1-mavzu: falsafaning prеdmеti va asosiy mavzulari. Falsafiy dunyoharash. (2 soat)



Download 0,53 Mb.
bet31/44
Sana01.02.2022
Hajmi0,53 Mb.
#421110
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44
Bog'liq
2.Ма`ruza mаtni фалсафа

4-masala. Oddiy hukmlar sifati va miqdoriga ko'ra turlarga bulinadi. Sifatiga ko'ra tasdiq va inkor hukmlar farqlanadi. hukmning sifatini mantiqiy boglama belgilaydi. Tasdiqhukmlarda belgining predmetga hosligi, inkor hukmlarda, aksincha, hos emasligi kursatiladi.
Masalan, «A.Oripov O'zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifidir»-tasdiqhukm, «Matema­tika ijtimoiy fan emas»inkor hukm. Mikdoriga ko'ra oddiy hukmlar yakka, umumiy va juz'iy hukmlarga bulinadi. Bunda sub'ektda ifodalangan predmetlarning soni, ya'ni uning hajmidan kelib chiqiladi.
Yakka hukmlarda birorta belgining predmetga hosligi yoki hos emasligi qaqida fikr bildiriladi. Masalan: «O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlatdir», «Ahmedov tarihchi emas».
Umumiy hukmlarda birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi qaqida fikr bayon qilinadi. Masalan: «har bir inson bahtli bulishni hohlaydi», va «Hech bir aklli odam vaqtini behuda sarflamaydi». Juz'iy hukmlarda birorta belgining predmetlar tuplamining bir kismiga hos yoki hos emasligi qaqida fikr bildiriladi. Masalan: «Ba'zi faylasuflar notikdir». «Kupchilik talabalar dangasa emas». Juz'iy hukmlarda «ba'zi» so'zi «hech bulmasa bittasi, balki hammasi» degan ma'noda qo'llaniladi. Shunga ko'ra «Ba'zi toshlar tirik mavjudot emas», degan hukm chin bo'ladi, chunki hech bir tosh tirik mavjudot emas.
Ma'lum ma'noda yakka hukmlarni umumiy hukmlar bilan tenglashtirish mumkin. Chunki har ikki hukmda ham tuplamdagi predmetlarning har biriga nimadir taalluqli yoki taalluqli emas, deb ko'rsatiladi. Yakka hukmlarda esa bu to'plam birgina predmetdan iborat bo'ladi.
Mulohazalarning to'qri yoki noto'qriligini aniqlashda va ba'zi boshqa holatlarda oddiy hukmlarning mikdor va sifati bo'yicha birlashgan klassifikaciyam (asosiy turlari) dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Umumiy tasdiqhukmlar. Ular bir vaqtning o'zida ham umumiy, ham tasdiq bo'lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «hamma talabalar mantiq ilmini urganadilar». Bu hukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va «hamma S-Rdir» formulasi orqali ifodalanadi.
2. Umumiy inkor hukmlar bir vaqtning o'zida ham umumiy, ham inkor bo'lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu hukm»Hech bir S-P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha Еharfi bilan belgilanadi.
3. Juz'iy tasdiqhukmlar bir vaqtning o'zida ham juz'iy, ham tasdiq bo'lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba'zi talaba­lar mas'uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba'zi S-P dir» formulasi orqali ifodalanadi.
4. Juz'iy inkor hukm bir vaqtning o'zida ham juz'iy, ham inkor bo'lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba'zi talabalar sport bilan shugullanmaydilar». Uning formulasi «Ba'zi S-P emas»bo'lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi.
Oddiy hukmlardagi terminlar (S va R) tushunchalar orqali ifodalanganligi tufayli ularning hajmiga ko'ra o'zaro munosabatlarini aniqlash mum­kin. hukmlarda terminlar (S va R) tulik yoki tuliksiz hajmda olingan bo'ladi. Termin tulik hajmda olinganda uning hajmi boshqa terminning hajmiga tulik mos bo'ladi yoki mutlako mos bo'lmaydi (ularning hajmi bir-birini istisno qiladi). Ter­min tuliksiz hajmda olingan bo'lsa, unda uning hajmi boshqasining hajmiga kisman mos keladi yoki undan kisman is­tisno qilinadi. Oddiy hukmlarda terminlar hajmi quyidagicha bo'ladi:
1. A - Umumiy tasdiqhukmlarning sub'ekti hamma vaqt tulik hajmda olingan bo'ladi. Predikati esa ba'zan tulik, ba'zan tuliksiz hajmda bo'ladi. Masalan: «hamma insonlar ti­rik mavjudotdir».
Bu hukmning sub'ekti - «Inson», predikati - «Tirik mav­judot» tushunchasidir, «hamma» -umumiylik kvantori. Bu hukmning sub'ekti tulik. hajmda olingan, chunki unda hamma insonlar to'qrisida fikr bildirilgan va bu tushuncha «tirik mavjudot» tushunchasining hajmiga tulik kirishadi. Uning pre­dikati tulik hajmda olinmagan, chunki unda tirik mavjudot-larning bir kismi-insonlar qaqida fikr yuritiladi.
Umumiy tasdiqhukmlarning ba'zilarida S ham, R ham to'la hajmda bo'lishi mumkin. Masalan, «hamma musulmonlar Islom diniga e'tiqod qiladilar»
2.Е - Umumiy inkor hukmlarning sub'ekti ham, predikati ham tulik hajmda olingan bo'ladi. Masalan, «Hech bir dindor e'tiqodsiz emas». Bu hukmda S - dindorlarni, R - e'tiqodsizlarni ifodalaydi, hech bir - umumiylik kvantoridir. Bunda har ikki terminning hajmi bir-birini istisno qiladi
3. I - Juz'iy tasdiqhukmlarning sub'ekti hamma vaqt tuliksiz hajmda olinadi, predikati esa ba'zan tulik ba'zan tuliksiz hajmda bo'ladi. Masalan: «Ba'zi talabalar ingliz tilini biladi» hukmning terminlari quyidagicha: S - talabalar, R - ingliz tilini biladiganlar, ba'zi - mavjudlik kvantori. Bu hukmda S ham R ham tuliksiz hajmda olingan bo'lib, har ikki terminning hajmi bir-biriga kisman mos keladi
4. O - Juz'iy inkor hukmlarning sub'ekti hamma vaqt tuliksiz hajmda, predikati esa tulik hajmda olinadi. Masa­lan, «Ba'zi yoshlar hunarmand emas». Bu hukmning terminlari S - yoshlar, R - hunarmand emaslar, ba'zi - mavjudlik kvanto­ri. hukmning sub'ekti tulik hajmda olinmagan, unda yoshlarning bir kismi qaqida fikr yuritiladi, holos. hukmning pre­dikati esa tulik hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi qaqida fikr bildirilgan .
YUqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, umumiy hukmlarning sub'ekti hamma vaqt tulik hajmda, juz'iy hukmlarning sub'ekti tuliksiz hajmda olinadi. Inkor hukmlarning predikati hamma vaqt tulik hajmda bo'ladi. Tasdiq, hukmlarning predikati R < S bo'lgandagina tulik hajmda bo'ladi, boshqa hollarda esa tuliksiz hajmda olinadi.
hukmlarda terminlar hajmini aniqlash katьiy sillogizmni to'qri tuzishda va bevosita hulosa chiharishda muhim ahamiyatga ega.
Oddiy hukmlarda terminlar hajmini quyidagi shema
orqali yaqqol ifodalash mumkin. Bunda «+» - tulik hajmni,
«-» to'liksiz hajmni bildiradi.
Predikatning mazmuniga ko'ra oddiy hukm turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat hukmlari. Atributiv (sifat va hususiyat) hukmlarda biror hususiyatning predmetga hosligi yoki hos emasligi anik ka'tiy qilib kursatiladi. Shuning uchun atributiv hukmlarni birorta predmetning sinfga kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) qaqidagi hukm deb ta'riflasa bo'ladi.
Masalan: «hamma darahtlar o'simliklardir» va «Hech bir o'simlik hayvon emas». Birinchi hukmda darahtlarning o'simliklar sinfiga kirishi qaqida fikr bildirilsa, ikkinchi hukmda o'simliklar va hayvonlar sinfining o'zaro hech qanday umumiylikka ega emasligi qaqida fikr bildirilgan.
Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o'rtasida muayyan munosabatlarning bo'lishi yoki bulmasligini ifodalagan hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi. Masalan: «Butun bulakdan katta». «Ikki-uchdan kichik son». Birinchi hukmda «kattalik» munosabati butun va bulak o'rtasida bo'lishi tasdiqlansa, ikkinchi hukmda uch soni bilan ikki sonining munosabati qaqidagi fikr tasdiqlangan.
Munosabat hukmlari sifatiga ko'ra tasdiq yoki inkor hukm turlariga bulinadi. Tasdiqlovchi munosabat hukmlarda predmetlar o'zaro muayan munosabatda ekanliklari qaqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat hukmlarda esa predmetlar o'rtasidagi muayan munosabatlarning mavjud emasligi qaqida fikr bildiriladi.
Munosabat hukmlari mikdoriga ko'ra ham turlarga bulinadi. Hususan, ikki urinli munosabat hukmlari mikdoriga ko'ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, hususiy-hususiy, yakka-umumiy, yakka-juz'iy, umumiy-juz'iy, juz'iy-umumiy turlarga bulinadi.
Masalan: «Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); «Gruppamizning har bir studenti fakulьtetimizdagi hamma ukituvchilarni biladi» (umumiy-umumiy); «Gruppamizdagi ba'zi talabalar ba'zi hind kino yulduzlarini yahshi biladilar» (juz'iy-juz'iy). «Tarih ukituvchisi gruppamizdagi har bir talabani yahshi biladi» (yakka-umumiy); «Dustim ba'zi masalalarni echa oladi» (yakka-juz'ii): «Gruppamizdagi hamma talabalar ingliz tilini urganadilar» (umumiy-yakka); «Gruppamizdagi ba'zi ta­labalar francuz tilini urganadilar» (juz'iy-yakka); «Gruppa­mizdagi ba'zi talabalar «Pahtakor» komandasining har bir uyinchisini biladilar» (juz'iy-umumiy).
Uch urinli, turt urinli va hokazo munosabat hukmlari ham yuqoridagi kabi turlarga bulinadilar.
Atributiv va munosabat hukmlaridan boshqa yana mavjudlik hukmlari (Kutubhonada mantiq darsligi bor), ayniyat hukmlari («A-V» ko'rinishda bo'lgan) va modal hukmlar (ehtimol yomgir yoradi) ni kursatish mumkin. Ba'zi darsliklarda ular oddiy katьiy hukm turlari sifatida talkin qilinadi. Biz bu hukm turlarini aloqida ko'rib chikmaymiz, chunki mavjudlik hukmlarini kupincha atributiv hukmlar ko'rinishida, ayniyat hukmlarini munosabat hukmlari ko'rinishida talkin qilish mumkin.
Shuningdek, oddiy hukm turlari sifatida ajratib kursatuvchi va istisno kiluvchi hukmlar ham farqlanadi. «Gruppamiz talabalaridan faqat 4 kishi musobakada katnashadi». Bu ajratib kursatuvchi hukmdir. «Mantiq tarihi» kursidan boshqa hamma ukitiladigan fanlardan darsliklar etarli». Bu istisno kiluvchi hukmdir.
hukm terminlari birdan ortik bo'lsa, murakkab hukm deb ataladi. Murakkab hukmlar «va», «yoki», «agar...unda» kabi mantiqiy boglamalar, inkor qilish va modal terminlarni ko'llash orqali ikki va undan ortik oddiy hukmlarning o'zaro birikishidan hosil bo'ladi. Mantiqiy boglovchining mazmuniga ko'ra murakkab hukmlarning quyidagi asosiy turlarini farqqilish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent.
Birlashtiruvchi (kon'yunktiv) hukmlar deb ikki va undan or­tik oddiy hukmlarning «va» «ham», «hamda» kabi mantiqiy boglovchilar vositasida o'zaro birikishidan hosil bo'lgan hukmlarga aytiladi. Masalan: 1.»Kungirok chalindi va dars boshlandi». 2.»A, Navoiy shoir va davlat arbobi bo'lgan». 3. «Muhammad Horazmiy va Ahmad Fargoniylar matematika fanining rivojlanishiga katta hissa kushganlar».
Birinchi birlashtiruvchi hukm ikki mustaqil oddiy hukmning boqlanishidan hosil bo'lgan. Ikkinchi hukmda bir hil sub'ektga ega bo'lgan ikki oddiy hukm o'zaro boqlangan. Uchinchi birlashtiruvchi hukmda esa, bir hil predikatga ega bo'lgan ikki oddiy hukm o'zaro boqlangan. Uzbek tilida birlashtiruvchi hukmlar «ammo», «lekin», «birok, kabi boglamalar va (,) vo­sitasida ham tuziladi. Mantiqiy boglamalar kon'yunkciya belgisi, “^” orqali ifodalanadi.
Kon'yunktiv (birlashtiruvchi) hukm tarkibidagi oddiy hukmlarni «r» va «q» shartli belgilari bilan belgilasak, unda bu hukm»r^d formulasi orqali ifodalanadi. Kon'yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlar chin yoki hato bo'lishi mumkin. Tar­kibidagi hamma oddiy hukmlar chin bo'lganda, birlashtiruvchi hukm chin bo'ladi. Boshqa hamma holatlarda esa, hato bo'ladi. Ma­salan, «Yolgon gapirish va ugirlik qilish jinoyatdir» hukmidagi birinchi oddiy ran «Yolgon gapirish jinoyatdir» chin bo'lmaganligi uchun, bu hukm chin bo'lmaydi.
Ayiruvchi (dizьyunktiv) hukm deb «yo», «yoki», «yohud» mantiqiy boglamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu boglovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir kancha predikatlarni, yoki bir kancha sub'ektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan: «Kodirov falsafa, yoki sociologiya, yoki psihologiya bulimida ukiydi». «Ikkinchi soatda yo matema­tika, yoki chet tili darsi bo'ladi». Ayiruvchi borlamalar «V» -diz'yunkciya belgisi orqali ifodalanadi. Ayiruvchi (diz'yunktiv) hukmlar oddiy yoki kat'iy turlarga bulinadi. U oddiy diz'yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlardan biri yoki hammasi chin bo'lishi mumkin, kat'iy diz'yunktiv hukmda esa tarkibi­dagi oddiy hukmlardan faqat bittasi chin bo'ladi. Oddiy diz'­yunktiv hukm (pvq) formulasi bilan, kat'iy dizьyuktiv hukm r v q formulasi bilan belgilanadi.
«H.H Niyoziy shoir yoki dramaturgdir». Bu oddiy dizьyunktiv hukm. «Abdullaev musobakada yo yutadi, yutmaydi». Bu kat'iy dizьyunktiv hukm.
SHartli (implikativ) hukm ikki oddiy hukmning «agar...unda» mantiqiy boglamasi orqali birikishidan tashkil topadi. SHartli hukmning moqiyatini aniqlash uchun zaruriy va etarli shart tushunchalarini farqlash zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta'minlaydigan holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bulmasa, hodisa ham bo'lmaydi. Masalan: «Agar o'simlik suvsiz kolsa, u kuriydi».
Hodisa uchun etarli bo'lgan shart deb, har safar shu shart bo'lganda, usha hodisa kuzatiladigan holatga aytiladi. Masalan: «Agar yomgir yogsa, unda uylarning tomi hul bo'ladi». SHartlar «etarli, lekin zaruriy bo'lmagan», «zaruriy lekin etarli bo'lmagan», «zaruriy va etarli» bo'lishi mumkin.
SHartli hukm tarkibida asos va natija kismlari farqlanadi. SHartli hukmning «Agar» va «unda» so'zlari oraligidagi kismi - asos, «Unda» so'zidan keyingi kismi - nati­ja deb ataladi. «Agar yomgir yogsa, unda uylarning tomi hul bo'ladi» hukmida «Yomgir yogsa» hukmi asos, «uylarning tomi hul bo'ladi» hukmi - natija hisoblanadi.
Demak, asosda kursatilgan hodisa, natijada qayd etilgan hodisaning kelib chikishi uchun etarli shartni ifodalagan hukm, shartli hukm deyiladi
SHartli (implikativ) hukmlar «agar ... unda» mantiqiy boglamasi (­­­_-­­­­­- ) belgi bilan ifodalanadi. Hozirgi zamon mantiq ilmida esa ( ) simvoli bilan belgilanadi. Bu simvollar moddiy implikaciya belgisi deb ataladi. SHartli hukm esa impli­kativ hukm deb yuritiladi. Implikativ hukmning asosi - ante­cedent, natijasi-konsekvent deyiladi. Implikativ hukm ante­cedent-chin, konsekvent-hato bo'lgan holatdan boshqa hamma ko'rinishlarda chin bo'ladi:
Ekvivalentlik hukmlari «agar va faqat agar ... unda» mantiqiy boglovchisi yordamida ikki oddiy hukmning o'zaro boqlanishidan hosil bo'ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik hukmi shartli hukm ko'rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli hukmning ekvivalent hukm ekanligini aniqlash zarur bo'ladi. Agar shartli hukmning asosi natijada qayd etilgan fikr uchun zaruriy va etarli shart hisoblansa, unda bu hukm ek­vivalent hukm bo'ladi. Masalan» Agar berilgan butun son juft son bo'lsa, unda u ikkiga koldiksiz bulinadi».
Ekvivalent hukmning mantiqiy boglovchisi ( -- ) simvoli, ya'ni (moddiy) ekvivalentlik belgisi bilan ifodalana.
Mulohazalar (hukmlar) ham tushunchalr kabi taqqoslanadigan (umumiy sub'ekt yoki predikatga ega bo'lgan) va taqqoslanmaydigan turlarga bulinadi. Taqqoslanadigan mulohazalar sigishadigan yoki sigishmaydigan bo'ladi. Mantiqda ikki mulohaza (r va q) dan birining chinligidan ikkinchisining hatoligi zaruriy kelib chikadigan bo'lsa, ular o'zaro sigishmaydigan mulohaza (hukm) lar deyiladi. Sigishmaydigan mulohaza (hukm) lar bir vaqtda chin bula olmaydi. Sigishadigan mulohazalar aynan bir fikrni tulik yoki kisman ifodalaydi. Sigishadigan mulohaza (hukm) lar o'zaro ekvivalentlik, mantiqiy buysunish va kisman mos kelish (subkontrar) munosabatida bo'ladi.
Sigishmaydigan hukmlar karama-karshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatida bo'ladi. Mulohaza (hukm) lar o'rtasidagi munosabatlarning shematik ifodasi «mantiqiy kvadrat» deb ataladi. Mantiqiy kvadrat orqali mulohaza (hukm) lar o'rtasidagi chinlik munosabatlari aniklanadi. Masalan, «har bir jamiyat uz ahloqiy normalariga ega». Bu A - umumiy tasdiq mulohaza (hukm). Е, I, O ko'rinishlarda quyidagicha ifodalanadi:
Е. Hech bir jamiyat uz ahloqiy normalariga ega emas.
I. Ba'zi jamiyatlar uz ahloqiy normalariga ega.
O. Ba'zi jamiyatlar uz ahloqiy normalariga ega emas.
Bu hukmlar taqqoslanadigan mulohaza (hukm) lar bo'lib, ular o'rtasida chinligiga ko'ra o'ziga hos munosabatlar mavjuddir.
Sigishmaydigan mulohaza (hukm) lar o'rtasida karama-karshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatlari bo'ladi. Karama-karshilik munosabati mazmuniga ko'ra turlicha bo'lgan umumiy hukmlar o'rtasida mavjud bo'lib, bu munosabatga ko'ra ularning har ikkisi bir vaqtda chin bula olmaydi Bu hukmlar bir vaqtda hato bo'lishi mumkin; agar ulardan birining chinligi anik bo'lsa, unda boshqasi albatta hato bo'ladi. YUqoridagi misollardan A- mulohaza (hukm) chin, Е - mulohaza (hukm) hato ekanligi ma'lum bo'ladi.
Zidlik munosabati mazmuni va hajmiga ko'ra turlicha bo'lgan mulohaza (hukm) lar o'rtasida mavjud bo'ladi. Bu mulohaza (hukm) larning har ikkisi bir vaqtda chin ham, hato ham bo'lmaydi. Ulardan biri hamma vaqt chin, boshqasi esa hato bo'ladi. YUqoridagi misollardan A - mulohaza (hukm) chin bo'lib, O - mulohaza (hukm) hatodir. Shuningdek, I - mulohaza (hukm) chin, Е - mulohaza (hukm) hatodir.
Sigishadigan mulohaza (hukm) lardan mazmuni bir hil, hajmi turli hil bo'lgan hukmlar o'zaro bo'ysinish munosabatida bo'ladi. Bunda umumiy mulohaza (hukm) lar buysindiruvchi, juz'iy mu­lohaza (hukm) lar buysinuvchi bo'ladi. Bo'ysunish munosabatida umumiy hukmlar chin bo'lsa, ularga buysinuvchi juz'iy hukmlar ham chin bo'ladi. Lekin juz'iy hukmlar chin bo'lganda, umumiy hukmlar noanik (chin yoki hato) bo'ladi. YUqoridagi misoldan A -mulohaza (hukm) chin bo'lgani uchun unga buysinuvchi I - mulohaza (hukm) ham chin bo'ladi. Agar umumiy mulohaza (hukm) lar hato bo'lsa ularga buysinuvchi juz'iy hukmlar noanik (chin yoki hato) bo'ladi. Misolimizda Е - mulohaza (hukm) hato bo'lgani uchun, O -mulohaza (hukm) ham hato bo'ladi. Ba'zi holatlarda umumiy hukmlar hato bo'lsa, juz'iy hukmlar chin bo'ladi.
Kisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har hil bo'lgan juz'iy hukmlar o'rtasida mavjud bo'ladi. Bu hukmlar bir vaqtda chin bo'lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda hato bo'lmaydi. Agar ulardan birining hatoligi anik bo'lsa, unda boshqasi albatta chin bo'ladi. YUqoridagi misolimizda O - mu­lohaza (hukm) ning hatoligi anik bo'lgani uchun, I - mulohaza (hukm) chindir.
Ekvivalentlik munosabatidagi hukmlar hamma vaqt chin bo'ladi, chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, «A. Oripov O'zbekiston Respublikasi madhiyasining muallifi» va «A. Oripov - O'zbekiston Kahramoni» mulohaza (hukm) lari o'zaro ekvivalentdir, ya'ni ular bir hil sub'ektga, lekin har hil predikatga ega bo'lgan mulohaza (hukm) lardir.
Hullas hukmlarning chinligiga ko'ra munosabatini ifodalovchi yuqorida kursatilgan qonuniyatlar bilishda katta ahamiyatga ega.
Mavzuning tayanch tushunchalari
Tushuncha, tushunchaning mazmuni, tushunchaning hajmi, tushunchaning mazmuni va hajmi o'rtasidagi teskari nisbat qonuni, umumiy tushuncha, yakka tushuncha. ayiruvchi tu­shuncha, tuplovchi tushuncha, abstrakt tushuncha, konkret tushuncha, nisbatsiz tushunchalar, nisbatdosh tushunchalar, ijobiy tushun­cha, salbiy tushuncha, tushunchaning mantiqiy tavsifi, taqqoslanadigan tushunchalar, taqqoslanmaydigan tushunchalar, siqishadigan tushunchalar va ular o'rtasidagi munosabatlar (moslik, kisman moslik, ouysunish)» sigishmaydigan tushunchalar va ular utasidagi munosabatlar (birga buysunish, harama-harshilik, zidlik), tushunchalarni umumlashtirish, tushunchalarni chegaralash,
hukm, gan, sub'ekt, predikat, boglovchi, kvantorlar, oddiy hukm, murakkab hukm, hukmda terminlar hajmi, hukmlarning modalligi, mantiqiy kvadrat, savol, javob,
Takrorlash uchun savollar.
1. Tushuncha nimaq
2. Tushuncha qanday mantiqiy usullar yordamida hosil qilinadiq
3. Tushuncha va so'z o'rtasida qanday aloqa mavjudq
4. Tushunchaning mazmuni va hajmi deganda nimani tushunasiz, ular o'rtasida qanday munosabat mavjudq
5. Tushunchaning qanday turlari mavjudq
6. Tushunchalar o'rtasida qanday munosabatlar borq
7. Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallarining maqsadi va moqiyati nimadaq
8. hukm nima va u qanday strukturaga egaq
9. Oddiy hukmning qanday turlarini bilasizq
10. A, Е, I, O hukmlarida terminlar qanday hajmlarda bo'ladiq
11. Murakkab hukm deb nimaga aytiladiq Uning qanday turlari borq

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish