4.
Mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar bilan bog‗liq xatarlar ijara va lizingda
turlicha talqin qilinadi. Ijara shartnomasida ijara beruvchi mulkdan foydalanishga to‗sqinlik
qiladigan barcha kamchiliklar uchun ijaraga beruvchi ijaraga oluvchi oldida javobgardir.
Shartnoma bo‗yicha lizing beruvchi foydalanuvchi oldida mulkdagi kamchiliklar
yuzasidan javob bermaydi, hamda lizing obektidan foydalanish jarayonida fuqarolar sog‗ligiga,
shu jumladan, mulkdan foydalanuvchining boshqa mulkiga va uchinchi shaxslarning mulkiga
zarar yetkazilishi masalasida javobgarlikni o‗z zimmasiga olmaydi. Bunday javobgarlik lizing
beruvchi tomonidan sotuvchi yoki lizing obyekti aniqlanganda, uning ixtisosligini, hamda shu
mulkning sotuvchisini tanlash paytida ishtirok etgan chog‗da, lizing oluvchiga zarar yetkazilgan
taqdirdagina belgilanadi.
Lizing beruvchi ma‘suliyatining bunday cheklanishi shundan iboratki, lizing oluvchi
sotuvchini o‗zi tanlab, javobgarlikni lizing beruvchidan talab qila olmaydi.
Shuningdek, shartnoma muddati tugagunga qadar lizing beruvchi lizing obektida mavjud
bo‗lishi mumkin bo‗lgan nuqsonlar uchun javob berish majburiyatidan ham ozod bo‗ladi. Ushbu
majburiyat sotuvchi zimmasida bo‗ladi, shu sababli lizing oluvchi yuzaga kelgan nuqsonlar
bo‗yicha bevosita sotuvchiga murojaat qiladi.
5. Lizing bitimi bo‗yicha, lizing obektiga mulk huquqi lizing beruvchida bo‗lsa-da,
shartnoma davomida lizing oluvchi unga egalik qilish bilan bog‗liq bir qator majburiyatlarni
o‗ziga oladi (texnik xizmat ko‗rsatish, tasodifan nobud bo‗lishi). Mulkning tasodifan nobud
bo‗lishi yoki buzilishi qaltisliklari lizing oluvchiga o‗tganligi sababli, u lizing beruvchi oldida
pulni qaytarish bilan bog‗liq majburiyatlarini bajarishi zarur bo‗ladi. SHu sababli lizing obekti
tomonlarning aybisiz nobud bo‗lgan taqdirda, lizing oluvchi, ijara munosabatlaridan farqli
o‗laroq, shartnomada ko‗rsatilganidek lizing munosabatlarini belgilovchi, lizing muddati
tugagunga qadar lizing to‗lovlarini to‗lab borishi yoki shartnomada belgilangan umumiy
qiymatini qoplashi zarurdir.
Lizingda qaltisliklarning bunday taqsimlanishi, ijaradan farqli ravishda asoslangandir,
chunki lizing beruvchi lizing oluvchining talabiga binoan lizing obektini sotib oladi.
Ijarada hamma qaltisliklar ijaraga beruvchi zimmasida bo‗ladi va mol-mulk ijaraga
beruvchining aybisiz nobud bo‗ladigan bo‗lsa, u shartnomaning bekor qilinishini talab etishi
mumkin. Natijada majburiyatlar tugashi bilan ijara to‗lovlarini to‗lash majburiyatlari ham
to‗xtatiladi.
6. Lizing oluvchining istagi bo‗yicha yoki lizing shartlari lizing oluvchi tomonidan
buzilgan holda yoki shartnoma lizing beruvchining talabi asosida muddatidan avval bekor
qilingan taqdirda, lizing oluvchi shartnomada ko‗rsatilgan lizing to‗lovlarini to‗liq to‗laydi, ba‘zi
hollarda esa, qo‗shimcha qilingan sarf xarajatlarni ham qoplaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: