1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarga o‘qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Reja



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana22.01.2022
Hajmi1,02 Mb.
#401239
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
1 - mavzu boyicha maruza matni (6)

Abu  Ali  Ibn  Sino 

(980-1037)  buyuk  alloma  va  mutafakkir.  U  Buxoro  yaqinidagi 

Afshona  qishlog‘ida  tug‘ilib,  Hamadon  shahrida  vafot  etgan.  Ibn  Sinodan  qolgan  ma’naviy 

meros taxminan 280 nomdan ziyoddir. Ular tibbiyot, falsafa, mantiq, psixologiya, axloq, musiqa, 

farmakologiya  va  boshqa  sohalarga  bag‘ishlangan.  Olimning  “Shifo  kitobi”,  “Tib  qonunlari”, 

“Bilimlar kitobi”, “Tabiat durdonasi” kabi asarlari mashhurdir. Ibn Sino asarlari Ovro‘poda XII 

asrdan  boshlab  lotin  tiliga  tarjima  qilina  boshlangan.  Xususan,  «Tib  qonunlari»  asarining  o‘zi 

lotinchada  30  martadan  ortiq  nashr  qilindi.  «Kitob  ush-shifo»ning  ko‘p  bo‘limlari,  mantiq, 

musiqa,  erning  tuzilishi,  geologik  jarayonlar,  metafizikaga  oid  qismlari  ham  lotinchada  nashr 

etildi.  So‘ngti  ilmiy  tadqiqotlar  Ibn  Sinoning  Sharq  adabiyotiga  ham  ta’sir  ko‘rsatganligini, 

chuqur  falsafiy  mazmunni  ifodalovchi  ruboiy  va  falsafiy  qissalar  janrining  taraqqiyotiga  turtki 

berganligini ko‘rsatadi.  

Ibn  Sino  dunyoqarashi  Forobiy  asarlari  ta’sirida  shakllandi,  u  ijtimoiy-falsafiy 

masalalarda  Forobiy  qarashlarini  davom  ettirdi,  Sharq  ilmini  yangi  tabiiy-ilmiy  fikrlar  bilan 

boyitib  tizimlashtirdi  va  yangi  bosqichga  ko‘tardi.  Uning  fikricha,  falsafaning  vazifasiga 

mavjudotni  —  barcha  mavjud  narsalarni,  ularning  kelib  chiqishi,  tartibi,  o‘zaro  munosabati, 

biridan  ikkinchisiga  o‘tishini  har  tomonlama  tekshirish  uchun  zaruriyat,  imkoniyat,  voqelik, 

sababiyatlarini  asos  qilib  oldi.  Borliqqa  bo‘lgan  qarashlarida  Ibn  Sino  barcha  mavjud  narsalar 

ikkiga  bo‘ladi:  zaruriy  vujud (vujudi  vojib)  va  imkoniy  vujud (vujudi  mumkin). Zaruriy  vujud 

hech  narsaga  bog‘liq  bo‘lmagan  bir  butunlikni  tashkil  etuvchi  Xoliqi  olamdir.  SHuningdek 

vujudi vojib kosmologik ongni ham tashkil etib olami kabirni o‘zida ifoda etadi. Qolgan hamma 

narsalar imkoniy tarzda mavjud bo‘lib, zaruriy vujud  – ollohdan kelib chiqadi. Vujudi vojib va 

vujudi  mumkin  —  sabab  va  oqibat  munosabatidadir.  Bu  jarayon  emanatsiya  -  tajalli  tarzida, 

ya’ni  quyoshdan  chiqayotgan  nur  shaklida  amalga  oshadi.  Shu  tartibda  imkoniyat  shaklidagi 

mavjud  bo‘lgan aql,  jon (nafs)  va  jism, ular  bilan  bog‘liq  holda osmon sferalari kelib  chiqadi. 

Bular  hammasi  substansiya  -  javhardir.  Bundan  tashqari  borliqda  aksidensiya-oraz  ya’ni 

narsalarning  tashqi  ko‘rinishini  belgilovchi,  narsalarning  belgilari,  rang,  hajmi,  hidi  va  boshqa 

hususiyatlarii  mavjud.  Jism  shakl  va  moddadan  tashkil  topadi.  Xudo  abadiy,  uning  oqibati 

bo‘lmish materiya ham abadiydir. Uning o‘zi boshqa konkret jismlarning asosidir. Narsalarning 

konkret ko‘rinishlari, shakllari o‘zgaradi, lekin ularning moddiy asosi yo‘qolmaydi.  

Materiyaning eng sodda, bo‘laklarga bo‘linmaydigan shakli to‘rt unsur: havo, olov, suv, 

tuprokdan iborat. Ularning turlicha o‘zaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil 

topadi. Murakkab narsalar o‘zgarib, turli shakllarga ega bo‘lishi mumkin, lekin ularning moddiy 

asosi  bo‘lgan to‘rt unsur  yo‘qolmaydi,  abadiy saqlanadi. Ibn Sino  falsafasida  ma’lum darajada 

inson vujudga kelishi haqidagi evolyusion ta’limot mavjuddir. Uning fikricha, avval tog‘-toshlar, 

so‘ng o‘simlik,  hayvonot  va tabiat rivojining eng  mukammal  namunasi  sifatida   inson  vujudga 




kelgan.  Inson  boshqa  barcha  hayvonot  olamidan  so‘zi,  tili  va  aqli,  tafakkuri  bilan    bilan  farq 

qiladi. 


 Inson  bilimlari  narsalarni  bilish  yordamida  vujudga  keladi.  Bilish  hissiy  bilish  va 

tushunchalar  yordamida  fikrlashdan  tashkil  topadi.  «Sezish—  bu  shunday  ta’sirki,  u  tashqi 

narsalarning  o‘zi  bo‘lmay,  balki  bizning  hislarimizda  vujudga  keladi.  His  moddiy  obrazning 

oynasi  bo‘lib,  moddiy  shakllarning  bo‘yi,  eni  bilan  birga  ifodalanganligi  sababli,  ularni  inson 

moddiy  asossiz  in’ikos  eta  olmaydi  va  jismlarni  bilolmaydi»,-  deb  yozadi  Ibn  Sino.  Inson 

tafakkuri  turli  fanlarni  o‘rganish  yordamida  boyiydi,  rivoj  topadi.  Bunda,  xususan,  u  mantiq 

ilmiga  katta  e’tibor  beradi.  Aql  har  qanday  bilishning  va  amaliy  faoliyatning  mezoni  sifatida 

talqin etiladi.  «(Aql) tarozisida o‘lchanmagan  har qanday  bilim,—  deb  yozadi  ibn Sino,—  chin 

bo‘lolmaydi,  demak,  u  haqiqiy  bilim  emas».  Ibn  Sino  ijodida  fanning  strukturasini  tekshirish, 

ilmlarning tartibini aniqlash, ularni tasnif qilishga e’tibor alohida o‘rin egallaydi. Bu  masalada 

ham  olim  Forobiy  boshlab  bergan  fan-ar  tasnifi  haqidagi  masalani  yanada  taraqqiy  ettirishga 

harakat  qiladi.  Ibn  Sinoning  falsafiy  sistemasini  ifodalovchi  asarlarida  («Kitob  ush-shifo», 

«Kitob  un-najot»,  «Donishnoma»)  falsafiy  bilimlar:  mantiq,  fizika,  matematika,  metafizika 

tartibida  beriladi.  Bulardan  mantiq  —  bilishning  metodi,  mavjudotni  o‘rganish,  u  haqda  fikr 

yuritishning ilmiy usuli sifatida talqin etiladi. Ibn Sino mantiq ilmini tadqiq etishga katta e’tibor 

beradi, unga maxsus risolalar bag‘ishlaydi. Xususan, u mantiqiy usullar, ta’riflash, hukm, xulosa 

chiqarish, isbotlash masalalarini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi, mantiq fanini Forobiydan so‘ng 

bilishning to‘g‘ri metodi sifatida rivojlantirdi.  

Ibn Sino ilmni nazariy va amaliy ilmga bo‘ladi.Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy 

ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. 

Falsafaning nazariy qismi quyi darajadagi ilm, ya’ni tabiatshunoslik, o‘rta darajadagi ilm 

— matematika va oliy darajadagi ilm — metafizikaga bo‘linadi. 

 Falsafaning amaliy qismi ham uchga bo‘linadi:  

a) shaxs haqidagi ilm;  

b) insonning o‘zaro munosabatlari haqidagi ilm;  

v)  davlatni,  mamlakatni  boshqarish  haqidagi  ilm.  Nazariy-falsafiy  ilmlarga  kiruvchi  har 

uch turdagi ilmlar asosiy va yordamchi bo‘laklarga ajraladi; tabiatshunoslik ilmlari astrologiya, 

meditsina,  alkimyo  kabi  etti  xil  tarmoqni  o‘z  ichiga  oladi.  Matematika  esa  arifmetika, 

geometriya, astronomiya, musiqa nomi bilan 4 tarmoqqa bo‘linadi. Asarda 29 ilm tarmog‘i tilga 

olinadi.Ibn Sino o‘z dunyoqarashida panteistik prinsipga asoslanadi: Tangri va borliq bir-biriga 

zid,  bir-birini  inkor  etuvchi  narsalar  emas,  aksincha,  ular  bir  butun  holda  mavjudotni  tashkil 

etadi. Abadiylik Tangriga xos. Tangri va tabiat ma’lum pog‘onalar yordamida bog‘lanadi. Uzun 

va yaxlit zanjirning bir tomonida yaratuvchi Tangri — zaruriy vujud, ikkinchi chekkasida tabiat 

yotadi.  Ibn  Sino  haqiqiy  axloqiy  fazilatlarga  va  ideal  jamoaga  shu  mavjud  dunyoda  erishuv 

mumkin,  jamiyatda  insonlar  o‘zaro  yordam  asosida  yashashlari  kerak  deb  ta’kidlaydi.  Jamiyat 

kishilarning o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi 

lozimligini ta’kidlaydi. Jamiyat a’zolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish 

va  adolatsizlik  jazolanishi,  basharti  podshoning  o‘zi  adolatsizlikka  yo‘l  qo‘ysa,  xalqning  unga 

qarshi qo‘zg‘oloni to‘g‘ri va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmog‘i lozim. 

Ibn  Sino  Zakariya  ar-Roziy  va  Beruniy  kabi  jahon  falsafiy  tafakkuri  tarixida 

birinchilardan  bo‘lib  kuzatuv  va  tajriba  metodiga  alohida  e’tibor  qaratdi.  Mutafakkir  o‘z 

asarlarida  ilm  va  axloq-odob  uyg‘unligi,  inson  kamoloti,  baxt-saodat,  ijtimoiy  adolat, 

kishilarning o‘zaro hamkorligi, hukmdorning burchi to‘g‘risida qiziqarli g‘oyalarni ilgari surgan. 

Uning ta’kidlashicha, barchani bir xil ijtimoiy mavqega erishtirib bo‘lmaydi. Aslida ular uchun 

muayyan sharoit yaratib bermoq lozim. Barchaning boy va mansabdor bo‘lishi yoki hammaning 

qashshoq  bo‘lishi  jamiyatning  tanazzuli  va  inqirozidir.  Lekin  inson  o‘zgarlarga  mehr-oqibatli, 

g‘amxo‘r bo‘lmog‘i, kerak vaqtda saxovat va muruvvat qo‘lini nochorlarga uzatishi zarurdir




Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish