hulosaga kelishdan oldin «Shoshmay turchi, kani, yana bir tekshirib ko'raylik!», degan fikrga suyanib ish qilishga undaydi, «Еtti ulchab, bir kesish»ga chakiradi. Ana shuning uchun ham ommabop indukciyani halk donishmandligining namoyon bo'lishi turlaridan biri, deb aytish mumkin.
Shuni aytish kerakki, ommabop indukciyaning hulosasi bilish sub'ekti uchun kulay faktlarni sanab kursatishga asoslanganligi bois, ehtimoliy, tahminiy fikr bulishdan yuqoriga uta olmaydi. U kushimcha tekshirishlar utkazishni, mavjud holatlar va hollarda predmet tabiatining uzgarishini aniqlashtirishni taqozo etadi. Chunki kulay hollarni, faktlarni sanab kursatish dastlabi induktiv umumlashmalar hosil qilishning zaruriy sharti bo'lsa-da, uz holicha etarli emas.
Shunday qilib, ommabop indukciya bo'yicha olinadigan hulosa ehtimoliy harakterga ega bo'ladi. Uning chinlik darajasini oshirish uchun kator metodologik talablarga rioya etish zarur, ana shundagina u to'qri muqokama yuritishning samarali vositasiga aylanadi.
Ilmiy indukciya ehtimoliy hulosa chiharishning shunday turiki, uning asoslarida birorta belgining bir sinfga mansub predmetlarning bir kanchasida takrorlanishi qayd etilishi bilan bir katorda, u belgining sababiy aloqasi qaqida ham ma'lumot mujassamlashgan bo'ladi va ular hulosada berilgan predmetlar sinfiga nisbatan hosil qilingan fikrda uz aksini topadi. Ommabop indukciyadan farqli ularok, ilmiy indukciyada bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanuvchi belgi shunchaki qayd etilib kolmasdan, balki u qaqida tularok ma'lumotga ega bulish, uning mavjud bo'lishi sababini aniqlash uchun predmetning boshqa belgilari bilan bo'lgan aloqalari, hususan, sababiy boqlanishlari urganiladi. Ana shuning uchun ham, ya'ni hodisalarning sababini aniqlashga, ularni ifoda etuvchi qonunlarni ochishga karatilgani uchun ham tuliksiz indukciyaning bu turini ilmiy indukciya deb atashadi.
Ma'lumki, ilmiy bilish, fanning bosh maqsadi urganilayotgan ob'ektni harakterlaydigan qonunlarni ochish orqali uning (ob'ektning) tabiatini, moqiyatini tushuntirishidan iborat. Bu esa, birinchi navbatda, hodisaning (yoki uning belgisining) mavjud bulish sababini aniqlashni taqozo etadi.
Shuni aytish kerakki, sababiy aloqadorlik hodisalar o'rtasidagi umumiy boqlanishlarning boshqa turlari (masalan, strukturaviy, funkcional, genetik boqlanishlar) kabi hodisalarning tabiatini belgilaydi. Ana shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni o'rganish hodisalarning moqiyatini tushunish, turli jarayonlarni oldindan kurish, yangiliklar yaratish imkonini beradi.
Ilmiy indukciya metodlari
O'hshashlik metodi. Unda urganilayotgan hodisaning sababi qaqidagi hulosa shu hodisaning bir kancha kuzatilayotgan hollarini solishtirish, ularning o'hshash tomonini aniqlash asosida hosil qilinadi. Masalan, kimyoviy tarkibi, zichligi, oqirligi, kattaligi turlicha bo'lgan mayatniklar uzunligi bir hil sterjenlarga-ilgaklarga ilintirilib, harakatga kelti-rilganda, bir hil tebranish davriga ega bo'lgan. Bunda hodisaning vujudga kelishi kuzatilayotgan barcha hollarida undan avval kelayotgan holatlarning faqat bittasigina takrorlanadi. Ana shunga tayanib, mazkur takrorlanuvchi holat kuzatilayotgan hodisaning vujudga kelishining sababi bo'lsa kerak, de-gan tarzda ehtimoliy hulosa chikariladi.
Tafovut metodi. Bu metod faqat ikkita hol-hodisaning vujudga kelgan va kelmagan hollarini taqqoslash asosida hodisaning sababini aniqlash usuli bo'lib, unda mavjud hollar bir-biridan faqat bitta holat bilan farqqiladi: birida u yuk, ikkinchisida - bor va faqat ana shu holat bor qoldagina hodisa yuzaga keladi. Ana shuning uchun ham mazkur holat kuzatilayotgan hodisaning sababi bo'lsa kerak, deb tahmin qilinadi, ya'ni ehtimoliy hulosa hosil qilinadi. Ehtimol, V holat d hodisa sababidir.
Tafovut metodidan bilishning turli hil sohalarida keng foydalaniladi. Masalan, yahshi ishlayotgan va yahshi ishlamaetgan korhonalar solishtirilib, korhonaning yahshi ishlamasligi sababi aniklanadi. Medicinada esa ikkita hayvonlar guruhi -eksperiment utkazilayotgan va nazorat kiluvchi guruhlar kiyos kilinib, eksperiment utkazilayotgan gurhda sinalgan preparatning samaradorlik darajasi aniklanishi mumkin. Bunda har ikkala guruh bir hil sharoitda saklanib (A, S, D), eksperiment davomida bittasiga V holati kushiladi. Bu esa avvalgi qolda yuk bo'lgan d hodisasining vujudga kelishiga sababchi bo'ladi. Ana shunga asoslanib, «V holati d hodisasi sababi bo'lishi mumkin» degan hulosaga kelinadi.
Yuldosh uzgarishlar metodi. Bu metod hodisadan avval kelayotgan holatlardan birining uzgarishi, kolgan holatlar uzgarmasdan kolganda, hodisaning uzgarishiga olib kelishi kuzatiladigan sharoitlarda qo'llaniladi.
Yuldosh uzgarishlar metodiga muvofiq, bir holatning uzgarishi hodisaning uzgarishiga ham olib kelsa, shu holat kuzatilayotgan hodisa uzgarishining sababidir.
Yuldosh uzgarishlar metodi yordamida juda kup qonunlar, shu jumladan, fizikadagi gazning harorati bilan uning zichligi, tortishish kuchi bilan masofa, iktisodiyotdagi talab va taklif o'rtasidagi boqlanishlar va shu kabilar urganiladi.
Hodisadan avval kelayotgan holatlarni A, V.Slar bilan, bu holatlarning uzgarishi darajasini 1,2,..., p bilan, hodisani d bilan belgilasak, yuldosh uzgarishlar metodida muqokama jarayonining quyidagi shema bo'yicha-amalga oshishini ko'ramiz:
Ehtimol, s holat d hodisa sababidir.
Koldiklar metodi. Bu metod o'rganish ob'ekti murakkab hodisadan iborat bo'lib, bittasidan boshqa kismlarning sabablari anik bo'lganda, anna shu kolgan kismni vujudga keltiruvchi sababni topish maqsadida qo'llaniladi.
Ehtimol, S holat z ning sababidir.
Koldiklar metodini kullash natijasida geliy, rubidiy kabi himiyaviy elementlar, Neptun planetasi topilgan va boshqa turli sohaga oid kup hodisalar aniklangan.
Demak, koldiklar metodi moqiyatini shunday ifodalash mumkin: agar urganilayotgan murakkab hodisani tashkil etuvchi hodisaning (yoki hodisaning kismining) bitta holatdan boshqa holatlar bilan aloqasi zaruriy harakterga ega bulmasa, ana shu koldik holat mazkur hodisaning (hodisa kismining) sababi bo'lishi mumkin.
Ilmiy indukciyaning boshqa metodlari singari, koldiklar metodi ham ehtimoliy bilim olish vositasi hisoblanadi. Chikarilayotgan hulosaning chin bulish ehtimoli, birinchidan, hodisadan avval kelib, unga ta'sir utkazayotgan holatlar qaqidagi bilimning kay darajada bo'lishi, ikkinchidan, har bir holat bilan vujudga kelayotgan murakkab hodisa o'rtasidagi aloqadorlik zaruriy harakterga ega ekanligiga anik ishoch hosil qilish, uchinchidan, konkret har bir holat bilan u sababi bo'lib hisoblanayotgan hodisa kismi o'rtasidagi aloqadorlikning ta'sodifiy emasligini aniqlash va shu kabi omillarni hisobga olgan qolda ortadi.
Shunday qilib, sababiy aloqadorlikni aniqlashning biz ko'rib chikkan induktiv metodlari uz mantiqiy strukturasiga ko'ra etarli darajadagi murakkab muqokama yuritish usullari bo'lib, ularda induktiv umumlashtirish deduktiv hulosa chiharish ishtirokida amalga oshadi. Hususai, dedukciya tasodifiy holatlarni muqokama jarayonidan chiharib tashlash (eliminaciya qilish) yuli bilan (ayiruvchi-kat'iy sillogizmning tollendo ponens modusi asosida) induktiv umumlashtirish yunalishini belgilashga, uning hulosasining asoslanganlik, ishochlilik darajasining ortishiga hizmat qiladi.
Analogiya (grek. - moslik, o'hshashlik) bavosita hulosa chiharishning bir turidir. Deduktiv hulosa chiharishda fikr umumiylikdan hususiylikka harab, indukciyada hususiylikdan umumiylikka harab harakatlansa, analogiyada esa bir hususiy holatdan boshqa hususiy holatga harab harakatlanadi.
Analogiyada predmetlarning o'hshash hossalariga asoslanib hulosa chikariladi. Tabiat va jamiyatda ob'ektiv turli-tumanlik bilan bir katorda, ob'ektiv o'hshashlik ham mavjuddir. Ular inson ongida uz ifodasini topadi. Ob'ektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o'hshash bo'lsa, ular aks ettirgan vokealikdagi turli narsa va hodisalar ham ma'lum ma'noda o'hshash bo'ladi.
Analogiya bo'yicha hulosa chiharish ob'ektiv reallikning cheksiz ko'rinishlari hamda unda mavjud bo'lgan turli sistemalarning hossalari, munosabatlari, strukturalaridagi o'hshashliklarga asoslanadi. Masalan, sayyoralar, davlatlar, ijtimoiy tuzumlar moqiyatida o'hshashlik bor. Bilishda muhim va nomuhim hossalar o'hshashligi asosida analogiya bo'yicha hulosa chikariladi.
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeddan) boshqa predmetga (prototipga) ahborot utkaziladi. Hulosa asoslari modelga, hulosa prototipga taalluqli bo'ladi. Masalan, kadimgi greklarning «Dedal va Ikar» afsonasida aytilishicha, ota va bola kullikdan ozod bulish uchun uzlariga kanot yasashadi va uchib ketishadi. Bunda hulosa chiharish quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
Kush tirik mavjudot, uning kanoti bor, u uchadi.
Inson ham tirik mavjudot uning kanoti yuk, u uchmaydi.
Insonning ham kanoti bo'lsa, u, ehtimol uchadi.
Analogiya bo'yicha hulosa chiharish boshqa hulosa chiharishlar kabi asoslardan, hulosadan va asoslar hamda hulosa o'rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning hulosasi ehtimoliy shaklda bo'lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Anik asoslardan ba'zan anik, ba'zan ehtimoliy hulosa chikadi.
Analogiya uzining ob'ektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning hossalari o'rtasidagi aloqalar va munosabatlardir.
Modeldan prototipga utkazilayotgan ahborotning tabiatiga ko'ra analogiyaning ikki turi farqlanadi: hususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi.
Hususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi o'hshash belgilariga ko'ra o'zaro taqqoslanadi. O'hshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bo'lgan belgining boshqasida ham bo'lishi mumkinligi qaqida hulosa chikarildi. Uhshatilayotgan predmetlarni A va V harflari bilan, belgilarni a, v, s, harflari bilan ifoda qilsak, hususiyatlar analogiyasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
A predmeti a, v, s, d belgilarga ega
V predmeti a. v. s belgilarga ega
Ehtimol, V predmeti d belgiga egadir.
Bu formula analogiya bo'yicha hulosa chiharishning tipik shemasidir. Unda bir predmet qaqidagi bilim shunga o'hshash boshqa predmet qaqidagi bilimdan hulosa shaklida keltirib chikariladi.
Munosabatlar analogiyasida ikki yakka predmet, yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi o'rtasidagi munosabatlarning o'hshashligiga asoslaniladi. Ikki turdagi (a R d) va (m Rj n) munosabatlarni taqqoslasak, a-m ga, d-n ga o'hshash emas, lekin ular o'rtasidagi r-r! munosabatlarning o'hshashligi bizga hulosa chiharish imkonini beradi
Analogiyani turlarga ajratganda hulosaning aniklik darajasiga ham e'tibor beriladi. Shu jihatdan analogiyani kat'iy (anik, kat'iy bo'lmagan noanik va hato analogiyaga ajratamiz. Kat'iy analogiyaning o'ziga hos hususiyati shundaki, kuchiralayotgan va uhshatilayotgan belgilar o'rtasidagi aloqa zaruriy bo'ladi. Anik fanlarda, modellashtirishda fikr kat'iy analogiya shaklida yuritiladi.
Analogiya modellashtirish metodining mantkiy asosini tashkil etadi. Modellashtirishda (konkret yoki abstrakt) ob'ektlar modellarda, ya'ni shartli obrazlar, shemalar, ob'ektning kichraytirilgan nushalarida tadkik etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |