1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari


-MAVZU  INVESTITSION LOYIHANING BIZNES-REJASI



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

16-MAVZU 
INVESTITSION LOYIHANING BIZNES-REJASI 
Reja: 
1. Investitsiya loyihasining biznes-rejasi vaziyalari, uning tarkibi va 
mazmuniga qo‟yiluvchi talablar 
2. Korxona tavsifnomasi va uning rivojlanish strategiyasi 
3. Ishlab chiqarish rejasi 
4. Tashkiliy va investitsion rejalar 
 
1. Investitsiya loyihasining biznes-rejasi vaziyalari, uning tarkibi va 
mazmuniga qo‟yiluvchi talablar 
Investitsiya  loyihasining  biznes-rejasi  bu  –  rejalashtirilgan  texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, 
xizmat  ko‘rsatish)  loyihasiga  erishish  yo‘llari  va  maqsadilarni  amlaga  oshirish 
rejasi (dasturi) hisoblanadi. qoidaga ko‘ra, unda loyiha asoslab beriladi va uning 
imkoniyatlari  baholanadi,  daromad  va  xarajatlar,  real  pul  oqimlari, 
moliyalashtirish  manbalari  aniqlanadi,  rentabellik  va  o‘zini  qoplash,  zararsizlik 
va  boshqa  ko‘rsatkichlar  tahlil  qilinadi.  Bu  ishbilarmonlik  loyihalarining 
investitsiyadan  oldingi  bosqichlaridan  biri  bo‘lib,  ularning  asosiy  va  ajralmas 
qismi hisoblanadi. U kredit berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi  va loyihani 
amalga  oshirish  va  uning  samaradorligini  baholashni  tahlil  qilish  vositasi 
sanaladi. 
Investitsiyalarni  loyihalashtirishda  biznes-rejani  mustaqil  bo‘limga 
(bosqich,  hujjat)  ajratish  iqtisodiyotdagi  o‘tish  davri,  loyihalar  ishlab  chiqish 
bo‘yicha  xorij  tajribalarini  mahalliy  sharoitlarga  moslashtirish,  biznesning  shu 
sohasida hujjatlar va metodologiyani bir tipga keltirish zarurati bilan bog‘liq. 
Investitsiya 
loyihalarini 
texnik-iqtisodiy 
asoslashda 
biznes-reja 
quyidagilarga zarur: 
 investorga  –  kapitalni  kiritishning  maqsadga  muvofiqligini 
(samaradorligini) aniqlash uchun; 
 tadbirkorga  –  loyihani  amalga  oshirish  jarayonida  hatti-harakatlar 
dasturini ishlab chiqish uchun; 
 davlat organlariga  –  kredit  munosabatlarini tartibga  solish  va nazorat 
qilish uchun. 
Mohiyatiga  ko‘ra  bu  potensial  hamkorlar  uchun  ishbilarmonlik  takliflari 
bo‘yicha  belgilangan  standart  bo‘lib,  ularga  loyihada  rejalashtirilgan 
tadbirlarning  iqtisodiy  samaradorligi,  kutilayotgan  foydani  olishning  realligi, 
kredit qo‘yilmalarni qatarib olishni baholash uchun zarur. 
Investitsiya  loyihasining  biznes-rejasi  quyidagilarni  asoslab  berish 
maqsadida ishlab chiqiladi: 
 korxonani  joriy  va  istiqbolli  (strategik)  rivojlantirish,  yangi  faoliyat 
turlarini ishlab chiqish (tanlash); 


94 
 
 investitsion  va  kredit  resurslarni  olish,  qarz  mablag‘larini  qaytarib 
olish; 
 qo‘shma va chet el korxonalari tashkil qilish bo‘yicha takliflar; 
 davlat  tomonidan  qo‘llab-qo‘vvatlash  dasturlarining  maqsadga 
muvofiqligi.  
Investitsiya  loyihalarini  ishlab  chiqish    bo‘yicha  zamonaviy  tajribalar 
asosan  ishbilarmonlik  rejalashtirishi  metodologiyasiga  asoslanadi,  uning  yangi 
texnika va kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini asoslab berish bo‘yicha 
avvalgi muammodan asosiy farqi real ichki va tashqi sharoitlarga mos keluvchi 
hamda  tashkilotning  (korxona,  loyihaning)  rivojlanishini  ta‘minlovchi  rejani 
ishlab chiqish hisoblanadi. SHu bilan birga bu tajribalarni to‘laligicha  mahalliy 
korxonalarga  (investitsiyalash  ob‘ektlariga)  o‘tkazish  mumkin  ham  emas, 
buning iloji ham yo‘q. 
Biznes-rejani datellashtirish darajasi ko‘plab omillarga, birinchi navbatda 
bo‘lajak  loyiha  hajmiga  va  u  mansub  bo‘lgan  sohaga  (tarmoqqa,  ishlab 
chiqarishga)  bog‘liq  bo‘ladi.  Masalan,  agar  mahsulotning  yangi  turlarini  ishlab 
chiqarishni  tashkil  qilish  ko‘zda  tutilayotgan  bo‘lsa,  u  mahsulotning  o‘zi  va 
sotuv bozorlar murakkabligini hisobga olib, batafsil ishlab chiqilishi lozim. Agar 
gap biron-bir mahsulotni sotish haqida boradigan bo‘lsa, biznes-reja juda qisqa 
va sodda bo‘lishi mumkin. Detallashtirish yaratilayotgan ob‘ek xarakteriga ham 
bog‘liq  bo‘ladi,  masalan,  agar  bu  ishlab  chiqarish  korxonasi  bo‘lsa,  undagi 
ishlab  chiqarish  tarkibiga  mahsulot  turi,  uning  sifati,  qurilish-montaj  ishlari 
hajmi va boshqa omillar ta‘sir ko‘rsatadi. 
Barcha  holatlarda  ham  biznes-reja  investitsiya  loyihasining  asosiy 
jihatlarini  yoritib  berishi,  tadbirkorning  duch  kelishi  mumkin  bo‘lgan  barcha 
muammolar  va  raqobat  sharoitlarida  ularni  hal  qilish  usullarini  ko‘rsatishi 
hamda  tijorat  rejalari  va  loyihani  amalga  oshirish  istiqbollari,  rejalashtirilgan 
tadbirlarni  amalga  oshirish  dasturlarini  moliyaviy  va  tashkiliy  ta‘minlash 
haqidagi qat‘iy strukturalangan ma‘lumotlar tizimini fiodalashi, bundan tashqari, 
reklama funksiyasini bajarishi lozim. 
Biznes-rejani  ishlab  chiqish  uchun  asos  bo‘lib  korxona  rahbariyati 
tomonidan  chiqarilgan  hujjat  (buyoruq,  farmoyish)  xizmat  qiladi.  Unda 
quyidagilar belgilanadi va tasdiqlanadi: 
 biznes-rejani ishlab chiqish rahbari; 
 ijrochilar tarkibi, ular o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlagan holda; 
 biznes-rejani  ishlab  chiquvchi  (loyiha  tashabbuschisi  bo‘lgan  korxona 
yoki jalb qilingan tashkilotlar); 
 ishlarni  bajarish  uchun  xarajatlar  smetasi  va  ularni  moliyalashtirish 
manbalari (zarur hollarda). 
Biznes-rejani  ishlab  chiqish  ayniqsa,  sanoat  ob‘ektlarida  murakkab  va 
ko‘p  mehnat  talab  qiluvchi  mashg‘ulot  (faoliyat)  hisoblanadi.  SHuning  uchun 
uni kompyuterlashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Rejaga faqat bitta 
o‘zgartirish kiritish rejaning barcha bo‘limlari bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlarni 
qayta hisoblab chiqishga olib kelishi mumkin. Biznes-reja ustida ishlashni katta 
hajmda  ichki  va  tashqi  axborot  olish  va  undan  foydalanish,  loyiha 


95 
 
boshqaruvining uni moliyalashtirish va ishlab chiqishda ham, amalga oshirishda 
ham  ishtirok  etayotgan  ayrim  bo‘g‘inlari  o‘rtasida  vujudga  keluvchi 
ziddiyatlarni tartibga solish zarurligi ham murakkablashtiradi. 
Investitsiya  loyihasining  biznes-rejasi  qabul  qilingan  qarorga,  mulkchilik 
shakllariga,  yuridik  shakliga,  moliyalashtirish  manbalariga,  chiqarilayotgan 
mahsulot  turlariga,  yangi  qurilayotgan  ob‘ektda  ishlab  chiqarish  maqsadlariga, 
mavjud  korxonalarda  yangi  teznika  va  texnologiyalarni  joriy  qilishga,  moddiy 
va mehnat resurslaridan foydalanishga, foydani oshirishga, bozorni o‘zlashtirish 
va hokazolarga nisbatan aniqlashtirishni talab qiladi. Biroq uni ishlab chiqishni 
boshlashdan  avval  talab  va  taklif  haqidagi,  ishlab  chiqarish,  moliyaviy  va 
boshqa axborot olish zarur. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish