1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)



Download 5,55 Mb.
bet34/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

Maxsus to’lov tizimlari. Bugungi kunda Internet orqali to’lovlarni o’tkazish uchun turli kartochkali texnologiyalar qo’llanishi mumkin. Bu maqsadda to’lovchi o’z to’lov kartochkasi raqamini ko’rsatadi, elektron to’lovni oluvchisi esa to’lovchining kartochka hisobraqamiga to’lov talabnomasini uzatadi. Biroq mazkur texnologiya nisbatan zaifdir. Sababi – Internet tarmog’i himoya qilinmaganligida.
Shuning uchun to’lov kartochkasi raqamini jinoyatchi qo’lga olishi ehtimoli mavjud. U raqamni kartochka hisob raqamidan pul o’g’irlash uchun qo’llashi mumkin.
O’z navbatida, to’lovchi uning hisob raqamiga qo’yilgan summani nazorat qilish imkoniga ega emas, natijada aldov ro’y berishi mumkin. Shuning uchun kartochkali texnologiya yaxshi himoyalanmaganligi sababli barcha zarur talablarga javob bera olmaydi.
Bundan tashqari, to’lovchining kartochkali hisobraqamiga to’lov oluvchi kirishi mumkin. Bunday texnologiya respublikada keng tarqalmagan. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun bugungi kunda maxsus elektron pullar ishlab chiqilmoqda. Ular yordamida to’lovlar Internet orqali imzosiz amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda turli to’lov tizimlarining bir nechta o’nliklari ma’lum. Ularni to’rtta asosiy guruhga bo’lish mumkin:
1. Ma’lumotlarni xavfsiz o’tkazishni ta’minlaydigan aloqa seansining bayonotlarni.
2. Plastik kartochkalarni qo’llashga asoslangan tizimlar.
3. Smart-kartalarni qo’llashga mo’ljallangan to’lov tizimlari.
4. Elektron naqd pullar.
O’zbekistonda qo’llanadigan to’lov tizimlarini uchta guruhga bo’lish mumkin:
1. Kredit kartalarini qo’llaydigan to’lov tizimlari: CyberPlat (kiberplat), ASSIST (ASSIST), ElIT, WebPlus, Instant va boshqalar.
2. Elektron naqd pullar tizimlari: PayCash, WebMoney.
3. Internet-bankning tizimlari.
Tovarlar va xizmatlar etkazish tizimi. Xaridor buyurtma bergan tovarni mumkin qadar qisqa muddatda unga etkazilishi kerak. Aks holda elektron biznes bilan bog’langan faoliyat samarasiz bo’lishi mumkin. Elektron magazinlarda sotib olingan tovarlar va xizmatlarni etkazilishi ikkita asosiy usulda amalga oshirilishi mumkin. Birinchidan, an’anaviy transport va pochta vositalarini qo’yilgan holda. Ikkinchidan, aloqani elektron kanallaridan foydalanib. Bu holda kerakli raqamli va boshqa ma’lumotni (masalan, dasturiy mahsulotlarni, jurnallar, gazetalar, musiqa asarlarini elektron nashrlarini) etkazish ko’zda tutiladi.
Marketing xizmati. Marketingning asosiy vazifalarini echish yuklatilgan bo’limlari quyidagilardir: sotuv bo’limi, narxni shakllantirish bo’limi, shaxsiy Web-sahifalar dizayni hamda reklama bo’limi. Internet tarmog’ida marketing faoliyati ikkita asosiy turga bo’linadi:
1. Internetning oddiy foydalanuvchisi sifatida faoliyat yuritish. Bu usul uchun ma’lum cheklashlar xos bo’lib, ular ushbu muhitni kommunikatsiya imkoniyatlarini faqatgina qisman qo’llashga ruxsat beradi.
2. Internet tarmog’i imkoniyatlarini qo’llashda eng faol va bevosita qatnashish. Eng kamida bu Web-sahifa yoki shaxsiy Web-server bo’lishi mumkin, ko’pi bilan esa – imkoniyatlar cheksiz. Internetda firmani vakolatini amalga oshirish yoki interfaol magazin tashkil qilish mumkin.
Internetdan elektron bozorni marketing tadqiqotlari uchun samarali foydalanish mumkin. U birlamchi ma’lumotlarga bevosita asoslangan (tarmoqda firma tomonidan olib borilayotgan tadqiqot doirasida olingan), shuningdek Interetda e’lon qilingan ma’lumotlarga asoslangan ikkilamchi marketing tadqiqotlarini ham olib borish imkoniyatini beradi. Internet tarmog’idan tovar bozorlarini tadqiq qilish uchun, ularning tuzilmasini o’rganish uchun yoki xaridorlarni real hamda salohiyatli guruhlari tarkibini o’rganish uchun foydalanish mumkin.
Internetdagi reklamaning o’ziga xosligi shundaki, uning bosh elementi bo’lib firma web-serveri hisoblanadi. Uning asosida reklama tadbirlarining butun majmui shakllantiriladi. Web-server egasining muhim asosiy vazifasi uni reklamasini olib borishdan iborat. Internetda reklamaning eng keng tarqatilgan elementi bo’lib bannerlar hisoblanadi. Bannerli reklama web-sahifa yoki web-serverga tashrif etuvchilarni jalb qilishning eng ommalashgan va samarali usullardan biri hisoblanadi. U shuningdek imidj reklamasini olib borishning qudratli instrumenti hisoblanadi. Banner GIF yoki JPG formatidagi to’rtburchak tasvirdan iborat. Undan tashqari, JAVA, Shock Ware va boshqa texnologiyalar yordamida yaratilgan bannerlar ham uchraydi. Banner odatda noshirning web-sahifasida joylashtiriladi hamda reklama beruvchining serveriga giperishoraga ega bo’ladi.
Internet muhitida firma faoliyatini reklama qilishning asosiy usullari quyidagilardir:
- web-sahifani yaxshi tayyorlangan, demak jozibali dizaynini ta’minlash;
- serverni izlash mashinalarida ro’yxatga olish;
- web-kataloglarda serverga bepul ishoralarni joylashtirish;
- “oltin sahifalarda” ishoralar berish;
- boshqa serverlarda ishoralar joylashtirish;
- eng ko’p tashrif etiladigan serverlarda pullik e’lonlar berish;
- boshqa serverlarda firma serveriga ishoralari bor materiallarni e’lon qilish;
- elektron pochta orqali manfaatdor mijozlarga server haqida xabarlarni vaqti-vaqti bilan jo’natish;
- o’zaro bog’langan mazmundagi telekonferentsiyalarda qatnashish;
- firmani reklama mahsulotining barcha turlarida, shuningdek reklamani an’anaviy turlarida ham, server nomidan foydalanish.
Web-sahifalar, web-serverlar dizayni bo’limi. Mazkur bo’lim xodimlari ishining mazmuni faqatgina web-sahifalar dizayni bilan cheklanib qolmaydi. Ularni sifatini baholash mezonlari turlichadir (tashqi ko’rinish, navigatsiyaning qulayligi, xaridorga e’tibor, qaytishning osonligi, servisli qo’llab-quvvatlash, tovar haqida ma’lumot mavjudligi, tovarning narxi, tovarning assortimenti va b.).
Shunday qilib, elektron biznes tizimi infratuzilmasining tarkibi hamda loyihalashtirish va iqtisodiy jihatdan asoslashni dastlabki bosqichidayoq hal qilinishi kerak bo’lgan murakkab muammolar haqida aniq tasavvurga ega bo’lib, Internet tarmog’ida samarali hamda ishonchli amal qiladigan virtual magazinni tashkil qilishga sarflanadigan mehnat va vaqt xarajatlarini minimallashtirish mumkin.
Elektron biznes tizimi infratuzilmasi uning barcha sub’ektlarini yaqin hamkorligida samarali amal qilishi mumkin. Elektron biznes tizimining asosiy sub’ektlari sifatida: mijozlar, moliyaviy institutlar (sotuvchi banki, xaridor banki); biznes-tashkilotlar (ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar, distribyutorlar dilerlar); hukumat hisoblanadi.
Ularning o’zaro hamkorligi moliyaviy operatorlar yordamida, protsessing kompaniyalari, mualliflik markazlari tomonidan to’lov tizimlari hamda virtual (raqamli) pullar vositasida amalga oshiriladi.

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish