Melioratsiya mashinalari konstruksiyalarining asosiy yo‘nalishlari va ularni rivojlantirish omillari Maxsus melioratsiya mashinalarini yaratishda quyidagi uchta yo'nalishdan foydalaniiadi:
1. Sanoat, qishloq xo‘jaligi yoki meliorativ traktorlarni takomillashtirish asosida ularga o ‘rnatiladigan maxsus melioratsiya uskunaJarining konstruksiyalarini ishlab chiqarish;
2. Qurilish mashinalarini konstruksiyalarini o'zgartirmagan hoida ularga turli almashtiriladigan ish jihozlarini loyihaiash;
3. Traktor va qurilish mashinalari bazasidagi melioratsiya mashinalarini loyihaiash. Traktor bazasidagi yaratiladigan melioratsiya mashinalari loyihalashga va ishlab chiqarisliga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Bunda asosan mavjud traktorning harakat manbalari, yurish uskunasi, boshqaruv sistemalari va boshqa konstruksiyalari saqlanib qolgan holda ayrim takomillashtirish, o ‘zgartirishlar kiritish orqali amalga oshiriladi.
Melioratsiya mashinalari konstruksiyasini takomillashtirishning quyidagi omillari mamlakatimiz va xorij mamlakatlarida qo‘llanilmoqda.
1. Ish jihozining tezligi va unga qo‘yiladigan kuchni oshirish, asosan yuqori quvvatli mashina bazasini qoMlash orqali amalga oshirish.
2. Ish jihozi va mashinaning ko‘rsatkichlarini oshirish asosan mashinaning quvvati va ish unumdorligini ko‘tarish orqali amalga oshirish.
3. Uzluksiz ishlovchi mashinalarni yaratish va qoilash orqali ish unumdorligini (3-8 marta) oshirish va narxini (2-4 marta) kamaytirish.
4. Iloji boricha faol ish jihozli mashinalarni qo‘llash.
5. Osma va yarim osma ish jihozlariga ega bo‘lgan mashinalarni ishlab chiqarish.
6. Mashinalarni kecha-kunduz va yuqori foyda bilan ishlatish maqsadida, davriy va uzluksiz ishlaydigan keng qamrovli almashtirib ishlaydigan ish jihozlarini yaratish.
7. Mashinaning bir joydan o‘tish sonini kamaytirish va quriladigan inshootlarni o‘lchamini oshirish maqsadida, aralash ish jihoziga ega bo‘lgan mashinalarni qoMlash.
8. Bir vaqtning o ‘zida bir nechta ishlarni bajaruvchi mashinalarni loyihaiash (masalan, kanallar qazish, tuproqni surish va uni shibbalash, 8 drenaj transheyalarini qazish, drenaj quvuri va sizdirgich materiallarini yotqizish, gruntni transheyaga qayta ko‘mish va uni zichlash), ishlarini birgalikda olib borishni bir texmkaga yukiash.
9. Yig‘ma inshootlarni quruvchi mashinaiarni yaratish va ularni takomillashtirish.
10. Geometrik o‘lchamiari va shakllari ixchamlangan yangi ish jihozlarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish,
11. Mashinani boshqarish va harakatlaniirishda gidfoyuritmalardan foydalanish.
12. Mashina harakati va boshqaruvini avtomatlashtirish.
13. Mashinaiarni (botqoq va qumli yerlarda) o ‘tuvchanligini oshirish.
14. Qattiq va o‘ta qattiq tuproqlarda ishlovchi mashinaiarni yaratish va mavjudlarini takomillashtirish.
15. Suvli va turg‘un bo‘lmagan tuproqlarda ishlovchi mashinaiarni loyihalash va yaratish.
16. Chuqur va tor transheyalardagi tuproqni zichlovchi (shibbalovchi) mashinaiarni yaratish va mavjudlarini takomillashtirish.
17. Sug‘orish mashinalarining (yomg‘irlatib, tomchilatib, yer ostidan sug‘orish) yangi konstruksiyalarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish.
18. Mashinalarning mustahkamligini va doimiyligini oshirish.