Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2018-yil 4-5-sentyabr kunlari Misr Arab
Respublikasi prezidenti Abdul Fattoh Said Husayn Xalil As-
Sisi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda
bo‘lishi haqida xabar bergandik.
Hozirgi hikoyamizda Misr Arab Respublikasi, uning geografik joylashuvi, iqtisodiyoti, turizm va
madaniyat sohalaridagi yutuqlari, O‘zbekiston bilan uzoq o‘tmish va bugungi kundagi hamkorlik
aloqalariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Misr Arab Respublikasi Afrikaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Liviya, Sudan, Isroil davlatlari
bilan chegaradosh. Aholisi
—
96 million kishi, arab mamlakatlari orasida aholisi eng ko‘p mamlakat.
Poytaxti
—
Qohirada 12 million kishi yashaydi. Hududi
—
1 001 450 km2. Eng yirik shaharlari
—
Qohira va Iskandariya.
Misr bir vaqtning o‘zida ham Arab davlatlari ligasi, ham Afrika ittifoqining a’zosi.
Mazkur davlatdagi Al-
Azhar universiteti musulmon olamidagi eng obro‘li ta’lim dargohlaridan biri
hisoblanadi.
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, Misr yalpi ichki mahsu
loti miqdori 256 milliard AQSh dollarini tashkil
etgan.
2018-
yilning fevral oyida O‘zbekiston va Misr biznesmenlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda
imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi iqtisodiy munosabatlarning jonlanayotganligiga yorqin
misoldir. Shartnoma bandlariga asosan, mamlakatimiz Misrga «Artel» milliy kompaniyasi tomonidan
ishlab chiqariladigan maishiy-
texnika vositalarini eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Misr umumiy sanoatining 25 foizi to‘qimachilik hissasiga to‘g‘ri keladi.
Misr m
eva va poliz ekinlari sharbatlarini eksport qilish bo‘yicha O‘rta Yer dengizi mintaqasidagi
beshta, zaytun mahsulotlarini yetishtirish va tayyorlash bo‘yicha esa dunyodagi 10ta yirik davlatdan
biri sanaladi.
Misr yerlarining 96 foizi cho‘ldan iborat. Dehqonchilik bilan faqatgina Nil daryosi bo‘ylari va Nil
vodiysida, shuningdek, O‘rta Yer dengizi bo‘ylarida shug‘ullanish mumkin. Dehqonchilikka yaroqli
yerlarning umumiy maydoni 2,5 million gektarni tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan
Misr o‘z
ehtiyojlarining 40 foizini ta’minlaydi.
2017-
yilda «Ehromlar o‘lkasi»ga tashrif buyurgan sayyohlar soni 8,3 million kishini tashkil etdi, ya’ni
2016-yildagiga nisbatan sayyohlar ulushi 54 foiz oshdi.
Qohira davlat muzeyi, Katta Misr muzeyi, Kopt muzeyi, I
slom san’ati muzeyi, Nubiya muzeyi va
Iskandariya milliy muzeyi Misrning eng mashhur muzeylari hisoblanadi.
Birgina Qohiradagi islom san’ati muzeyida arab, turk va fors xalqlarining 100 mingdan ortiq qo‘l
hunarmandchiligi san’ati durdonalari saqlanadi.
O‘r
ta asrlarda buyuk mutafakkir bobokalonimiz Ahmad al-
Farg‘oniy Qohira shahrining markazidan
o‘tgan Nil daryosi o‘zanida joylashgan Roda orolida suvning hajmi va tezligini o‘lchaydigan inshoot —
nilomerni yaratgan. E’tiborlisi, bu inshootdan hozirgacha foyda
lanib kelinmoqda. Bobokalonimizning
o‘zbek haykaltaroshi Jaloliddin Mirtojiyev tomonidan yasalgan haykali 2007
-yili Qohira shahrining
markaziga o‘rnatilgan.
Misr Arab Respublikasi 1992-yilning 26-dekabrida mamlakatimiz mustaqilligini tan olgan.