5.Xorijiy media marketingda turizmni yoritilishi tahlili.
Boston Consulting Group tadqiqot markazi olib borgan izlanishlar shuni ko`rsatdiki, dunyoning eng yirik to`rtta mamlakati - Xitoy, Braziliya, Rossiya va Hindistonda ayni damda internetdan foydalanuvchilar soni 610 mlndan oshdi. 2015 yilda esa bu ko`rsatkich 1,2 mlrdga yetadi. Ularning 60 foizdan ortig’i 35 yoshgacha. Mutaxassislarning ta`kidlashicha, har yili internetdan foydalanuvchilar dunyo bo`yicha 9-20 foizga ortib bormoqda. Eng qizig’i, bu o`sish 35 yoshgacha bo`lganlar hisobiga ta`minlanmoqda. 2010 yilda TNS tadqiqot markazi tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, dunyoning 46ta mamlakatidagi 50 ming nafardan ortiq internet foydalanuvchilari o`rtasida o`tkazilgan so`rovnomalarga ko`ra dunyo mamlakatlari aholisining internetdagi hayoti o`rganildi. Unga binoan Misr, Saudiya Arabistoni va Xitoy xalq respublikasidagi 55 foiz respondentlar haftasiga 5,2 soat ijtimoiy tarmoqlardan foydalansa, elektron pochtasini tekshirish uchun esa ular 4 soatini ajratishi ma`lum bo`ldi. Bu kabi raqamlar asl haqiqatdan dalolat emas. Aslida esa ular yanada ko`proq bo`lishi ham mumkin.
Internet inson hayoyining alohida o’rniga o’z ta’sirini ko’rsatgan. 50 mlnlik auditoriyani tinglovchilari uchun radio 38 yil, televideniya esa 13 yilda ega bo’lgan ko’rsatgichga, internet 4 yilda erishdi. Facebook auditoriyasining foydalanuvchilari kamida 9 oy davomida kamida 100 mln foydalanuvchiga oshdi. Electron pochtaga nisbatan, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar va blog servis mashhurlikka erishmoqda. Onlayn reklamasiga foydalanuvchilarning 78 % i, to’g’ri reklamada 14 % foydalanuvchilardan iborat. Zamonaviy bosqichda actual tekshiruvlarda ijtimoiy tarmoq tezkorlik bilan rivojlanmoqda. Ko’pchilik foydalanuvchilar internet komunikatsiyasining effekti haqida gapirishmoqda. Zamonaviy turizm industriyasi ham orqada emas.
Turistik xabarlarga qaraganda ijtimoiy tarmoqdan 25 % sayohatchilar faol foydalanishadi. Ijtimoiy tarmoq (ingilizchada social media) bu internet xabar guruhi Web 2.0 ning g’oyaviy va texnologik ba’zasi foydalanuvchilarini tashkil etmoqda va ularni bir-birlari bilan xabarlashmoq, fikr almashmoq, bilim malakalarini almashmoq, yangiliklar, xabarlar, video, foto va musiqalarni alohida birlashtirmoq va onlayn texnologiyasini yig’ishdir. Raqamlar shundan dalolat beradiki ijtimoiy tarmoqdan foydalanish ma’lumotga ega. Ijtimoiy tarmoqdan Amerikalik foydalanuvchilarning 80 % ni, undan 73 % i internet xabarlari orqali turistik xizmatdan xabardor.
Dunyo ijtimoiy media reytingini Facebook boshqarib turibdi. Hozirda "Facebook"da ro`yxatdan o`tganlar soni 1,4 milliarddan oshdi. Keiyngi o`rinlarda Youtube, Xitoyning 623 million foydalanuvchisiga ega Qzone va 503 million foydaluvchisi bilan Weibo, Twitter, Google, Linkedin ijtimoiy tarmoqlari egallab turibdi. "Vkontakte" ijtimoiy tarmoqi esa o`zining 228 million foydalanuvchisi bilan 8 o`rinni egalladi. "Vkontakte" Yevropadan top-10ga kirgan yagona ijtimoiy tarmoqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |