1 mavzu bo'yicha Nazorat javoblar



Download 27,18 Kb.
bet4/6
Sana20.01.2022
Hajmi27,18 Kb.
#393187
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HFX 1-Mavzu boyicha nazorat javoblari

6. Texnosfera - o‘tmishda biosferaga ta`luqli bo‘lgan keyinchalik insonlarning o‘zining moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta’sir etgan hududdir.

         Texnosfera insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan shaharlar, qo‘rg‘onlar, qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band etgan hududlar hisoblanadi.

Inson hayot faoliyati jarayonida nafaqat tabiiy muhit bilan balki, ijtimoiy muhit deb ataluvchi odamlar bilan ham uzluksiz aloqada bo‘ladi. Insonni ijtimoiy muhit bilan aloqasi tug‘ilishni davom ettirish, bilim, tajribalarni almashtirish, o‘zining ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish, intellektual qobiliyatlarni oshirishda foydalaniladi va shakllanadi.

         Zamonaviy industrial jamiyatda inson atrof-muhit komponentlari (biosfera, texnosfera va ijtimoiy muhit) bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Ya’ni inson tabiiy atrof-muhitga uzluksiz ta’sir etsa, o‘z navbatida biosfera va insonning ehtiyojlaridan kelib chiqib uning uzluksiz jismoniy va aqliy faoliyatining mahsuli bo‘lgan texnosfera va ijtimoiy muhit ham insonga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki sirtdan doimiy ta’sir etadi. YUqorida qayd etilganlar asosida quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:

1. zamonaviy inson uni o‘rab turgan atrof-muhitning tashkil etuvchilari ya’ni, tabiiy, texnogen (texnosfera) va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz o‘zaro ta’sirda bo‘ladi;

2. XIX asr oxiridan boshlab va XX asr davomida texnosfera va ijtimoiy muhit uzluksiz rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson faoliyati orqali o‘zgartirilgan ulushlarni oshib borayotganligi isbotdir;

3. Texnosferani rivojlanishi tabiiy muhitni o‘zgartirish hisobiga amalga oshmoqda.

Zamonaviy hayotda insonlarning ijtimoiy mavqelarini yuksalish bilan birga ularning tinchligiga, sog‘ligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan omillar soni ham ortib bormoqda. Ma’lum sharoitda ularning insonlarning ruhiy holatiga, organizmi sog‘ligiga salbiy ta’sirini ko‘rsatishi hammaga ma’lum. SHu sababli insonlarni nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki, yashash joyida, yo‘lda va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini, mehnat qobiliyati va ish unumdorligini taminlash, sog‘ligi haqida qayg‘urish masalalarini ijobiy hal etish juda dolzarb masalalardan biridir.

Qayd qilingan masalalarni ijobiy hal etishda hayot faoliyat xavfsizligi fanining o‘rni, uning nazariy ma’lumotlari bilan bo‘lajak mutaxassislarni qurollantirish muammolarni ijtimoiy hayotda mumkin qadar ijobiy hal etilishiga yordam beradi.

7. Litosfera sathidan insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari (inshootlar qurishda foydalanishdan tashqari) va qazilma boyliklar qazib olishda foydalaniladi. Ochiq usulda qaziladigan konlarning chuqur­ligi 800 metrga, yopiq usulda qaziladigan konlarning chuqurligi esa 3–4 km ga etadi. BMTning maʼlumotiga kura, 1972-yilda dunyo boʻyicha 3,231,100 ming tonna koʻmir, 2,646,290 ming tonna neft, 600,200 ming tonna temir rudasi, 75,180 ming tonna boksit, 3,660 ming tonna xrom rudasi, 7,300 ming tonna mis, 3,350 ming tonna qoʻrgʻoshin rudasi, 5,430 ming tonna rux rudasi, 159,200 ming tonna tuz, 118,500 ming tonna fosforit va boshqalar qazib olingan. Yirik metallurgiya sanoat korxonalari atrofida landshaftlarning oʻzgarishi, oʻsimliklarning qurib dashtga aylanishi yuz bergan, Yevropa­da birinchi marta kalmiklar yerida 500 ming gektarli dasht paydo boʻlgan(u har yili 50 ming gektarga kengayib bormoqda). Mutaxassislarning fikricha, XXI asrda quruqlikning 6/1 qismi kon, yoʻl va har xil inshootlar bilan band boʻladi. Aholi sonining oshib borishi, qurilishlarning kengaiishi dehqonchilikka yaroqli yerlarning kamayishiga sabab boʻlmoqda. Mutaxassislarning fikricha, XXI asrda yerlarning unumdorligini 3,5-4 % ga oshirilmasa, sayyoramizda yiliga 200 mln tonna don yetishmovchiligi holati yuz berishi mumkin[6].

8. Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX) — ishlab chiqarish va noishlab chiqarish muhitida insonni atrof muhitga ta`sirini hisobga olgan holda xavfsizligini taminlashga yo`naltirilgan bilimlar sistemasidir. HFXning maqsadi ishlab chiqarishda avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishni oldini olish, insonlar sog’ligini saqlash, mehnat qobiliyatini va mehnat sifatini oshirish hisoblanadi.


Download 27,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish