4-Mavzu: Bozor infratuzilmasida savdo vositachilik faoliyati.
Reja:
1. Savdo vositachilik faoliyati va uning iqtisodiyotdagi o‗rni
2. Savdo vositachilik faoliyatining turlari va usullari.
3. Savdo vositachilik faoliyatining bozor infratuzilmasidagi ahamiyati.
1. Savdo vositachilik tizimi va uning iqtisodiyotdagi o„rni.
Mahsulotning ishlab chiqarish jarayonidan iste‘molchiga yetib kelishgacha - tashish,
saqlash va qo‗shimcha (qadoqlash, o‗rash, tamg‗alash kabi) ishlarni bajarish bilan bog‗liq bo‗lgan
jarayon tovar harakati deyiladi. Uni tashkil etishda firmaning asosiy maqsadi, birinchidan
mahsulotni tezda, yaqin masofa orqali va samarali usul bilan o‗z xaridorlariga yetkazish;
ikkinchidan, tovarni sotish uchun eng qulay sharoit yaratishdan iborat bo‗lishi shart. Tovar
harakatini rejalashtirishda korxonalar tanlagan tovar sotish uslublariga asoslaniladi. Ular quyidagi
uch uslubdan biri bo‗lishi mumkin:
- tovar ishlab chiqaruvchi vositachilarsiz, to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗zinig iste‘molchisi bilan
bog‗lanishi;
- tovarlarni mustaqil vositachilar orqali sotish;
- aralash usul, ishlab chiqaruvchi firma va vositachi savdo tashkiloti sarmoyalari
qatnashishi orqali.
Tovarlarning to‗g‗ridan-to‗g‗ri ishlab chiqaruvchi tomonidan sotilishining yaxshi
tomonlari va kamchiliklari ham bor. Firma o‗z mahsuloti savdosini to‗la nazorat qiladi. Bunday
usul bilan oddiy assortimentli tovarlardan ko‗mir, neft mahsulotlari, sut va go‗sht kabi tez
buziladigan mahsulotlar sotilishi afzalroq hisoblanadi. Ammo qolgan tovarlarning sotilishida
mustaqil vositachi - ulgurji yoki chakana savdo firmalarining qatnashishi jahon tajribasida
sinalgan samarali yo‗ldir. Firma tovar harakatini rejalashtirishda quyidagilarga ahamiyat beradi:
- sotish siyosatini tovar harakatiga bog‗lagan holda aniqlash;
- tovar harakati usullaridan va turlaridan barcha tovarlar va bozor segmentlariga mosini
tanlash;
- tovar harakati bo‗g‗inlari va umumiy masofani topish;
- tovar harakati zanjirida qatnashuvchilar - mustaqil vositachilarni aniqlash;
- tovar harakatiga rahbarlik tizimini yaratish;
- tovar harakatini tashkil etuvchi bosh bo‗g‗inini topish;
- tovar harakati turlaridan eng samaralisini tanlash va bir necha xilini bog‗lab, bir-birini
to‗ldirishini ko‗zda tutish.
Tovar harakati qatnashuvchilari quyidagi vazifalarni bajaradi: ishlab chiqarilgan
mahsulotni taqsimlash va sotish; marketing tadqiqotlari o‗tkazish; tovarlar iste‘molchilari bilan
to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqa o‗rnatish; oldi-sotdi qilish uchun shartnomalar tuzish jarayonini
tayyorlash; tovarning iste‘molchiga yetib borishini rag‗batlantiruvchi siyosat yurg‗izish; tovar
assortimentini rejalashtirishda qatnashish va yordamlashish, tovar harakatini moliyaviy
ta‘minlash; sotilgan tovarlarga qo‗shimcha xizmat uyushtirish; tovarlarni tashish; tovarlarni
sortlarga ajratish; kichik o‗ramlarga qadoqlash, tamg‗alash, o‗z savdo bitimini tuzishga tavakkal
qilish, sotilgan tovar bahosini aniqlashda qatnashish va boshqalar. Ana shu ko‗p qirrali
vazifalarni maxsus savdo firmalarining bajarishi, tovar harakatidagi sarf-xarajatlarning ancha
yuqori samara berishini ta‘minlaydi.
Savdo vositachiligi bozor iqtisodiyotining juda muhim va ajralmas qismidir. Vositachilar
– bitim tuzishni hohlovchi tomonlarni bog‗lovchi hisoblanadi. Ular tashish, saqlash,
sug‗urtalash, sotish va boshqa sohalarda faoliyat yuritadilar. Vositachi sifatida alohida jismoniy
shaxslar va yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin. Vositachilar buyurtmachi nomidan faoliyat
yuritadi va shuning evaziga mukofot oladilar. Brokerlar, dilerlar, komissionerlar, konsignatorlar,
maklerlar, ulgurji xaridorlar, savdo va sanoat agentlari vositachilar hisoblanadi.
Vositachilik firmasi – tovarning ishlab chiqaruvchisi va iste‘molchisi o‗rtasida turuvchi
va uning savdosida ishtirok etuvchi tijorat korxonasidir. Vositachilik faoliyatining mohiyati
hozirgi vaqtda juda keng bo‗lib, hamkorlarni izlash, bitim uchun hujjatlarni tayyorlash va uni
tuzish, transport-ta‘minotchilik faoliyati, tovarlarni sug‗urtalash, tovarlarni reklama qilish,
moliya-kredit ta‘minoti, sotuvdan keyingi xizmat ko‗rsatish, bozorlarni o‗rganish va tahlil qilish,
bojxona rasmiylashtiruvlarini bajarish va boshqa shu kabi faoliyatlarni ham qamrab oladi.
Vositachilarni jalb etishdan maqsad – savdo faoliyatining samaradorligini oshirishdir. Masalan,
eksport jarayonida savdo vositachisi tovar ishlab chiqaruvchini mahsulotni sotish bo‗yicha
ko‗plab majburiyatlardan ozod etadi. U tovarni importer mamlakatga yetkazib boradi, saralaydi,
qadoqlaydi, tovarni assortimentlarga ajratadi, tovarni bozor talabiga moslashtirishga harakat
qiladi. Shu yo‗l bilan eksport qiluvchi (ishlab chiqaruvchi) xorijiy bozorda mustahkam o‗rin
egallash, mablag‗larni tejash maqsadida vositachining bilim va tajribasidan foydalanadi. Savdo
vositachilik firmalari odatda o‗zining moddiy-texnik bazasini, ya‘ni saqlovchi inshootlar,
ko‗rgazma zallari, ta‘mirlash ustaxonalari, chakana savdo do‗konlari va boshqa shu kabilarga
ega bo‗ladi. Vositachilarning ishtirok etishi ularga vositachilik mukofotining to‗lanishiga
qaramasdan quyidagi afzalliklarga ega:
- sotish jarayonining tejamliligini oshiradi;
- tovarlarni sotish jarayoni tezlashadi va buning natijasida kapital aylanishi tezlashadi
hamda foyda ko‗payadi;
- vositachilar xaridorlar bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqada bo‗lganligi sababli ular ishlab
chiqaruvchilar uchun bozor konyunkturasi, mahsulot sifati va mahsulotning raqobatbardoshligi
to‗g‗risidagi dastlabki, qimmatli ma‘lumotlar manbai hisoblanadi;
- vositachilar tomonidan texnik xizmat ko‗rsatish, sotishdan oldingi servis, joylardagi
omborlar yordamida tovarlarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirish ishlab chiqaruvchi
mahsulotining raqobatbardoshligini oshiradi;
- vositachilarning sotish tizimining mavjud bo‗lishi ishlab chiqaruvchilarning
mablag‗larini tejaydi;
- vositachilarning ma‘lum turdagi tovarni sotishga ixtisoslashuvi sotish xarajatlarining
yanada tejalishiga olib keladi va qo‗shimcha daromad olishga imkoniyat yaratadi.
Ishlab chiqaruvchilar vositachilarni jalb etishdan avval ularning afzalligini iqtisodiy
tomondan baholashi lozim. Agar vositachilar korxonaning o‗zi sotganiga nisbatan yuqori
daromadga erishishni ta‘minlamasa, ularni jalb etish samarasizdir. Jahon miqyosidagi savdo
amaliyotida vositachilarni jalb etish keng tarqalgan bo‗lib, bu ishlab chiqaruvchilar bilan bir
qatorda xaridorlarga ham qulayliklar yaratadi.
Vositachilik faoliyati quyidagilarga qarab turlarga ajratiladi:
- kimning nomidan faoliyat yuritishiga qarab, ya‘ni o‗z nomidan yoki ishlab chiqaruvchi
nomidan faoliyat yuritishi, vositachilik faoliyatini amalga oshirishi natijasida huquqiy
majburiyatlar uning o‗ziga yoki u xizmat qilayotgan ishlab chiqaruvchiga tushishiga qarab;
- kimning hisobidan faoliyat yuritishiga qarab, ya‘ni o‗z mablag‗lari hisobidanmi yoki
ishlab chiqaruvchi mablag‗lari hisoidan faoliyat yuritishiga qarab, vositachilik faoliyatidagi
xarajatlar va daromadlar vositachining o‗ziga yoki u xizmat qilayotgan ishlab chiqaruvchiga
tegishliligiga qarab.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasiga ko‗ra savdo vositachilik faoliyatining
quyidagi turlari mavjud:
- dilerlik faoliyati – vositachi o‗z nomidan va o‗z hisobidan faoliyat yuritadi;
- komission faoliyat – vositachi o‗z nomidan, lekin o‗zgalar hisobidan faoliyat yuritadi;
- agentlik faoliyati – vositachi o‗zgalar nomidan va hisobidan faoliyat yuritadi.
Yuqorida keltirilgan guruhlash va savdo vositachilari funksiyalari xarakteriga ko‗ra,
jahon tajribasida savdo-vositachilik firmalarining quyidagi turlari mavjud:
a) savdo firmalari yoki dilerlar;
b) komission firmalar;
d) savdo agentlari. Savdo agentlarining keng tarqalgan turi – brokerlardir.
Savdo firmalari tovarlarni sotib olish va uni qayta sotish bilan bog‗liq dilerlik faoliyati
bilan shug‗ullanadilar. Ular o‗z nomi va o‗z hisobidan faoliyat yurituvchi vositachilar bo‗lib,
oldi-sotdi shartnomalaridan foydalanadilar. Tovarlarni sotib olishda xaridor sifatida, sotishda esa
sotuvchi sifatida qatnashadi, ma‘lum muddatga tovarning egasiga aylanadilar va shu vaqtda
tovarlar bilan bog‗liq barcha xavf-xatarlarni o‗z zimmasiga oladi. Savdo firmalarining quyidagi
turlari mavjud: savdo uylari, eksport firmalari, import firmalari, ulgurji savdo firmalari, chakana
savdo firmalari, distribyutorlar, stokistlar. Bu ularning bajaradigan ishlari turlariga qarab shartli
guruhlash bo‗lib, amaliyotda savdo firmalari bir vaqtning o‗zida yuqoridagi faoliyatlarning bir
nechasi bilan shug‗ullanishi mumkin.
Savdo uylari – bu keng profilli, keng ko‗lamli kompaniya bo‗lib, savdo vositachilik va
tijorat faoliyati bilan shug‗ullanadi. Jahon tajribasida savdo uyi tijorat, ombor va ishlab chiqarish
faoliyatlarini o‗z mamlakatida va xorijda amalga oshiradigan kompaniya yoki firmadir.
Eksport firmalari – dilerlik faoliyatini o‗z hisobidan ichki bozordan tovarlarni sotib olib,
xorijiy bozorlarda uni qayta sotish orqali amalga oshiruvchi firmadir. Import firmalari esa
dilerlik faoliyatini o‗z hisobidan tovarni xorijdan sotib olib, uni so‗ngra ichki bozorda ishlab
chiqaruvchilarga, ulgurji va chakana savdo firmalariga sotish orqali amalga oshiruvchi firmadir.
Import firmalari omborlarida tovar zahiralarini yaratib qo‗yadi va zarurat paydo bo‗lganda ichki
bozorda uni sotish uchun chiqaradi. Import firmalari tovarni xorijlik eksportchilardan to‗g‗ridan-
to‗g‗ri, birjalar va auksionlardan yoki xorijiy mamlakatda ochgan tayyorlov tashkilotlari orqali
sotib olishlari mumkin.
Ulgurji firmalar – sanoat yoki tayyorlov tashkilotlari va turli savdo firmalari o‗rtasidagi
vositachi-dilerlardir. Ular xorijdan yoki mamlakat ichidan tovarlarni o‗z hisobidan yirik
partiyada sotib olib, keyinchalik uni alohida xaridorlarga maydaroq partiyada sotish bilan
shug‗ullanadilar. Baholar o‗rtasidagi farqdan ularning daromadlari shakllanadi.
Distribyutorlar (inglizcha «distribution» - taqsimlash) – dilerlik kelishuviga muvofiq
belgilangan tovarlarni sotish bilan shug‗ullanadi. Boshqa vositachilik faoliyatlaridan farqli
o‗laroq, distribyutorlar o‗z nomidan va o‗z hisobidan bir tomondan sotuvchilar (ishlab
chiqaruvchilar) bilan, ikkinchi tomondan xaridorlar bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzadilar. Ular
ishlab chiqaruvchilar bilan uzoq muddatga mo‗ljallangan hamkorlik aloqalari bo‗yicha bitim
tuzadilar. Mazkur bitim odatda tomonlarning bir qator huquq va majburiyatlari majmuidan iborat
bo‗ladi. Distribyutorlar bilan tuziladigan bitimlar sotiladigan tovarlar nomenklaturasi,
kelgusidagi savdolar hududi, bozorda faoliyat yuritish shartlari, yillik tovar sotish hajmi bo‗yicha
majburiyatlar va boshqa shu kabilarni o‗z ichiga qamrab oladi. Distribyutorlik firmasi quyidagi
majburiyatlarni o‗z zimmasiga oladi:
- bozor konyunkturasini o‗rganish va unga taalluqli ma‘lumotlarni ishlab sotuvchiga (ishlab
chiqaruvchiga) yetkazib turish;
- tovarlar reklamasini amalga oshirish;
- omborlar tashkil etish va tovarlar zahirasini saqlash;
- sotishdan oldingi xizmat ko‗rsatish va tovarlarga sotishdan oldingi ishlov berishga qaratilgan
tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
- bir maromda faoliyat yurituvchi savdo tizimini yaratish;
- sotuvdan keyingi xizmat ko‗rsatishni yo‗lga qo‗yish, mashina tovarlariga texnik xizmat
ko‗rsatishni ta‘minlash.
Komisson savdo faoliyatida vositachi o‘z nomidan, lekin tovar egasi hisobidan faoliyat
yuritadilar. Komissoner – savdo vositachisi bo‘lib, tovarlarni o‘z nomidan, lekin komitent (tovar
egasi)ning hisobidan va uning manfaatlari uchun ma‘lum komissiya (vositachilik haqi) evaziga
sotadilar yoki sotib oladilar. Komissioner unga qat‘iy belgilab berilgan berilgan vakolatlar
doirasida faoliyat yuritadi, aks holda ko‘rilgan zarar komitent tomonidan undirib olinadi.
Komissioner savdo bitimi natijalarini to‘liq komitentga taqdim etadi. Komissionerlar uchinchi
tomonning savdo bitimi shartlarini bajarmasligi holatida javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
Qo‘shimcha kelishuvga ko‘ra xaridorlarning to‘lovga layoqatini komissioner kafolatlashi
mumkin, bunda vositachiga qo‘shimcha haq beriladi.
Komitentlar va komissionerlar o‘rtasida shartnoma tuziladi. Bunday shartnoma komission
shartnoma deyiladi va odatda bir maritabalik xarakterga ega. Ushbu shartnomaning muhim
qismlaridan biri – komissionerlarga savdo bitimidagi texnik va tijorat shartlar bo‘yicha
beriladigan vakolatlardir. Odatda quyidagilar kelishib olinadi:
- tovarlar eksportida minimal narxlar, ularning importida esa maksimal narxlar;
- tovarlarni yetkazib berishning muddatlari;
- tovarning texnik va sifat xususiyatlariga qo‘yiladigan talablar;
- komissionerning komitent oldidagi va komitentning komissioner oldidagi majburiyatlari;
- komission faoliyat uchun to‘lanadigan vositachilik haqining miqdori va to‘lash tartibi.
Komissionerlar o‘zlarida turgan komitentning tovarlari saqlanishi uchun javobgardir.
Ushbu tovarlar xaridorlarga sotilguncha komitentning mulki hisoblanadi. Shu sababli
shartnomalarda komissionerlar zimmasiga mazkur tovarlarning saqlanishini sug‘urtalash
majburiyati yuklanadi.
Boshqa turdagi savdo vositachilik faoliyatida bo‘lgani singari komissionerlar ham
qo‘shimcha haq evaziga komitentga qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin, jumladan,
bozorni o‘rganish, reklama, texnik xizmat va hokazo.
Komitent va komissioner o‘rtasida tuziladigan shartnomada to‘lanadigan
vositachilik
haqining miqdori va to‘lash tartibi ko‘rsatib o‘tiladi. To‘lanadigan vositachilik haqi komissioner
tomonidan qilingan barcha xarajatlarni qoplashi va ma‘lum miqdorda foyda olish imkonini
berishi lozim. Dunyo tajribasiga ko‘ra komissionerlarga to‘landigan vositachilik haqi savdo
bitimi summasining 1,5-5 foizigacha oraliqda o‘zgarib turadi.
Komission savdo vositachilik faoliyatining keng tarqalgan turlaridan biri – konsignatsiya
shartlari asosida tovarlarni sotishdir. Bunda konsignant (tovar egasi) tovarlarni konsignator
(vositachi)ning omborlariga tovarlarni ma‘lum muddatda sotish uchun yetkazib beradi. Ushbu
tovarlarni sotib bergani uchun konsignatorga haq to‘lanadi. Belgilangan muddat tugagandan
so‘ng tovarlar konsignantga qaytariladi. Odatda konsignatsiya shartlari asosida talab yuqori
bo‘lgan tovarlar sotiladi.
Konsignatsiya kelishuviga ko‘ra konsignant tovar sotilguncha uning egasi bo‘lib
qolaveradi. Konsignatsion omborlardagi tovarlar ayrim sabablarga ko‘ra (past darajadagi
raqobatbardoshlik, konsignant tomonidan o‘rnatilgan yuqori narx, dizaynning talab darajasida
bo‘lmasligi va hokazo) belgilangan muddatda sotilmasligi mumkin. Shu sababli konsignatsion
shartnomalar oddiy, qisman qaytariladigan va qaytrilmaydigan turlarga bo‘linadi. Oddiy
konsignatsion shartnomada sotilmay qolgan tovar konsignantga qaytariladi, qisman
qaytariladigan konsignatsion shartnomada sotilmay qolgan tovarlarning belgilangan qismi
konsignator tomonidan sotib olinadi, qaytarilmaydigan konsignatsion shartnomada esa
konsignator sotilmay qolgan barcha tovarlarni sotib oladi.
Agentlik faoliyatining eng ko‘p tarqalgan shakli brokerlardir. Brokerlar – biror turdagi
tovarni sotuvchi va usohbu tovarning xaridorlarini izlab topish hamda ular o‘rtasida savdo bitimi
tuzilishiga ko‘maklashuvchi, lekin ushbu savdo bitimida bevosita ishtirok etmaydigan yuridik
yoki jismoniy shaxs shaklidagi savdo vositachilaridir. Brokerlarning faoliyat yo‘nalishi keng
ko‘lamli bo‘lib, savdo faoliyatidan tashqari boshqa yo‘nalishlarda, masalan, sug‘urtalash va
boshqa yo‘nalishlarda ham bo‘lishi mumkin. Brokerlar odatda yirik partiyalardagi tovarlar,
yuqori qiymatdagi ko‘chmas mulklar savdosida vositachilik qiladilar va bu ularga boshqa turdagi
vositachilarga nisbatan arzonroq haq evaziga o‘z xizmatlarini taklif etish imkoniyatini yaratadi.
Broker ishonch bildirgan tomon nomidan va hisobidan faoliyat yuritadi. Savdo bitimi amalga
oshirilgandan so‘ng tovar sotuvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridorga o‘tadi. Yirik brokerlik
firmalari qo‘shimcha haq evaziga xaridorlarga kreditlar berish bo‘yicha banklar bilan hamkorlik
qiladilar, ayrim holatlarda o‘zlari kreditlar berishi mumkin yoki savdo bitimi ishtirokchilarining
majburiyatlari bajarilishini kafolatlashi mumkin. Bunda brokerlar bilan delkredere shartnomasi
tuziladi.
Brokerlik firmalari Angliyada juda keng tarqalgan bo‘lib, ular turli xomashyo va boshqa
birja tovarlari savdosini egallab olganlar.
Mijozning birinchi talabidanoq brokerlar uning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirgan
operatsiyalari to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etishi lozim. O‘z xizmatlari uchun brokerlar
vositachilik haqi oladilar, vositachilik haqi savdo bitimi summasining 0,25 dan 2-3 foizigacha
oraliqda o‘zgarib turadi.
Savdo vositachilariga to‘lanadigan vositachilik haqining quyidagi turlari bor:
a) vositachilar tovarlarning bozordagi sotish narxi va tovar egasi tomonidan o‘rnatilgan narx
o‘rtasidagi tafovutdan o‘zlariga daromad olishlari mumkin. Bunda tovar egasi bozor
konyunkturasini yaxshi bilishi va bozordagi narx darajasini oldindan bashoratlay olishi lozim.
Aks holda vositachilar yuqori foyda darajasiga erishishiga imkoniyat yaratib berishi mumkin.
Bundan tashqari vositachilardan tegishli hujjatlarni talab qilib borishi lozim.
b) vositachiga savdo bitimi ma‘lum foiz miqdorida vositachilik haqi belgilash. Bunday usul
vositachini sotish hajmini oshirish va tovar narxini ko‘tarishga rag‘batlantiradi. Bunda yuqori
foyda olish maqsadida vositachi bozor konyunkturasini tahlil qiladi, marketing tadqiqotlari olib
boradi va sotish hajmini oshirish, narxni ko‘tarishga harakat qiladi.
d) aralash usul, ya‘ni narxlar o‘rtasidagi tafovut va savdo bitimidan ma‘lum foiz miqdorida
vositachilik haqi belgilash. Bunday usul tovar egasi uchun bozordagi narxlarni tezkorlik bilan
o‘rganib va nazorat qilib borish imkoniyati bo‘lganda samarali hisoblanadi.
e) ―kost plas‖ tizimida vositachilik haqi to‘lash. Bunda vositachi tovar egasiga o‘zining amalga
oshirgan xarajatlari to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etadi. Tovar egasi vositachining qilgan
xarajatlarini shartnomada kelishilgan foiz ortig‘i bilan qoplab beradi va bu vositachining foydasi
hisoblanadi. Bunday usul vositachi tomonidan qo‘llanadigan xarajatlarni oldindan rejalashtirib
bo‘lmaydigan holatlarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |