1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/119
Sana09.08.2021
Hajmi2,52 Mb.
#143599
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119
Bog'liq
alishrr

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


4-Mavzu: Bozor infratuzilmasida savdo vositachilik faoliyati. 
 
                                          Reja: 
1. Savdo vositachilik faoliyati va uning iqtisodiyotdagi o‗rni 
2. Savdo vositachilik faoliyatining turlari va usullari. 
3. Savdo vositachilik faoliyatining bozor infratuzilmasidagi ahamiyati. 
 
 
1. Savdo vositachilik tizimi va uning iqtisodiyotdagi o„rni. 
 
Mahsulotning  ishlab  chiqarish  jarayonidan  iste‘molchiga  yetib  kelishgacha  -  tashish, 
saqlash va qo‗shimcha (qadoqlash, o‗rash, tamg‗alash kabi) ishlarni bajarish bilan bog‗liq bo‗lgan 
jarayon  tovar  harakati  deyiladi.  Uni  tashkil  etishda  firmaning  asosiy  maqsadi,  birinchidan 
mahsulotni  tezda,  yaqin  masofa  orqali  va  samarali  usul  bilan  o‗z  xaridorlariga  yetkazish; 
ikkinchidan,  tovarni  sotish  uchun  eng  qulay  sharoit  yaratishdan  iborat  bo‗lishi  shart.  Tovar 
harakatini rejalashtirishda korxonalar tanlagan tovar sotish uslublariga asoslaniladi. Ular quyidagi 
uch uslubdan biri bo‗lishi mumkin: 
-  tovar  ishlab  chiqaruvchi  vositachilarsiz,  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  o‗zinig  iste‘molchisi  bilan 
bog‗lanishi; 
- tovarlarni mustaqil vositachilar orqali sotish; 
-  aralash  usul,  ishlab  chiqaruvchi  firma  va  vositachi  savdo  tashkiloti  sarmoyalari 
qatnashishi orqali. 
Tovarlarning  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  ishlab  chiqaruvchi  tomonidan  sotilishining  yaxshi 
tomonlari va kamchiliklari ham bor. Firma o‗z mahsuloti savdosini to‗la nazorat qiladi. Bunday 
usul  bilan  oddiy  assortimentli  tovarlardan  ko‗mir,  neft  mahsulotlari,  sut  va  go‗sht  kabi  tez 
buziladigan  mahsulotlar  sotilishi  afzalroq  hisoblanadi.  Ammo  qolgan  tovarlarning  sotilishida 
mustaqil  vositachi  -  ulgurji  yoki  chakana  savdo  firmalarining  qatnashishi  jahon  tajribasida 
sinalgan samarali yo‗ldir. Firma tovar harakatini rejalashtirishda quyidagilarga ahamiyat beradi: 
- sotish siyosatini tovar harakatiga bog‗lagan holda aniqlash; 
-  tovar harakati  usullaridan  va  turlaridan  barcha  tovarlar  va  bozor  segmentlariga mosini 
tanlash; 
- tovar harakati bo‗g‗inlari va umumiy masofani topish; 
- tovar harakati zanjirida qatnashuvchilar - mustaqil vositachilarni aniqlash; 
- tovar harakatiga rahbarlik tizimini yaratish; 
- tovar harakatini tashkil etuvchi bosh bo‗g‗inini topish; 
- tovar harakati turlaridan eng samaralisini tanlash va bir necha xilini bog‗lab, bir-birini 
to‗ldirishini ko‗zda tutish. 
Tovar  harakati  qatnashuvchilari  quyidagi  vazifalarni  bajaradi:  ishlab  chiqarilgan 
mahsulotni  taqsimlash  va  sotish;  marketing  tadqiqotlari  o‗tkazish;  tovarlar  iste‘molchilari  bilan 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri  aloqa  o‗rnatish;  oldi-sotdi  qilish  uchun  shartnomalar  tuzish  jarayonini 
tayyorlash;  tovarning  iste‘molchiga  yetib  borishini  rag‗batlantiruvchi  siyosat  yurg‗izish;  tovar 
assortimentini  rejalashtirishda  qatnashish  va  yordamlashish,  tovar  harakatini  moliyaviy 
ta‘minlash;  sotilgan  tovarlarga  qo‗shimcha  xizmat  uyushtirish;  tovarlarni  tashish;  tovarlarni 
sortlarga ajratish; kichik o‗ramlarga qadoqlash, tamg‗alash, o‗z savdo bitimini tuzishga tavakkal 
qilish,  sotilgan  tovar  bahosini  aniqlashda  qatnashish  va  boshqalar.  Ana  shu  ko‗p  qirrali 
vazifalarni  maxsus  savdo  firmalarining  bajarishi,  tovar  harakatidagi  sarf-xarajatlarning  ancha 
yuqori samara berishini ta‘minlaydi. 
Savdo vositachiligi bozor iqtisodiyotining juda muhim va ajralmas qismidir. Vositachilar 
–  bitim  tuzishni  hohlovchi  tomonlarni  bog‗lovchi  hisoblanadi.  Ular  tashish,  saqlash, 
sug‗urtalash, sotish va boshqa sohalarda faoliyat yuritadilar. Vositachi sifatida alohida jismoniy 
shaxslar va yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin. Vositachilar buyurtmachi nomidan faoliyat 


yuritadi va shuning evaziga mukofot oladilar. Brokerlar, dilerlar, komissionerlar, konsignatorlar, 
maklerlar, ulgurji xaridorlar, savdo va sanoat agentlari vositachilar hisoblanadi.  
Vositachilik  firmasi  –  tovarning  ishlab  chiqaruvchisi  va  iste‘molchisi  o‗rtasida  turuvchi 
va  uning  savdosida  ishtirok  etuvchi  tijorat  korxonasidir.  Vositachilik  faoliyatining  mohiyati 
hozirgi  vaqtda  juda  keng  bo‗lib,  hamkorlarni  izlash,  bitim  uchun  hujjatlarni  tayyorlash  va  uni 
tuzish,  transport-ta‘minotchilik  faoliyati,  tovarlarni  sug‗urtalash,  tovarlarni  reklama  qilish, 
moliya-kredit ta‘minoti, sotuvdan keyingi xizmat ko‗rsatish, bozorlarni o‗rganish va tahlil qilish, 
bojxona  rasmiylashtiruvlarini  bajarish  va  boshqa  shu  kabi  faoliyatlarni  ham  qamrab  oladi. 
Vositachilarni jalb etishdan maqsad  –  savdo faoliyatining samaradorligini oshirishdir. Masalan, 
eksport  jarayonida  savdo  vositachisi  tovar  ishlab  chiqaruvchini  mahsulotni  sotish  bo‗yicha 
ko‗plab majburiyatlardan ozod etadi. U tovarni importer mamlakatga yetkazib boradi, saralaydi, 
qadoqlaydi,  tovarni  assortimentlarga  ajratadi,  tovarni  bozor  talabiga  moslashtirishga  harakat 
qiladi.  Shu  yo‗l  bilan  eksport  qiluvchi  (ishlab  chiqaruvchi)  xorijiy  bozorda  mustahkam  o‗rin 
egallash,  mablag‗larni  tejash  maqsadida  vositachining  bilim  va  tajribasidan  foydalanadi.  Savdo 
vositachilik  firmalari  odatda  o‗zining  moddiy-texnik  bazasini,  ya‘ni  saqlovchi  inshootlar, 
ko‗rgazma  zallari,  ta‘mirlash  ustaxonalari,  chakana  savdo  do‗konlari  va  boshqa  shu  kabilarga 
ega  bo‗ladi.  Vositachilarning  ishtirok  etishi  ularga  vositachilik  mukofotining  to‗lanishiga 
qaramasdan quyidagi afzalliklarga ega: 
- sotish jarayonining tejamliligini oshiradi;   
-  tovarlarni  sotish  jarayoni  tezlashadi  va  buning  natijasida  kapital  aylanishi  tezlashadi 
hamda foyda ko‗payadi; 
-  vositachilar  xaridorlar  bilan  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  aloqada  bo‗lganligi  sababli  ular  ishlab 
chiqaruvchilar  uchun  bozor  konyunkturasi,  mahsulot  sifati  va  mahsulotning  raqobatbardoshligi 
to‗g‗risidagi dastlabki, qimmatli ma‘lumotlar manbai hisoblanadi; 
-  vositachilar  tomonidan  texnik  xizmat  ko‗rsatish,  sotishdan  oldingi  servis,  joylardagi 
omborlar  yordamida  tovarlarni  yetkazib  berish  muddatlarini  qisqartirish  ishlab  chiqaruvchi 
mahsulotining raqobatbardoshligini oshiradi; 
-  vositachilarning  sotish  tizimining  mavjud  bo‗lishi  ishlab  chiqaruvchilarning 
mablag‗larini tejaydi; 
-  vositachilarning  ma‘lum  turdagi  tovarni  sotishga  ixtisoslashuvi  sotish  xarajatlarining 
yanada tejalishiga olib keladi va qo‗shimcha daromad olishga imkoniyat yaratadi. 
Ishlab  chiqaruvchilar  vositachilarni  jalb  etishdan  avval  ularning  afzalligini  iqtisodiy 
tomondan  baholashi  lozim.  Agar  vositachilar  korxonaning  o‗zi  sotganiga  nisbatan  yuqori 
daromadga  erishishni  ta‘minlamasa,  ularni  jalb  etish  samarasizdir.  Jahon  miqyosidagi  savdo 
amaliyotida  vositachilarni  jalb  etish  keng  tarqalgan  bo‗lib,  bu  ishlab  chiqaruvchilar  bilan  bir 
qatorda xaridorlarga ham qulayliklar yaratadi. 
Vositachilik faoliyati quyidagilarga qarab turlarga ajratiladi: 
- kimning nomidan faoliyat yuritishiga qarab, ya‘ni o‗z nomidan yoki ishlab chiqaruvchi 
nomidan  faoliyat  yuritishi,  vositachilik  faoliyatini  amalga  oshirishi  natijasida  huquqiy 
majburiyatlar uning o‗ziga yoki u xizmat qilayotgan ishlab chiqaruvchiga tushishiga qarab; 
-  kimning  hisobidan  faoliyat  yuritishiga  qarab,  ya‘ni  o‗z  mablag‗lari  hisobidanmi  yoki 
ishlab  chiqaruvchi  mablag‗lari  hisoidan  faoliyat  yuritishiga  qarab,  vositachilik  faoliyatidagi 
xarajatlar  va  daromadlar  vositachining  o‗ziga  yoki  u  xizmat  qilayotgan  ishlab  chiqaruvchiga 
tegishliligiga qarab. 
 
Rivojlangan  xorijiy  mamlakatlar  tajribasiga  ko‗ra  savdo  vositachilik  faoliyatining 
quyidagi turlari mavjud: 
- dilerlik faoliyati – vositachi o‗z nomidan va o‗z hisobidan faoliyat yuritadi; 
- komission faoliyat – vositachi o‗z nomidan, lekin o‗zgalar hisobidan faoliyat yuritadi; 
- agentlik faoliyati – vositachi o‗zgalar nomidan va hisobidan faoliyat yuritadi. 
 
Yuqorida  keltirilgan  guruhlash  va  savdo  vositachilari  funksiyalari  xarakteriga  ko‗ra, 
jahon tajribasida savdo-vositachilik firmalarining quyidagi turlari mavjud: 
a) savdo firmalari yoki dilerlar; 


b) komission firmalar; 
d) savdo agentlari. Savdo agentlarining keng tarqalgan turi – brokerlardir. 
 
Savdo  firmalari  tovarlarni  sotib  olish  va  uni  qayta  sotish  bilan  bog‗liq  dilerlik  faoliyati 
bilan  shug‗ullanadilar.  Ular  o‗z  nomi  va  o‗z  hisobidan  faoliyat  yurituvchi  vositachilar  bo‗lib, 
oldi-sotdi shartnomalaridan foydalanadilar. Tovarlarni sotib olishda xaridor sifatida, sotishda esa 
sotuvchi  sifatida  qatnashadi,  ma‘lum  muddatga  tovarning  egasiga  aylanadilar  va  shu  vaqtda 
tovarlar bilan bog‗liq barcha xavf-xatarlarni o‗z zimmasiga oladi. Savdo firmalarining quyidagi 
turlari mavjud: savdo uylari, eksport firmalari, import firmalari, ulgurji savdo firmalari, chakana 
savdo firmalari, distribyutorlar, stokistlar. Bu ularning bajaradigan ishlari turlariga qarab shartli 
guruhlash  bo‗lib,  amaliyotda  savdo  firmalari  bir  vaqtning  o‗zida  yuqoridagi  faoliyatlarning  bir 
nechasi bilan shug‗ullanishi mumkin.  
 
Savdo  uylari  –  bu  keng  profilli,  keng  ko‗lamli  kompaniya  bo‗lib,  savdo  vositachilik  va 
tijorat faoliyati bilan shug‗ullanadi. Jahon tajribasida savdo uyi tijorat, ombor va ishlab chiqarish 
faoliyatlarini o‗z mamlakatida va xorijda amalga oshiradigan kompaniya yoki firmadir.  
 
Eksport firmalari – dilerlik faoliyatini o‗z hisobidan ichki bozordan tovarlarni sotib olib, 
xorijiy  bozorlarda  uni  qayta  sotish  orqali  amalga  oshiruvchi  firmadir.    Import  firmalari  esa 
dilerlik  faoliyatini  o‗z  hisobidan  tovarni  xorijdan  sotib  olib,  uni  so‗ngra  ichki  bozorda  ishlab 
chiqaruvchilarga, ulgurji va chakana savdo firmalariga sotish orqali amalga oshiruvchi firmadir. 
Import firmalari omborlarida tovar zahiralarini yaratib qo‗yadi va zarurat paydo bo‗lganda ichki 
bozorda uni sotish uchun chiqaradi. Import firmalari tovarni xorijlik eksportchilardan to‗g‗ridan-
to‗g‗ri,  birjalar va auksionlardan yoki xorijiy mamlakatda ochgan tayyorlov tashkilotlari orqali 
sotib olishlari mumkin.  
 
Ulgurji firmalar  – sanoat  yoki  tayyorlov tashkilotlari va turli  savdo  firmalari  o‗rtasidagi 
vositachi-dilerlardir.  Ular  xorijdan  yoki  mamlakat  ichidan  tovarlarni  o‗z  hisobidan  yirik 
partiyada  sotib  olib,  keyinchalik  uni  alohida  xaridorlarga  maydaroq  partiyada  sotish  bilan 
shug‗ullanadilar. Baholar o‗rtasidagi farqdan ularning daromadlari shakllanadi. 
 
Distribyutorlar  (inglizcha  «distribution»  -  taqsimlash)  –  dilerlik  kelishuviga  muvofiq 
belgilangan  tovarlarni  sotish  bilan  shug‗ullanadi.  Boshqa  vositachilik  faoliyatlaridan  farqli 
o‗laroq,  distribyutorlar  o‗z  nomidan  va  o‗z  hisobidan  bir  tomondan  sotuvchilar  (ishlab 
chiqaruvchilar) bilan, ikkinchi tomondan xaridorlar bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzadilar. Ular 
ishlab  chiqaruvchilar  bilan  uzoq  muddatga  mo‗ljallangan  hamkorlik  aloqalari  bo‗yicha  bitim 
tuzadilar. Mazkur bitim odatda tomonlarning bir qator huquq va majburiyatlari majmuidan iborat 
bo‗ladi.  Distribyutorlar  bilan  tuziladigan  bitimlar  sotiladigan  tovarlar  nomenklaturasi, 
kelgusidagi savdolar hududi, bozorda faoliyat yuritish shartlari, yillik tovar sotish hajmi bo‗yicha 
majburiyatlar va boshqa shu kabilarni  o‗z ichiga qamrab oladi. Distribyutorlik firmasi quyidagi 
majburiyatlarni o‗z zimmasiga oladi: 
   -  bozor  konyunkturasini  o‗rganish  va  unga  taalluqli  ma‘lumotlarni  ishlab  sotuvchiga  (ishlab 
chiqaruvchiga) yetkazib turish; 
   - tovarlar reklamasini amalga oshirish; 
   - omborlar tashkil etish va tovarlar zahirasini saqlash; 
   - sotishdan oldingi xizmat ko‗rsatish va tovarlarga sotishdan oldingi ishlov berishga qaratilgan 
tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; 
   - bir maromda faoliyat yurituvchi savdo tizimini yaratish; 
   -  sotuvdan  keyingi  xizmat  ko‗rsatishni  yo‗lga  qo‗yish,  mashina  tovarlariga  texnik  xizmat 
ko‗rsatishni ta‘minlash.  
 
Komisson  savdo  faoliyatida  vositachi  o‘z  nomidan,  lekin  tovar  egasi  hisobidan  faoliyat 
yuritadilar.  Komissoner – savdo vositachisi bo‘lib, tovarlarni o‘z nomidan, lekin komitent (tovar 
egasi)ning  hisobidan va  uning manfaatlari uchun  ma‘lum komissiya (vositachilik  haqi) evaziga 
sotadilar  yoki  sotib  oladilar.  Komissioner  unga  qat‘iy  belgilab  berilgan  berilgan  vakolatlar 
doirasida  faoliyat  yuritadi,  aks  holda  ko‘rilgan  zarar  komitent  tomonidan  undirib  olinadi. 
Komissioner  savdo  bitimi  natijalarini  to‘liq  komitentga  taqdim  etadi.  Komissionerlar  uchinchi 
tomonning  savdo  bitimi  shartlarini  bajarmasligi  holatida  javobgarlikni  o‘z  zimmasiga  olmaydi. 


Qo‘shimcha  kelishuvga  ko‘ra  xaridorlarning  to‘lovga  layoqatini  komissioner  kafolatlashi 
mumkin, bunda vositachiga qo‘shimcha haq beriladi.   
        Komitentlar  va  komissionerlar  o‘rtasida  shartnoma  tuziladi.  Bunday  shartnoma  komission 
shartnoma  deyiladi  va  odatda  bir  maritabalik  xarakterga  ega.  Ushbu  shartnomaning  muhim 
qismlaridan  biri  –  komissionerlarga  savdo  bitimidagi  texnik  va  tijorat  shartlar  bo‘yicha 
beriladigan vakolatlardir. Odatda quyidagilar kelishib olinadi: 
 - tovarlar eksportida minimal narxlar, ularning importida esa maksimal narxlar; 
 - tovarlarni yetkazib berishning muddatlari; 
 - tovarning texnik va sifat xususiyatlariga qo‘yiladigan talablar; 
 - komissionerning komitent oldidagi va komitentning komissioner oldidagi majburiyatlari; 
 - komission faoliyat uchun to‘lanadigan vositachilik haqining miqdori va to‘lash tartibi. 
         Komissionerlar  o‘zlarida  turgan  komitentning  tovarlari  saqlanishi  uchun  javobgardir. 
Ushbu  tovarlar  xaridorlarga  sotilguncha  komitentning  mulki  hisoblanadi.  Shu  sababli 
shartnomalarda  komissionerlar  zimmasiga  mazkur  tovarlarning  saqlanishini  sug‘urtalash 
majburiyati yuklanadi.   
         Boshqa  turdagi  savdo  vositachilik  faoliyatida  bo‘lgani  singari  komissionerlar  ham 
qo‘shimcha  haq  evaziga  komitentga  qo‘shimcha  xizmatlarni  ko‘rsatishi  mumkin,  jumladan, 
bozorni o‘rganish, reklama, texnik xizmat va hokazo.  
         Komitent va komissioner o‘rtasida tuziladigan shartnomada  to‘lanadigan 
vositachilik 
haqining miqdori va to‘lash tartibi ko‘rsatib o‘tiladi. To‘lanadigan vositachilik haqi komissioner 
tomonidan  qilingan  barcha  xarajatlarni  qoplashi  va  ma‘lum  miqdorda  foyda  olish  imkonini 
berishi  lozim.  Dunyo  tajribasiga  ko‘ra  komissionerlarga  to‘landigan  vositachilik  haqi  savdo 
bitimi summasining 1,5-5 foizigacha oraliqda o‘zgarib turadi. 
         Komission  savdo  vositachilik  faoliyatining  keng  tarqalgan  turlaridan  biri  –  konsignatsiya 
shartlari  asosida  tovarlarni  sotishdir.  Bunda  konsignant  (tovar  egasi)  tovarlarni  konsignator 
(vositachi)ning  omborlariga  tovarlarni  ma‘lum  muddatda  sotish  uchun  yetkazib  beradi.  Ushbu 
tovarlarni  sotib  bergani  uchun  konsignatorga  haq  to‘lanadi.  Belgilangan  muddat  tugagandan 
so‘ng  tovarlar  konsignantga  qaytariladi.  Odatda  konsignatsiya  shartlari  asosida  talab  yuqori 
bo‘lgan tovarlar sotiladi. 
         Konsignatsiya  kelishuviga  ko‘ra  konsignant  tovar  sotilguncha  uning    egasi  bo‘lib 
qolaveradi.  Konsignatsion  omborlardagi  tovarlar  ayrim  sabablarga  ko‘ra  (past  darajadagi 
raqobatbardoshlik,  konsignant  tomonidan  o‘rnatilgan  yuqori  narx,  dizaynning  talab  darajasida 
bo‘lmasligi  va  hokazo)  belgilangan  muddatda  sotilmasligi  mumkin.  Shu  sababli  konsignatsion 
shartnomalar  oddiy,  qisman  qaytariladigan  va  qaytrilmaydigan  turlarga  bo‘linadi.  Oddiy 
konsignatsion  shartnomada  sotilmay  qolgan  tovar  konsignantga  qaytariladi,  qisman 
qaytariladigan  konsignatsion  shartnomada  sotilmay  qolgan  tovarlarning  belgilangan  qismi 
konsignator  tomonidan  sotib  olinadi,  qaytarilmaydigan  konsignatsion  shartnomada  esa 
konsignator sotilmay qolgan barcha tovarlarni sotib oladi.  
         Agentlik  faoliyatining  eng  ko‘p  tarqalgan  shakli  brokerlardir.  Brokerlar  –  biror  turdagi 
tovarni sotuvchi va usohbu tovarning xaridorlarini izlab topish hamda ular o‘rtasida savdo bitimi 
tuzilishiga  ko‘maklashuvchi,  lekin  ushbu  savdo  bitimida  bevosita  ishtirok  etmaydigan  yuridik 
yoki  jismoniy  shaxs  shaklidagi  savdo  vositachilaridir.  Brokerlarning  faoliyat  yo‘nalishi  keng 
ko‘lamli  bo‘lib,  savdo  faoliyatidan  tashqari  boshqa  yo‘nalishlarda,  masalan,  sug‘urtalash  va 
boshqa  yo‘nalishlarda  ham  bo‘lishi  mumkin.  Brokerlar  odatda  yirik  partiyalardagi  tovarlar, 
yuqori qiymatdagi ko‘chmas mulklar savdosida vositachilik qiladilar va bu ularga boshqa turdagi 
vositachilarga nisbatan arzonroq haq evaziga o‘z xizmatlarini taklif etish imkoniyatini yaratadi. 
Broker  ishonch  bildirgan  tomon  nomidan  va  hisobidan  faoliyat  yuritadi.  Savdo  bitimi  amalga 
oshirilgandan  so‘ng  tovar  sotuvchidan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xaridorga  o‘tadi.    Yirik  brokerlik 
firmalari qo‘shimcha haq evaziga xaridorlarga kreditlar berish bo‘yicha banklar bilan hamkorlik 
qiladilar, ayrim holatlarda o‘zlari kreditlar berishi mumkin yoki savdo bitimi ishtirokchilarining 
majburiyatlari  bajarilishini  kafolatlashi  mumkin.  Bunda  brokerlar  bilan  delkredere  shartnomasi 
tuziladi.    


 
Brokerlik firmalari Angliyada juda keng tarqalgan bo‘lib, ular turli xomashyo va boshqa 
birja tovarlari savdosini egallab olganlar.   
 
 Mijozning  birinchi  talabidanoq  brokerlar  uning  topshirig‘iga  ko‘ra  amalga  oshirgan 
operatsiyalari  to‘g‘risidagi  hisobotni  taqdim  etishi  lozim.  O‘z  xizmatlari  uchun  brokerlar 
vositachilik  haqi  oladilar,  vositachilik  haqi  savdo  bitimi  summasining  0,25  dan  2-3  foizigacha 
oraliqda o‘zgarib turadi.  
           Savdo vositachilariga to‘lanadigan vositachilik haqining quyidagi turlari bor: 
a)  vositachilar  tovarlarning  bozordagi  sotish  narxi  va  tovar  egasi  tomonidan  o‘rnatilgan  narx 
o‘rtasidagi    tafovutdan  o‘zlariga  daromad  olishlari  mumkin.  Bunda  tovar  egasi  bozor 
konyunkturasini  yaxshi  bilishi  va  bozordagi  narx  darajasini  oldindan  bashoratlay  olishi  lozim. 
Aks  holda  vositachilar  yuqori  foyda  darajasiga  erishishiga  imkoniyat  yaratib  berishi  mumkin. 
Bundan tashqari vositachilardan tegishli hujjatlarni talab qilib borishi lozim. 
b)  vositachiga  savdo  bitimi  ma‘lum  foiz  miqdorida  vositachilik  haqi  belgilash.  Bunday  usul 
vositachini  sotish  hajmini  oshirish  va  tovar  narxini  ko‘tarishga  rag‘batlantiradi.  Bunda  yuqori 
foyda olish maqsadida vositachi bozor konyunkturasini tahlil qiladi, marketing tadqiqotlari olib 
boradi va sotish hajmini oshirish, narxni ko‘tarishga harakat qiladi. 
d)  aralash  usul,  ya‘ni    narxlar  o‘rtasidagi    tafovut  va  savdo  bitimidan  ma‘lum  foiz  miqdorida 
vositachilik  haqi  belgilash.  Bunday  usul  tovar  egasi  uchun  bozordagi  narxlarni  tezkorlik  bilan 
o‘rganib va nazorat qilib borish imkoniyati bo‘lganda  samarali hisoblanadi. 
e) ―kost plas‖ tizimida vositachilik haqi to‘lash. Bunda vositachi tovar egasiga o‘zining amalga 
oshirgan  xarajatlari  to‘g‘risidagi  hujjatlarni  taqdim  etadi.  Tovar  egasi  vositachining  qilgan 
xarajatlarini shartnomada kelishilgan  foiz ortig‘i bilan qoplab beradi va bu vositachining foydasi 
hisoblanadi. Bunday  usul vositachi tomonidan qo‘llanadigan xarajatlarni oldindan rejalashtirib 
bo‘lmaydigan holatlarda qo‘llaniladi.  
   

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish