1-mavzu: falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati



Download 58,33 Kb.
bet20/27
Sana13.06.2022
Hajmi58,33 Kb.
#661685
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
1- Mavzu

Ilk antik faylasuflar uchun falsafaning asosiy muammosi: «Dunyo nimadan yaratilgan?», degan savol bilan bog`langan. O`sha davrda bu savol eng muhim, asosiy, birinchi darajali hisoblangan.
O`rta asrlar sxolastikasi nuqtai nazaridan «falsafaning asosiy masalasi» quyidagicha ta`riflanishi mumkin: «Xudoning borligini qanday qilib oqilona asoslash mumkin?» Hozirgi diniy falsafiy kontseptsiyalar, xususan neotomizm uchun u hozir ham bosh masala bo`lib qolmoqda. Ibn Sino fikricha, falsafaning asosiy masalasi – mavjudotni barcha mavjud narsalarni kelib chiqishi, targ`iboti o`zaro munosabati, biridan-ikkinchisiga o`tishni har tomonlama tekshirish uchun zaruriy imkoniyat, voqelik sabab tamoyillarini asos qilib olishdan iborat5.
YAngi davrda I.Kant yondashuvi diqqatga sazovor bo`lib, u «Inson nima?» degan savolni mohiyat e`tibori bilan falsafaning asosiy masalasi deb hisoblaydi. Uning fikricha, inson ikki har xil dunyo – tabiiy zarurat va ma`naviy erkinlikka mansub bo`lib, ularga muvofiq odamzot, bir tomondan, tabiat mahsuli hisoblanadi, boshqa tomondan esa, u «erkin harakat qiluvchi mavjudotning o`z-o`zidan yaratish» natijasidir6.
Ekzistentsializm falsafasida esa har bir individ o`zi uchun o`zi hal qilishi lozim bo`lgan «Hayot yashashga arziydimi?», degan muammo asosiy masala sifatida e`tirof etiladi, zero, mazkur yo`nalish namoyandalarining fikriga ko`ra, bu savolga javobsiz qolgan hamma narsa o`z ma`nosini yo`qotadi. Frantsuz ekzistentsialist faylasufi A.Kamyu ta`biri bilan aytganda: “Hayot yashashga arzishi yoki arzimasligi masalasini hal qilish, falsafaning asosiy masalasiga javob topish demakdir”7. Masalan, pragmatizm asosiy e`tiborni haqiqat tushunchasiga va uni aniqlash muammosiga qaratadi. Bu yo`nalish vakillarining fikriga ko`ra, falsafa avvalo ayni shu muammo bilan shug`ullanishi va insonga amalda foyda keltirishi lozim.
Falsafani siyosiylashtirish va sxemalashtirishning oqibatlari. Falsafani o`ta siyosiylashtirish ma`lum ma`noda zararlidir. CHunki sobiq sovet tuzumi davrida ayni falsafiy bilimni mutlaqlashtirish, uni siyosiy bilim doirasi bilan chegaralash oqibatida falsafa siyqalashdi, uning asl mazmuniga putur etkazildi. SHuningdek, falsafaning barcha vaqtlarda va har qanday sharoitda o`z ahamiyatini saqlab qolishi mumkin bo`lgan, qolgan barcha masalalarni istisno etadigan birdan-bir to`g`ri asosiy masalasi bormi? Bizningcha, mazkur uzil-kesil ta`rif kontekstida bunday masala mavjud emas. Birinchidan, ayni holda tarixiy davrni ham, falsafiy bilimning plyuralistik tabiatini ham hisobga olish talab etiladi. Ikkinchidan, qandaydir bitta muammoni faqat u yoki bu muayyan vazifani echish maqsadida murakkab masalalarni sxemalashtirish, ataylab soddalashtirish to`g`risida so`z yuritilayotganini tushungan holda, ma`lum darajada shartlilik bilan mutlaqlashtirish mumkin.
Masalan, falsafaning «borliq» va «substantsiya» kabi ayniqsa keng tarqalgan asosiy kategoriyalari haqida so`z yuritar va muayyan faylasuflarning ularga bo`lgan munosabatini aniqlashga harakat qilar ekanmiz, «falsafaning asosiy masalasi»ni uzil-kesil echish tarafdorlari ilgari surgan mantiqqa muvofiq, barcha faylasuflarni ma`lum darajada shartlilik bilan materialistlar, idealistlar va dualistlarga ajratishimiz mumkin. Umuman olganda, agar, falsafada ayniqsa ko`p muhokama qilinadigan muammolar doirasini aniqlashga harakat qilinayotgan yoki falsafa tarixini, u yoki bu falsafiy g`oyalar, yo`nalishlar, oqimlarning vorisiyligini yaxshiroq tushunish vazifasi qo`yilayotgan bo`lsa, bunday ajratish mutlaqo o`rinlidir.
SHuningdek, muammoga nisbatan yangicha yondashuvni yoki masalaning yangicha talqinini taklif qilishi mumkin bo`lgan boshqacha yondashuvlar paydo bo`lishi va mavjudligiga yo`lni berkitmaslik uchun har qanday sxemalashtirish cheklangan xususiyatga ega bo`lishini unutmaslik kerak.
Ayni bir masalaga boshqacha nuqtai nazardan, g`ayrioddiy yoki mutlaqo kutilmagan tomondan yondashish taklif qilingan, pirovardda esa avvalgi qarashlar nuqtai nazaridan erishish mumkin bo`lmagan kashfiyotlar olingan hollarga tarixda misollar bisyor. Masalan, geotsentrik qarashlar o`rnini geliotsentrik qarashlar egallashi, nisbiylik nazariyasining paydo bo`lishi, Rim klubiga taqdim etilgan «O`sish chegaralari» ma`ruzasi va hokazolar ko`pchilik uchun tabiiy, o`z-o`zidan ravshan bo`lib tuyulgan narsalarga nisbatan noan`anaviy, g`ayrioddiy yondashuv mahsulidir. Mazkur misollar falsafada «qat`iy», uzil-kesil ta`riflarga nisbatan ancha ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim, zero bu ba`zan yanglishishlarning mustahkamlanishiga, oxir-oqibatda esa – turg`unlik va dogmatizmga olib keladi, degan fikrni faqat tasdiqlaydi.
Dunyoni bilish mumkinmi, degan savolga faylasuflar tomonidan berilgan javoblar orasida ham ikki qarama-qarshi yondashuv ajralib turadi. Bu yondashuvlardan biri gnoseologik optimizm deb ataladi. Unga muvofiq insonning bilish imkoniyatlari umuman olganda cheklanmagan va u o`zini qiziqtirayotgan tabiat va jamiyat qonunlarini kashf etish, narsalar mohiyatini aniqlash va dunyoning haqiqiy manzarasini yaratishga ertami, kechmi albatta muvaffaq bo`ladi, deb hisoblanadi. Bunda G.Gegelni, va u yaratgan ta`limotning ko`p sonli tarafdorlarini tilga olib o`tish o`rinli bo`ladi.
Ikkinchi yondashuv agnostitsizm (yunon. a – inkor va gnosis – bilim) deb ataladi. Bu yondashuv namoyondalari dunyoni, narsalar va hodisalar mohiyatini to`la (yoki hatto qisman) bilish amalda mumkin emas, deb hisoblaydi. Bunday qarashlar ayniqsa D.YUmga xosdir. Odatda, agnostitsizm namoyandalari qatoriga I.Kant ham kiritiladi, ammo bu yondashuv ancha bahsli bo`lib, faylasuflar orasida munozaralarga sabab bo`lib keladi.

Download 58,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish