Chingiz Gabdurahmonovich Ahmarov (1912.18.8, Troitsk shahri, hozirgi Chelyabinsk viloyati – 1995.13.5, Toshkent) – monumentalist rassom, O‘zbekiston xalq rassomi (1964). Ijodida Sharq miniatyurasi an’analarini davom ettirib, milliy musavvirlik maktabini yaratdi. Ch.Ahmarov o‘zbek tasviriy san’atining milliy o‘ziga xosligi borasida xalqning boy va go‘zal badiiy merosining ilg‘or an’analarini hozirgi zamon san’atiga ijodiy singdirishda faol xizmat qildi. Asarlarida ijodkorlik ruhi bilan yashayotgan zamondoshlarining go‘zal va yoqimtoy, tabiati murakkab va nafis qiyofalari tasvirlanadi. Ijodini 30- yillarda dastgoh rassomligi va grafika sohasida asarlar yaratish bilan boshlagan (Sh. Sulaymonning "Li Chu" kitobini bezagan, 1934; "Mushtum", "Mash’ala" jurnallari uchun rasmlar chizgan; "Qiz portreti", "Bola portreti", "Akam portreti" va boshqalar). 2- jahon urushi yillarida vatanparvarlik ruhidagi asarlarni yaratdi ("O‘zbekiston qilichi" triptixi, 1942). Dastlab Navoiy teatri foyesiga Navoiy "Hamsa"si mavzulari asosida mahobatli devoriy rasmlarni (1944 – 47) ishladi. Shu davrdan boshlab Sharq mavzui Ahmarov ijodidan keng o‘rin oldi. Qozon opera va balet teatri (1959), Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi (1968), Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (1968 – 69), Samarqanddagi Ulug‘bek memorial muzeyi (1964), "Yulduz" restorani (1970), Hamza nomidagi San’atshunoslik instituti (1980) va boshqa binolarga (hammasi ham alebastrga tempera bilan) devoriy rasmlarni chizdi. 50- yillardan ko‘p qirrali ijodkor sifatida ko‘zga tashlandi: portretlar (M. Turg‘unboyeva, 1952; rassom R. Temu-rov, 1961; shoira Zulfiya, 1965; Halima Nosirova, "Yosh Navoiy", 1968), teatr 866 spektakllari va kinofilmlarga chizgilar (M. Shayxzodaning "Mirzo Ulug‘bek" fojiasiga, Hamza teatri, 1964; "Ulug‘bek yulduzi", "Ikki dil dostoni" filmlariga), kitob bezaklari (Oybekning "Na-voiy" romani, 1951; "Ravshan" eposi, 1958 va boshqalar), maishiy lavhalar ("Buxorocha raqs", "Xorazmcha raqs", "Xush kelibsiz", hammasi ham 1971), rasmlar ("Indoneziya taassurotlari" turkumi, 1964), amaliy san’at buyumlari uchun chizgilar (chinni laganlar uchun rasmlar, 60 – 70- yillar) ham yaratdi. Toshkent metropolitenining "Alisher Navoiy" bekati, Ama-liy san’at muzeyi binosi devorlariga ishlagan asarlari (80 – 90- yillar) ham jozibalidir. So‘nggi yillarda "Amir Temur va Bibixonim", "Amir Temur va darvish", "Amir Temur va Boyazid" kabi asarlarini yaratdi (1992 – 95). Asarlari O‘zbekiston san’at muzeyida, Amaliy san’at muzeyida, Navoiy nomidagi Ada-biyot muzeyida, Qo‘qon adabiyot muzeyida va boshqa muzeylarda saqlanadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968).
Yana bir ijod manbai sifatida bo’lajak mavsum uchun trendda bo’lgan plastik va metall elementlardan hosil qilingan mozaika asos qilib olindi. Bunday elementlar hamisha dizaynerlar e’tiborini tortib kelgan. Bu uslubda yaratilgan modellar o’ziga xos va o’zgacha, qaytarilmas ko’rinish oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |