1-mavzu: falsafa dunyoni anglash usuli reja: Sharq va G‘arb mutafakkirlari falsafaning maqomi haqida 2


Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli



Download 463,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/27
Sana13.06.2022
Hajmi463,09 Kb.
#661184
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
1-mavzu falsafa dunyoni anglash usuli

Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli. 
Aql paydo bo‗lishi bilan inson o‗zini fikrlovchi 
mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda o‗z «meni» va o‗zgalar haqida tasavvuri shakllanadi va 
rivojlanadi. Shu tariqa u o‗zini va o‗zini qurshagan borliqni anglaydi, o‗zi va boshqa odamlarni, 
o‗zi va tashqi muhitni farqlaydi, ilgari o‗ziga ma‘lum bo‗lmagan dunyoning yangi va yangi 
jihatlarini idrok etadi. Bunday qarashlar insonning o‗zi va o‗zini qurshagan borliq haqidagi 
tasavvurlari majmui sifatida shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil etadi. Bunda inson 
o‗ziga ma‘qul va noma‘qul narsalarni farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar tizimini yaratadi va 
muayyan maqsadlarga erishishda tegishli tarzda ish ko‗radi.
Demak, 
dunyoqarashda
bilish, qadriyatlarga munosabat 
va
xulq-atvorni belgilash
funksiyalari 
mujassamlashadi.
Dunyoqarasgning bilish funksiyasi 
insonda qiziqish uyg„otuvchi barcha savollarni, 
shuningdek muayyan yo„l bilan topuvchi javoblarni o„z ichiga oladi

Bilish odamlar 
dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va 
mazmunan boyroq bo‗lib boradi.
Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi
– insonnning hayotni va o„zini 
oliy qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero, o„z qadrini bilmagan inson o„zgalar 
qadrini bilmaydi va hayotda o„z o„rnini topa olmaydi.
Dunyoqarashning xulq-atvorni belgilash funksiyasi 
– insonda o„z-o„zini tarbiyalash, 
ma‟naviy madaniyatini takomillashtirish va faqat o„zining ma‟naviy dunyosiga munosib muhit 
tanlash malakalarini shakllantiradi. 
Ammo dunyo juda rang-barang bo‗lib, muttasil o‗zgarish jarayonini boshdan kechiradi, 
qoniqarli javoblarga ega bo‗lmagan savollar esa, uzil-kesil javob berish mumkin bo‗lgan 
savollarga qaraganda, ko‗proqdir. Shu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda 
yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o‗ziga xoslik 
bilan ajralib turadi va hech bo‗lmasa shu sababga ko‗ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech 
qachon o‗xshamaydi.
Dunyoqarashda intellektual, emotsional va ruhiy asoslar uzviy bog„liq bo„lib,
ular 
jamuljam holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal 
qiladi
.
Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg‗unlikda e‘tiqodlar – odamlar faol 
qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo‗ljallariga mos keladigan qarashlarni 
yuzaga keltiradi. Dunyoqarashga sub‘ektning yoshi, jismoniy va ruhiy holati, fe‘l-atvori 
xususiyatlari, odatlari va e‘tiqodlari, shuningdek milliy madaniyat tipi, etnos xususiyatlari va 
ijtimoiy-madaniy omillar o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Dunyo haqidagi tasavvurda ob‘ektiv va 
sub‘ektiv tomonlarni ajratish ham o‗rinli bo‗ladi. 
Dunyoqarashning shakllanishi natijasi o‗laroq sub‘ektning e‘tiqodlari, qilmishlari va 
harakatlari majmui vujudga keladi. Dunyoqarashda inson va insoniyat o‗z o‗zligini namoyon 
etadi. Dunyoqarash inson xulq-atvori, uning barcha harakatlari va qilmishlari uchun fon sifatida 
amal qiladi. Dunyoqarashning mental mezoni sifatida ongning mujassamlashuvini aks ettiruvchi 
ishonch va e‘tiqod
 
maydonga chiqadi. Dunyoqarash umumiy va shaxsiy ahamiyatga molik 
mo‗ljal tarzida namoyon bo‗lishi mumkin.
Dunyoqarash serqirra hodisa hisoblanadi. Ko‗p qavatli uyda bo‗lganidek, uning turli 
qavatlaridan o‗z ratsional-irratsional elementlariga ega bo‗lgan hayotga oid, mifologik, diniy, 
badiiy, siyosiy, ilmiy qarashlar o‗rin oladi. 
Dunyoqarashning amaliy darajasi stixiyali tarzda 


shakllanadigan dunyoqarashdir (unga misol tariqasida oddiy, kundalik dunyoqarashni 
keltiradilar).
Oddiy dunyoqarash egasi dunyoga munosabatning o‗z muhitiga ayniqsa xos bo‗lgan 
andozalarini umumlashtirib, ularni harakatlar va qarashlarning o‗zgartirish oson bo‗lmagan 
muayyan mezoniga aylantiradi. «Oddiy dunyoqarash» kategoriyasining sinonimlari sifatida 
«kundalik dunyoqarash», «amaliy dunyoqarash», «noilmiy dunyoqarash» tushunchalari amal 
qiladi.
Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy 
dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining tizimsiz majmui sifatida 
amal qiladi.
U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, 
faoliyatida yo‗l ko‗rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim 
regulyativ funksiyani bajaradi. 
Falsafa borliq va inson tafakkurining asosiy tamoyillarini ifodalash orqali dunyoni anglab 
etish barcha shakllarining ma‘naviy asosi sifatida maydonga chiqadi. Hozirgi zamon 
fundamental falsafasi dunyoqarashning eng oliy, nazariy darajasidir, desak, aslo mubolag‗a 
qilmagan bo‗lamiz. 
Nazariy dunyoqarash asrlar osha davom etgan individning ijtimoiylashuvi jarayoni 
mahsuli hisoblanadi
. Bunda individ o‗zining voqelikka bo‗lgan munosabatida jamiyatdan 
olinadigan ne‘matlarni bevosita o‗zlashtirishdan tarixiy bunyodkorlik va insoniy qadriyatlar 
mazmunini tushunishga qadar bo‗lgan yo‗lni bosib o‗tadi.
Dunyoqarashning nazariy darajasini
voqelikning bevosita in‟ikosi sifatida tasavvur qilish 
to„g„ri bo„lmaydi

Uning tarkibiga ideallar va konseptual modellar kiradi. Aynan ideallarning 
mavjudligi dunyoqarashni oddiy in‟ikos sifatida emas, balki ildam in‟ikos sifatida, hali mavjud 
bo„lmagan hodisa – kelajakni shakllantiruvchi va belgilovchi ideal kuch sifatida tavsiflaydi
.

Download 463,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish