1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari


 Texnopolis va texnoparklarning mohiyati va turlari



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

 
2. Texnopolis va texnoparklarning mohiyati va turlari 
«Texnopolis»  atamasi  2  ta  so‗zdan  iborat  bo‗lgan  grekcha    so‗zdan 
olingan  bo‗lib:  «texno»-  ustachilik  ,  uddasidan  chiqish  va  «polis»-  shahar, 
davlat  degan  ma‘nolarni  anglatadi.  Bugungi  kunda  texnopolis  deganda, 
rivojlangan  infratuzilmaga  ega  bo‗lgan  o‗ziga  xos  ravishda  zich  joylashgan 
zamonaviy  ilmiy-  ishlab  chiqarish  tuzilmalari  asosida  mehnat  va  dam  olish 
uchun  sharoit  yaratib  beradigan,  ilmiy  tadqiqot  va  o‗qitish  muassasalari 
(korxonalar)  kompaniya  va  firmalarni  o‗z  ichiga  olgan  fan  sig‗imi  yuqori 
bo‗lgan  texnologiyalar  asosida  yangi  mahsulot  turlarini  ishlab  chiqaradigan 
ilmiy-  ishlab  chiqarish  tuzulmalari  tushuniladi.  Texnopolislarni  yaratish 
g‗oyasi  AQSHda  1950  yillarning  o‗rtasida  vujudga  keldi.  Bugungi  kundagi 
dunyoda  mashhur  bo‗lgan  birinchi  texnopolislar  Kaliforniyaning  Silikon 
vodiysi  va  Massachusetsda  Rutda  –  128 bo‗lgan  fan va sanoat  birlashmalari 
hisoblanadi.  Bugungi  kunda  bunday  super  zamonaviy  majmualar  texnologik 
zanjirdagi  fundamental  tadqiqotlardan  tortib  ishlab  chiqarishgacha  va  yangi 
mahsulotni  sotishgacha  vazifalarni  amalga  oshiradigan  fan  sig‗imi  yuqori 
bo‗lgan  ishlab  chiqarish  markazlariga  aylanadi  va  Germaniya,  Fransiya, 
Belgiya,  Italiya,  Ispaniya,  Yaponiya,  Avstraliya,  Rossiya  va  boshqa  sanoati 
rivojlangan davlatlarga tarqaldi. 
G‗arb  va  Yaponiya  davlatlarida  texnopolis  va  texnoparklarning  paydo 
bo‗lishi  va  intensiv  rivojlanishning  bir  nechta  sabablari  mavjud:  Birinchi 
navbatda,  an‘anaviy  sohalarda  avtomobil  qurilishi,  kemasozlik,  metallurgiya, 
po‗lat  eritish,  sanoati  va  hokazolarda  sanoat  resurslarining  kamayib  borishi. 
Bu  tarmoqlar  raqobatbardoshligi  va  rentabelliligini  oshirishi  bir  vaqtining 
o‗zida  fan  sig‗imi  yuqori  bo‗lgan  ishlab  chiqarishni  amalga  oshirish  bilan, 


75 
 
ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar  birligiga  ketadigan  barcha  resurslar  sarfini 
kamaytirishni talab etar edi. Bu muammoni iqtisodiyotga yuqori texnologiyani 
kiritish bilan xal qilish mumkin edi.  Bu masalani amalga oshirishga ilmiy va 
texnologik  parklar  katta  hissa  qo‗shadi.  Ikkinchi  sabab,  texnopolislarning 
paydo  bo‗lishi  va  rivojlanishining  yangi  texnologiyalarni  rivojlantirishga 
bo‗lgan  kuchli  talab  natijasidir.  Yangi  texnologiya  davlatni  kelajakdagi 
taraqqiyoti,  hamda  fan  sig‗imi  yuqori  bo‗lgan  yangi  sohalarni  (elektronika, 
yangi  zamonaviy  materiallar  maxsus  ximiya,  optika,  axbortlar  texnologiyasi, 
dam olish industriyasi kabi sohalarning) iqtisodiy xolatini belgilab beradi. Fan 
va  ishlab  chiqarish  o‗zaro  bir-biriga  ta‘sir  etgandagina  texnopolis  faoliyat 
yurita oladi. Ilmiy va texnopolis parklar bunda o‗zaro ta‘sir etishning kelajagi 
bor  shakli  bo‗lib,  ularning  vujudga  kelishi  bilan  fan  va  ishlab  chiqarishning 
nisbatiga,  alohidaligiga  barham  beriladi,  ular  manfatdor  sheriklarga 
aylanadilar.  Bu  texnopolislarni  vujudga  kelishining  uchinchi  sababi 
hisoblanadi. 
Va  nihoyat,  to‗rtinchi  sababi,  ba‘zi  bir  G‗arb  davlatlarida  yirik 
korxonalarni  rekonstruksiya  qilib  uning  asosida  kichik  va  o‗rta  innovatsiya 
kompaniyalarini  vujudga  kelishidir. Bunda,  yuqori  fan sig‗imiga  ega  bo‗lgan 
venchur  (xatarli)  biznesi  nazarda  tutiladi.  Ilmiy  va  texnologik  parklarni 
vujudga kelishi mamlakatdagi mintaqalar iqtisodiy jixatdan xar-xil  rivojlanish 
darajasidagi  farqlarni  tenglashtirish,  ishlab  chiqarish  kuchlarini  yanada 
ratsional  joylashtirish,  ayrim  iqtisodiyoti  rivojlangan  mintaqalarni  nisbatan 
yuqori turmush darajasidagi  fan  sanoat  markazlariga  aylantirish  imkoniyatini 
beradi. 
Texnopolislar tavsifi va bajaradigan vazifalariga qarab 5 xil ko‗rinishda 
amal qiladi: 
1) 
Yangi firmalarga fan sig‗imi yuqori bo‗lgan texnologiyalar bilan 
yordam beradigan innovatsiya markazlari. 
2) 
Yangi va rivojlangan firmalarga xizmat ko‗rsatadigan, unversitet, 
illmiy-tadqiqot  insitutlari  bilan  aloqalar  tuzgan  yoki  o‗rnatgan  ilmiy-
tadqiqotlar olib boruvchi parklar. 
3) 
Fan sig‗imi yuqori bo‗lgan firma va ishlab chiqarish tarmoqlariga 
ega  bo‗lgan,  shu  bilan  birga  ilmiy-tadqiqot  insitutlari  bilan  etarli  darajada 
aloqada bo‗lmagan texnologik parklar. 
4) 
Yangi  yuqori  texnologik  firmalar  tashkil  etishga  xizmat 
ko‗rsatadigan korxonalar – texnologik  markazlar. 
5) 
Ko‗plab  mintaqalarni  yuqori  texnologik  zonalarga  aylantirishga 
xizmat qiladigan texnopolis konglomeratlari. 
Innovatsiya  markazlariga,  birinchi  navbatda,  misol  sifatida  xalqaro 
miqyosida  taniqli  bo‗lgan  G‗arbiy  Germaniya-Berlin  innovatsiya  markazini 
keltirish  mumkin.  U  dastlab  inkubator  firma  sifatida  tashkil  etilgan  bo‗lib, 
o‗zining  maqomiga  mos  kelgan  edi.  Markaz  kichik  innovatsiya  firmalariga, 
kichik  ishlab  chiqarishni  yig‗ish,  tajriba  konstruktorlik  ishlarini  binolar  bilan 
ta‘minlash,  moliyaviy  jixatdan  qo‗llab-quvatlash,  texnologik  va  tashkiliy 
ishlar yuzasidan maslahatlar berish bilan shug‗ullangan. 


76 
 
Fransiyada  Leon  va  Fan  shahri  yirik  texnopolislar  hisoblanadi. 
Rossiyada  xam  ilmiy  va  texnologik  parklarni  tashkil  etish  tajribasi  mavjud. 
Ulardan  Novosibirsk  ilmiy  markazini  aytib  o‗tish  mumkin.  U  Sibirning 
deyarli  yarim  ilmiy  salohiyatini  birlashtiradi.  Xaar-hil  ilmiy  tadqiqot 
faoliyatlari bilan birgalikda puxta o‗ylangan ilmiy  kadrlarni tayyorlash tizimi 
amalga  oshiriladi,  muntazam  ravishda  fan  va  ishlab  chiqarishning  maqsadga 
muvofiq  bo‗lgan  shakllari  izlanadi.  Markazning  noyobligi,  uning  joylashishi 
xususiyatda namoyon bo‗ladi:  
-  shaharga  yaqinligi,  keng  tarqalgan  sanoat  korxonalari  tarmog‗i  va 
ilmiy tashkilotlar zaruriy bo‗lgan maishiy uy-joy va xizmat ko‗rsatishning bir 
joyda joylashganligi va hokazolar.  
Rossiyadagi  boshqa  texnopolislarga  Sankt-Peterburgdagi  texnologik 
park va markazni, Zelenograddagi ilmiy-texnikologik park, Tomskdagi ilmiy-
texnik  park,  Moskvarechedagi  texnopark,  MOI  ilmiy  parki  va  boshqalarni 
kiritish mumkin. 
 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish