Bu ijobiy o‗zgarishlar xalqaro moliyaviy institutlar e‘tiborini torta boshladi. Jumladan,
2002 yilning oxirida Xalqaro Moliyaviy Korporatsiya (XMK) va yevropa Tiklanish va Tarqqiyot
Banki (YTTB) tomonidan – «O‗zbeklizing Interneshnl AJ» lizing kompaniyasi uchun umumiy
hajmi 4,5 mln. AQSh doll. miqdoriga teng kredit liniyasi ochildi. Hozirgi paytda XMK
tomonidan O‗rta Osiyo mamlakatlarida lizingni moliyalashtirish Fondini tashkil etish ustida ish
olib bormoqda
Ta‘kidlash joizki, kiritilgan o‗zgarishlar nafaqat lizing kompaniyalari faoliyatiga ijobiy
ta‘sir ko‗rsatadi, balki mamlakat lizing sohasiga ichki va tashqi investitsiyalar kirib
kelishiga olib
keladi. O‗zbekistondagi tijorat banklari ham lizing loyihalarini moliyalashtirishning hajmlarini
yanada oshiradilar.
Ma‘lumki, O‗zbekistonda lizing operatsiyalari 8 ta lizing kompaniya va 13 ta bank
tomonidan amalga oshiriladi. Farmonning joriy qilinishi lizing xizmatlari bozoriga yana yangi
tijorat banklarining qo‗shilishiga olib keldi. Farmon e‘lon qilinganidan so‗ng 2002 yilning
oxiriga qadar bu ikki bank tomonidan 300 mln. so‗m miqdoridagi 110ta loyihani
moliyalashtirildi. Bu esa o‗z navbatida lizing bozorida tijorat banklarining ulushining oshishiga
olib keldi. Banklar tomonidan umumiy hajmi 1,3 mlrd. so‗m miqdoridagi 154 ta yangi loyiha
moliyalashtirildi. Prezident Farmonida lizing uchun kredit kabi soliq muhiti yaratilib, tijorat
banklarining lizing operatsiyalaridan oladigan foydaning oshishiga imkoniyat tug‗dirildi.
O‗zbekistonda 2002 yilda ham huddi 2001 yildagidek lizing kompaniyalarining lizing
operatsiyalaridagi hajmi tijorat banklarnikiga nisbatan ancha yuqori bo‗ldi: lizing kompaniyalari
umumiy hajmi 45,6 mlrd. so‗m miqdoridagi 2310 ta loyihani amalga oshirdilar. 2003 yilda
Respublika tijorat banklari tomonidan 6.476 mln so‗m miqdoridagi lizing operatsiyalarini
amalga oshirilgan, bu esa 2002 yil natijalarga nisbatan deyarli 5 barobar o‗sganligidan dalolat
beradi. Hamda 2004
2
yilda 2003 yilga nisbatan amalga oshirilgan lizing operatsiyalarining xajmi
60%ga oshdi va umumiy xajmi 10,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
Lizing litsenziya talab qilmaydigan faoliyat turi bo‗lganligi tufayli, mamlakatda lizing
operatsiyalari faqat lizing kompaniyalari va tijorat banklari tomonidan amalga oshirilibgina
qolmadi. Masalan, mamlakatda telekomunikatsiya va aloqa, shuningdek qurilish sohalarida
faoliyat olib boruvchi kompaniyalar 2003 yilning dastlabki 5 oyi ichida chet el lizing
beruvchilaridan umumiy hajmi 40 mln. AQSh doll. miqdoridagi zarur texnologiyalarni o‗z
faoliyatlariga jalb qildilar.
Ayni chog‗da, lizing faoliyati uchun imtiyozlarning yaratilishi moliyaviy bozorda
raqobatni yanada kuchaytirdi. Lizing xizmatlarining ulushi oshib borishi natijasida bozor
kengayib borishi bilan birga, moliyalashtirish bahosining pasayishiga olib keldi.
Xorijiy tajribaga
ko‗ra lizing xo‗jalik subyektlari uchun o‗z faoliyatlariga asosiy vositalarni jalb qilishda bank
kreditining muqobil vositasi sanaladi. Ba‘zi davlatlarda lizing o‗rta muddatli moliyalashtirishdan
ustunroq turadi. Bundan O‗zbekiston banklari lizing bozorining kengayishidan zarar ko‗radi
degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, iqtisodni moliyalashtirishda yetakchi bo‗lib
hisoblangan banklar o‗z faoliyatlari doirasini kengaytirish va qo‗yilmalarning samaradorligini
oshirish imkoniyatiga ega bo‗ladilar. endilikda tijorat banklari bir tomondan mustaqil ravishda
lizing operatsiyalari o‗tkazish, ikkinchi tomondan esa lizing kompaniyalari faoliyatini
moliyalashtirish uchun qiziqishlari oshmoqda. Lizing kompaniyalari faoliyatini moliyalashtirish
banklar uchun o‗z kredit portfelini diversifikatsiyalash, hamda asosiy qaltisliklarni lizing
kompaniyalari zimmasiga o‗tkazish uchun sharoit yaratadi.
Yuqorida qayd etilgan lizingga oid qonunchilikga muhim ahamiyat kasb etuvchi
o‗zgarishlarning kiritilishi, lizing xizmatlari bozorining istiqbollarini bashorat qilish imkoniyatini
beradi. Shunga qaramasdan lizing faoliyati rivojini qiyinlashtiruvchi
omillar mavjud, ulardan eng
muhimi
ushbu
sohada
moliyaviy
resurslarning
yetishmasligidir.
Amalda
lizing
kompaniyalarining kapitalizatsiyalashuvi
unchalik yuqori emas, tijorat banklari esa ushbu sohada
o‗z zahiralaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanmoqdalar.
Lizing kompaniyalari lizing oluvchilar uchun asbob-uskunalarni bank kreditlari evaziga
jalb qiladilar. Bu esa lizing oluvchi uchun kreditga nisbatan lizingning qiymatini oshiradi.
Lizing olishi mumkin bo‗lganlar va lizing beruvchilar lizingning mohiyatini va
afzalliklarini yetarlicha tushunmasliklari, buning oqibatida lizing loyihalarining miqdorini
cheklanganligi;
Lizing yordamida jalb qilinadigan asbob-uskuna va texnika to‗g‗risida ma‘lumotlar
bazasining yetishmasligi;
Lizing bozori infratuzilmasining shakllanmaganligi, lizing kompaniyalarining tarmog‗i
rivojlanmaganligi, hamda ushbu sohadagi barcha subyektlar uchun xizmat ko‗rsatadigan
konsalting firmalarining yo‗qligi;
Lizing kompaniyalari uchun malakali mutaxasislarning yetishmasligi lizing kelishuvlari
hajmini chegaralab qo‗yadi va lizing xizmatlari bozorini rivojlanishiga to‗sqinlik qiladi.
Yana bir to‗sqinlik qiluvchi omil bu – soliqqa tortish maqsadida jadallashgan
amortizatsiyaning qo‗llanmasligi. XX asrning 50-yillarida lizing AQSh va yeropada jadallashgan
amortizatsiyaning qo‗llanishi oqibatida muhim moliyaviy dastak darajasiga ko‗tarilgan.
Rossiyada ham aynan shunday yo‗l tutilib, amortizatsiyaning bu usuli orqali hisoblangan
koeffitsienti 3 gacha etib belgilangan.
Jadallashgan amortizatsiyaning qo‗llanilishi ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‗rsatuvchi
sohaning shakllanishiga turtki bo‗ldi. Shuningdek bu samoyadorlarga iqtisodiyotning real
sohalariga jalb qilinadigan kapital qo‗yilmalarning hajmini oshirish imkoniyatini berdi.
Jadallashgan amortizatsiya so‗nggi 10 yillikda Polsha, Chexiya Respublikasi va Isroilda
muvaffaqiyatli qo‗llanib kelinmoqda va bundan nafaqat lizing, balki malakatning ishlab chiqarish
sohalariga investitsiyalar oqimini oshirish maqsadida qo‗llanilmoqda.
O‗zbekistonda lizing uchun olib kirilayotgan texnologik uskunalarni QQS va bojxona
to‗lovlaridan ozod etish jarayonlari takomillashtirilishi zarur. Amalda ushbu jarayonlarda
quyidagi muammolarga duch kelish mumkin:
«texnologik uskunalar» atamasiga va texnologik deb yuritish mumkin bo‗lgan
uskunalar uchun aniq mezonlarning belgilanmaganligi bu sohada turlicha talqinlarga olib keladi;
banklarga uskunalarni «texnologik» ekanligini aniqlash va lizing maqsadlari uchun
olinayotganligini tekshirish singari banklar uchun xos bo‗lmagan
vazifa yuklatilgan;
O‗zbekistonda lizing operatsiyalarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun qator
tashkiliy-uslubiy tadbirlar amalga oshirishi lozim.
Birinchidan, O‗zbekistonning barcha viloyatlarida lizing kompaniyalarini tashkil etib,
faoliyatlarini lizing operatsiyalari o‗tkazish orqali jadallashtirish zarur. Ularning ba‘zilarini
qishloq hududiga joylashtirilishi esa qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va yangi ish
o‗rinlarini yaratilishiga zamin yaratadi.
Ikkinchidan, lizing operatsiyalarini olib borishda tashkilot va fuqarolarni moddiy
rag‗batlantirish, hamda ular tomonidan lizing loyihalarini amalga oshirishda moliyaviy
kafolatlarni berish maqsadida O‗zbekistonda lizingni qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish Fondini
tashkil etish lozim. XMK O‗rta Osiyo mamlakatlarida lizingni moliyalashtirish Fondini tuzish
arafasida. Fondning asosiy vazifasi xalqaro moliya institutlari va donorlik tashkilotlari bilan
hamkorlikda ushbu mamlakatlarda lizing operatsiyalarini rag‗batlantirish uchun ularga moliyaviy
resurslarni yetkazib berishdan iboratdir.
Uchinchidan, lizingning yaxshi rivojlanishi uchun lizing biznesining infratuzilmasini
yaratib, bunga xalqaro moliyaviy institutlarni jalb qilish, hamda raqobatchilik muhitini
rivojlantirish lozim. Lizing xizmatlari nafaqat lizing kompaniyalari va banklarning o‗z
mablag‗lari hisobidan, balki banklarning krediti shaklidagi jalb qilinadigan qarz resurslari orqali
ham amalga oshirilishi kerak.
To‗rtinchidan, qonunchilikda bir shaxs ham ishlab chiqaruvchi, ham sotuvchi va ham
lizing beruvchi sifatida ishtirok etishi mumkinligi masalasini ko‗rib chiqish zarur.
Beshinchidan, qonunchilikka uskunalarning jadallashgan amortizatsiya me‘yorlarini
qo‗llash, shuningdek mustaqil ravishda soliqqa tortish bazasida belgilangan amortizatsiya
me‘yoridan ikki barobar ko‗p bo‗lgan summani olib tashlash kabi o‗zgarishlarni kiritish zarur.
Shu bilan birga butun respublika hududida lizing infratuzilmasini shakllantirish zarur.
Lizing sohasini kengaytirish uchun lizing kelishuvlarini ta‘minlovchi keng axborot bazasini
yaratish hamda lizing loyihalarini amalga oshirishda ko‗maklashadigan konsalting firmalar va
boshqa vositachi tashkilotlarni tashkil etish kerak. Iqtisodiyotning yanada rivojlantirish davrida
yuqori raqobatbardoshli obyektlarning qo‗llanilishini ta‘minlash va chet el investitsiyalarini jalb
qilish lizing rivojlanishining asosiy shartlaridan biridir. Lizingni rivojlantirish tadbirlari
belgilanayotganda mahalliy va chet el qatnashchilari uchun teng sharoitlar yaratilishi lozim.
Lizing bo‗yicha axborot ta‘minotiga katta e‘tibor berilishi zarur. Lizing kelishuvlari
bo‗yicha axborot ta‘minoti avvalo lizingni jadal rivojlantirish maqsad qilib qo‗yilgan
viloyatlarda yaxshi yo‗lga qo‗yilgan bo‗lishi kerak. Mahalliy va chet el firmalari o‗rtasidagi
munosabatlarni yanada takomillashtirish uchun hammabop axborot tizimini yaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: