1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarga o‘qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Reja



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana22.01.2022
Hajmi1,02 Mb.
#401239
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1 - mavzu boyicha maruza matni (6)

Ilk o‘rta asrlarda tasavvuf.

  Tasavvuf  Sharq  ma’naviyati  tarixida  muhim  o‘rin  egallab 

kelgan tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta’limot bo‘lib, islom olamida VIII asrning o‘rtalarida paydo 

bo‘lgan.  Tasavvufning  ilk  shakli    zohidlik  harakati  ko‘rinishida  namoyon  bo‘ladi.  Tasavvuf 



falsafa,  din,  shariat  hamda  odob-axloq  kabi  tushunchalar  jam  bo‘lgan  ta’limotdir.  Insonning 

ruhiy-axloqiy  poklanishi  va  ilohiy  muhabbatdan  quvvat  olib  yuksalib  borishi  bu  ta’limotning 

asosiy  g‘oyalaridir.  Tasavvuf  dunyoni  bilishni,  insonning  dunyo  va  koinot,  makon  va  zamon, 

lahza  va  abadiyat,  hodisa  va  mohiyat  haqidagi  tasavvurlarini  ilohiy  bilimlar  asnosida 

shakllanishini  ta’minlaydi.  Tasavvuf  amaliy  turmush  tarziga  asoslangani  uchun,  bir  tomondan 

uning  nazariy  asoslari  ishlab  chiqilgan  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan  tariqatlar  paydo  bo‘lib, 

tasavvufiy turmush tarzida nazariy bilimlarning amaliyot bilan uyg‘unlashishi taqazo etilgan. Ilk 

o‘rta asrlarda shaxsiy-ma’naviy hayot tarzida muhim o‘rin tutgan tasavvufiy turmush tarzi asta- 

sekin  ijtimoiy  ma’noga  ega  bo‘la  boshladi.  Zohidligi  va  ilmi  bilan  tanilgan  ulug‘  shaxslar 

atrofida  suhbat  halqalari  tashkil  etilib,  ularning  suhbatlarida  ishtirok  etganlar  berilgan 

tavsiyalarni shaxsiy  hayotlarida tatbiq eta boshlaganlar. Tasavvufda  Alloh taologa quruq, ko‘r-

ko‘rona  mute’likning  hojati  yo‘q.  Tasavvuf  ta’limoti  mutaxassisi,  olim  Najmiddin  Komilov 

“xudo  g‘azabidan  qo‘rqibgina  amri  ma’rufni  bajarish  sadoqat  belgisi  emas,  balki  riyodir. 

Shuning  uchun  so‘fiylar:  Allohni  jon-dildan  sevish,  Uning  zoti  va  sifatlarini  tanish  va  bilish, 

ko‘ngilni  nafsu  hirs  g‘uboridan  poklab,  botiniy  musaffo  bir  holatda  Iloh  vasliga  etishish  va 

bundan  lazzatlanish  g‘oyasini  keng  targ‘ib  qildilar.  Inson  ruhi  ilohiydir  va,  demak,  asosiy 

maqsad – ilohiy olamga borib qo‘shilmoqdir, dedilar. Shu tariqa, dunyodan ko‘ngil uzgan, ammo 

zohidlarga o‘xshamaydigan, «bir nazar bilan tuproqni kimyo etadigan» (Hofiz Sheroziy) zehnu 

zakovat,  aqlu  farosatda  tengsiz,  ammo  o‘zga  mutafakkirlar,  faylasuflardan  ajralib  turadigan, 

shariat  ilmini  suv  qilib  ichgan,  toatu  ibodatda  mustahkam,  lekin  oddiy  dindorlardan 

farqlanadigan  ajoyib  xislatli  odamlar  toifasi  paydo  bo‘lgan  ediki,  ularni  ruh  kishilari  deb 

atardilar”

23

-deydi.  «So‘fiy»  so‘zining  vujudga  kelishida  bir  necha  xil  qarashlar  mavjud  bo‘lib, 



ba’zi  mutaxassislar  bu  so‘z  «saf»  so‘zidan  kelib  chiqqan  deydilar,  chunki  so‘fiy  Iloh  yo‘liga 

kirganlarning  birinchi  safida  turuvchidir.  Ba’zi  olimlar  uni  «suffa»  so‘zidan  hosil  bo‘lgan  deb 

aytadilar:  ashobi  suffa  hazrati  Payg‘ambar  sallallohu  alayhi  vasallam  hayotliklaridayoq  tarki 

dunyo  qilgan  taqvodor  kishilar  bo‘lib,  so‘fiylar  shularga  taqlid  qiladilar,  deb  tushuntiradilar. 

Yana  bir  guruh  olimlar  so‘fiy  so‘zi  «safo»  so‘zidan  kelib  chiqqan,  chunki  bu  toifaning  qalbi 

sidqu  safo  oftobiday  porlab  turadi,  deganlar.  Yana  ba’zilar  so‘fiy  «sufuh»  so‘zidan  yasalgan, 

sufuh  –  biror  bir  narsaning  xulosasidir,  bu  jamoa  xalqning  xulosasi  bo‘lganligi  sababli  ularni 

so‘fiy  deganlar,  deb  yozadilar.  Abu  Rayhon  Beruniy  «suf»,  ya’ni  faylasuf  so‘zining  oxirgi 

qismidan  yasalgan deb ko‘rsatadi.  Shuningdek, ko‘pchilik so‘fiy  so‘zi arabcha  «so‘f» so‘zidan 

hosil  bo‘lgan,  degan  fikrni  bildiradilar.  «So‘f»  so‘zining  lug‘aviy  ma’nosi  jun  va  jundan 

to‘qilgan matodir. So‘fiylar ko‘p hollarda jun chakmon yoki qo‘y terisidan tikilgan po‘stin kiyib 

yurishni odat qilganlari uchun ularni jun kiyimlilar deb yuritganlar. So‘fiyning ozodligi deganda 

tasavvuf  ahli  solikning  bashariy  sifatlardan  mutlaq  qutulishi  va  ilohiy  faqr  sifati  bo‘lmish  pok 

ruh  o‘rinishida  istig‘no  olami  –  Tangri  taolo  olamining  zaruratlari  bepoyonligini  kullan  idrok 

etishini  anglaganlar.  Tasavvufda  ilk  davri,  ya’ni  zohidlik  davri  so‘fiylari  -  Ibrohim  Adham, 

Hasan  Basriy,  Abuhoshim  Kufiy  va  boshqalar  taqvo  va  parhezkorlikni  bosh  maqsad  deb 

bilganlar. Undan keyingi davrda esa, tafakkuriy-shuuriy rivojlanish asosiy maqsad hisoblangan. 

Aksariyat ilmiy manbalarda keyingi davr – oriflik davri, deb ataladi. Bu davr IX asr o‘rtalaridan 

boshlanadi.  

Tasavvuf  Ibn  Arabiyga  nisbatan  beriladigan  vahdatul  vujud  ta’limotiga  borib  taqaladi. 

Ya’ni  haqiqiy  Borliq  –  bu  Mutlaq  zot  –  Parvardigorning  yakkayu  yagona  vujudidan  iborat, 

boshqa mavjudliklar shu Vujudning ijodi, in’ikosidir. Mutlaq zotni al-Haq (Real borliq), al-Ahad 

(Birlik)  deb  ham  ataydilar.  U  O‘zi  yaratgan  olam  ashyolarida  (olami  shahodat,  olamul  xalq) 

O‘zini  namoyon  etib,  zohir-lanib  turadi  va  shu  orqali  O‘zi  O‘zini  idrok  etadi.  Bu  cheksiz    va 

mavhum  Mutlaq  zotning  shahodat (moddiy)  olamda  tinimsiz  jilolanishi  «tajalliy»  deb  atalgan. 

Tajalliy  –  barcha  harakat  va  faoliyat,  tiriklik  va  hayot  ijodkori  Parvardigorning  o‘zi  yaratgan 

olamda doimo hozir bo‘lishidir. Shunday qilib, tasavvuf, bir tomondan, din va shariat, ikkinchi 

tomondan, falsafa va hikmat ilmi bilan bog‘liq holda rivojlanib kelgan o‘ziga xos ta’limotdir.  

                                                             

23

 Комилов Н. Тасаввуф.-Тошкент: ТДШИ нашрёти, 2006. 6-б. 




Tasavvufda  falsafa  ilmidan  farqli ravishda,  insonni  «olam  mehvari» deb  bilib, olamdagi 

barcha  harakat,  voqea-hodisa,  o‘zgarish-yangila-nishlarni  insonda  mushohada  etish  va  inson 

orqali  tushuntiradi.  Tabiatdagi  jamiki  ichki  ziddiyat  va  rivojlanish,  o‘sish-ulg‘ayish  ruhning 

mo‘‘jizalari insonda bor, deb ta’riflaydi Jaloliddin rumiy «Masnavii ma’naviy» asarida. Shu kabi 

Olamni  va  Odamni  yaratgan  Parvardigor  javhari,  ismlari,  qudrati  va  mohiyatini  anglash  ham 

inson  ruhi  xususiyatlarini  o‘rganish  va  anglash  bilan  amalga  oshadi.  Chunki  Parvardigorni  va 

Uning qudrati, mo‘‘jizalari, g‘ayb olamini faqat aql bilan bilib bo‘lmaydi. Ammo, bu tasavvufda 

aql butunlay inkor etilgan, degan gap emas. Tasavvufda ham aqliy bilish, aql qudrati tan olinadi. 

Biroq  aqliy  bilimlar,  dalil  bilan  isbotlanishi  mumkin  bo‘lgan  bilimlarga  yaraydi,  g‘ayb  ilmini 

idrok  etishga  esa  aql  ojiz,  deydi  so‘fiylar.  G‘ayb  ilmi,  Xudovand  olamidagi  behad-behudud 

ilmlarni  so‘fiy  alohida  hissiy-vajdiy  tafakkur  bilan,  qalbga  tushgan  karomat  nuri  bilan  anglab 

idrok etadi. Shu bois tasavvufda  mukoshafa, kashfu karomat, hol-sukra tushunchalariga alohida 

e’tibor beriladi. 

Ko‘rinadiki, tariqat  ijtimoiy  hodisa sifatida  jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilgan. Tariqat 

asosida  tasavvufning  yaxshi,  ideal  jamiyat  haqidagi  qarashlari  vujudga  kelgan.  Masalan, 

Jomiyning «Xiradnomai Iskandariy» va Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonlarida podshohsiz 

odamlar,  ya’ni  solih  kishilar  jamiyati  haqida  gap  boradi.  Tasavvuf  bunday  jamiyatga  zo‘rlik, 

inqilob yo‘li bilan emas, har bir insonni axloqiy tarbiyalash oraqli etish mumkin, deb hisoblagan. 

Insonning  mutlaq  haqiqat,  mutlaq  adolat  va  poklikka  erishish  istaklari  tasavvufda  mujassam 

bo‘ldi.  Bu  ehtiyoj,  orzu  kuchli  zavq  va  ishtiyoqni,  o‘zini  unutish  va  bexudlikka  olib  borgan 

ishqni keltirib chiqaradi. 

Tasavvufdagi  o‘zini-o‘zi  takomillashtirish  g‘oyasi,  axloqiy  yuksalish,  ezgulik,  xayr, 

himmat,  mardlik  haqidagi  qarashlar  butun  musulmon  olamiga  keng  tarqalib,  katta  ijtimoiy 

hodisaga aylangan edi. Darveshlar, so‘fiylar, shayxlar, valiysifat ruhoniylarni xalq juda hurmat 

qilgan,  ularga  e’tiqod  qo‘yish  orqali  Tangri  taolo  qudratini  chuqurroq  his  qilgan,  amaliy 

turmushda odamlar shu darveshlar kabi qanoatli, halol bo‘lishga intilgan, nafsini tiygan. Shuning 

uchun  ham  tasavvufga  ta’rif  berganda,  juda  ko‘p  shayxlar  uni  shaytoniy  nafsni  jilovlash  va 

rahmoniy  xislatlar  kasb  etish  ilmi  deb  ko‘rsatganlar.  Agar  tasavvufning  negizida  chin 

insonparvarlik  g‘oyasi,  xalqning  adolat  va  haqiqat  haqidagi  orzulari  yotmaganda,  u  bunchalar 

keng  tarqalmas,  bunchalik  keng  ommaviylashib,  ijod  ahli  qalbidan  o‘rin  olmasdi,  bu  qadar 

qaynoq va jozibali bir she’riyat yaratilishiga turtki bo‘lmas edi. 

Tasavvufning «falsafiylanish» davri XIII–XIV asrlarda bir qator mutafakkir adiblar, orif 

sufiylar  etishib  chiqdiki,  biz  ularni  tasavvufni  falsafa  bilan  bog‘lovchilar  deb  aytamiz. 

CHunonchi,  Ibn  al  Arabiy,  Abu  Homid  Muhammad  G‘azzoliy,  Fariddidin  Attor,  Aziziddin 

Nasafiy,  Yahyo  Suhravardiy,  Ibn  Saboin,  Abdurazzoq  Koshoniy,  Abdulkarim  Jiliy,  Mahmud 

Shabistariy,  Jaloliddin  Rumiy,  Abdurahmon  Jomiy,  Abdulqodir  Bedil  shunday  mutafakkirlar 

sirasiga  kiradi.  Bularning  ijodida  olam  va  odam  haqida  o‘ylar,  qazovu  qadar,  erk  va  ixtiyor, 

suvrat va ma’no, aql va ruh, vaqt va zamon, inson tiynati xususida ko‘plab yangi qarashlar bayon 

etilgan.  Bu  zotlar  ilohiyshunoslikni  butunlay  yangi  pog‘onaga  ko‘tardilar.  Ularning  asarlarida 

insoniy ma’rifat, insoniy kechinmalar tasviri va tahlili bilan olib boriladi, komil inson xislatlari 

batafsil ishlab chiqildi. 


Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish