yuritish usullarining ilg‗or shakllarini iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish yo‗llarini aniqlab,
amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi.
Hisob tizimi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) tarmoq, korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‗layotgan xo‗jalik jarayonlarini
kuzatib borish;
b) kuzatish orqali olingan ma‘lumotlarni miqdoriy ko‗rsatkichlarda ifodalash;
d) korxona, tashkilot, muassasa xo‗jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus
hujjatlarda qayd etish;
e) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma‘lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish,
xo‗jalik jarayonlari ustidan nazorat o‗rnatish va ularga ta‘sir etish.
Hisob tizimining yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa va tashkilot hamda
umuman butun xalq xo‗jaligining iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va kelgusidagi reja
ko‗rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishining ustidan nazorat olib borishda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Audit – korxonalarning moliyaviy va xo‗jalik faoliyatining qonuniyligini, O‗zbekiston
Respublikasining me‘yoriy hujjatlariga hamda buxgalteriya hisobi yoki boshqa moliyaviy hisobot
yuritish talablariga mos kelishi, realligi va to‗liqligini aniqlash maqsadida xolis, mustaqil
tekshirishni amalga oshirish bo‗yicha tadbirkorlik faoliyatidir. Auditorlik firmalari tekshirish
davomida quyidagilarni tahlil qiladi: korxonada buxgalteriya hisobining yuritilishi va uning
belgilangan talablarga mos kelishi, buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarining haqiqiy holatga mos
kelishi, moliya-xo‗jalik faoliyatining amal qilayotgan qonunlarga, ta‘sis va boshqa hujjatlarga
mos kelishi, korxonadagi haqiqiy moliyaviy holat, yo‗l qo‗yilgan kamchiliklar,
foydalanilmayotgan imkoniyatlar va hokazo. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxonalar
auditorlar tomonidan talab etilgan barcha buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarini taqdim etishi,
kassadagi naqd pul, tovarlar, asosiy vositalar va korxonaning boshqa vositalarini inventarizatsiya
qilishga sharoit yaratib berishlari lozim. Auditorlar tekshirish natijalari bo‗yicha auditorlik
xulosasini beradilar.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xo‗jalik subyektlari o‗z faoliyatini vaqti-vaqti
bilan auditorlik tekshiruvidan o‗tkazib turishga harakat qiladilar. Chunki ularda auditorlik
firmalari tomonidan berilgan ijobiy auditorlik xulosasining mavjud bo‗lishi hamkorlari sonining
ko‗payishiga turtki beradi. Bundan tashqari o‗z faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni o‗z vaqtida
aniqlash va uni bartaraf etishda ham xolislik asosida faoliyat yurituvchi auditorlar muhim
ahamiyatga ega.
Auditorlik tekshiruvi muvaffaqiyatsizlik xatarini kamaytirish uchun auditorlar va auditorlik
firmalari o‗z imkoniyatidan kelib chiqib mijozni ishonchli baholash kriteriyasiga ega bo‗lishi
kerak. Mijozni muvaffaqiyatsiz tanlash esa muhim moliyaviy va ma‘naviy yo‗qotishlarga olib
kelishi hamda firmaning va auditorning obro‗siga ziyon yetkazishi mumkin.
Auditorlik firmalari mijozlarni tanlashdagi asosiy bosqichlar quyidagilardan iborat:
-tarmoq
xarakterini baholash;.
-auditorlik
tekshiruvi maqsadini aniqlash;
-rahbarlarning xususiyatlarini
oydinlashtirish;
-auditning sermehnatliligini va
qiyinligini oldindan baholash;
-audit natijalari to‗g‗risidagi oldingi auditor xulosalarining sharhlari
bilan tanishishi;
-mijozning soliq organlari, banklar, hamkorlar, aksionerlar bilan o‗zaro munosabatlari
xarakteri
va muammolarni aniqlash;
-tavsiyalar olish (boshqa tashkilotlardan, mutaxassislardan);
-hisobotni analitik
tekshirish;
-mijozning buxgalteriya hisobi va hisobotlarning holati, hamda joriy va kelgusi davr
muammolari
bilan dastlabki tanishuvi;
-auditorlik firmasi yoki auditorning ish bajarish bo‗yicha o‗z qobiliyatining zarur xodimlari
mavjudligi va mijoz tarmog‗ini bilishi nuqtai nazaridan baholash lozim.
Agar yuqoridagi bosqichlar auditning yuqori xatari bilan bog‗liq bo‗lsa yoki auditor uchun
vazifa juda murakkab bo‗lgan hollarda mijoz xizmat ko‗rsatishga qabul qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: