1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


  Mamlakatimizda  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  borasida  amalga  oshirilayotgan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/119
Sana09.08.2021
Hajmi2,52 Mb.
#143599
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   119
Bog'liq
alishrr

3.  Mamlakatimizda  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  borasida  amalga  oshirilayotgan 
islohotlar. 
 
Prezidentimiz  «Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O‗zbekiston  sharoitida  uni  bartaraf 
etishning yo‗llari va choralari» nomli asarlarida 2009 yildagi yana bir eng muhim ustuvor vazifa 
bu mamlakatimizni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida 
ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  yanada  rivojlantirishdan  iborat  ekanligini  belgilab 
berdilar. 
Mazkur ustuvor vazifaga alohida e‘tibor qaratishning bir qator sabablari mavjud. Jumladan: 
Birinchidan,  infratuzilmani  rivojlantirish  yangi  korxonalarni  joylashtirish  va  butun 
iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratadi, mamlakatimizning boy 
mineral-xomashyo resurslarini o‗zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Ikkinchidan,  ishlab  chiqarish  infratuzilmasi,  avvalambor,  avtomobil  va  temir  yo‗llarning 
rivojlangan  tizimi,  ularning  samarali  faoliyati  ishlab  chiqarishdagi  umumiy  xarajatlarni 
kamaytirishning  muhim  sharti  va  omilidir.  Bu  esa,  o‗z  navbatida,  ishlab  chiqarilayotgan 
mahsulot va butun iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshiradi. 
Uchinchidan,  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish,  aholini  toza  ichimlik  suvi,  energiya 
bilan  ta‘minlash,  ijtimoiy  soha  obyektlarini  barpo  etish,  pirovard  natijada  aholining  turmush 
darajasini oshirishga xizmat qiladi.  
To‗rtinchidan, infratuzilmani rivojlantirish ko‗p mehnat talab qiladigan keng ko‗lamli soha 
hisoblanadi.  Bu  yangi  ish  o‗rinlarini  tashkil  etish,  aholining,  ayniqsa,  yoshlarning  ish  bilan 
bandligini ta‘minlash, odamlarning daromadi va farovonligini oshirish imkonini beradi. 
Bundan  ko‗rinadiki,  mamlakatimizda  barqaror  iqtisodiy  o‗sishni  ta‘minlash, 
iqtisodiyotning  real  sektorini  yanada  rivojlantirish  ko‗p  jihatdan  хo‗jalik  yurituvchi 
subyektlarning ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta‘minlanganlik darajasiga bog‗liq. 
 
 
 


Mamlakatimizda  ijtimoiy  infratuzilmaning  tarkibiy  qismlaridan  biri  bo‗lgan  tibbiyot 
sohasini rivojlantirish, aholiga tibbiy hizmat ko‗rsatish sifati va samaradorligini oshirish, onalik 
va bolalikni muhofaza qilish, zamon talablariga mos malakali tibbiy kadrlar tayyorlashga alohida 
e‘tibor  qaratilmoqda.  So‗nggi  yillarda  chiqarilgan  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
―Sog‗liqni  saqlash  tizimini  isloh  qilish  va  rivojlantirish  Davlat  dasturining  asosiy  yo‗nalishlari 
to‗g‗risida‖gi  2007  yil  19  sentyabrdagi  UPF  –  3923-sonli  Farmoni,  ―Respublika  tibbiyot 
muassasalari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari‖ to‗g‗risidagi 2007 yil 2 oktabrdagi UPK – 
700-sonli  qarori,  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ―Sog‗liqni  saqlash 
tizimining  hududiy tashkilotlari faoliyati va strukturasini tashkil qilishni takomillashtirish chora- 
tadbirlari  to‗g‗risida‖gi  2008  yil  18  martdagi  48-sonli  Qarori,  O‗zbekiston  Respublikasi 
Sog‗liqni  saqlash  vazirligining  ―Qishloq  vrachlik  punktlari  faoliyatini  tashkil  qilishni 
takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 2009 yil 29 martdagi 80-sonli buyrug‗i buning yorqin isbotidir. 
Mamlakatimiz  Prezidenti  Islom  Karimov  2011  yil  26  noyabrda  ―O‗zbekistonda  onalik  va 
bolalikni  asrashning  ―Sog‗lom  ona  –  sog‗lom  bola‖  milliy  modeli‖  mavzusidagi  xalqaro 
simpoziumning  ochilish  marosimida  so‗zlagan  ma‘ruzasida  ta‘kidlab  o‗tganidek,  mustaqillik 
yillarida  yurtimizda  sog‗liqni  saqlash  tizimini  isloh  qilishining  milliy  modelini  yaratishning 
poydevori bu avvalo sog‗liqni saqlashning birlamchi bo‗g‗inida 3200 dan ortiq qishloq vrachlik 
punktlarining tashkil etilishi bo‗ldi. 
Prezidentimizning 2011 yil 28 noyabrdagi ―Sog‗liqni saqlash tizimini isloh etishni yanada 
chuqurlashtirish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖gi  Qarorida  qayd  etilganidek,  mamlakatimizda 
sog‗liqkni  saqlash  tizimining    birlamchi  bo‗g‗ini  ushbu  tizimning  dolzarb  ahamiyatga  molik 
masalalaridan biri bo‗lib qolmoqda, shu sababli respublikamizning eng chekka rayonlarida yana 
102  ta  qishloq  vrachlik  punkti  tashkil  etish  va  ularning    moddiy-texnik  bazasini  rivojlantirish 
rejalashtirilmoqda. 
YUrtimizda  o‗tgan  davr  mobaynida  sog‗liqni  saqlash  sohasida  14  ta  qonun,  O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 20 dan ortiq farmon va qarorlari hamda Hukumatning 100 ga yaqin 
qarori qabul qilindi. 
Ushbu  qaror  va  qonunlar  asosida  respublikamizda  sog‗liqni  saqlash,  shu  jumladan,  oliy 
tibbiy ta‘lim tizimini takomillashtirish borasida tub o‗zgarishlar amalga oshirilmoqda. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish