qomusiy alloma va mashhur mutafakkirdir. U yaratgan 152 ta asrdan 28 tasi bizgacha etib
kelgan. Beruniy Abu Nasr Iroq rahbarligida yoshligidan riyoziyot va falakiyotni o‘rganib, 16-17
yoshlaridayoq Quyoshning choshgohdagi balandligini armila bilan o‘lchagan. Oradan 30 yil
o‘tgach, Beruniy yoshligida o‘zi o‘lchab olgan natijalarni tahlil qilar ekan, ular anchagina
ishonchli bo‘lganligini ta’kidlaydi. Yoshlik yillarida u quyosh tutilishini kuzatish bilan
shug‘ullanadi. 22 yoshida Beruniy Markaziy Osiyoda birinchi bor Yer globusini yaratdi. O‘zidan
oldingi ajdodlar qoldirib ketgan ko‘plab kitoblarni o‘rganadi va bizgacha etib kelgan, turli
xalqlarning yil hisoblari haqidagi ilk yirik asari – “Osorul boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar”)ni yaratadi. Unda yunonlar, rimliklar, forslar, sug‘diylar, xorzamiylar va boshqa
ko‘plab qabila va xalqlarning barcha davrlari, bayram hamda taqvimlari, shuningdek Sharqning
turli mamlakatlarining madaniyat va adabiyot tarixi to‘la bayon etilgan. Bu asarda Beruniy o‘zini
faqat elshunos olim emas, balki tilshunos, arab, yunon, fors, suryoniy va boshqa til hamda
adabiyotlarning bilimdoni sifatida namoyon etdi
18
.
Uning tabiatni o‘rganishdagi xizmati kattadir. Alloma jismlarning o‘zaro tortishuvi,
Quyosh va Oyning tutilishi, zarra, inersiya va sun’iy tanlanish, rivojlanish anomaliyasi, Yer
qa’rida ro‘y beradigan geotektonik siljishlar, Yer qiyofasining tadrijiy tarzda o‘zgarib turishi,
Yer yuzida odamlarning turli-tuman qiyofasini ilmiy asoslovchi geografik determinizm
ta’limotini ilgari surgan.
Beruniy barcha unsurlar, shuningdek, og‘irroq unsurlarning boshqa
unsurlardan oldin markazga intilishi to‘g‘risida gapirib, “Hamma unsurlar markazga qarab
intiladi, lekin vazminroqlari boshqa unsurlardan o‘zib ketadi”
19
, deb ta’kidlaydi. Beruniy
“Hindiston” asarida unsurlarning Erga oddiy intilishi to‘g‘risida emas, balki barcha
og‘irliklarning Yer markaziga tortilishi haqida fikr yuritadi. Beruniyning Ibn Sinoga bildirgan
e’tirozlarida muhitning og‘irligini e’tirof etishi bu fazo jismlari bilan Yer o‘rtasidagi tortilish
kuchlari borligini tan oladigan fikrga yaqinlashganligini ko‘rsatadi.
Beruniyning boshqa dunyolar mavjudligi to‘g‘risidagi tahmini uning falsafiy
yutuqlaridan biri hisoblanadi. Beruniy boshqa dunyo haqida fikr yuritar ekan, boshqa moddiy
dunyo ehtimol bizning dunyomiz singari tabiiy xususiyatga ega bo‘lib, “harakat yo‘nalishlari
esa, bizning dunyomizdagi harakat yo‘nalishlaridan farq qiladi”, deydi
20
.
Buyuk tabiatshunos Beruniy o‘zining salaflari, xususan, Ahmad Farg‘oniy va
Muhammad Xorazmiy ishlab chiqqan bilishning ilmiy usulini rivojlantirib, yanada
chuqurlashtirdi. Uning aytishicha, “Kuzatishning ko‘pligi ko‘rilgan narsalarni eslab qolish
qobiliyatini yaratadi”. Beruniy o‘zining o‘gitida: “Biliming shundayki, u yalang‘och bo‘lsang
ham o‘zingda qoladi, uni hammomga kirganingdagi xo‘llik ham yo‘qota olmaydi”, -deydi.
Beruniy inson xotirasini “Allohning tuhfasi”, deb hisoblaydi. U “tirishqoqlik va ko‘p
shug‘ullanish bilan ham xotirani mustahkamlash mumkin”
21
, -deydi.
Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqda tajribaga tayanuvchi fanlarning asoschilaridan
bo‘lgan Beruniy tabiat hodisalarini bilishdagi nazariy-mantiqiy xulosa, qiyoslashning
ahamiyatini benihoya katta ekanligini uqtirib o‘tadi. Beruniy tarixiy hodisa va voqealar
haqiqatini bilishga taalluqli hamma masalalarni har taraflama o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi va
bu bilan noto‘g‘ri yo‘lga tushib qolishdan ehtiyot bo‘lishga chaqiradi. U shunday yozadi:
“Xabar ko‘z bilan ko‘rgandek bo‘lmaydi, degan kishining so‘zi juda to‘g‘ridir. Chunki
ko‘rish ko‘ringan narsaning o‘zi bor paytida va o‘z joyida turganida qarovchi ko‘zining uni
uchratishdan iboratdir. Xabarga yolg‘on-yashiqlar qo‘shilmaganda, u ko‘rishga nisbatan ortiqroq
o‘rinda turgan bo‘lar edi. CHunki ko‘rish va qarash shu payt, shu on bilan cheklanadi. Xabar esa
narsaning ko‘ringan payti va vaqtdan ilgari o‘tgan va keyin keladigan hollaridan darak beradi;
ana Shuning uchun xabar mavjud narsalardan ham, kelajak narsalardan ham darak beraveradi.
Yozish xabar turlarining biri bo‘lib, uni boshqa turlardan ko‘ra afzalroq hisoblash mumkin;
qalamning mangu yodgorliklari bo‘lmaganda, xalqlarning tarixini qanday bilar edik?!
So‘ngra, odatda bo‘lgan hol haqida berilgan xabar bir xil emas, balki rost va yolg‘on
bo‘lishi mumkin”
22
.
Kuzatish, ko‘rish, tajribalar qilish, mantiqiy umumlashmalar chiqarish, ma’lumotlarni
18
19
Шарипов А. Малоизвестные страницы переписки между Беруни и Ибн Синой.//Общественные науки в
Узбекистане, –№ 5. 1965, –С.39.
20
Ўша жойда.
21
Ўша жойда.
22
Абу Райҳон Беруний. Танланган асарлар. 2-жилд, –Т.: Фан, 1965. –Б.25.
to‘plash, xalq og‘zaki ijodi, yozma yodgorliklarni o‘rganish, barcha xabar, manbalarga tanqidiy
qarash haqiqatni aniqlash uchun ularni bir-biri bilan taqqoslab ko‘rish, til qurilishini, yozuvlarni
o‘rganish – bular hammasi o‘rta asrning buyuk qomuschisi Abu Rayhon Beruniy ilmiy usulining
asosini tashkil etadi.
Beruniyning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy qarashlari ta’sirida shakllangan. U modda va
zamon, qonuniyat, zarurati va tasodifiyat, harakat va rivojlanish, ziddiyat sabab va oqibat kabi
falsafiy muammolarga katta e’tibor bergan. Beruniyning asarlarida bilish masalalari muhim o‘rin
tutadi. Beruniy fikricha bilishga bo‘lgan qiziqishning ikkita sababi bor. Birinchidan, bu o‘ziga
xos lazzatdir. Ikkinchidan, bilishdan maqsad odamlar ehtiyojlarini qondirishdir. Bilish sezgilar
etkazib bergan ma’lumotlardan boshlanadi. Ular bilishning yuqori bosqichi aqliy bilish uchun
o‘ziga xos ko‘makchi va asos bo‘lib xizmat qiladi. Bilimning chinligi kuzatuv va sinov-tajriba
orqali belgilanadi. Ular tufayli ashyolarning muhim jihatlari o‘rganiladi, ularning miqdoriy
tomonlari aniqlanadi, bilish jarayonining samaradorligi oshib boradi. Beruniy fikriga ko‘ra, inson
qiyofasi tabiat ta’sirining natijasidir. Uning ichki qiyofasiga kelsak, uni inson Cheksiz sa’y-
harakatlar oqibatida tubdan o‘zgartirishi mumkin. Har bir kishi o‘z xulq-atvorining sohibidir.
Jamiyat tadrijiy o‘zgarishlar orqali rivojlanib boradi. Adolat, fuqaro uchun g‘amxo‘rlik, zulmni
bartaraf etish, jamiyatni aql va adolat tug‘i ostida boshqarish mutafakkirning idealidir.
Do'stlaringiz bilan baham: