Lizing obyekti garov vositasi sifatida
Qonun bo‗yicha lizing beruvchi lizing oluvchining ruxsatisiz lizing predmetini garov
vositasi sifatida qo‗llashga haqqi yo‗q. Bunday me‘yor quyidagi vaziyatlar kelib chiqmasligining
oldini oladi: lizing beruvchi pul mablag‗larini kreditga olib lizing oluvchiga lizing predmetini
olib berishi, lizing beruvchi kredit shartlarini bajarolmasa, lizing to‗lovlarini muntazam to‗lab
kelayotgan lizing oluvchidagi lizing predmetini kreditor garov sifatida olishi, shular jumlasidan.
Boshqa tomondan esa, qonun bo‗yicha lizing predmeti lizing oluvchining mulki
bo‗lmaganligi uchun lizing oluvchi uni garovga qo‗ymasligi kerak. SHunday qilib, ushbu
me‘yorda lizing oluvchi va lizing beruvchi huquqlarining muvozanati joriy etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |