1-mavzu: falsafa dunyoni anglash usuli reja: Sharq va G‘arb mutafakkirlari falsafaning maqomi haqida 2



Download 463,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana13.06.2022
Hajmi463,09 Kb.
#661184
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
1-mavzu falsafa dunyoni anglash usuli

Diniy dunyoqarash
dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. (
Din so„zi 
arabchadan tarjimada e‟tiqod, ishonch, ishonmoq degan ma‟nolarni anglatadi
.) Mif kabi, din 
zamirida ham e‘tiqod, tuyg‗ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» 


dunyoqarashi shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya‘ni taxminan 40-60 ming yil 
muqaddam paydo bo‗lgan bo‗lsa-da, umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli 
sifatida keyinroq, jumladan mif ta‘sirida insonning mavxum fikrlash qobiliyati sezilarli darajada 
kuchaygan davrda vujudga kelgan.
Diniy dunyoqarash odamlarning g‗ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql», qandaydir 
absolyut va sh.k.)ga bo‗lgan e‘tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va o‗ziga xos 
harakatlaridir. 
Agar mifologiyada an‟anaga, rivoyat qiluvchining, ya‟ni oqsoqolning obro„siga 
e‟tiqod kuchli bo„lsa, dinda g„ayritabiiy narsalarga e‟tiqod birinchi o„rinda turadi, oliy kuchlar 
nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obro„si esa ikkinchi darajali rol o„ynaydi.
Xullas, din murakkab ma‘naviy tuzilma va ijtimoiy-tarixiy hodisa bo‗lib, unda e‘tiqod 
muqarrar tarzda birinchi o‗ringa qo‗yiladi va hamisha bilimdan ustun turadi. 
Falsafiy dunyoqarash. 
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarga kelib asosan mif va din ta‘sirida 
odamlar dunyoqarashi nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U mavxum nazariy 
fikrlash qobiliyati va (to‗plangan bilimlar ko‗rinishida) real asoslarga ega bo‗lishi natijasida o‗z 
rivojlanishining butunlay yangi darajasiga ko‗tarildi. Bunga, hech shubhasiz, mehnat taqsimotiga 
olib kelgan rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, ma‘lum miqdorda ortiqcha mavjudlik 
vositalari, bo‗sh vaqtning paydo bo‗lishi ham imkoniyat yaratdi. Bularning barchasi muayyan 
shaxslar doirasiga intellektual faoliyat bilan professional darajada shug‗ullanish imkonini berdi.
Shunday qilib, taxminan 2500 ming yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi shakli –
falsafa paydo bo‗lishi uchun zarur shart-sharoit Evropa va Osiyoda deyarli bir vaqtda yuzaga 
keldi. 
Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan farqli o„laroq, falsafa dunyoni e‟tiqod 
va tuyg„ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi
.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi Yunonistonda taxminan bir vaqtda 
avvalo dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga kelib mif va din 
o‗zlarining tayyor va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga nisbatan tinimsiz kuchayib 
borayotgan qiziqishini qondira olmadi. Shuningdek ular sezilarli darajada o‗sgan va 
murakkablashgan tajriba va bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish va avlodlarga qoldirish 
vazifasining ham uddasidan chiqolmay qoldi.
Taniqli nemis faylasufi Karl Yaspers ta‘biri bilan aytganda, bu davrda (uni faylasuf 
«dunyoviy vaqt» deb ataydi) insoniyat o‗z rivojlanishida katta burilish yasagan. Osoyishtalik va 
barqarorlik ruhi bilan yo‗g‗rilgan mifologiya davri nihoyasiga etdi, oqilonalik va oqilona 
tekshirilgan tajribaning mifga qarshi kurashi natijasida u asta-sekin chekina boshladi. «Jahon 
tarixi o‗qini taxminan miloddan avvalgi 500, 800 va 200 yillar oralig‗ida yuz bergan ma‘naviy 
jarayon bilan bog‗lash o‗rinli bo‗lsa kerak, - deb yozadi K.Yaspers. – Shu davrda tarixda eng 
katta burilish yasaldi. Hozirgi tipdagi inson va ilk faylasuflar paydo bo‗ldi. Inson ayrim 
individuum sifatida o‗z-o‗zida tayanch izlashga jur‘at etdi. Xitoy zohidlari, Sharq mutafakkirlari, 
Hindiston tarki dunyochilari, Yunoniston faylasuflari va Isroil avliyolari e‘tiqodi o‗z 
ta‘limotining mazmuni va ichki tuzilishiga ko‗ra bir-biridan qay darajada farq qilmasin, o‗z 
mohiyatiga ko‗ra yaqindir. Endi inson botiniy darajada o‗zini dunyoga qarshi qo‗yishi mumkin 
bo‗ldi. Inson o‗zida unga dunyodan va o‗z-o‗zidan yuksakroq ko‗tarilish imkonini beruvchi ichki 
salohiyatni kashf etdi»
10
.

Download 463,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish