3.Elektron turizmda avia biletlar hamda mehmonxonalarni bronlash afzalliklari.
Interet shunday ilg’orlab ketayapti-ki, bu turizm biznesida ham aks etmay qolmadi. Internet orqali nafaqat mehmonxona va chiptalarni bron qilish, shuningdek o’z didizda ko’ra xizmatlar, ekskursiyalar, ovqat turlari va ko’plab boshqa narsalarni tanlash mumkin.Elektron turizmning afzalligiga shubha yo’q.Siz orzu qilgan dam olishni endilikda mustaqil ravishda rejalashtirishingiz mumkin. Uy sharoitida, ortiqcha asabiylashmasdan mavjud barcha turxizmatlarni ko’rib chiqish, ishonchli turfirmalar topish ilinjida uyoqdan buyoqqa yugurish va konsultantga sizga aynan nima kerakligini tushuntirishdan ko’ra ancha qulay va yoqimliroq.
Internetda u yoki bu turistik mahsulot haqidagi video, rasmlarni tomosha qilishingiz va bu mahsulotlar to’grisida boshqalar qoldirgan fikrlarni o’qishingiz mumkin. Siz o’z dam olishingizni modellashtirasiz, o’zizga moslab olasiz. Turagentliklar turli reklama va qiziqtiruvchi takliflarga boy. Tog’ turizmi, velosiped turizmi, piyoda, suvda va hokazo. Siz faqatgina turlarning xillari, narxi, yashash sharoitlari, madaniy programmalariga ko’ra saralashingiz va eng yaxshisini tanlashingiz mumkin.
Elektron turizm-bu faqatgina pul tejashning ajoyib yo’li bo’libgina emas, balki qimmatli vaqt va asablaringizni ham asrashga yordam beruvchi usuldir.
Texnika sohasidagi taraqqiyot bir joyda turmaydi, va u o’z ta’sirini ko’rsatmagan soha ham yo’q. Bu taraqqiyot turli yo’l hujjatlari, asosan avia chiptalari savdosiga ham ta’sir ko’rsatdi. Bizning kundalik lug’atimizga elektron avia chipta degan ifoda o’rnashdi. Bu kabi chiptalar samalyot uchun odatiy chiptalar hisoblanib, turli ko’rinishlari mavjud. Biz aviakompaniya dizayni bilan bezatilgan stanrdart avia chiptalarini ko’rishga ko’nikkanmiz. Bu kabi chiptalar parvozingiz to’g’risidagi ma’lumotni ham o’z ichiga oladi. Elektron chiptalarda ham xuddi shunday ma’lumotlar mavjud, faqatgina ular biror bir aviakompaniyaga taaluqli dizaynga ega emas. Elektron chiptalarning bir nechta afzalliklari bor: bunday chiptalarni yo’qotish, bexosdan tashlab yuborish, hattoki o’girlatish ham mumkin emas.Yo’lovchi va uning reysi haqidagi to’liq ma’lumot avia kompaniya serverida elektron shaklda saqlanadi. Mijoz qo’liga marshrut-kvitansiyasini (itinerary receipt) oladi va uni istalgan printerda osonlikcha chiqarish mumkin.
Elektron avia chipta biz ko’rishga ko’nikkan odatiy avia chiptalardan hech qanday kamchiligi yo’q yo’l hujjati hisoblanadi. Bunday avia chiptadan foydalanishda sizga hech qanday qiyinchilik paydo bo’lmaydi. Reysga ro’yxatga olish vaqtida siz avia chiptani xarid qilayotganizda qo’llagan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni ko’rsatsangiz bas. Ichki reyslar uchun bu fuqarolik pasporti va xalqaro aviareyslar uchun xorijga chiqish uchun pasportdir. E’tiborga olinishi kerak bo’lgan yana bir narsa shuki, ba’zi bir aviakompaniyalar tasdiq sifatida chipta xarid qilayotganingizda foydalangan plastic kartochkangizni ko’rsatishni talab qilishadi. Ammo siz to’lovni naqd to’lov usuli yoki diler qo’llaydigan boshqa to’lov usulida amalga oshirgan bo’lsangiz yoningizga kartochka bo’lishida hojat yo’q.
Internet orqali bron qilishning qulayliklari:
xaridorga kassalarga borish va navbatda turish shart emas;
elektron avia chipta xarid qilishda sayohatchi uni yo’qotish yoki unga ziyon yetkazishdan qo’rqmasligi mumkin,chunki chiptaning qog’oz nusxasiga hojat yo’q;
qog’oz chiptalarni onlayn xarid qilayotganda qo’shimcha to’lov bilan istalgan joyga yetkazishga buyurtma berish imkoni bor;
agar kassada chipta qolmagan bo’lsa, ularning paydo bo’lishini onlayn kuzatish mumkin.
Hozirda turizm biznesida 4 ta global bron qilish tizimlari (GDS) mavjud, ular:Amedeus, Galileo, Sabre va Woldspan. Bu 4 tizim xizmatlaridandunyo bo’ylab 800 ming turistik agentliklar foydalanishadi.Bu tizimlar turli turistik xizmatlarni bron qilish, shuningdek, mehmonxonlarda joylashish imkoniyatini beradi.
Bu kabi birinchi sistema XX asrning 60-yillarida yaratilgan, va eng ko’p undan avia industriyasida foydalanishgan. U parvoz qilish jadvali tog’risida , bo’sh joy va chipta narxlari tog’risidagi ma’lumotlarni kuzatib borish imkonini bergan. 70-yillar boshlarida bron qilish xizmatini qo’lda amalga oshiradigan turistik agentliklarining ko’pchiligi GDS tizimlari afzalligini tushunib yetishdi va o’zlari uchun avia parvozlar bron qilish ichki sistemasini o’rnata boshlashdi. Sistemaning ilk yaratuvchilardan biri hozirgacha faoliyat olib borayotgan Sabre kompaniyasi bo’lgan. GDS sistemasidan foydalana turib turistik agentliklari o’z vaqtlarini tejashga va samaradorliklarini oshirishga erishishdi.Bu, o’z navbatida, quyidagi sxemaning turizm biznesining boshqa jabhalarida ham qo’llanila boshlanishiga olib keldi.
Hozirgi kunda GDS sistemasi faqatgina avia chiptalar bron qilish uchun emas, balki mehmonxonalar, kruizlar va avtomashinalarni bron qilish uchun ham ishlatiladi. Amedeus, Galileo, Sabre va Woldspan global tizimlari terminallariga ulangan yuz ming turistik tashkilotlari o’z mijozlariga real vaqt rejimida turli bron qilish xizmatlarini ko’rsatish imkoniga egadirlar. Maxsus sxema yordamida turistik kompaniya agenti osonlikcha mijoz uchun zarur mehmonxona, uning narxi va bo’sh joylar borligini aniqlab, bron qilishni amalga oshirishi mumkin.Internet bron qilishning umimiy jarayoni quyidagi 2-chizmada berilgan.
2-chizma. Turxizmatlarning internet orqali bron qilish jarayoni
-
Bron qilish global tizimlari (GDS)
|
T urxizmatlar ko’rsatuvchi kompaniyalar
|
|
|
|
|
P MS(mehmon-xona boshqarish tizimi)
|
Rasmdan ko’rinib turibdiki, mijoz turagentlik ofisida yoki internet orqali virtual turagentlik internet sahifasida o’ziga yoqqan turmahsulotga buyurtma beradi.Tanlov bron qilish sistemasi bazasida amalga oshadi.GDS vakillik kompaniyalari ishtirokida ,hamda o’z xizmatlarini taklif qilayotgan kompaniyalarning avtomatlashtirilgan tizim boshqaruvini qo’llay turib operativ bron qilish va to’lov amalga oshadi.
Zamonaviy texnologiyalar va kompyuter texnikasi rivoji turizm biznesiga katta turtki bo’ldi. IT texnologiyalarining turizm sohasiga kirib kelishi ko’plab muammolar yechimining osonlashuviga olib keldi.Masalan, hozirgi kunda kelajak sayohatlaringizni rejalashtirish juda oson bo’ldi. O’tmishda o’z dam olishingizni o’z davlatingizdan tashqarida o’tkazishning yagona yo’li turistik yo’llanma olish bo’lgan, bu esa dam oluvchilar uchun doimo ham qulay bo’lmagan. Chunki yo’llanma tanlovi qattiq chegaralangan bo’lgan. Endilikda esa ilg’or texnologiyalar yordamida mustaqil ravishda mehmonxona uchun buyurtma berish va o’z dam olishingizni rejalashtirishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |