Presviterpanlik. Presviterianlik kalvinistik cherkovdan kelib chiqqan bo‘lib, (yunoncha eng eski) mo‘‘tadil puritanlardir. 1592 yili SHotlandiya parlamenti bu ta’limotni asosiy mafkura deb hisoblash haqida qaror qabul qilgan.
Hozirgi paytda SHotlandiya (davlat cherkovi), Angliya, Irlandiya, AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda presviterchilar mavjud.
Anglikan cherkovi. Anglikan cherkovi – Angliyaning davlat cherkovi 1534 yilda mahalliy katolik cherkovi Rim qiroli Genrix VIIIni cherkov boshlig‘i deb e’lon qildi, ya’ni cherkov qirol hokimiyatiga bo‘ysundirildi. XVI asr o‘rtalariga kelib ibodatni ingliz tilida olib borish joriy etildi, postlar bekor qilindi, but va sanamlar olib tashlandi, ruhoniylar uylanmasligi majburiy bo‘lmay qoldi. Anglikan cherkovidan rasman ajralgan cherkovlar SHotlandiya, Uels, Irlandiya, AQSH, Kanada, Avstraliya kabi jami 16 mamlakatda tarqalgan. 1867 yildan Anglikan cherkovi o‘z mustaqilligini saqlagan holda Anglikan cherkovlar ittifoqiga birlashgan. Lambet konferetsiyalari Anglikan cherkovida konsultativ organ hisoblanadi.
Baptizm. Protestant ta’limotining eng ko‘p sonli davomchilari baptistlardir. Baptizm (yunoncha «suvga cho‘ktirish») XVII asr boshlarida vujudga kelgan bo‘lib, hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida o‘z tarafdorlariga ega.
Adventistlar harakati. Adventistlar harakati (lot. – “kelish”) Amerikada XIX asrning 30-yillari og‘ir iqtisodiy buhron (krizis), umumiy ishsizlik davrida vujudga keldi. Asoschisi Vilyam Miller (1782-1849).
Hozirgi kunda mamlakatimizda bir necha xristianlik oqimlari faoliyat olib boradi. Xristianlikning ham zardushtiylik, buddizm kabi O‘rta Osiyo xalqlari tarixida o‘ziga xos o‘rni bor.
Bu din O‘rta Osiyoga, xususan, O‘zbekistonga ikki yo‘l bilan kirib kelgan: bunga bir tomondan xristianlikka da’vat etuvchi missionerlarning targ‘ibotchilik faoliyati sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi va xristian diniga e’tiqod qiluvchi aholining bu hududga ko‘plab ko‘chib kelishi orqali oshdi. Bu dinni mahalliy aholi Missionerlar O‘rta Osiyoning turli viloyatlariga milodning III asrlarida kirib kelganlar. Masalan, 280 yilda Taroz (Merke) cherkovlari qurilib bo‘lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida episkoplik va missiyalar tuzilgan. Keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) episkoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo‘lgan. Xurosonliklar va sug‘diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddistlar bilan bir qatorda xristianlar ham bo‘lganlar. Ular Sosoniylar va Qoraxitoylarga qarashli erlarda yashaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |