1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari


Investitsiya davri, uning tuzilmasi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

  
2.Investitsiya davri, uning tuzilmasi 
Investitsiya loyihasini, birinchi navbatda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan 
loyishani  ishlab  chiqish  va  hayotga  tatbiq  etish  uzoq  vaqt  davomida  -  g‘oyani 
ishlab chiqishdan tortib to uni moddiy ko‘rinishda amalga oshirishgacha davom 
etadi. Har qanday loyiha uni amalga oshirishsiz ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi. 
Bozor  iqtisodiyotida  loyiha  bo‘yicha  umumiy  xarajatlar  va  uning  butun 
faoliyat  (boshidan  to  oxirigacha)  davridagi    barcha  daromadlar  (tushumlar) 
hisobga  olinadi.  Shu  sababli  investitsiya  loyihalari  samaradorligini  bozor 


80 
 
ko‘rsatkichlari  yordamida  baholashda  ishning  boshlanishi  va  yakunlanishini 
aniq  bilish  zarur.  Tadqiqotchi,  olim  va  loyihachi  uchun  loyihaning  boshi 
g‘oyaning paydo bo‘lishi, ishbilarmon kishilar uchun esa uni amalga oshirishga 
dastlabki mablarg‘ kiritish bo‘lishi mumkin. 
Loyihani  moliyalashtiruvchi  investorni  jarayonning  o‘zi  emas,  balki  uni 
amalga  oshirish  natijasida  olinadigan  foyda,  ayrim  ishlarni  bajarishda 
qatnashayotgan  tashkilotlarni  esam  –  bu  ishlarning  yakunlanishi  qiziqtiradi. 
Ayrim  loyihalar  uchun  ularning  yakunlanish  davri  moliyalashtirishning 
to‘xtatilishi,  belgilangan  natijalarga  erishilishi,  loyiha  qiymatining  to‘liq 
o‘zlashtirilishi,  ob‘ektning  ekspluatatsiyadan  chiqarilishi  va  hokazolar  bo‘lishi 
mumkin. 
Loyihani amalga oshirishning boshlanishi va yakunlanishi o‘rtasidagi vaqt 
muddati  investitsiya  davri  deb  ataladi.  U  loyiha  bo‘yicha  moliyalashtirish 
muammolarini  hal  qilish,  kerakli  qarorlar  qabul  qilish  uchun  zarur  bo‘lib, 
bosqichlarga  taqsimlanadi.  Amaliyotda  ularni  ajratish  birmuncha  farqlanishi 
mumkin. Muhimi, u ob‘ektni loyihlashtirish holatidagi ulardan o‘tishda unchalik 
o‘zgarmasdan,  lekin  shu  bilan  bir  paytda  uning  rivojlanish  ehtimoli  bo‘lgan 
yo‘nalishlarni  baholash  imkonini  beruvchi  ayrim  muhim  davrlarni  belgilashga 
imkoniyat yaratadi. 
Loyihani  amalga  oshirish  bu  bilan bog‘liq,  shuningdek, ishchi  loyiha va 
texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, shartnomalar tuzish, moliyalashtirishni 
tashkil  qilish,  resurslar  ta‘minoti,  ob‘ektlarni  qurish  va  ekspluatatsiyaga 
topshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ma‘lum bir chora-tadbirlar yig‘indisini amalga 
oshirishni  talab  qiladi.  Shu  sababli  ahr  bir  ajratib  ko‘rsatilgan  bosqich  o‘z 
navbatida, keyingi pog‘onadagi bosqichlarga taqsimlanishi mumkin. 
Xususan,  investitsiya  loyihasini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish 
dastlabki  g‘oyadan  tortib  to  loyiha  yakunlanguncha  to‘rtta  bosqichdan  iborat 
bo‘lgan davr ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin: 
 investitsiyadan  oldingi  bosqich  –  oldindan  tadqiq  etishdan  to 
investitsiya  loyihasini  amalga  oshirish  haqida  yakuniy  qaror  qabul  qilishgacha, 
jumladan,  buyurtmachi,  investor  va  boshqalarning  uni  moliyalashtirish  haqida 
qaror qabul qilishigacha bo‘lgan davr; 
 investitsiya bosqichi,  muhandislik-qurilish, texnologik loyihalashtirish, 
asbob-uskunalar  xarid  qilish  va  loyihalashtirilgan  ob‘ektni  ekspluatatsiyaga 
topshirishni qamrab oladi; 
 ishlab 
chiqarish 
(ekspluatatsiya) 
bosqichi 

korxonaning 
(loyihalashtirish  ob‘ektining)  xo‘jalik  faoliyati  bosqichlari,  uning  faoliyat 
ko‘rsatishi,  ob‘ektni  modernizatsiyalash  (qayta  ta‘mirlash),  kengaytirish, 
moliyaviy-iqtisodiy sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlarni qamrab oladi; 
 tugatish  (likvidatsiya)  bosqichi  -  investitsiyalash  ob‘ektini  tugatish  va 
uning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish davri. 
O‘z navbatida, ularning har biri o‘z maqsadlari, amalga oshirish usullari 
va mexanizmlariga ega bo‘lgan bosqich va davrlarga bo‘linadi. Investitsiyadan 
oldingi va investitsiya bosqichlari investitsiya loyihasilashtirish sohasiga, ishlab 
chiqarish  bosqichi  esa  maxsus  tashkiliy-boshqaruv  fanlarini  (mehnat  va  ishlab 


81 
 
chiqarishni  tashkil  qilish,  rejalashtirish,  moliyalashtirish,  tahlil,  menejment  va 
b.) o‘rganishga mansub hisoblanadi.  
Loyihaning  investitsiyadan  oldingi  bosqichida  bo‘lajak  loyihalashtirish 
ob‘ektining  imkoniyatlari  o‘ganiladi,  korxona  (firma-investor,  loyiha 
tashkilotchisi)  investitsiyalar  haqida  dastlabki  qaror  qabul  qiladi  va  rahbarni 
(qurilayotgan ob‘ekt direktori, boshqaruvchisini) tanlaydi (tayinlaydi). Loyihani 
amalga  oshirishning  turli  variantlarini  o‘rganish  va  tahlil  qilish,  uni  texnik-
iqtisodiy  asoslash  va  samaradorligini  baholash  korxonaning  o‘z  kuchlari  bilan 
ham, ixtisoslashgan muassasalar, masalan, loyiha, arxitektura, qurilish-maslahat 
tashkilotlari va hokazolar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 
Loyihaning  dastlabki  bosqichlarida  kelajakda  vujudga  kelishi  mumkin 
bo‘lgan  risk  va  noaniqliklarni  oldindan  ko‘ra  bilish,  belgilangan  natijalarga 
erishishning  eng  tejamkor  yo‘larini  topish,  loyiha  samaradorligini  baholash  va 
uning  biznes-rejasini  ishlab  chiqish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunda  o‘zini 
vaqtida  to‘xtatib  qolish  tamoyiliga  amal  qilish  zarur,  ya‘ni  muvaffaqiyatsiz 
loyihadan  investitsiyalar  sarflanib  bo‘lib,  natija  kutilganday  chiqmagan  holatni 
kutib  o‘tirmasdan  loyihaning  boshidayoq  voz  kechish  maqsadga  muvofiq 
bo‘lishi mumkin. 
Investitsiya  loyihasini  oldindan  baholash  uni  amalga  oshirishning  texnik 
imkoniyatlarini  ko‘rsatishi  lozim.  Buning  uchun  quyidagi  ma‘lumotlardan 
foydalaniladi: 
 investitsiya  loyihasini  talab  qilingan  tavsifnomlarga  ega  zarur  asbob-
uskunalar  (stanoklar,  mashinalar  va  hokazolar)  bilan  ta‘minlash  yoki  buning 
texnik imkoniyati; 
 loyiha  malga  oshirilayotgan  va  unga  yaqin  hududlarda  infratuzilma  – 
ishlab chiqarish sharoitlarini ta‘minlovchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
nalichie  tarmoqlari  majmuining  (yo‘llar,  aloqa,  energiya  ta‘minoti,  transport, 
ta‘lim, sog‘liqni saqlash) mavjudligi; 
 loyiha  amalga  oshiriladigan  tumanga  alohida  talablar  –  iqlim,  suv  va 
boshqa resurslar mavjudligi, erga egalik huquqi va hokazolar; 
 xodimlar  malakasi  –  boshqaruv  personali,  mutaxassislar  va  texnik 
ijrochilar, ishchilar. 
Ushbu  bosqichda  mashina  va  asbob-uskunlar  ta‘minotchilaridan  olingan 
takliflar tahlil qilinadi, ularning texnik tavsifnomalari, etkazib berish shartlari va 
qiymati  haqidagi  axborotlar  umumlashtiriladi.  Texnologiyalar  va  asbob-
uskunlarni  qo‘llash  bo‘yicha  strategiyalarni  oldindan  ishlab  chiqish  va 
marketing  tadqiqotlari  natijalarini  hisobga  olgan  holda,  bo‘lajak  mahsulotni 
ishlab  chiqarish  va  sotish  hajmi,  uni  ishlab  chiqarish  va  sotish  xarajatlarini 
hisob-kitob  qilish  ishlari  bajariladi,  investitsiyalar  hajmi  belgilanib,  marketing 
strategiyasi  ishlab  chiqiladi,  loyihani  amalga  oshirishning  muqobil  variantlari 
bashorat qilinadi, uning samaradorlik va risk darjasi baholanadi, imitatsion tahlil 
usullaridan foydalaniladi. 
 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish