1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarga o‘qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Reja


Ilk o‘rta asr Sharq  falsafasi va Uyg‘onish davri



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana22.01.2022
Hajmi1,02 Mb.
#401239
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
1 - mavzu boyicha maruza matni (6)

Ilk o‘rta asr Sharq  falsafasi va Uyg‘onish davri.

  Falsafa  tarixi  sohasida  Ilk  o‘rta  asr 

Sharq  falsafasi  deganda  IX-XI  asrlar  musulmon  fani  va  madaniyati  tarixida  katta  yutuqlar  va 

muhim  ilmiy  kashfiyotlar  davri  tushuniladi.  Bu  davrni  ba’zi  tadqiqotchilar  Sharq  fani  va 

madaniyatining  Uyg‘onish  davri  yoki  “oltin  davri”  deb  e’tirof  etadilar.  O‘sha  davrda  arab 

xalifaligi  tarkibiga  kirgan  Movarounnahr  va  Xuroson  mintaqasi  yuz  bergan  madaniy-ma’rifiy 

yuksalishni  ta’minlovchi  va  harakatlantiruvchi  asosiy  kuchlardan  biri  edi.  Bu  xulosa,  birinchi 

navbatda,  bu  ilmiy  yuksalishda  ishtirok  etgan  mutafakkirlarning  asosiy  qismi  ushbu  zamin 

farzandlari bo‘lgani bilan izohlanadi

7

. Ushbu davrning tamal toshi islom dinining vujudga kelish 



omili,  Abbosiylar  xalifaligi  davriga  borib  taqaladi.  Mazkur  davrda  Bag‘dod  shahriga  asos 

solinib,  u  xalifalikning  siyosiy  markazi  bo‘libgina  qolmay,  balki  saltanatning  iqtisodiy, 

ma’naviy-ma’rifiy,  ilmiy  markaziga  aylantirilgan  edi.  Abbosiy  xalifalar  Mansur  (754-776), 

Xorun ar-Rashid (786-809) va Ma’mun (813-833) davrida ilm-ma’rifatga katta e’tibor berilgan. 

Yirik ilmiy markazga aylangan “Bayt ul-hikma”ga asos solinib, bu joyda o‘z davrining mashhur 

olimu  faylasuflari,  tabib,  munajjim,  musiqachi,  me’mor,  muhandislari  to‘plangan.  Bu  davrda 

arablar,  yahudiylar,  nasroniylar,  forslar,  movarounnahrlik  va  xurosonliklar  tomonidan  yahudiy, 

yunon, suryoniy,  fors, hind  va  boshqa tillardagi riyoziyot, falakiyot,  mantiq, alkimyo,  handasa, 

tarix, tibbiyot fanlariga oid madaniy, ilmiy-falsafiy asarlar arab tiliga tarjima qilingan. Qadimgi 

yunon  faylasuflari  Ptolemeyning  “Almajistiy”  (Almagest),  Evklidning  handasa  (geometriya), 

Aflotun  va  Arastuning  qator  asarlari  arab  tiliga  o‘girildi.  Ayniqsa,  Arastuning  mantiqqa  oid 

asarlarining  tarjima  qilinishi  Bag‘dod  ziyolilari  dunyoqarashining  butunlay  o‘zgarishiga  olib 

kelgan edi.  

Arab  xalifaligi  davrida  O‘rta  Osiyoni  Tohiriylar  (821-873),  Safforiylar  (873-904), 

Somoniylar  (875-999),  G‘aznaviylar  (977-1186),  Qoraxoniylar  (999-1212)  va  Xorazmshohlar 

(1077-1231)  kabi  sulolalar  boshqargan.  Saljuqiylar  (1033-1300)  XII  asrning  boshlariga  kelib, 

bugungi  O‘rta  Osiyo  hududini  butunlay  o‘z  nazorati  ostiga  oladilar

8

.



 

Ma’lumki,  saljuqiylar 

sulolasi  ilgarigi  mavqei  yo‘qolgan  xalifalikni  boshqarayotgan  Bag‘dod  xalifasining  rasmiy 

hukmronligini  saqlagan  holda,  amalda  markazlashgan  davlatning  dunyoviy  ishlarini  boshqarar 

edilar.  Saljuqiy  Malikshoh  davrida  uzoq  vaqt  vazirlik  qilgan  fan  homiysi  Nizomul  Mulk  Abu 

Homid  G‘azzoliy  va  Mahmud  az-Zamaxshariy  kabi  olimlarni  ham  qo‘llab-quvvatlagan.  U 

Bag‘dodda  rasadxona  ishini  rivojlantirib,  mashhur  falakshunos  olimlarni  to‘playdi.  Nizomul 

Mulk  tashabbusi  bilan  Buxoro,  Hirot,  Nishopur,  Samarqand,  Bag‘dod  kabi  shaharlarda 

“Nizomiya” nomidagi madrasalar ochilgan. Ushbu davr ilm-fan taraqqiyotining e’tiborli tomoni 

shundaki, ko‘pgina olimlar o‘z sohalarida yangiliklarga asos soladilar. Masalan, birinchi bo‘lib, 

Umar  Xayyom  taqvimiga  tuzatish  kiritadi.  Ayniqsa,  bu  davr  arab  va  fors  adabiyotining 

                                                             

7

 Қаранг: Абдуҳалимов Б. А. “Байт ал-ҳикма” ва Ўрта Осиё олимларининг Бағдоддаги илмий фаолияти: (IХ-



ХI асрларда аниқ ва табиий фанлар). –Т.ошкент: Тошкент ислом университети нашриёт-матбаа бирлашмаси, 

2004. –Б.209-236.  

8

 Қаранг: Бартольд В.В. История Туркестана//Бартольд В.В.Сочинения. Т.II (с. 1.). –М.:Наука, 1963. –С.240-



275.  


taraqqiyot  davri  bo‘lgan.  Umuman  olganda,  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  jabhalarda  ko‘plab 

o‘zgarishlar falsafa, tabiiy-ilmiy bilimlar rivojida muhim ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarni 

vujudga  keltirgan.  O‘z  navbatida  Movarounnahr  diyorida  ham  ilm-fan  ravnaqi  uchun  qulay 

imkoniyatlar yaratilgan. 




Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish