Materialistlar va idealistlar. U yoki bu faylasuflar savolning birinchi qismiga qanday javob berishiga qarab, materialistlar -dunyo azaldan moddiy, ong esa bu materiyaning mahsulidir, deb hisoblovchilar va idealistlar -dunyo zamirida materiyadan oldin paydo bo`lgan va uni yaratuvchi ideal narsalar va hodisalar yotadi, degan fikrni himoya qiluvchilarga ajratiladi.
Bunda idealizmning ikki turi – ob`ektiv va sub`ektiv idealizm farqlanadi. ob`ektiv idealistlar-qandaydir nomoddiy va inson ongiga bog`liq bo`lmagan (ya`ni ob`ektiv mavjud bo`lgan) narsalar va hodisalarni ( Xudo,dunyoviy aql, g`oya, ruh va shu kabilar) butun borliqning asosi deb e`tirof etadilar. Falsafa tarixida Platon, Avliyo Avgustin, Foma Akvinskiy, G.Gegelь, , N.Berdyaev kabi mutafakkirlar ob`ektiv idealizm namoyandalaridir. sub`ektiv idealizm - dunyo faqat individual (sub`ektiv) ong nuqtai nazaridan qaralgan holda talqin qilinadi.. J.Berkli, D.YUm, I.G.Fixte sub`ektiv idealizmning yorqin namoyandalari hisoblanadi.
Falsafa tarixida materialistik yo`nalishlar va oqimlar ham anchaginadir. Xususan, materiyani yaratish va yo`q qilish mumkin emasligi haqidagi fikr-mulohazalarga ilk faylasuflarning asarlaridayoq duch kelish mumkin. Mazkur sodda materializm vakillari :qadimgi xitoy faylasuflari – Lao tszi, YAn CHju;
Qadimgi hind faylasuflari – lokayata yo`nalishi namoyandalari;
Qadimgi davrning mashhur faylasuflari – Geraklit, Empedokl, Demokrit, Epikur va boshqalar.
Qadimgi Markaziy Osiyo faylasuflari- Zardo`sht Sepitoma kabilardir.
Klassik mexanika vujudga kelgan va faol rivojlangan YAngi davrda mexanistik materializm (P.Golьbax, P.Gassendi, J.Lametri) ayniqsa keng tarqaldi.
XVIII-XIX asrlarda falsafiy materializmning yo`nalishlari:
- antropologik materializm (L.Feyerbax);
- vulьgar materializm (Fogt, Byuxner, Moleshott);
- dialektik materializm (K.Marks, F.Engelьs) shakllandi.
Biroq, yana shuni ham ta`kidlab o`tish lozimki, mazkur tasnifga muvofiq materialistlar yoki idealistlar deb nomlanuvchi u yoki bu faylasuflar bunday farqlashga asossiz sxemalashtirish va soddalashtirish deb qarab, o`zini bu yo`nalishlarning birortasiga ham mansub deb hisoblamasligi mumkin. Bunday qarashlar shu bilan izohlanadiki, to`g`ridan-to`g`ri va uzil-kesil tarzda, bu muammoni tushunishga nisbatan boshqacha yondashuvlarni e`tiborga olmasdan ta`riflangan «falsafaning asosiy masalasi» muqarrar tarzda barcha faylasuflarni ikki katta qarama-qarshi lagerga – materialistlar va idealistlarga ajratadi va bu hodisaning ayrim ko`rinishi sifatida faqat moddiy va ma`naviy substantsiyalarni teng huquqli asoslar deb hisoblovchi dualistlarnigina (masalan, R.Dekart) farqlaydi.
Ammo falsafiy tafakkur tarixida u yoki bu faylasuflar fikriga ko`ra eng muhim deb qaraladigan boshqa muammolar ham mavjud. Ayni shu sababli aksariyat faylasuflar substantsiya (dunyoning birinchi asosi) haqida mulohaza yuritar ekan, mazkur masalaning qo`yilishini «falsafaning asosiy masalasi» bilan bog`lashga moyil emas. Masalan;
Do'stlaringiz bilan baham: |