3. Atrof-muhit – insonni o‘rab turgan muhit bo‘lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog‘ligi va nasliga to‘g‘ridan to‘g‘ri, birdan urinma yoki masofadan ta’sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig‘indisidir.
Inson va atrof-muhit uzluksiz o‘zaro ta’sirda bo‘lib, doimiy harakatdagi «Inson – atrof muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyusion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz o‘zgarib bordi. Inson mukammallashdi, er sharining aholisi va uning oqimi o‘sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi o‘zgardi. Atrof-muhit o‘zgardi: inson o‘zlashtirgan er yuzi va er osti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining o‘sib borayotgan ta’sirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sun’iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab chiqarish muhiti paydo bo‘ldi.
Tabiiy muhit o‘zi etarli bo‘lib, inson ishtirokisiz mustaqil mavjud bo‘la oladi va rivojlana oladi. Inson tomonidan yaratilgan boshqa barcha borliq muhiti mustaqil rivojlana olmaydi va ular paydo bo‘lganidan so‘ng eskirishga va emirilishga mahkum.
Insoniyat o‘zining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof-muhit bilan o‘zaro uyg‘un harakat qilgan. Atrof-muhit asosan biosfera, er osti, gallaktika va cheksiz koinotdan tashkil topadi.
4. Ekosistema (yun. uy, yashash joyi va sistema), ekologik sistema — birgalikda yashaydigan organizmlar va ular yashaydigan sharoit majmui. Ekosistemada uning tarkibiy qismlari oʻzaro qonuniy bogʻlangan. "E." terminini ingliz botanigi A. Tensli taklif etgan (1935). A. Tensli taʼbiricha, ekologiya nuqtai nazaridan E. yer yuzidagi tabiiy birlik boʻlib, unga barcha organizmlar bilan bir qatorda fizik omillar majmui, yaʼni biomuhit (keng maʼnoda yashash muhiti) omillari majmui ham kiradi. Olim E.da ular tarkibiga kiruvchi organizmlar hamda organizmlar bilan anorganik muhit oʻrtasida har xil tarzda moddalar almashinuvi boʻlib turishini koʻrsatgan.
"E." tushunchasini har xil murakkablikdagi va oʻlchamdagi obʼyektlarga nisbatan qoʻllash mumkin. Mas, hovuz, koʻl E.si bilan birga sohil boʻyi oʻsimliklari yoki suv tubi E.sini koʻrsatish mumkin. Oʻrmon ham E., uning chegarasida har xil tipdagi tuproqlar, chiriyotgan toʻnkalar, toʻshalma va boshqalar E.ni ajratish mumkin. Koʻpincha "E." tushunchasiga tirik organizmlar bilan ular yashaydigan muhitning notirik komponentlari tarzida qaraladi. E.ning tirik va notirik komponentlari oʻrtasida produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar ishtirokida moddalarning biotik aylanishi sodir boʻlib turadi. E. terminini sunʼiy E. (qishloq xoʻjaligi dalalari, bogʻlar, xiyobonlar, oqova suvlarni biologik tozalaydigan inshootlar va boshqalar) ga nisbatan ham qoʻllash mumkin. E. oʻziga xos xususiyatlarni uzoq vaqt davomida saqlab turadigan oʻta turgʻun yoki qisqa muddatli (mas, efemer suv havzalari, koʻlmak suvlar) boʻlishi mumkin. Murakkablik darajasidan qatʼi nazar E. turlar tarkibi, unga kiradigan organizmlar soni, biomassasi, ayrim trofik guruhlar nisbati, organik moddalarning hosil boʻlishi va parchalanish jarayonlarining tezligi bilan tavsiflanadi. E. chegarasi va ularda kechadigan moddalar aylanishi jarayonlari turli darajada roʻy beradi. E. atrof muhitdan faqat energiya emas, balki koʻp yoki oz miqdorda moddalar kelib turgandagina mavjud boʻladi. Barcha E. birgalikda yer biosferasini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |