1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


  Mamlakatimizning  sug„urta  faoliyatini  rivojlantirish  borasida  amalga  oshirilayotgan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/119
Sana09.08.2021
Hajmi2,52 Mb.
#143599
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   119
Bog'liq
alishrr

3.  Mamlakatimizning  sug„urta  faoliyatini  rivojlantirish  borasida  amalga  oshirilayotgan 
islohotlar.  
 
Sug‗urta    huquqi  sug‗urta    haqidagi  barcha  qonunlar,  huquqiy  va  me‘yoriy  hujjatlarni 
o‗zida mujassamlashtirgan. Fuqarolik kodeksining 52-bobi sug‗urta  masalalariga bag‗ishlangan. 
Bunda  sug‗urtaning  eng  muhim  huquqiy  masalalari,  sug‗urta    shartnomalarini  tuzish,  ikki 
tomonlama  sug‗urtalash,  hamkorlik  sug‗urtasi,  qayta  sug‗urtalash,  bu  sug‗urtalashni  amalga 
oshirishda  tomonlarning  javobgarligi  va  boshqalar  fuqarolik  kodeksi  doirasida  tushintirib 
berilgan.  
  Mamlakatimizda  sug‗urta    to‗g‗risidagi  qonun  1993-yil  6-mayda  qabul  qilindi.  Ushbu 
qonun  5  bob  33  moddadan  iborat  bo‗lib,  bu  qonunda  respublika  iqtisodiyotida  sug‗urtaning 
tutgan  o‗rni,  sug‗urta    bozorini  shakllantirish  masalalari,  sug‗urtani  tashkil  etish  va  huquqiy 
asoslari bayon qilingan. Shu hisobda fuqaro va yuridik shaxslarning sug‗urta  tashkilotlari bilan 
munosabatlari, sug‗urta  tashkilotlarining moliyaviy masalasi, sug‗urta  bo‗yicha davlat nazorati 
va boshqalar bayon qilinadi. 
  Qonunning  1-bobida  sug‗urta    ta‘rifi  beriladi,  sug‗urta    obyektlari,  shakllari,  tariflari, 
to‗lovlari, qayta sug‗urta lash va birgalikda sug‗urta lash masalalari bayon kilinadi. 2-bob asosan 
sug‗urta    shartnomalarini  tuzish,  shartnomada  tomonlarning  huquqlqri  va  uni  rasmiylashtirish 
xamda  to‗xtatish  masalalariga  bag‗ishlangan.  3-bobda  sug‗urta  lanuvchilarning  moliyaviy 
barkarorligini ta‘minlash masalalari  yoritilgan. 4-bob sug‗urta  faoliyati ustidan davlat nazorati 
o‗rnatishga, 5-bob esa yakunlovchi masalalarga bag‗ishlangan. 
  Sug‗urta    haqidagi  qonunda  qator  yangi  tushunchalar,  masala,  qayta  va  birgalikda 
sug‗urtalash, sug‗urta  brokeri, sug‗urta  ruxsatnomalarini olish va boshqa masalalar yoritilgan.  
2002-yilda  yangi  tahrirdagi  «Sug‗urta  to‗g‗risida»gi  qonun  qabul  qilindi,  sug‗urta 
kompaniyalarining mustaqil faoliyat yuritishiga keng sharoitlar yaratib berildi. 2002-yilgacha 30 
ta sug‗urta kompaniyalari tashkil etilib, sug‗urta bozori shakllandi. 
  Hozirgi  vaqtda  mamlakatimizda  faoliyat  yuritayotgan  eng  yirik  sug‗urta  kompaniyalari 
quyidagilar:  
  1. «O‗zagrosug‗urta» davlat aksiyadorlik sug‗urta kompaniyasi;  
  2. «Kafolat» davlat aksiyadorlik sug‗urta kompaniyasi; 
  3. «O‗zbekinvest» eksport-import milliy sug‗urta  kompaniyasi.  O‗zagrosug‗urta  davlat 
aksiyadorlik  sug‗urta    kompaniyasi  ochiq  turdagi  aksiyadorlik  jamiyati  shaklida,  yuridik  shaxs 
sifatida  tashkil  qilinib,  o‗zining  mustaqil  balansi,  hisob  va  valyuta  hisobraqamlariga  ega. 
Kompaniya  faoliyatining  asosiy  yo‗nalishlari  qishloq  xo‗jaligi  sohasida  tovar  ishlab 
chiqaruvchilarning mulk va mahsulotlarini sug‗urta  yo‗li bilan himoya etish, banklardan olingan 


kreditlarni  qaytarishga  sug‗urta    kafolatlarini  taqdim  etish,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  har 
tomonlama sug‗urta  xizmatini ko‗rsatishdan iboratdir.  
«O‗zagrosug‗urta»  tomonidan  amalga  oshiriladigan  sug‗urtaning  asosiy  turlari 
quyidagilardan iborat: 
1. Qishloq  xo‗jalik korxonalari va qishloq  aholisini majburiy sug‗urta  qilish; ya‘ni: 
a)  tijorat  banklari  tomonidan  ajratiladigan  kreditlar  qaytarilishi  uchun  qishloq    xo‗jaligi 
korxonalarining javobgarligini sug‗urta  qilish; 
b) fyuchers shartnomalari bo‗yicha mablag‗larni qaytarilishini sug‗urta  qilish; 
d) qishloq  fuqarosiga tegishli mol-mulkni sug‗urta  qilish; 
e) garovga qo‗yilgan mol-mulkni sug‗urta  qilish; 
f) transport egalarining fuqarolik javobgarligini sug‗urta  qilish. 
2. Qishloq  xo‗jalik korxonalarini ixtiyoriy sug‗urta  qilishi ya‘ni: 
a) ekinlar hosilini sug‗urta  qilish; 
b) ekinlarni qayta ekishni va oldin chiqqan ekinlarni butlashni sug‗urta  qilish; 
d) chorva mollarini sug‗urta  qilish; 
e) asosiy vositalarni sug‗urta  qilish; 
f) tabiiy pichanzorlarni, yaylovzorlarni va tut bargini sug‗urta  qilish; 
g) pillani sug‗urta  qilish; 
h) bog‗lar va uzumzorlar hosilini do‗l urishdan sug‗urta  qilish; 
i) korxonalar, dehqon, fermer va ijara xo‗jaliklarning mol-mulkini sug‗urta  qilish; 
j) qishloq  xo‗jalik  tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan jo‗natiladigan yuklarni sug‗urta  
qilish. 
Kompaniyaning  nizom  fondi  ta‘sislik  badallari  hisobidan  tashkil  topadi.  Naqd  pulsiz 
shakllardagi  oddiy  va  egasi  yozilmagan  aksiyalar  chiqaradigan  bu  kompaniya  cheklanmagan 
miqdorlarda  sug‗urta    fondlari  tashkil  qilish  huquqiga  ega.  Nizom  fondining  25  %  ni  zahira 
fondlari  daromad  hisobidan  tashkil  qilinadi.  Kompaniya  o‗z  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun 
boshqa fondlar ham tashkil qiladi.  
Shahar korxonalari va qishloq  korxonalari aholisining iqtisodiyoti hamda turmush sharoiti 
bir  xil  bo‗lmaganidek,  ulardagi  sug‗urta    obyektlari,  hatto  sug‗urta    hodisalari  ham  bir-biridan 
farq qiladi. Shu boisdan sug‗urta  ishlarini tashkil qilishda ularning xususiyatlarini e‘tiborga olish 
talab qilinadi, chunki sanoat va qishloq  xo‗jalik korxonalarining mol-mulki, mehnat sharoiti bir 
xil  emas.  Ana  shularni  nazarda  tutib  Respublika  Vazirlar  Mahkamasi  shahar  hududida 
joylashgan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  sug‗urta    xizmatini  ko‗rsatish  maqsadida  «Kafolat» 
davlat aksiyadorlik sug‗urta  kompaniyasini tashkil qilindi. Uning asosiy vazifalari: 
a) shaharlarda aholi hayotini, salomatligini va mol-mulkini sug‗urta  qilish; 
b) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mol-mulkini sug‗urta  qilish; 
d) yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy va tadbirkorlik tavakkalchiliklarini sug‗urta  
qilishni amalga oshirish
e) qonunda ko‗zda tutilgan sug‗urtaning majburiy turlarini amalga oshirish; 
f) qo‗shimcha sug‗urtalash va qayta sug‗urta  operatsiyalarini amalga oshirish, sug‗urtaviy 
maslahat xizmatlarini ko‗rsatish; 
g) mahalliy sharoitlarni hisobga olib, sug‗urtaning yangi turlarini joriy etish
h)  korxonalar  javobgarligini  va  mol-mulkini  ixtiyoriy  sug‗urta    qilish.  Shaharlarda 
joylashgan  davlat,  xususiylashtirilgan,  qo‗shma,  kichik  va  xususiy  korxonalar  va  tashkilotlarni 
javobgarligi va mol-mulkini sug‗urta  qilish. 
i) sug‗urtaning qonunchilik hujjatlarida va hukumat qarorlarida nazarda tutilgan majburiy 
turlarini  sug‗urta    qilish.  Bu  fuqaro  mol-mulki,  transport  vositalari  egalarining  fuqarolik 
javobgarligi, yo‗lovchilar sug‗urtasi, temir yo‗l transporti, parvozlarda ishtirok etuvchi xodimlar, 
oddiy askarlar va boshqalar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilarni va harbiy xizmatni o‗tashga 
majbur shaxslarni sug‗urta  qilish demakdir. 
Mamlakatimizda  O‗zbekinvest  milliy  sug‗urta  kompaniyasi  1994-yilda  O‗zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  va  hukumat  qarorlari  bilan  tashkil  etilgan  bo‗lib,  1997-yilda  esa 


O‗zbekinvest eksport-import milliy sug‗urta kompaniyasiga aylantirildi. Unga eksport sug‗urtasi 
bo‗yicha  hukumatning  rasmiy  sug‗urta  agentligi  maqomi  berildi.  Ushbu  kompaniyaning  Ustav 
sarmoyasi  60  mln.  AQSh  dollari  miqdorida  shakllantirilgan  bo‗lib,  shundan  50  mln.  AQSh 
dollari  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligiga,  10  mln.  AQSh  dollari  Tashqi  iqtisodiy 
faoliyat  Milliy  bankiga  tegishlidir.  Kompaniyaning  asosiy  vazifasi  O‗zbekiston  iqtisodiyotiga 
xorijiy  sarmoyalar  jalb  qilinishini  va  eksport  imkonoyatlari  o‗sishini  sug‗urta  obyektlariga 
siyosiy  va  tijorat  xavf-xatarlaridan  ishonchli  sug‗urta  himoyasini  taqdim  etish  yo‗li  bilan 
rag‗batlantirishdan iborat.    
Har  bir  sug‗urta    xilining  xususiyatini  ko‗zda  tutib,  sug‗urta    faoliyati  quyidagi 
yo‗nalishlarda guruhlashtiriladi: 
-  hududlar  bo‗yicha  (mamlakatning  ichki  doirasi  va  tashqi  sug‗urta    munosabatlari 
e‘tiborga olinadi); 
-  davlat va xususiy sug‗urta  tashkilotlari bo‗yicha; 
- tarmoqlar bo‗yicha; 
-  xavf-xatar xillari bo‗yicha; 
-  majburiy va ixtiyoriy sug‗urta  bo‗yicha. 
Hududlar  buyicha  sug‗urta  lashda  mamlakatning  ichki  doirasida  va  tashki  iqtisodiy 
munosabatlarida  olib  boriladigan  ishlar,  shu  jumladan  xorijiy  mamlakatlar  bilan  sug‗urta  
sohasida  xamkorlik  kilishibunda  fakat  eksport-import  muammolarigina  emas,  balki 
investitsiyalar, diplomatiya xodimlarini xam sug‗urta lash ko‗zda tutiladi, bunday sug‗urta lash 
davlat  va  xususiy  tashkilotlar  tomonidan  amalga  oshirilishi  mumkin.  Shu  munosabat  bilan 
dastlab sug‗urta  tashkilotlarini quyidagicha guruhlash mumkin: 
 -  faqat  xorijiy  mamlakatlar  investorlari  (O‗zbekinvest)  va  tashqi  iqtisodiy  munosabatlarga 
xizmat qiluvchi sug‗urta  tashkilotlari; 
 -  faqat  mamlakat  doirasida  huquqiy  va  jismoniy  shaxslarga  xizmat  qiluvchi  xususiy  sug‗urta 
tashkilotlari;  
 - davlat hissadorlik sug‗urta  tashkilotlari. 
 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish