5-Mavzu: Bozor infratuzilmasida birjalar va ularning faoliyati.
Reja:
1. Birjalar faoliyatining mohiyati va ahamiyatii.
2. Birjalar turlari va ularning faoliyat yuritish mexanizmi.
3. Mamlakatimizda birjalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
islohotlar.
1. Birjalar faoliyatining mohiyati va ahamiyati.
Jahon xo‗jalik aloqalarining rivojlanishi ma‘lum tartib-qoida asosida doimiy faoliyat
yurituvchi ulgurji bozorlar - birjalarning paydo bo‗lishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda dunyo
miqyosida amalga oshayotgan savdo jarayonlarida birjalar muhim o‗rinni egallaydi.
Birjalar – ma‘lum qoidalar asosida doimiy faoliyat yurituvchi tartibli bozordir. Uning
o‘ziga xos xususiyatlaridab biri – savdoda sotilayotgan va sotib olinayotgan tovarning o‘zi
ishtirok etmasdan, balki uning namunasi va tovarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning
bo‘lishi yetrli bo‘ladi.
Birjalar unda sotilayotgan tovarlarga qarab quyidagi turlarga bo‗linadi:
tovar birjasi, fond birjasi va valyuta birjasi.
Dastlabki tovar birjalari XVI asrda Yevropada (Antverpen, London, Lion, Tuluza) paydo
bo‘lgan. 1593-yilda tashkil topgan Antverpen birjasi o‘zining doimiy faoliyat yuritish uchun
binosiga ega bo‘lgan va unga kiraverishda ‖In usum negotiatorum cujuscunque nationis ac
linguae‖, ya‘ni ‖Barcha xalqlar va elatlar savdo ahli uchun‖ deb yozib qo‘yilgan. Agar G‘arbiy
Yevropada birjalar ishbilarmonlarning tashabbuslari orqali tashkil topgan bo‘lsa, Rossiyada u
1705-yilda imperator Pyotr I ning farmoniga ko‘ra tashkil topgan. AQShda esa dastlabki birjalar
XIX asrning boshida paydo bo‘lgan.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi, transport va aloqa vositalarining takomillashuvi
natijasida birjalarning soni va ularda sotiladigan tovarlar assortimentining qisqarishiga olib
keldi. Agar birjalar faoliyatining dastlabki davrida ularda 200 dan ortiq tovarlar savdosi amalga
oshgan bo‘lsa, hozirgi davrda ularning soni 70 dan ortiqni tashkil etmoqda. Tovarlar xalqaro
savdosining taxminan 15-20 foizi ularning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Birjalarda sotiladigan tovarlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
a) energetik xomashyo – neft, dizel yoqilg‘isi, benzin, mazut, gaz va hokazo;
b) rangli va qimmatbaho metallar – mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, nikel, oltin, kumush, platina va
hokazo;
d) don mahsulotlari – bug‘doy, makkajo‘xori, sholi, arpa va hokazo;
e) moyli ekinlar urig‘i va ularni qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotlar – paxta moyi,
soya, soya moyi va boshqalar;
f) tirik hayvonlar va go‘sht – yirik shoxli qoramol, cho‘chqa va hokazo;
g) oziq-ovqat sanoati va konditer mahsulotlari – shakar, qand, kofe, kakao, kartoshka,
shirinliklar, tuxum, yeryong‘oq va hokazo;
h) to‘qimachilik xomashyosi – paxta tolasi, tabiiy va sun‘iy ipak, jun va hokazo;
i) sanoat xomashyosi – kauchuk, yog‘och va boshqalar.
Eng yirik birja markazlari AQSh, Angliya va Yaponiyada joylashgan. Jami birja tovar
aylanmasining 90 foizi ushbu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: