2. Elektron biznes tizimlari infratuzilmasi.
Elektron biznesning ilmiy asoslangan va samarali amal qiladigan tizimi muayyan shartlarga javob beradigan asosiy elementlar tanlanishini ko’zda tutadi.
Elektron biznes tizimining asosiy elementlarini ikkita katta va mustaqil guruhga bo’lish maqsadga muvofiqdir. Elementlarning birinchi guruhiga elektron biznes tizimi infratuzilmasining barcha komponentlari kiradi, ikkinchisiga esa – uni amalga oshirish tashkiliy shakllarining turlari kiradi.
2-rasm
Elektron biznes tizimi infrastrukturasi (ichki tarkibi)
M a’lumotlar bazasi, ilovalar ni boshqarish tizimi
|
|
Virtual bank tizimi
|
|
Avtomatlash-tirilgan
ombor xo’jaligi
|
|
|
|
|
|
M axsus dasturiy ta’minot
|
|
Elektron biznes
|
|
Tovar xizmatlarni etkazib
berish
tizimi
|
|
|
|
|
|
Telekommu-
nikatsiyalar, aloqa
|
|
Elektron savdo
|
|
Moliyaviy institutlar
(brokerlik va boshqa idoralar)
|
|
|
|
|
|
X arid qilish-sotish amallarining xavfsizlik tizimi
|
|
Elektro n (virtual) magazinlar
|
|
To’lov tizimlari
|
|
|
|
|
|
Yuridik huquqiy ta’minot
|
|
|
|
Marketing xizmati
|
|
|
|
|
|
|
Banner reklamasi
|
|
Sotuv
bo’limi
|
|
Web-saxifalar,
va web-serverlarning dizayni
bo’limi
|
|
Narx
shakllan-tirish
bo’limi
|
Elektron biznes tizimi savdoning an’anaviy (oddiy) turidan katta farq qiladi, chunki ushbu savdo bo’lib o’tadigan biznes muhiti tubdan o’zgaradi. Elektron biznesdan foydalanish an’anaviy muhitda avval qo’llanmagan komponentlarni ishlab chiqish zaruriyatini belgilaydi. Elektron biznes tizimlarini tashkil qilish va amal qilishiga bag’ishlangan maqolalar soni ko’p. Zamonaviy adabiyotda elektron biznes tizimlarini loyihalashtirishning turli muammolari yoritilgan bo’lishiga qaramay, uning infratuzilmasi elementlari to’liq ochib berilmagan. Bu esa mahalliy bizneschilarga Internet tarmog’idan foydalangan holda o’z biznesini tashkil qilishni ancha murakkablashtiradi. Infratuzilma elementlarini to’liq klassifikatsiyasini kiltiramiz.
Elektron biznes tizimi infratuzilmasining asosiy elementlari quyidagilardir:
1) maxsus dasturiy ta’minot;
2) ma’lumotlar bazalari va ilovalarni boshqarish tizimi;
3) telekommunikatsiya va aloqa;
4) tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisining xavfsizligini ta’minlaydigan tizim;
5) yuridik, huquqiy ta’minot;
6) virtual bank tizimi;
7) maxsus to’lov tizimlari;
8) avtomatlashtirilgan ombor xo’jaligi;
9) tovarlarni etkazish va xizmatlar ko’rsatish tizimi;
10) moliyaviy institutlar (brokerlik va boshqa idoralar);
11) soliq solish va bojxona ta’riflari tizimi;
12) marketing tizimi: bannerli reklama, sotuvlar bo’limi, web-sahifalar dizayni bo’limi, narxlarni shakllantirish bo’limi.
Elektron biznes tizimi infratuzilmasining eng muhim komponentlariga sharh beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |