XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy-siyosiy
fikrlar.
Turkistonning XIX asr oxiri, XX asr boshlaridagi hayoti murakkab ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy vaziyatiga to‘g‘ri keladi. XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya tomonidan
Turkistonning istilo qilinishi natijasida o‘lka hayotida ayanchli va keskin o‘zgarishlar sodir bo‘la
boshladi. Chor Rossiyasining Markaziy Osiyoni bosib olishga bo‘lgan ehtiyojiga, unga nisbatan
jadal mustamlakachilik siyosatini yurgazishiga harbiy-siyosiy maqsadi va iqtisodiy ahvoli sabab
bo‘ldi. Rossiyaning o‘sha davrdagi rivojlanayotgan yengil sanoati uchun paxta, pilla, qorako‘l va
boshqa xom ashyolar zarur edi. Rossiya tomonidan Markaziy Osiyo istilosiga g‘oyaviy
tayyorgarlik XVIII asr boshlarida Pyotr I tomonidan boshlangan bo‘lsa, huddi shu davrdan
boshlab Turkistonda ham istilo uchun tabiiy sharoit etila boshladi. XVIII-XIX asrlarda avj olgan
mahalliy oqimlarning o‘zaro urush va janjallari, Turkistonning uchta mustaqil xonlikka
bo‘linishi, ularning orasidagi o‘zaro ziddiyatlar, urushlarning avj olishi diniy mutaassiblikning
rivojlanishiga olib keldi. Bu holat jamiyatda din peshvolarini muayyan mavqega ega bo‘lib, har
qanday fan va madaniyat yangiliklariga musulmon axloqiy normalari, islom dini nomidan ko‘r-
ko‘rona qarshilik ko‘rsatib, diniy aqidaparastlikni avj oldirishga sabab bo‘ldi. Natijada Turkiston
xalqlarining iqtisodiy va madaniy hayoti tanazzulga yuz tutdi.
Turkiston hududidagi Chor istilosiga qarshi harakatlar milliy istibdodga, chorizm
istilosiga qarshi xalq qo‘zg‘alonlarining turli xildagi ko‘rinishi edi. Tarixiy ma’lumotlarda 1905
yilga qadar Turkistonda to‘rt mingga yaqin milliy ozodlik harakatlari bo‘lib o‘tgani qayd
etilgan
32
. Ushbu harakatlar zamirida, aksariyat hollarda, mahalliy aholidan ko‘chirib
kelinayotgan xalqlarga er-suvni olib berishga qarshi isyon yotar edi: «General Kuropatkin
xokimiyat o‘z ehtiyojlari uchun qancha xohlasa, shuncha darajada Yer va suvni ishlatishi
mumkinligiga ishonar edi. Shuning uchun ham mustamlakani mustahkamlash uchun etnik
tozalashdan foydalanish va Rossiyadan yangi emmigratsiyani tashkil etish lozim bo‘ldi»
33
. To‘rt
mingga yaqin ozodlik harakatlari mahalliy kayfiyatdagi istibdodga nisbatan isyon, ozodlikka
intilish aynan ana shu davrlardanoq istilochilar tomonidan qatag‘on qilingan. Bir necha
misollarni keltirish mumkin: 1) Dukchi Eshon qo‘zg‘olonida chor askarlaridan 22 nafari
o‘ldirilgan, 16 nafari yarador bo‘lgan, buning evaziga Mingtepa, Tojik, Qashg‘ar qishloqlari uch
kun to‘pga tutilgan, chor askarlari tomonidan O‘qchi qishlog‘idagi aksariyat erkaklar otib
o‘ldirilgan. Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni bo‘yicha ochilgan jinoiy ishda 400 dan ortiq odam jinoiy
javobgarlikka tortilib, mol mulki musodara etilgan
34
; 2) 1881 yil 12 yanvarida Ko‘ktepada 22,5
mingdan ziyod begunoh turkman, qozoq, o‘zbek, qirg‘iz general Skobelev guruhi tomonidan
vahshiyona chopib tashlanadilar
35
; 3) 1864 yil o‘ris zulmiga qarshi Ettisuvdagi dunganlar
qo‘zg‘olon ko‘tardilar, lekin ular qirib tashlandi, hammayoq qonga botirildi
36
. Ushbu
qo‘zg‘olonlar haqida rus mualliflarining o‘zi shunday ta’kidlaydi: «Istilo davridagi xalq ozodlik
harakatlari oldida turgan asosiy inqilobiy vazifa mustaqillikni boy bermaslik edi»
37
.
32
Пясковский А.В. Революция 1905-1907 годов в Узбекистане. –Ташкент.: Госиздат. 1957.118-с.
33
Марко Буттино. Революция наоборот.Средняя Азия между падением Царской империи и оброзаванием
СССР. - М: Звенья.2007.75-с.
34
Эгамназаров А. Сиз билган Дукчи Эшон. – Тошкент: Шарқ, 1996. 136-б.
35
Ўша манба, 11-б.
36
Қаранг: Терентьев М..А. Россия и Англия. - Спб.: Б.И., 1876. - С 65.
37
Галузо П.Г. Туркестан-колония. – Ташкент: Коммунист ун-та, 1935. - С. 82.
O‘zbek xalqining millat bo‘lib shakllanishi, mustaqil davlat g‘oyasi, milliy o‘zlikni
anglash, xalq tafakkurini tubdan o‘zgartirish masalalarini birinchi bo‘lib jadidlar ko‘tardilar.
Ushbu harakatning aynan milliy kontekstda namoyon bo‘lishining o‘zi inqilobiy hodisa
edi, chunki, jadidchilik vujudga kelgan davrga qadar Markaziy Osiyo hududida mahalliy xalqlar
identifikatsiyasi milliy emas, hududiy nuqtai nazardan amalga oshirilgan. Jadidchilikning
vujudga kelishi Turkistonning XIX asr oxiri, XX asr boshlaridagi murakkab ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy vaziyatiga to‘g‘ri keladi.
Istilo siyosati oqibatida turkistonliklarni ezish va ijtimoiy hayotning oyoq osti qilinishi
ularning milliy ongining kuchayishiga olib keldi. Istilo siyosatiga qarama-qarshi o‘laroq
millatparvarlik siyosati maydonga chiqdi. Natijada chor Rossiyasi davrida turkiy, islomiy
madaniyatni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan milliy harakat kun sayin kuchayib borayotgan rus
madaniyati ta’siriga qarshilik ko‘rsatishni maqsad qilib qo‘ygan Turkiston jadidchilik harakatiga
aylandi;
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi tabiiy ijtimoiy jarayon va hodisalar tufayli jadidchilik
zaruriy oqim sifatida vujudga keldi. va bu yirik ijtimoiy siyosiy oqim o‘z navbatida milliy
o‘zlikni anglashdek, tafakkur tarzini hosil qildi. Bu tafakkur tarzining ilmiy-nazariy, falsafiy
ifodasi jadidchilik rahnamolari va vakillari ijodida aks etdi;
Turkistondagi jadidchilik harakati rus hukmdorligi yoki madaniyatini qabul qilish uchun
emas, balki rus bosqinchilariga qarshi kurashda milliy ruhni yangilash, mamlakatni
zamonaviylashtirish va G‘arb mamlakatlaridagi kabi mustaqil davlat barpo etish, millatni saqlab
qolish uchun yuzaga kelgan milliy demokratik harakat edi.
Bu harakatning vujudga kelishida tashqi siyosiy omillar ham katta ta’sir ko‘rsatgan.
To‘g‘rirog‘i, jadidchilikning o‘zi XIX asr oxiri, XX asr boshlarida butun Sharq dunyosida
qo‘zg‘alayotgan demokratik oqimning bir qismi edi. Tarixdan ayonki, dunyo bu davrga kelib
Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AQSH, Italiya, Yaponiya, Ispaniya, Portugaliya va
Rossiya kabi davlatlar tomonidan bo‘lib olingach, kapitalistlarning jahon monopolistik ittifoqi
vujudga kelgan va mustamlaka xalqlari ikki tomonlama zulm natijasida g‘oyat og‘ir, nochor
ahvolda qolgan edilar. Oqibatda mustamlakadagi xalqlarning ziyolilari orasida asta-sekin qaram
xalqlarni qashshoqlikdan qutqarish uchun milliy ozodlik harakatlari uyg‘ona boshladi. Bir
qancha Sharq mamlakatlarida Jamoliddin al-Afg‘oniy (1839-1897), Muhammad Abdo ( 1848-
1905) kabi jamoat arboblari rahbarligida G‘arb mustamlakachilariga qarshi harakat avj olib, asta-
sekin jadidchilik-taraqqiyparvarlik g‘oyalarining tarqalishiga zamin yaratib berdi. «Jamoliddin
al-Afg‘oniy ta’limoti o‘z mohiyatiga ko‘ra juda qarama-qarshi bo‘lsa-da, nafaqat Misrda, balki
Sharq mamlakatlarining musulmonlari tomonidan ham qizg‘in qabul qilindi va XIX asr
oxirlarida musulmon ziyolilari dunyoqarashining shakllanishida katta ta’sir ko‘rsatdi»
1
.
Jamoliddin al-Afg‘oniy va Muhammad Abdo o‘zlarining diniy islohotchilik, ma’rifatparvarlik va
ijtimoiy-siyosiy faoliyatlarida musulmonlarni ilg‘or siyosiy hayotga, mustamlakachilarga qarshi
birlashishga chaqirdilar.
Jahon tajribasidan xulosa chiqarib, Sharq xalqlarining istibdodga qarshi shakllangan
turkparastlik va islomparastlik ko‘rinishidagi qarshilik oqimlaridan g‘oyaviy quvvat olib, milliy
yo‘nalishda rivojlangan jadidchilikning kelib chiqishida ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy
omillar mavjud. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Cho‘lpon kabi
jadidlar ilmiy merosida ma’rifatparvarlik ta’limoti etakchi o‘rin tutadi. Turkistonda
ma’rifatparvarlik g‘oyasini rivojlantirishning o‘ziga xos tomoni, u istilo siyosati oqibatida
vujudga kelgan millatparvarlik harakati bilan chambatchas bog‘liq. Huddi shu xususiyat bilan
jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan
islomparastlik va turkparastlik harakatlaridan mohiyatan farq qiladi. Islomparastlik va
turkparastlik harakatlari maqsad nuqtai nazaridan umumiy islom dunyosi yoki umumiy turk
dunyosi birligi g‘oyasini ilgari surgan, o‘z tabiatida osiyosentrizm g‘oyasini ifodalar edi.
1
Хакимов И.М. Джамал ад-Дин Афгани, его антиколониальные взгляды и деятельность(1839-1897 гг.)
Автореф. дисс... канд.филос.наук. – М: МГУ,1971. –С .8.
Jadidchilik mafkurasi taraqqiyot yo‘lini, ma’rifatparvarlik yo‘lini aynan milliy
identifikatsiya orqali, umuminsoniy taraqqiyotga millat nuqtai-nazaridan rivojlanish orqali
erishishni tashviqot qilgani uchun ham yuqorida nomi qayd etilgan ta’limotlarga nisbatan
taraqqiyparvar edi. Har bir vujudga kelgan ta’limot o‘ziga o‘xshash, o‘zidan avvalgi kelgan
ta’limotlarning eng yaxshi tomonlarini olib mukammallashishi nuqtai nazaridan ham jadidchilik
taraqqiyparvarlikni namoyon etgan. Shuning uchun millatparvarlik va ma’rifatparvarlik
ta’limotlari Turkiston ziyolilari ijodlari va faoliyatlarida bir-birining tarkibiy qismiga aylandi.
Jadidchilik ta’limotida ma’rifatparvarlik g‘oyasi o‘zbek xalqining XIX asr oxiri XX
boshlaridagi barcha ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayoti murakkabliklari va muammolarini hal
qilishga qaratilgan keng qamrovli ta’limot edi. Turkiston xalqlarini mustamlaka zulmidan xalos
etish, milliy iqtisodiy tizimni barpo etish, mustaqil davlat tizimini doimiy ravishda saqlab tura
oladigan tafakkur tarzini shakllantirish, milliy tafakkurdagi destruktiv o‘zgarishlar tufayli
vujudga kelgan jismoniy kasalliklarni bartaraf etish aynan kelajak avlodni jismonan va ma’nan
sog‘lom qilib tarbiyalash masalasiga bog‘liq edi.
Xulosa qilib aytganda millatni saqlab qolishda milliy intelligansiya sifatida shakllangan
jadidchilik tarixni, ma’naviy ahvolni jiddiy mushohada etgan holda, tutqunlik va qaramlik
sabablarini jamiyatning o‘zidan izlashga harakat qildi. Bu esa, jamiyatda haqiqiy immunitet
sifatida shakllanuvchi milliy intelligensiya vujudga kelishidagi qonuniyat edi. Sababi, «siyosiy
va ma’naviy inqiroz jamiyatning ruhiy dunyosini qaytadan jiddiy va bevosita mushohada etishni
talab etadi»38;
Jadidlar jamiyatga qaytadan hayot baxsh etuvchi kuchni, uni zulm va istibdoddan ozod
qiluvchi chorani ma’rifatda ko‘rdilar. CHunki istibdoddan xalos bo‘lish uchun eng avvalo
tafakkurda o‘zgarish qilish, millatni qullik va murosasozlikka duchor etuvchi fikriy mutelikdan
ozod bo‘lish lozim edi. Bu esa faqat ma’rifat orqali amalga oshishi mumkinligini jadidlar
tushunar edilar. Lekin bu ma’rifat tashqaridan kelgan madaniyat va taraqqiyotga havas emas,
milliy ildizlari va salohiyatidan quvvat olib o‘zligini anglash, milliy nafsoniyat, ozodligini
himoya qilish xarakteridagi demokratik ma’rifatparvarlik edi;
Vatanni qullik va qaramlikdan ozod qilishda ma’rifatparvarlik milliy demokratik
ta’limotda etakchi tamoyil edi. Shu sababli uning tashviqoti ijtimoiy-siyosiy hayotning ilm–fan,
madaniyat, tarix, din, siyosat kabi barcha sohalarini qamrab oldi. Ushbu kompleks xarakterdagi
chora tadbirlardan maqsad, milliy tafakkurdagi progressiv o‘zgarishlar dinamikasini
tezlashtirish, demokratik tafakkur hosil qilish, ularning amaliy hayotdagi transformatsiyasini
ro‘yobga chiqarish edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |