1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)



Download 5,55 Mb.
bet27/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

Tartibsizlik (xaos) tamoyili. Uning mohiyati shundaki, Internet-iqtisodiyotda kompaniyalarning yashovchanligi vaqti-vaqti bilan muvozanatsizlik holati yordamida ta’minlanadi. Bu holatda eski (raqobatbardoshli bo’lmagan) Internet-biznes tugatilib, bir vaqtning o’zida bundan samarali, yangi biznesni tashkil qilish uchun qulay sharoit yaratiladi. Amaliyotga ko’ra, Tarmoqda yangi biznesni yashash muddati an’anaviy iqtisodiyotga qaraganda taxminan uch barobar kam. Bundan tashqari, eski ish o’rinlari yo’q qilinishi bilan birga mehnat haqi to’lovi ancha yuqori bo’lgan ko’p sonli yangi ish o’rinlari paydo bo’ladi. Bir qator mutaxassislarning fikriga ko’ra, Internet-iqtisodiyot odatda vaqti-vaqti bilan paydo bo’ladigan tartib sizlik sharoitida amal qiladi. Tartibsizlik Internet-iqtisodiyotni dinamik rivojlanishining asosiy dvigateliga aylanadi.
Anarxiya tamoyili. Anarxiya – bu ma’lum bir “tartibning shakli”, Internet-iqtisodiyot mavjud bo’lishining asosiy usulidir. Unda Tarmoqni barcha qatnashchilarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hamda kerakli yo’nalishni ko’rsatuvchi markaziy rejalashtirish organi yo’q. Internet-iqtisodiyot umuman tartibga solinmaydi. Intel kompaniyasining eks-prezidentining fikriga ko’ra, uning noyobligi aynan shunda.
Ishlab chiqilgan ilmiy tamoyillar mazkur fan yoki ilmiy yo’nalish uchun umumiy xarakterga ham, xususiy (lokal) xarakterga ham ega bo’lishi mumkin.
Bizning misolimizda o’rganish va izlanish predmeti bo’lib elektron biznes tizimlarini qurish tamoyillari hisoblanadi. Biroq ushbu tamoyillarni ishlab chiqilishi tuliq bo’la olmaydi, agarda Internet tarmog’ini qurilish tamoyillarining asosiy tarkibi berilmasa. Internet tarmog’ini qurilish tamoyillariga, L.N.Ivlevning tavsiyasiga ko’ra, quyidagilar kiradi:
1) fazodan tashqarilik tamoyili;
2) vaqtdan tashqarilik tamoyili;
3) muhofazaga qodirlik tamoyili.
Fazodan tashqarilik (masofaga ega bo’lmagan) tamoyili – serverlarni hatto nomma-nom ko’rsatilgan holda ham tarmoq cheklanishi mumkin emasligini bildiradi.
Fazodan tashqarilik tamoyili cheksiz masofaning taassurotini beradi. Biroq ushbu masofa faqatgina shu erda hozir bo’ladi. Fazodan tashqarilik haqiqiy chegara yo’qolishini shartlaydi: davlatlar o’rtasida, federatsiya sub’ektlari o’rtasida, shaharlar o’rtasidagi chegaralarni. Bu tamoyil tarmoq voqealarining bir hilligi ta’sirini qoldiradi.
Vaqtdan tashqarilik tamoyili tarmoqka shunday xususiyatlar berish zaruriyatini bildiradiki, ular ma’lumotning himoyasini (masalan, tovar belgilarini, xizmat ko’rsatish belgilarini, tovarlarning kelib chiqish joylari, biznes siri, ishbilarmonlik obro’sini) hamda ma’lumotning maxfiyligini (masalan, xaridorning kredit kartochkasining raqamini) ta’minlashga yordam beradilar.
Internet tarmog’ini tashkil qilishning yuqorida keltirilgan tamoyillari uni faqatgina hozirgi vaqtda shu erda mavjud bo’lgan va mazmuniga ko’ra cheksiz virtual (hayoliy) haqiqat sifatida ta’riflaydi.
Yuqorida qayd etilganidek, har qanday yirik tizim odatda bir qator kichik tizimlar (lokal tizimlar)dan iboratdir. Elektron biznes tizimini etarli darajada katta va bir vaqtning o’zida integratsiyalashgan tizimlar kategoriyasiga kiritish mumkin. Shuning uchun, ushbu tizim infratuzilmasidan ko’rinadiki, u bir qator lokal tizimlardan iboratdir (to’lov tizimi, yuridik ta’minot tizimi, tovarlarni etkazish tizimi, oldi-sotdi harakatlari xavfsizligini ta’minlash tizimi, dasturiy ta’minotni boshqarish tizimi, moliyaviy institutlar va boshq.)
Bu holda umumiy tamoyillar guruhi umuman integratsiyalashgan tizimga taalluqli bo’lishi, lokal tamoyillar esa – uning tarkibiy qismlariga (kichik tizimlarga) tegishli bo’lishi kerak.
Bugungi kunda B.V.Kristalskiy va M.Ya.Yakushevlar tomonidan Internet sohasida qonunchilik kontseptsiyasi loyihasi ishlab chiqilgan. Unga lokal tizimlar (kichik tizimlar) uchun xos bo’lgan tamoyillarni ishlab chiqishda hisobga olinishi kerak bo’lgan bir qator ustuvor tamoyillar kiritilgan. Bizning misolimizda Internet tarmog’i komponentlaridan biri hisoblangan elektron biznes tizimi ko’zda tutilgan.
Loyihada O’zbekiston Respublikasida internet sohasida qo’llanishi zarur bo’lgan tamoyillar tavsiya etilgan va aniqlashtirilgan.
Mazkur tamoyillar tarkibi va ularning qisqacha ta’rifi 1-jadvalda keltirilgan.

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish