1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari


-mavzu   INVESTITSION LOYIHA. INVESTITSION



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

14-mavzu 
 INVESTITSION LOYIHA. INVESTITSION 
LOYIHALARNI BOSHQARISH 
Reja: 
1. Investitsiya loyihalari boshqarishning mazmuni 
2. Investitsiya davri, uning tuzilmasi 
3. Investitsiya loyihalari iqtisodiy samaradorligin 
4. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda hisobga olinishi 
lozim bo‟lgan vaqt omili ta‟sir ko‟rsatuvchi shartlar 
1. Investitsiya loyihalari boshqarishning mazmuni 
Loyiha  (ruscha  proekt,  projectus  –  olg‘a  tashlangan)  bu  -  texnik 
materiallar  (chizmalar,  hisob-kitoblar,  yangi  quriladigan  binolar,  inshootlar, 
mashinalar,  asbob-uskunalar  va  boshqa  mahsulotlarning  maketlari),  biron-bir 
hujjatning  (shartnomaning)  dastlabki  matni,  rejasi,  g‘oyasi,  muammoning 
kutilayotgan  echimidir.  U  agar  unda  texnik  echimlar,  yangi  mahsulot  yoki 
ob‘ektning texnik ko‘rsatkichlari va hokazolar qayd etilgan bo‘lsa texnik loyiha 
hamda  iqtisodiy  loyiha  –  muayyan  ijtimoiy-iqtisodiy  g‘oyani  amalga  oshirish, 
masalan, yangi mahsulot chiqarish va sotish, ishlab chiqarishni yangilash dasturi 
bo‘lishi mumkin. Boshqaruvda bu – ijrochilarning boshqaruv qarorlarini ishlab 
chiqish  va  amalga  oshirish  bo‘yicha  hatti-harakatlar  va  vositalar  yig‘inidisi 
hisoblanadi. 
Loyiha bu - avvalo, korxona, mashina va asbob-uskunalar konstruksiyalar 
bino  va  inshootlar  yoki  moddiy,  mehnat  va  moliyaviy  resurslardan  samarali 
foydalanishni ta‘minlovchi boshqa investitsion ob‘ektlarni yaratish uchun texnik 
hujjatlar  majmuidir  (arxitektura-rejalashtirish  va  konstruktorlik  chizmalari, 
smetalar,  texnologik  asoslar,  tushuntirish  xatlari  va  hokazolar).  Unda  loyiha 
quvvatiga  chiqish  muddati,  asosiy  texnik-iqtisodiy  ko‘rsatkichlar,  jumladan, 
to‘liq  qiymat  ko‘rsatilishi  lozim.  Bir  qator  tarmoqlarda  yoki  ishlab  chiqarish 
majmualarida,  yaratilayotgan  ob‘ektlar  va  hujjatlar  loyiha  doirasiga  sig‘magan 
hollarda, dasturlar, masalan, energiya ta‘minoti dasturi, neft-kimyo yoki o‘rmon-
sanoat  majmuini  rivojlantirish  dasturi,  investitsiyalarni  jalb  qilish  bo‘yicha 
milliy  dasturlar  ishlab  chiqilishi  mumkin.  Investitsiya  loyihasilashtirishda 
«loyiha» atamasi ko‘proq hatti-harakatlar, faoliyat ma‘nosida qo‘llanadi. 
Loyihani  ishlab  chiqish,  yoki  loyihalashtirish,  kapital  qo‘yilmalarni 
amalga  oshirishning  fanni  ishlab  chiqarish  bilan  bog‘lab  turgan  bo‘g‘inlaridan 
biri  hisoblanadi.  Texnologik  asoslash  sifati  va  loyiha  qarorlari  darajasiga  ko‘p 
jihatdan  investitsiyalar  samaradorligi,  investitsiyalash  ob‘ektining  smeta 
qiymati,  uni  amalga  oshirish  muddatlari  bog‘liq  bo‘ladi.  Loyihalashtirish 
jarayonida ob‘ekt ekspluatatsiya talablariga mos kelishi, uni amalga oshirish esa 
tejamkor bo‘lishi uchun bo‘lajak ob‘ektning asosiy masalalari hal etiladi. 
Investitsiya  loyihasi  bu  –  yaratilayotgan  va  modernizatsiyalanayotgan 
moddiy  ob‘ektlar,  texnologik  jarayonlar,  tadbirkorlik  faoliyati  turlari  va 
maqsadli  dasturlarga  kapitalni  oshirish  va  foyda  olish  maqsadida  mablag‘lar 


79 
 
kiritishning  samaradorligini  asoslab  berishga  yo‘naltirilgan  chora-tadbirlar 
kompleksli rejasidir. 
Korxona  (firma,  kompaniya)  nuqtai  nazaridan  investitsiya  loyihalari 
ularni  belgilab  beruvchi  xususiyatlar,  masalan,  quyidagi  belgilar  bo‘yicha 
tasniflanishi mumkin: 
  jalb  qilinayotgan  investitsiyalar  hajmi  bo’yicha  -  yirik,  o‘rta,  mayda 
aktivlar; 
  qo’yilgan  mablag’lar  intensivligi  bo’yicha  –  o‘zini  qoplash  muddati 
qisqa  bo‘lgan  yoki  bosqichma-bosqich  uzoq  muddat  qaytarib  olinadigan  yirik 
investitsiyalar; 
  qo’yilmalarni amalga oshirish muddati bo’yicha - qisqa, o‘rta va uzoq 
muddatli; 
  o’zaro aloqalar turi bo’yicha  – mustaqil, o‘zaro bog‘liq, muqobil va 
b.; 
  moliyalashtirish  usuli  bo’yicha  –  o‘z  mablag‘lari  hisobiga,    kredit 
hisobiga, davlat byudjeti hisobiga va hokazolar. 
Miqyosi,  iqtisodiy,  ijtimoiy  yoki  ekologik  vaziyatga  ta‘sir  ko‘rsatish 
darajasi bo‘yicha investitsiya loyihalari quyidagi turlarga taqsimlanadi: 
  global  investitsiyalar,  ularni  amalga  oshirish  sayyoramizda  vujudga 
kelgan iqtisodiy, ijtimoiy yoki ekologik vaziyatga jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi; 
  xalq  xo’jalik  investitsiyalari,  ularni  amalga  oshirish  mamlakatda 
ushbu vaziyatning sezilarli o‘zgarishiga olib keladi; 
  yirik  miqyosli  investitsiyalar  mamlakatning  ayrim  mintaqalari  yoki 
ayrim  tarmoqlardagi  vaziyatga  ta‘sir  ko‘rsatadi  va  ularni  baholashda  boshqa 
tuman yoki tarmoqlardagi vaziyatni hisobga olmasa ham bo‘ladi; 
  lokal investitsiyalarni joriy qilish mintaqadagi mos keluvchi vaziyatga 
sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi hamda tovar bozorlarida narx darajasi va tuzilmasini 
o‘zgartirmaydi. 
Investitsiya  loyihalari  investor  tomonidan  bozorni  etarli  darajada 
aniqlamaslik ehtimoli tufayli risk darajasi bilan ham farqlanadi. Masalan, bozor 
uchun  tanish  bo‘lmagan  yangi  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  maqsadida  yangi 
faooiyat  turlari  yoki  yangi  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  bozorga  ma‘lum 
bo‘lgan  tovarlar  samaradorligini  oshirishga  nisbatan  ko‘roq  noaniqlik  va  risk 
darajasi  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  YAngi  ilmiy  amaliy  loyihalarni  bajarish  asosiy 
mazmuni hisoblangan loyiha innovatsion loyihalar qatoriga kiradi. 
 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish