Falsafaning asosiy funksiyalari.
Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar,
qonunlar, muayyan tamoyillarni ta’riflar yoki gipotezalar, g’oyalar va nazariyalarni
ilgari surar ekan, ayni vaqtda (ba’zan shu tariqa) har xil funksiyalarni bajaradi.
Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish,
metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni
qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Bu
funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan
vazifalar darajasi va xususiyati bilan belgilanadi.
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi.
Falsafaning, dunyoqarashni
shakllantirish funksiyasi, insonning dunyoga munosabati, uning o’z-o’zini va
o’zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek turli voqyealar, hodisalarni va o’z
burchini qanday talqin qilishi avvalo va bevosita uning dunyoqarashiga bog’liq
bo’ladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, inson dunyoqarashida e’tiqodlar va
bilimlar, tuyg’ular va emosiyalar, oqilonalik va irrasionallik, tajriba, intuisiya va
hokazolar chambarchas bog’lanadi. Ayni shu sababli falsafasiz dunyoning yaxlit
manzarasini yaratish mumkin emas, chunki «donolikni sevish» sanaladigan,
«hamma
narsaga
aralashadigan»
falsafagina
dunyoqarashning
o’zaro
bog’lanmagan turli «parchalari»ni birlashtirib, shu tariqa odamlarning butun
borliqqa nisbatan umumiy, izchil va mantiqan to’g’ri munosabatini yaratish
imkonini beradi. Bunda falsafa ayrim ikir-chikirlar, ahamiyatsiz tafsilotlarni
mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli narsalar va hodisalar xossalarining
birligiga e’tiborni qaratadi va shu tariqa o’zining bosh funksiyasi – dunyoqarashni
shakllantirish funksiyasini bajaradi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi
tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-
shubhasiz inkor etish mumkin bo’lmagan, ya’ni fan ochib berish, tadqiq etish va
tahlil qilishga qodir bo’lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo’l bilan
tushuntirishga harakat qilishdir. Falsafa u yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki
kam o’rganilgan hodisalarni tushuntirishga nisbatan o’z yondashuvlari,
nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo’lgan
qondirilmagan qiziqish o’rnini ma’lum darajada to’ldiradi, shu tariqa mifologik va
diniy fantaziyalarga kamroq o’rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan
boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?», «Uning mezonlari qanday?», degan
masalalar bilan bog’liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu
tarzda haqiqatning tagiga yetishga qarab mo’ljal oladi, bu esa eng muhim
masaladir.
Do'stlaringiz bilan baham: |