2. Birjalar turlari va ularning faoliyat yuritish mexanizmi.
Sotilayotgan va sotib olinayotgan tovarlar nomenklaturasiga qarab birjalarni universal va
ixtisoslashgan birjalarga bo‘lish mumkin. Universal tovar birjalarida keng assortimentdagi
tovarlar savdosi amalga oshiriladi. Masalan, Chikago tovar birjasida yirik shoxli qoramollar,
cho‘chqalar, yog‘och, oltin, qimmatli qog‘ozlar va xorijiy valyutalar savdosi amalga oshiriladi.
Tokio tovar birjasida esa oltin, kumush, platina, kauchuk, paxta tolasi va jun savdosi amalga
oshiriladi. Ixtisoslashgan birjalarda esa tor doiradagi tovarlar guruhi savdosi amalga oshadi.
Masalan, London metall birjasi, Nyu York paxta birjasida, Nyu York kofe, shakar va kakao
birjasi, Minneapolis (AQSh) don birjasi, London xalqaro neft birjasi va boshqalarda bir guruhga
kiruvchi tovarlar oldi-sotdisi amalga oshadi.
Tovarlar turlari bo‘yicha birja savdolarining quyidagi markazlari mavjud:
- paxta tolasi – Aleksandriya, San-Paulu, Bombey, Sidney;
- sholi – Milan, Amsterdam, Rotterdam;
- jun – Antverpen, Melburn, Sidney, Rube (Fransiya);
- kofe – Parij, Rotterdam, Gavr, Gamburg, Amsterdam.
Birjalar jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy birikuvidan tashkil topadi.
Birjalarning tashkiliy-huquqiy ko‘rinishi odatda yopiq turdagi hissadorlik jamiyati ko‘rinishida
tashkil topadi.Xalqaro birjalarni tashkil etishda xorijiy kapital muhim rol o‘ynaydi. Masalan,
London metall birjasining ringida faoliyat yuritayotgan 80 foiz a‘zolari Angliyaga tegishli
bo‘lmagan tegishlidir. Biror birja tovari oldi-sotdisi bo‘yicha yetakchi bo‘lgan ko‘pgina yirik
kompaniyalar bir vaqtning o‘zida bir necha birjalar a‘zolari hisoblanishadi.
Birjalarda ta‘sischilar umumiy yig‘ilishidan keyin turuvchi oliy boshqaruv organi –
maxsus saylangan organ (direktorlar kengashi, boshqaruv kengashi) bo‘lib, unga qo‘mitalar,
ijroiya organlari va xodimlar bo‘ysunadi.
Biror tovar xalqaro savdosi bo‘yicha markaz sifatida tan olingan xalqaro tovar birjalari
quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) tovarga kunlik bahoni belgilash. Xalqaro tovar birjalaritagi savdolar natijalari zamonaviy
axborot vositalari yordamida zudlik bilan butun dunyoga ma‘lum bo‘ladi va bu ushbu tovarlar
bahosi shakllanishiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Xalqaro tovar birjalari tovar turlari bo‘yicha talab
va taklif munosabatini aniqlab beruvchi indikator hisoblanadi.
b) xedjirlash. Bu kelgusida sotiladigan va sotib olinadigan tovarlar bahosini sug‘urtalashning
shakli bo‘lib, bunda tovarlar fyuchers va opsionlar orqali savdo qilinadi.
d) tovarni yetkazib berish kafolati (shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish kafolati).
Sotilgan va sotib olingan tovarlarni yetarli miqdorda birjalarning omborlari orqali yetkazib
berish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Masalan, London metall birjasi birlashgan qirollik hududida
yettita, Yevropa mamlakatlarida o‘nta va janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida yettita yirik
omborlari mavjud. Ushbu omborlar ularda sotilayotgan va sotib olinayotgan tovarlarni zudlik
bilan yetarli miqdorda yetkazib berish imkonini yaratadi.
e) birjalar tovarlar xalqaro savdosida muhim rol o‘ynashi bilan bir qatorda bozor iqtisodiyotining
mihim instituti hisoblanadi va bozor munosabatlari ishtirokchilariga quyidagi imkoniyatlarni
yaratib beradi:
- baholar o‘rtasidagi farq bo‘yicha operatsiyalar;
- tovarga kapitalni investitsiya qilish. Ko‘pgina firmalar o‘z mablag‘ini inflyatsiyadan
himoyalash maqsadida tovarlarni yirik partiyalarda sotib oladilar. Ushbu tovarlar bahosi oshgan
holatda nafaqat o‘z mablag‘ini inflyatsiyadan himoyalaydi, balki ma‘lum miqdorda daromad
olish imkonini yaratadi.
- moliyalashtirish. Birjaning ushbu xizmatidan birja omborida turgan tovar egasi foydalanishi
mumkin. Agar tovar egasiga mablag‘ kerak bo‘lsa-yu, lekin o‘z tovarini sotishni xohlamasa,
bunda u broker orqali ombordagi tovariga egalik qilish huquqini beruvchi guvohnoma (varrant)
ni kelgusida tovarni qaytarib sotib olish sharti bilan sotishi mumkin. Bu lending operatsiyasi deb
ataladi va tovarga egalik huquqini saqlab qolgan holda ma‘lum muddatga pulga ega bo‘lish
imkonini beradi.
Korxonani moliyaviy aktivlar bilan ta‘minlashda qimmatli qog‘ozlar bozori muhim
ahamiyatga ega. Pul mablag‘lari yetishmovchiligi sezilganda korxonalar chetdan kredit oladi,
ishlatilmay turgan mablag‘lari bo‘lsa, uni kreditga beradi. Har ikkala holatda ham qimmatli
qog‘ozlar kredit vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozori savdo hajmi
bo‘yicha boshqa turdagi bozorlardan qolishmaydi. Qimmatli qog‘ozlar bozori biror tabiiy
resurlar mavjud bo‘lishini talab etmaydi, shu sababli har qanday mamlakatda faoliyat yuritishi
mumkin.
Davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish orqali quyidagilarni amalga oshiradi:
- qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchilar (emitentlar) uchun zaruriy talablarni o‘rnatadi;
- qimmatli qog‘ozlar egalari huquqlarini himoyalash tizimini yaratadi;
- qimmatli qog‘ozlar emissiyasini ro‘yxatga olish tizimini yaratadi;
- qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari faoliyatiga litsenziya beradi;
- qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirok etadi.
Pul mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga sarflashda ularning tavakkalchiligi va
foydaliligiga e‘tibor berish kerak. Bunda qimmatli qog‘ozlar turlari bo‘yicha tavakkalchilik va
foydalilik turlicha bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlarnin quyidagi turlari mavjud:
- davlat qimmatli qog‘ozlari;
- obligatsiyalar;
- aksiyalar va boshqalar.
Davlat qimmatli qog‘ozlari o‘z egasiga juda yuqori bo‘lmasada, lekin kafolatlangan
daromad keltiradi. Davlat qimmatli qog‘ozlari quyidagi hollarda chiqariladi:
- davlat byudjetini yoki biror davlat investitsion dasturini moliyalashtirish uchun;
- kassadagi uzilishlarni to‘ldirish uchun;
- qayta moliyalashtirish uchun, ya‘ni avvalgi davlat qarzlarini to‘lash uchun.
Fond birjasi – ma‘lum tartib asosida tashkil etiladigan, qimmatli qog‘ozlar savdosi
amalga oshuvchi doimiy faoliyat yurituvchi bozordir. Fond birjalarida savdolar faqat o‘z a‘zolari
o‘rtasida tashkil etiladi. Fond birjalari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- qimmatli qog‘ozlar savdosi amalga oshadigan joy;
- qimmatli qog‘ozlarning bozor bahosini belgilash;
- kapitalning korxonalar, tarmoqlari o‘rtasidagi oqimini ta‘minlash;
- mamlakatdagi ishbilarmonlikning faolligini aniqlovchi barometr vazifasini bajaradi.
Dastlabki fond birjalari XVIII asr oxirida Buyuk Britaniya, AQSh va Germaniyada
paydo bo‘lgan. 1850-yilda Shveytsariyada, 1878-yilda esa Yaponiyada paydo bo‘lgan. Hzrgi
vaqtda dunyoda 170 dan ortiq fond birjalari faoliyat yuritadi, shundan 15 tasi shimoliy
Amerikada, 100 tadan ortig‘i Yevropada, markaziy va janubiy Amerikada 20 tasi, qolganlari
Osiyo, Afrika va Avstraliyada joylashgan. Fond birjalarining xalqaro federatsiyasi mavjud
bo‘lib, shtab kvartirasi Parijda joylashgan. Ushbu federatsiya iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarning 30 dan ortiq fond birjasini o‘zida birlashtiradi.
Eng yirik fond birjasi – Nyu York fond birjasi bo‘lib, 50 yildan buyon unga teng
keladigan fond birjasi mavjud emas. Butun dunyodagi qimmatli qog‘ozlar savdosining yarmidan
uchdan ikki qismigacha bo‘lgan qismi ushbu birja hissasiga to‘g‘ri keladi. Jami birja
aylanmasining 90 foizi aksiyalar bo‘lib, butun dunyodan 1700 dan ortiq firma Nyu York fond
birjasida o‘z aksiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazgan.
Birja tizimlarining quyidagi turlari bor:
a) monosentristik, ya‘ni mamlakatda asosan bitta yirik birja bo‗ladi;
b) polisentristik, ya‘ni qudrati jihatdan bir-biriga yaqin bir necha birja bo‗ladi;
d) aralash tizim, bunda mintaqalarda bir necha kuchli birjalar va juda kuchli markaziy birja
ham mavjud bo‗ladi.
Birjalar bozor iqtisodiyotining instituti bo‗lib, bozor munosabatlari ishtirokchilariga
quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- baho o‗zgarishiga asoslangan olib-sotarlik faoliyati. Bunda baho o‗zgarishi hisobidan
daromadga erishish maqsadida faoliyat amalga oshiriladi. Birjada amalga oshiriladigan olib-
sotarlik faoliyati baho o‗sishini yoki baho pasayishini inobatga olib amalga oshirilishi mumkin.
Tovarlarni kelgusida yuqoriroq bahoda sotish maqsadida sotib olish bilan shug‗ullanuvchilar
«buqalar» deyiladi, bahoning pasayishini oldindan sezib uni sotish bilan shug‗ullanuvchilar esa
«ayiqlar» deyiladi.
- kapitalni tovarga investitsiyalash. Ko‗pgina firmalar o‗ mablag‗larini inflyatsiyadan
himoyalash maqsadida tovar partiyalarini sotib oladilar. Tovar bahosi ko‗tarilgan holatda ular
nafaqat o‗z mablag‗larini inflyatsiyadan himoyalaydi, balki an‘anaviy kapital bozoriga nisbatan
yuqori daromadga ham erishadilar;
- arbitraj operatsiyalari. Turli birjalarda tovarlarning baholari darajasi farqlanadigan bo‗lsa,
birja savdosi ishtirokchilari bir vaqtning o‗zida biror tovarni turli birjalarda sotib olish va sotish
bilan shug‗ullanib, daromadga ega bo‗ladilar;
- xedjirlash, ya‘ni tovarlarni birjada fyuchers shartnomalari orqali sotish yo‗li bilan tovar
egalarini bahoning kelgusida tushishi natijasida ko‗rishi mumkin bo‗lgan zararlardan
himoyalash.
Birja kurslarining harakatini baholash uchun hamma banklarda aksiyalar kursning indeksi
hisoblanadi. Har bir aksiya (obligatsiyaning) darajaviy baho indeksi birjada kotirovka
qilinadigan ushbu tusdagi aksiyalar kurslarining yig‗indisi va aksiyalar nominaliga
bo‗linmasidan iborat. Keyinchalik bu darajaviy baho indekslar umumiy birja indeksini hisoblash
uchun foydalaniladi.
Fond birjalarini ro‗yxatga olish O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ro‗yxatdan
o‗tkaziladi va u qimmatli qog‗ozlar bilan faoliyat yuritish uchun O‗zbekiston Respublikasi
Moliya Vazirligidan litsenziya oladi. Litsenziya olmagan tashkilot faoliyat yuritishga haqli
emas. Birja faoliyati davlat tomonidan tartibga solib turiladi. Buning uchun quyidagi ishlar
bajariladi:
- birjani va birja faoliyati ishtirokchilarini (yuridik shaxslarni) davlat ro‗yxatidan o‗tkazish;
- litsenziyalar berish;
- birja faoliyatini soliq solish yo‗li bilan boshqarish;
- birjaga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
Birjani davlat ro‗yxatidan O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‗tkazadi. Birja
qatnashchilarini ro‗yxatdan o‗tkazish esa «O‗zbekiston Respublikasidagi korxonalar
to‗g‗risida»gi qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlar
tayyorlanadi:
- litseziya olish uchun ariza;
- ta‘sis shartnomasi;
- birja ustavi va davlat ro‗yxatidan o‗tganlik to‗g‗risida guvohnoma;
- birjadagi savdo qoidalari;
- ustav kapitalining 50 foizdan kam bo‗lmagan miqdorini o‗tkazganlik haqida bank
ma‘lumotnomasi;
- savdo-sotiqni olib borish joyidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Birjaga litsenziya berish tartibini O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
belgilaydi.
Listing - bu qimmatli qog‗ozlarni birja kotirovka ro‗yxatiga kiritish, joylashtirish bo‗lib,
bunda korxonalardan ma‘lum shartlar talab etiladi: minimal pul tushumi, so‗nggi yillardagi
zararsiz faoliyat, birlamchi bozorda aksiyalarning joylashtirilganligi va hokazo. Qimmatli
qog‗ozlar listingga joylashtirilib, birja ro‗yxatidan o‗tgan bo‗lsa, ularni savdoga qo‗yish
mumkin. Birjaga qo‗yilmaydigan aksiyalar nobirjaviy bozorda sotiladi.
Listing me‘yoriy ko‗rsatkichlari:
- qimmatli qog‗ozlarning birjada oldi-sotdi qilinish sur‘ati va soni;
- real aktivlar hajmi;
- qimmatli qog‗ozlarning soni yoki aksiyalarning egalari(aksiyalar paketi) soni;
- jalb qilingan sarmoyaning umumiy qiymati;
- daromadlilik (rentabellilik) darajasi;
- emitentning moliyaviy holati;
Delisting - bu qimmatli qog‗ozlarni birjaning yoki kompaniyaning o‗z qaroriga binoan
ro‗yxatdan chiqarilishi, ya‘ni listing imtiyozlaridan tamomila mahrum bo‗lishidir.
Agar, aksiyalarning o‗zi qolmagan bo‗lsa; firma qaytarib olsa yoki yangisiga almashtirgan
bo‗lsa; kompaniya aktivsiz qolsa yoki sinsa; aksiyalarni oshkora joylashtirish maqbul bo‗lmagan
kichik hajmga ega bo‗lsa; kompaniya listing kelishuvini buzsa, bunday hollarda delisting
qo‗llaniladi.
O‗zbekiston Respublikasida fond birjalarini tashkil etish va ular faoliyatini o‗ziga xos
jihatlari «Qimmatli qog‗ozlar va fond birjasi to‗g‗risida» gi qonun bilan tartibga solinadi.
Qonunda belgilab qo‗yilganidek, fond birjasi qimmatli qog‗ozlarning, risoladagidek
aylanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradigan, ularning bozor narxlarini (qimmatli
qog‗ozlarga talab va taklif o‗rtasidagi muvozanatni aks ettiradigan) aniqlab beradigan va bu
narxlar xususidagi axborotni tarqatadigan, qimmatli qog‗ozlar bozori qatnashchilarining yuksak
darajadagi (professionalizm)ni qo‗llab-quvvatlaydigan tashkilotdir.
Fond birjasi o‗z faoliyatida O‗zbekiston Respublikasining qonunlariga, birja ustaviga
hamda qimmatli qog‗ozlar operatsiyalarini amalga oshirishga doir ichki qoidalarga rioya qiladi.
Fond birjasi ro‗yxatdan o‗tadi va O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan
qimmatli qog‗ozlar bilan birja faoliyatini yuritishga litsenziya oladi.
Qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalar yuritish huquqi uchun ijozatnoma (litsenziya)
olgan yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasining muassislari bo‗lishi mumkin.
Yuridik, jismoniy shaxslar, shu jumladan brokerlik o‗rnini sotib olgan xorijiy shaxslar fond
birjasi (tovar-fond yoki valyuta birjasining fond bo‗limi) a‘zolari bo‗lishi mumkin. Fond birjasi
a‘zolarining sonini birjaning boshqaruvchi organlari belgilaydi. Brokerlik o‗rnini sotib olgan va
qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalar o‗tkazish beradigan malaka guvohnomasi bor jismoniy
shaxs savdoga kiritilishi mumkin.
Prokuratura va sud organlari, bulardagi mansabdor shaxslar va mutaxassislar fond
birjasining a‘zosi bo‘lishi mumkin emas. Fond birjasi a‘zolarining savdoga kirishi uchun
ularning qo‗lida qimmatli qog‗ozlar operatsiyasining litsenziyasi bo‗lishi va ular investitsiya
muassasasi maqomini olishi kerak.
Qonunda qimmatli qog‗ozlar bilan bo‗ladigan birja operatsiyalari qoidalariga talablar
belgilab qo‗yilgan va u birja boshqaruvining oliy organi tomonidan tasdiqlanadi.
Qoidalar quyidagilarni nazarda tutadi:
mazkur birjada qimmatli qog‗ozlar savdosining tartiblari;
birja savdorlari qatnashchilarining tarkibi va ularga qo‗yilgan talablar;
birja yig‗ilishi bo‗ladigan joy va vaqt haqidagi axborot;
birja savdosiga chiqariladigan qimmatli qog‗ozlarning navbat tartibi;
birja bitimlarining tavsifi;
mijozlarning brokerlarga topshiriqlari (buyruqlari)ning turlari;
savdoni tashkil etish;
bitimlarni ro‗yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi;
qo‗llaniladigan qimmatli qog‗ozlar operatsiyalarining shartnomalar, hisobotlar,
buyurtmalar, xabarnoma va birja hujjatlari shaklining namunalari.
Qonun bilan fond birjasining quyidagi huquqlari belgilab qo‗yilgan:
birja a‘zoligiga kirish uchun investitsiya muassasalariga qo‗yiladigan zarur eng kam
majburiy talablarni belgilash;
birja yig‗ilishlarini chaqirish va tashkil etish;
birja ishi uchun zarur ekspert, malaka, kotirovka komissiyalari, maslahat va ma‘lumot
byurolarini va boshqa muassasalarni ta‘sis etish, shuningdek qimmatli qog‗ozlar opeartsyailari
chog‗ida paydo bo‗ladigan baxslarni hal qilish uchun ekspert komissiyalari tuzish;
o‗z ustaviga ko‗ra, birja a‘zolaridan kirish va joriy badallarini belgilab qo‗yish va
undirish, bitimlarni ro‗yxatdan o‗tkazish, texnika xizmati, birjani doimiy va birgalik
qatnashchilaridan kirishi uchun haq olish, shuningdek, ustavni birja yig‗ilishlari qoidalarini
buzgani hamda ro‗yxatdan o‗tish yig‗imini o‗z vaqtida to‗lamagani uchun jarimalar hamda
peniyalar undirish;
birja buketlari, ma‘lumotnomalar, to‗plamlar nashr etish;
nazorat organlarining huquqiga xilof hatti-harakatlari bo‗yicha sudga ariza bilan murojaat
etish.
Fond birjasining faoliyati quyidagilar evaziga mablag‗ bilan ta‘minlanishi mumkin:
aksiyalar va paylarni sotish, brokerlik o‗rnini sotish;
fond birjasi a‘zolarining muntazam tushib turadigan a‘zolik badallari;
birja bitimlarini ro‗yxatdan o‗tkazish yig‗imlari;
qimmatli qog‗ozlar operatsiyalaridagi vositachilik haqi;
birja ustavida ko‗zda tutilgan axborot va boshqa xizmatlardan tushadigan daromad.
Do'stlaringiz bilan baham: |